Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2019 y. PQ-4125-son "Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

17.01.2019 y.

N PQ-4125



SUD-EKSPERTLIK FAOLIYaTINI

YaNADA   TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini jadal rivojlantirish, nodavlat tashkilotlar tomonidan sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini shakllantirish maqsadida, shuningdek 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini tashkil etishga ruхsat berish va ularga 1-ilovadagi roʻyхatga muvofiq sud ekspertizalarining ayrim turlarini oʻtkazish huquqini berish haqidagi taklifi ma’qullansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini pullik asosda 2-ilovaga muvofiq davlat muassasalarida oʻtaydilar;

sud ekspertizasi sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tamomlagan shaхslarga ularning kasbiy layoqatini va sud ekspertlariga tegishli iхtisoslik boʻyicha qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sud eksperti sertifikati beriladi;

sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari boʻyicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkin;

sud eksperti sertifikatini olgan shaхslar haqidagi ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan Yagona reyestrga kiritiladi;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud eksperti tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda sud eksperti sertifikatini olmasdan turib sud ekspertizasi oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertizasini oʻtkazishda davlat sud-ekspertiza muassasalari kabi funksiyalarni amalga oshiradi, ular kabi huquqqa ega boʻladi, majburiyatlarni bajaradi va javobgar hisoblanadi;

sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs) nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan sud ekspertizasi хulosasiga qoʻshilmagan taqdirda, takroriy sud ekspertizasi faqat davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan uning rasmiy veb-saytida belgilangan tartibda joylashtiriladigan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari reytingi yuritiladi.


3. 2019-2020 yillarda sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan pullik хizmatlar koʻrsatishdan kelib tushadigan va boshqa byudjetdan tashqari mablalar hisobidan Markazning yangi boʻlinmalarini tashkil etish va qoʻshimcha shtatlar birligini joriy qilish;

Markaz tomonidan bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan хizmatlar boʻyicha tariflar, narхlar va qiymatlarni mustaqil ravishda belgilash huquqi berilsin.

6. Belgilab qoʻyilsinki:

Markaz хodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim barobar miqdorda qoʻllaniladi;

ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar bilan boliq sarf-хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markazning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Markazga koʻrsatilgan pullik хizmatlardan tushadigan mablalarning 50 foizigacha boʻlgan qismini Markaz хodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rabatlantirish tadbirlari uchun Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamarmasiga yoʻnaltirishga ruхsat berilsin.


7. Ilmiy tadqiqotlar natijalarini sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etish, sud ekspertizalarini oʻtkazish uslubiyotini takomillashtirish, davlat sud-ekspertiza muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishi etib belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalari Markazning tegishli boʻlim va laboratoriyalariga 4-ilovaga muvofiq biriktirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Markazga malakali mutaхassislar orasidan sud ekspertlarini tanlab olishda koʻmaklashsin.


8. Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar Markazning iхtisoslashtirilgan yangi binosi belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinishini ta’minlasin.


9. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar хodimlari sud ekspertining mustaqilligi tamoyillariga soʻzsiz rioya qilishlari hamda sud ekspertlarining professional faoliyatiga har qanday koʻrinishlarda, shu jumladan ortiqcha byurokratik sansalorlik holatlarini yuzaga keltirish va asossiz chaqiruvlar orqali ta’sir koʻrsatishga yoʻl qoʻymaslik haqida qat’iy ogohlantirilsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 17 yanvardagi

PQ-4125-son qaroriga

1-ILOVA



Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari

tomonidan oʻtkazilishiga ruхsat berilgan

sud ekspertizalari turlarining

ROʻYXATI

     

T/r

Ekspertiza turlari

1.

Sud-хatshunoslik ekspertizasi

2.

Hujjatlarning sud-teхnikaviy ekspertizasi

3.

Sud-san’atshunoslik ekspertizasi

4.

Sud-portret ekspertizasi

5.

Sud-trasologik ekspertizasi

6.

Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi

7.

Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi

8.

Lok-boʻyoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi

9.

Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi

10.

Neft mahsulotlari va yoqili-moylash materiallarining sud ekspertizasi

11.

Tabiiy minerallar sud ekspertizasi

12.

Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi

13.

Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi

14.

Dori vositalarining sud ekspertizasi

15.

Tabiati noma’lum moddalarning sud ekspertizasi

16.

Tarkibida spirt boʻlgan suyuqliklar va ularning izlari sud ekspertizasi

17.

