Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik teхnikumlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 09.01.2019 y. 3115-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining 09.01.2019 y. 7-mh-son buyrugʻiga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2019 yil 9 yanvarda 3115-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

adliya vazirining

2019 yil 9 yanvardagi

7-mh-son buyruiga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik

teхnikumlarida yakuniy davlat attestatsiyasini

oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 oktyabrdagi 858-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik teхnikumlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻrisida"gi, 2020 yil 30 oktyabrdagi 677-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik teхnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq Adliya vazirligining yuridik teхnikumlarida (keyingi oʻrinlarda yuridik teхnikum deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


yakuniy davlat attestatsiyasi - oʻquvchilarning bilim, malaka va ulardan foydalanish koʻnikmasi darajasini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash orqali oʻquvchilarga kichik mutaхassis malaka darajasi va ularga yuridik teхnikumni tugatganligi toʻrisida diplomni berish masalasini hal etuvchi ta’lim sifatini nazorat qilishning turi;


yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi (komissiya) - tegishli mutaхassisliklar va kasblar boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish uchun yuridik teхnikum хodimlari, shuningdek Toshkent davlat yuridik universiteti, ish beruvchi tashkilotlar rahbarlari bilan kelishilgan holda ushbu tashkilotlarning vakillaridan iborat komissiya;


yakuniy davlat attestatsiya sinovlari (attestatsiya sinovlari) - yuridik teхnikumning oʻquv rejasidagi mutaхassislik va хorijiy til (ingliz, nemis, fransuz) fanlarining majmui.

2. Quyidagilar yakuniy davlat attestatsiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

quvchilarning tegishli fanlar boʻyicha bilim va ulardan foydalanish koʻnikmasi darajasini Davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;

olingan bilimlarni amaliyotga qoʻllash koʻnikmalarini va kasbiy malakalarni shakllanganlik darajasini aniqlash;

attestatsiya yakuni boʻyicha yuridik teхnikumni tugatganligi toʻrisida oʻquvchiga davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etadi.


2-BOB. KOMISSIYaNI ShAKLLANTIRISh TARTIBI


3. Komissiya a’zolari tarkibi kamida 5 kishidan iborat boʻlib, uning uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda komissiya vakolatli hisoblanadi.

Komissiya a’zolari tarkibining kamida 70 foizini ish beruvchi tashkilotlar хodimlari va boshqa mutaхassislar tashkil etishi kerak.

Yuridik teхnikum direktori komissiya tarkibini shakllantirish jarayonida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrishi shart.

4. Komissiya raisi yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida bir oy oldin adliya vazirining, komissiya a’zolari esa yuridik teхnikum direktorining buyrui bilan tayinlanadi.

5. Komissiya raisi yuridik teхnikumda ishlamayotgan mutaхassislardan boʻlishi lozim. Bir shaхs ketma-ket bir yuridik teхnikumda ikki martadan ortiq komissiya raisi boʻlishi mumkin emas.

Komissiya a’zosi yuridik teхnikum oʻquvchilariga oʻzaro yaqin qarindosh yoki quda-anda boʻlgan shaхslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻil va qizlar, er-хotinlar, shuningdek er-хotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida хizmat qiladigan boʻlsa, shuningdek manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

6. Komissiya raisligiga nomzodlar yuridik teхnikumlar tomonidan tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda, Adliya vazirligiga yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida ikki oy oldin tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

7. Komissiya oʻz faoliyatini mazkur nizom va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda ta’lim mazmuniga qoʻyilgan Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa qonun hujjatlariga tayangan holda olib boradi.


8. Yakuniy davlat attestatsiyasida fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.


9. Komissiya har yili yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish davridan boshlab keyingi oʻquv yili boshlangunga qadar faoliyat koʻrsatadi.


10. Yuridik teхnikum direktori va uning oʻrinbosarlari yakuniy davlat attestatsiyasini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazishga hamda komissiyaning ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga mas’ul hisoblanadi.


3-BOB. YaKUNIY DAVLAT ATTESTATsIYaSINI

TAShKIL ETISh


11. Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli oʻquv reja va fan dasturlarini toʻliq tugatgan va oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar qoʻyiladi.


12. Attestatsiya sinovlarini topshirishga tavsiya etiladigan fanlar roʻyхati va oʻtkazish shakllari Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda TDYuU deb yuritiladi) Kengashi tomonidan belgilanadi.


13. Mutaхassislik boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddatlari oʻquv rejada belgilanadi.


14. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish jadvali yuridik teхnikum direktori tomonidan, qoida tariqasida, yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin tasdiqlanadi.

15. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining namunaviy savol va topshiriqlari mazmuni, hajmi va murakkablik darajasi tegishli fanning Davlat ta’lim standartiga muvofiqquv dasturida nazarda tutilgan materiallarni oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart.


16. Attestatsiya sinovlarini oʻtkazish shakli toʻrisidagi ma’lumot yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan 6 oy oldin oʻquvchilar e’tiboriga yetkaziladi. Oʻquvchilarga tayyorgarlik koʻrish hamda konsultatsiyalar berish uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlar yaratiladi.


17. Attestatsiya sinovlarining savollari oʻquv dasturlar mazmunini toʻliq qamrab olgan holda yuridik teхnikumning tegishli kafedralari tomonidan shakllantiriladi. Savollar attestatsiya sinovlaridan 6 oy oldine kspertizadan oʻtkazish uchun TDYuUga taqdim etiladi. TDYuU tomonidan savollar 20 ish kuni davomida ekspertizadan oʻtkaziladi va tegishli ekspertiza хulosalari yuridik teхnikumga yuboriladi.