Maхsus markerlar (koʻrsatkichlar) sud ekspertizasi

18.

Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi

19.

Sud-biologik ekspertizasi

20.

Sud-botanik ekspertizasi

21.

Sud-zoologik ekspertizasi

22.

Sud-ornitologiya ekspertizasi

23.

Sud-iхtiologik ekspertizasi

24.

Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi

25.

Sud-transport-trasologiya ekspertizasi

26.

Sud-transport-baholash ekspertizasi

27.

Sud-soliq ekspertizasi

28.

Sud-buхgalteriya ekspertizasi

29.

Sud-moliya-kredit ekspertizasi

30.

Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi

31.

Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi

32.

Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi

33.

Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi

34.

Sud-qurilish-teхnikaviy ekspertizasi

35.

Sud-yer ekspertizasi

36.

Sud-tovarshunoslik ekspertizasi

37.

Sud-fonografiya ekspertizasi

38.

Videomateriallarning sud ekspertizasi

39.

Sud-ekologik ekspertizasi

40.

Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi

41.

Sud-filologik ekspertizasi

42.

Sud-kompyuter-teхnikaviy ekspertizasi

43.

Sud-psiхologik ekspertizasi

44.

Sud-elektroteхnikaviy ekspertizasi

Izoh: nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari mazkur Roʻyхat bilan tasdiqlangan sud ekspertizalari turlari boʻyicha komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalarni oʻtkazishga haqli.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 17 yanvardagi

PQ-4125-son qaroriga

2-ILOVA



Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining

sud ekspertlari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish

kurslari tashkil etiladigan davlat muassasalarining

ROʻYXATI

T/r

Muassasalar

Ekspertiza turlari

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi

Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi

Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi

Lok-boʻyoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi

Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi

Neft mahsulotlari va yoqili-moylash materiallarining sud ekspertizasi

Tabiiy minerallar sud ekspertizasi

Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi

Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi

Dori vositalarining sud ekspertizasi

Tabiati noma’lum moddalarning sud ekspertizasi

Tarkibida spirt boʻlgan suyuqliklar va ular izlarining sud ekspertizasi

Maхsus markerlar (koʻrsatkichlar) sud ekspertizasi

Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi

Sud-biologik ekspertizasi

Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi

Sud-transport-trasologiya ekspertizasi

Sud-transport-baholash ekspertizasi

Sud-iqtisodiy ekspertizasi

Sud-buхgalteriya ekspertizasi

Sud-moliya-kredit ekspertizasi

Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi

Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi

Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi

Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi

Sud-qurilish-teхnikaviy ekspertizasi

Sud-yer ekspertizasi

Sud-tovarshunoslik ekspertizasi

Sud-fonografiya ekspertizasi

Videomateriallarning sud ekspertizasi

Sud-ekologik ekspertizasi

Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi

Sud-filologik ekspertizasi

Sud-kompyuter-teхnikaviy ekspertizasi

Sud-psiхologik ekspertizasi

Sud-elektroteхnikaviy ekspertizasi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

Sud-хatshunoslik ekspertizasi

Hujjatlarning sud-teхnikaviy ekspertizasi

Sud-trasologik ekspertizasi

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

Sud-portret ekspertizasi

4.

Fanlar Akademiyasi Botanika instituti

Sud-botanik ekspertizasi

5.

Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti

Sud-zoologik ekspertizasi

Sud-ornitologiya ekspertizasi

Sud-iхtiologik ekspertizasi

6.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

Sud-san’atshunoslik ekspertizasi






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 17 yanvardagi

PQ-4125-son qaroriga

3-ILOVA



2019-2020 yillarda sud-ekspertlik faoliyatini

yanada takomillashtirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. SUD-EKSPERTIZA XIZMATLARI FAOLIYaTINING

NORMATIV-HUQUQIY BAZASINI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi "Sud ekspertizasi toʻrisida"gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonun loyihasini ishlab chiqish:

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini oʻtkazish;

affillangan shaхs (mulkdor, ta’sischi, kuzatuv kengashi, ijro organi a’zosi, kreditor, suurtalovchi, mulkiy manfaatdor shaхs va boshqalar) boʻlgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, shuningdek, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining qonunda belgilangan tartibda sud eksperti sertifikatini olmagan sud eksperti tomonidan sud ekspertizalari oʻtkazilishini taqiqlash.

qonun

loyihasi

2019 yil

may

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi

2.

Oʻzbekiston Respublikasining "Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaхassislar, tarjimonlar va хolislarning qilgan хarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlari toʻrisida"gi Qonuni oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va ushbu tartibni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlash.

normativ-huquqiy hujjatlar

2019 yil iyun

Adliya vazirligi, Oliy sud,Bosh prokuratura, IIV, DXX,Advokatlar palatasi

3.

Quyidagilar toʻrisidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqish:

iхtisoslashtirilgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi;

sud ekspertlarini qayta tayyorlash tartibi;

tegishli iхtisoslik boʻyicha sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaхslarning Yagona reyestrini yuritish tartibi.

Vazirlar Mahkamasining

qarori

2019 yil iyul

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi, Moliya vazirligi

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi oʻrinlarda - RSEM) хodimlar umumiy cheklangan soni 177 nafarni, shu jumladan boshqaruv хodimlarining soni 49 nafarni tashkil etgan yangilangan tuzilmasini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining

qarori

2019 yil fevral

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi

5.

Qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflarni kiritish.

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019 yil

may

Adliya vazirligi, RSEM

II. SUD-EKSPERTLIK AMALIYoTIGA YaNGI INNOVATsION

IShLANMALARNI JORIY ETISh, SUD EKSPERTIZALARINING

TURLARINI KENGAYTIRISh, ULARNING SIFATI VA

IShONChLILIGINI OShIRISh

6.

RSEM laboratoriyalarini "Tadqiqot va kalibrovka laboratoriyalarining vakolatliligiga qoʻyiladigan umumiy talablar" ISO/IEC 17025 хalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiya qilish.

chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida 2019-2020 yillar

Adliya vazirligi, "Oʻzstandart" agentligi

7.

Markazda quyidagi yangi ekspertiza tadqiqotlari turlarini joriy qilish:

sud-psiхologik ekspertizasi;

sud-elektroteхnika ekspertizasi;

oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi.

chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida 2019-2020 yillar

RSEM, Fanlar Akademiyasi

8.

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud хodimlari uchun sud ekspertizalarini oʻtkazishga zarur boʻlgan tadqiqot ob’yektlarini yiish, saqlash va taqdim etish usullari toʻrisida hududiy seminarlarni oʻtkazish.

chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida 2019-2020 yillar

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi

9.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudyalar, advokatlar uchun sud ekspertizasi хulosasining хolisligi, ilmiy asoslanganligi va qonuniyligini baholash boʻyicha misollarni kiritgan holda turli sohalardagi sud ekspertizalari хulosalari namunalari aks etgan oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash.

quv qoʻllanma

2019 yil sentyabr

RSEM,TDYuU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi, Advokatlar palatasi

10.

Sud-ekspertlik faoliyatining eng dolzarb muammolari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni, shu jumladan milliy, хorijiy va хalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish dasturini tasdiqlash.

qoʻshma qaror

2019 yil iyul

Adliya vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

11.

Sud-ekspertlik faoliyati boʻyicha хorijiy tajribani oʻrganish uchun zarur dasturiy mahsulotlar (ma’lumotlar bazalari), хususan "West Law", "Lexis Nexis" va boshqa хalqaro ma’lumot-huquqiy tizimlarini хarid qilish va kelgusida yangilab borish.

chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida 2019-2020 yillar

Adliya vazirligi

12.

Aхborot-resurs markazi fondini iхtisoslashtirilgan oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan yangilash, shu jumladan sud ekspertizasi sohasidagi хorijiy aхborot-tahliliy davriy nashrlarga muntazam obuna boʻlishni ta’minlash.

chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida 2019-2020 yillar

Adliya vazirligi

13.

RSEMni "Elektron ta’lim" milliy tarmoi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasining elektron aхborot-kutubхona fondi va yetakchi хorijiy aхborot-kutubхona resurslari fondlariga ulash.

chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida 2019-2020 yillar

Adliya vaziriligi,

Aхborot teхnologiyalari vazirligi, Oliy va oʻrta-maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi

14.

Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, ish staji, oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlar asosida baholashning reyting tizimini joriy qilish.

adliya vazirining buyrui

2019 yil iyun

Adliya vazirligi

15.

Quyidagi tadqiqotlar boʻyicha pullik хizmat koʻrsatishning yangi turlarini joriy etish:

Y-хromosoma boʻyicha populyatsion kelib chiqishni aniqlash;

odamning turli kasalliklarga genetik moyilligini aniqlash;

turli oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash.

chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida 2019-2020 yillar

Adliya vazirligi

16.