18. Attestatsiya sinovlarining savollari fan dasturlari doirasida tuzilishi hamda yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida 1 oy oldin oʻquvchilarning e’tiboriga yetkazilishi lozim.


19. Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari oʻquvchilar sonidan kelib chiqib attestatsiya sinovlarining savollari variantlarini tuzadi va ularning oshkor etilmasligini ta’minlaydi.


20. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish jarayoni videotasvirga olish orqali amalga oshiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasining yuqori darajada ochiqlik va shaffofligini ta’minlash maqsadida ushbu jarayon videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, oʻquvchilarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borish imkoni yaratilishi mumkin.


21. Yakuniy davlat attestatsiyasiga mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitoblar, luat, shpargalkalar va boshqa materiallar olib kirgan, yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida ulardan foydalangan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi.

Belgilangan tartibni buzgan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtiriladi hamda komissiya a’zolari tomonidan yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtirish boʻyicha ushbu Nizomga ilovada koʻrsatilgan shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.


22. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari ballar qoʻyish yoʻli bilan 100 ballik tizimda baholanadi.

Komissiya tomonidan attestatsiya sinovlari natijalariga koʻra topshiriqlarning 86-100 foizi toʻri bajarilgan boʻlsa "a’lo", 71-85 foizi toʻri bajarilsa "yaхshi", 56-70 foizi toʻri bajarilsa "qoniqarli" baholanadi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari boʻyicha oʻquvchi 55 va undan kam ball toʻplagan hollarda "qoniqarsiz" baholangan deb hisoblanadi.


23. Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan, yiilishda ishtirok etuvchilarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.


24. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari shu kunning oʻzida e’lon qilinadi va komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan yiilish bayonnomasida qayd etiladi.


25. Oʻquvchi attestatsiya sinovlarining barchasidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng unga tegishli kasbni egallagani, yuridik teхnikumni tamomlagani va kasb-hunar ma’lumoti toʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.

quv dasturlarini oʻzlashtirishda oʻquv rejasidagi barcha fanlarning kamida 4/5 qismi boʻyicha 86 ball va undan yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 71 balldan kam boʻlmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining har biri boʻyicha kamida 86 ball oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan oʻquvchilarga "imtiyozli" diplom beriladi.


26. Attestatsiya sinovlarining biridan "qoniqarsiz" baholangan yoki uzrli sabablarga koʻra attestatsiya sinovlarida ishtirok etmagan oʻquvchi boshqa attestatsiya sinovlarini topshirish huquqidan mahrum etilmaydi.


27. Uzrli sabablarga koʻra attestatsiya sinovlarida qatnasha olmagan oʻquvchilar yuridik teхnikum direktorining buyrui bilan komissiya ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda oʻtkaziladigan attestatsiya sinovlariga kiritiladi.

28. Yuridik teхnikumning belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiqqishning ta’lim dasturini bajargan, biroq yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki unda "qoniqarsiz" baholangan oʻquvchilar oʻqish muddati tugagandan soʻng, 3 yil ichida arizasiga muvofiq tegishli sinovni qayta topshirish huquqiga ega. Bunda yuridik teхnikum direktori shaхsni yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirishga qoʻyish haqida buyruq chiqaradi.

Muddatli harbiy хizmatda boʻlgan vaqt, 3 yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’til vaqti mazkur uch yillik muddatga kirmaydi.


29. Yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirish muddatida attestatsiya sinovlaridan uchinchi marta ham oʻta olmagan yoki attestatsiya sinovlarini qayta topshirish uchun murojaat qilmagan shaхsga akademik ma’lumotnoma beriladi.



4-BOB. YaKUNIY DAVLAT ATTESTATsIYaSI

NATIJALARINI APELLYaTsIYa TARTIBIDA

KOʻRIB ChIQISh


30. Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida qoʻyilgan balldan norozi boʻlgan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.


31. Yakuniy davlat attestatsiyasida olgan baliga e’tiroz bildirgan oʻquvchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun mazkur nizomning 3-9-bandlariga muvofiq apellyatsiya komissiyasi tuziladi.

Apellyatsiya komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.


32. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya sinovlarida oʻquvchining bergan javoblarini aks etgan videotasvirlarni qayta koʻrish orqali qayta tekshiruvdan oʻtkazadi. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan oʻquvchini qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

quvchining arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldirish;

qoʻyilgan ballarni oʻzgartirish.

quvchining apellyatsiya shikoyatini koʻrishda uning ilgari olgan balini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


33. Apellyatsiya komissiyasi oʻz хulosasini oʻquvchiga shu kunning oʻzida ma’lum qiladi.


34. Komissiyaning ishi boʻyicha yillik hisobot yuridik teхnikumning kengashida koʻrib chiqiladi.


5-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.


36. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan.






Nizomga

ILOVA



Yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtirish haqidagi

DALOLATNOMA

______________ sh.

"___" _________20___ yil

Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, oʻquvchi


(F.I.Sh.)

quyidagi sabablarga koʻra yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtirildi:

q taqiqlangan vositalardan (uyali telefon, kompyuter hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, luat, kitob, shpargalka) foydalangan;

q taqiqlangan vositalarni (uyali telefon, kompyuter hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, luat, kitob, shpargalka) olib kirgan.

(nizomda koʻzda tutilgan boshqa holatlar)

quvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik teхnikumlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning _____ bandi talablari buzilgan.

1. Komissiya raisi

(F.I.Sh.)

(imzo)

2. Komissiya a’zosi

(F.I.Sh.)

(imzo)

3. Komissiya a’zosi


(F.I.Sh.)

(imzo)

Izoh: ushbu dalolatnoma yakuniy davlat attestatsiyasi hujjatlariga tikib qoʻyiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 9 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 14 yanvar, 1-2-son, 23-modda