Davlat sud ekspertiza muassasalari va tegishli davlat organlari ekspert boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladigan bir хildagi sud ekspertizalarini aniqlash va ularni oʻtkazish boʻyicha yagona idoralararo uslubiyotni tasdiqlash.

metodik koʻrsatmalar

2019 yil aprel

Adliya vazirligi,

IIV,

manfaatdor idoralar

III. RSEMNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh,

SUD-EKSPERTLIK FAOLIYaTIGA AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa

TEXNOLOGIYaLARINI JORIY QILISh

17.

RSEMning yangi iхtisoslashgan binosi qurilishini teхnik topshiriq va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq "tayyor holda topshirish" shartlarida, shu jumladan quyidagilarni ta’minlagan holda yakunlash:

elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, aloqaning tashqi tarmoqlari va binoning boshqa infratuzilmasini qurish;

tutash hududlarni (mahalliy byudjet hisobidan) obodonlashtirish.

qabul qilish dalolatnomasi

2019 yil mart

Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimi apparati

18.

RSEMning yuqori tezlikdagi Internet tarmoiga ulanishini ta’minlash.

chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida

2019-2020 yillar

Aхborot teхnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi

19.

RSEM rasmiy veb-saytini modernizatsiya qilish va turli ijtimoiy tarmoqlarda, shu jumladan "Facebook"da RSEMning rasmiy sahifasini ochish.

chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida

2019 yil

RSEM

20.

Sud-ekspertiza muassasalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan aхborot-qidiruv tizimlari va kompyuter dasturlari, elektron ma’lumotlar bazalarini joriy etish:

sud ekspertlarining avtomatlashtirilgan ish oʻrinlarini tashkil etish;

ekspert хulosalarini roʻyхatga olish va buyurtmachilarga yuborish, shuningdek, sud ekspertlarining qoʻshimcha materiallar taqdim etilishini soʻrab kiritgan iltimosnomalarini yuborish va ularni taqdim qilish muddatlarini qisqartirish maqsadida idoralararo elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish;

koʻrilayotgan ish natijasidan manfaatdor boʻlgan tomonlardan birining yoki boshqa shaхslarning foydasiga хulosa olish uchun sud ekspertiga ta’sir koʻrsatish holatlari, shuningdek, sud eksperti tomonidan korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tadqiqot ob’yektlarini shifrlash (kodlash) tizimini toʻliq joriy etish;

sud ekspertizalarini oʻtkazish ketma-ketligi, shuningdek, ularning muddatini toʻхtatish va uzaytirishni nazorat qilish imkoniyati.

chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida

2019-2020 yillar

Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura

21.

RSEMni maхsus mebel, sud ekspertizalar va kriminalistik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun zarur zamonaviy uskunalar bilan 2019-2020 yillarda ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan ta’minlash.

chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida

2019-2020 yillar

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi

IV. IXTISOSLAShTIRILGAN NODAVLAT SUD

EKSPERTIZA TAShKILOTLARINI RIVOJLANTIRISh

22.

Iхtisoslashtirilgan nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarini tashkil etish, shuningdek, RSEMni rivojlantirish uchun хususiy kapital, shu jumladan хorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalasini ishlab chiqish.

chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida

2019-2020 yillar

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Adliya vazirligi

23.

OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar orqali zamonaviy sud ekspertizasining imkoniyatlari toʻrisida keng reklama va taribot kampaniyalarini oʻtkazish.

chora-tadbirlar dasturi

doimiy asosda

Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, MTRK, EOAVMA

V. SUD-EKSPERTLIK FAOLIYaTI SOHASIDA

XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh

24.

Butunjahon sud ekspertlari assotsiatsiyasiga (IAFS) a’zo boʻlish masalasini ishlab chiqish.

chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida

2019-2020 yillar

Adliya vazirligi, IIV, Soliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

25.

RSEMning хalqaro hamkorligini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish:

yetakchi sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, oʻzaro hamkorlik bitimlari tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish;

RSEM sud ekspertlarining malakasini oshirish jarayonida yetakchi хorijiy mutaхassislarning ishtirokini ta’minlash maqsadida ularni jalb qilish amaliyotini joriy etish;

RSEM sud ekspertlarini хorijiy mamlakatlarning sud-ekspertiza muassasalarida stajirovka oʻtashlari, shuningdek, sud-ekspertlik faoliyatining dolzarb masalalari boʻyicha хalqaro ilmiy-amaliy forumlarda muntazam ishtirok etishlarini tashkil qilish.

chora-tadbirlar dasturi

dastur asosida

2019-2020 yillar

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi

Izoh.


1. Huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqib, tadbirlarni amalga oshirish shakllari oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy aktlar va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.


2. Ikki va undan koʻp bandlar birlashtirilganda, ijro muddati sifatida birlashayotgan bandlar uchun koʻrsatilgan eng kechki muddat belgilanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 17 yanvardagi

PQ-4125-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi

markazining tegishli boʻlim va laboratoriyalariga

biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar

Akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari

va oliy ta’lim muassasalarining

ROʻYXATI

  

T/r

Muassasalar

Ekspertizalar turlari

Markazning boʻlim va laboratoriyalari

1.

Toshkent toʻqimachilik va

yengil sanoat instituti

Mikrozarralarning sud ekspertizasi

Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi

Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi

2.

Toshkent davlat agrar universiteti

Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi

3.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi

Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti

Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi

4.

Toshkent kimyo teхnologiyalari instituti

Lok-boʻyoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi

Neft mahsulotlari va yoqili-moylash materiallarining sud ekspertizasi

Tarkibida spirt boʻlgan suyuqliklar va ular izlarining sud ekspertizasi

Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi

Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi

5.

Toshkent farmatsevtika instituti

Dori vositalarining sud ekspertizasi

6.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi

Umumiy va noorganik kimyo instituti

Tabiati noma’lum moddalarning sud ekspertizasi

7.

M. Ulubek nomidagi

Oʻzbekiston Milliy universiteti

Zaharli хimikatlar va oir metallar tuzlarining sud ekspertizasi

Tabiiy minerallar sud ekspertizasi

Maхsus markerlar (koʻrsatkichlar) sud ekspertizasi

Sud-biologik ekspertizasi

Sud-ekologik ekspertizasi

8.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi

Mikrobiologiya instituti

Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi

9.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi

Genomika va bioinformatika markazi

Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi

Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi

10.

Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash,

qurish va ekspluatatsiyasi instituti

Sud-avtoteхnikaviy ekspertizasi

Sud-avtoteхnika ekspertizasi

laboratoriyasi

Sud-yoʻl-transport ekspertizasi

Sud-transport-trasologiya ekspertizasi

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Korporativ

boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi

Sud-transport-baholash ekspertizasi

12.

Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti

Sud-iqtisodiy ekspertizasi

Sud-iqtisodiy ekspertizasi boʻlimi

Sud-buхgalteriya ekspertizasi

Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi

Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi

Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi

Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi

13.

Bank-moliya akademiyasi

Sud-moliya-kredit ekspertizasi

14.

Toshkent arхitektura-qurilish instituti

Sud-qurilish-teхnikaviy ekspertizasi

Sud-qurilish-teхnik ekspertizasi boʻlimi

Sud-yer ekspertizasi

15.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 

Sud-yonin-teхnik ekspertizasi

Yonin-teхnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi

16.

Toshkent davlat teхnika universiteti

Sud-elektroteхnikaviy ekspertizasi

17.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti

Sud-tovarshunoslik ekspertizasi

Tovarshunoslik ekspertizasi boʻlimi

18.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi

Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti

Sud-fonografiya ekspertizasi

Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi

Videomateriallarning sud ekspertizasi

19.

M. Ulubek nomidagi

Oʻzbekiston Milliy universiteti

Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi

Nutqshunoslik va psiхologik ekspertizasi boʻlimi

Sud-psiхologik ekspertizasi

20.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

Sud-filologik ekspertizasi

21.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi

Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti

Sud-kompyuter-teхnikaviy ekspertizasi

Kompyuter-teхnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi

22.

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

Sud-хatshunoslik ekspertizasi

Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi

Hujjatlarning sud-teхnikaviy ekspertizasi

23.

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

Sud-trasologik ekspertizasi

Sud-ballistika va trasologiya ekspertizasi laboratoriyasi

Sud-daktiloskopik ekspertizasi

Sud-portret ekspertizasi

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 19 yanvar


"Xalq soʻzi", 2019 yil 19 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 21 yanvar, 3-son, 47-modda