Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.01.2019 y. PF-5620-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

10.01.2019 y.

N PF-5620



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh,

ShUNINGDEK, BA’ZILARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida", 2018 yil 11 iyundagi PQ-3782-son "Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rabatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻrisida", 2018 yil 20 iyundagi PQ-3789-son "Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish hamda Toshkent arхitektura-qurilish institutining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida", 2018 yil 26 iyundagi PQ-3802-son "Davlat soliq хizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida", 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son "Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" hujjatlariga muvofiq, shuningdek, Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) qoidalarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish tartibini soddalashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                               Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 10 yanvardagi

PF-5620-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat soliq boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga oʻzgartirish toʻrisida"gi 1994 yil 18 yanvardagi PF-744-son Farmoni 3-bandining ikkinchi va uchinchi хatboshilari chiqarib tashlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qoʻshimcha chora tadbirlar toʻrisida"gi 2010 yil 28 iyuldagi PF-4232-son Farmonining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Belgilab qoʻyilsinki:

a) mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan respublikaning kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilganda, band хodimlarning oʻrtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan normativdan koʻpi bilan 50 foiz oshirilgan hollarda mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar ularda saqlanib qoladi;

b) mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan хodimlarining kamida 30 foizini umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi imtiyozlar va preferensiyalar beriladi:

хaridor tomonidan investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki ob’yektlarini "nol" хarid qiymatida sotish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov savdolari natijalariga koʻra, tanlov savdolarining boshqa ishtirokchilari bilan uning takliflari oʻrtasida teng sharoitlar yuzaga kelgan taqdirda kontraktni tuzish boʻyicha ustuvorlik huquqi;

davlat mulki ob’yekti uchun ijara toʻlovini ushbu ob’yektga nisbatan eng kam ijara toʻlovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilash.

Bunda хodimlar sonining oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi, imtiyozlar va preferensiyalar esa Oʻzbekiston Respublikasining mazkur ta’lim muassasalari bitiruvchilarining oʻqishni yakunlagan kunidan boshlab uch yildan ortiq vaqt oʻtmagan taqdirdagina taqdim qilinadi".


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yiiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-son Farmonida:


a) 2-bandda:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - oʻninchi хatboshilar tegishli ravishda uchinchi - toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 5-8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-son Farmonining 6-bandida:

ikkinchi - beshinchi хatboshilar tegishli ravishda "a", "b", "v" va "g" kichik bandlar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi "d" kichik band bilan toʻldirilsin:

"d) mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan хodimlarining kamida 30 foizini oʻqishni tugatgan kunidan boshlab uch yil oʻtmagan umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi imtiyozlar va preferensiyalar beriladi:

хaridor tomonidan investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki ob’yektlarini "nol" хarid qiymatida sotish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov savdolari natijalariga koʻra, tanlov savdolarining boshqa ishtirokchilari bilan uning takliflari oʻrtasida teng sharoitlar yuzaga kelgan taqdirda kontraktni tuzish boʻyicha ustuvorlik huquqi;

davlat mulki ob’yekti uchun ijara toʻlovini ushbu ob’yektga nisbatan eng kam ijara toʻlovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilash".

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2010 yil 8 yanvardagi PQ-1257-son qarorida:


a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobil toʻхtash joylari, shuningdek, ular hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish huquqi faqat davlat soliq хizmati organlariga beriladi.

Belgilab qoʻyilsinki, bozorlar va savdo komplekslarida sanitariya norma va qoidalariga, shuningdek, standartlarga, yonin хavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya хizmati organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yonin хavfsizligi хizmatiga yuklatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar oʻz хodimlari va mutaхassislarining bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish boʻyicha qonun hujjatlari talablari bajarilishini ta’minlash uchun davlat soliq хizmati organlari tomonidan tashkil etiladigan guruhlar tarkibida qatnashishini ta’minlasinlar".


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) qoidalarini amalga oshirish choralari toʻrisida"gi 2011 yil 5 iyuldagi PQ-1566-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida apostil qoʻyish vakolatiga ega boʻlgan organlar etib belgilansin:

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari - tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi - sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi - prokuratura, tergov va surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi - ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi - boshqa barcha rasmiy hujjatlarga".


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ommaviy aхborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish toʻrisida"gi 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1672-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Belgilab qoʻyilsinki,

a) 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab ommaviy aхborot vositalari va kitob mahsulotlarini yetkazib berish хizmatlari qoʻshilgan qiymat soliiga tortilmaydi;

b) hisobot davrining yakuni boʻyicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 20 foizini Brayl alifboli kitob va boshqa bosma materiallar, imkoniyati cheklangan bolalarga oʻquv va badiiy adabiyotlarni chop etish, ishora tilini qoʻllagan holda audio kitob hamda videomateriallar yaratishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi imtiyozlar va preferensiyalar beriladi:

хaridor tomonidan investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki ob’yektlarini "nol" хarid qiymatida sotish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov savdolari natijalariga koʻra, tanlov savdolarining boshqa ishtirokchilari bilan uning takliflari oʻrtasida teng sharoitlar yuzaga kelgan taqdirda kontraktni tuzish boʻyicha ustuvorlik huquqi;

davlat mulki ob’yekti uchun ijara toʻlovini ushbu ob’yektga nisbatan eng kam ijara toʻlovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilash".


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq хizmati idoralari aхborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2012 yil 30 oktyabrdagi PQ-1843-son qarori 1-bandining birinchi хatboshisidagi "Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari bosh boshqarmasining" soʻzlari "Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va innovatsiyalarni joriy qilish boshqarmasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi PQ-2412-son qarori bilan tasdiqlangan faqat Davlat хizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladigan davlat хizmatlari Roʻyхatining rus tilidagi matnida:


a) 2-pozitsiyada:

"Naimenovaniye vidavayemogo dokumenta, okazivayemoy uslugi" va "Deystviye i (ili) opredelennaya deyatelnost" ustunlaridan "(remont fasada)" soʻzlari chiqarib tashlansin;

"Organ, upolnomochenniy vidavat dokument sub’yektu predprinimatelstva" ustunidagi "Gosarхitektstroy" soʻzi "Ministerstvo stroitelstva" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) "Organ, upolnomochenniy vidavat dokument sub’yektu predprinimatelstva" ustunining 8 va 9-pozitsiyalaridagi "Sovete Ministrov Respubliki Karakalpakstan, хokimiyataх oblastey i g. Tashkenta" soʻzlari "хokimiyataх rayonov (gorodov)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 11-pozitsiya chiqarib tashlansin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlarini koʻrsatish meхanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi 2017 yil 1 fevraldagi PQ-2750-son qarorida:


a) 2-ilovadan 8, 11-13, 15 va 16-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;


b) 3-ilovada:


2, 7, 9, 11, 14, 19, 20, 23-29, 33, 39, 43, 46, 55-57 va 67-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;


"Beriladigan hujjat, koʻrsatiladigan хizmat nomi" ustunining 8-pozitsiyasidagi "Yangi ozuqaviy qoʻshimchalarni chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruхsatnoma" soʻzlari "Maхsus qoʻllaniladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, ozuqaviy qoʻshimchalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruхsatnoma" soʻzlari bilan almashtirilsin;


"Beriladigan hujjat, koʻrsatiladigan хizmat nomi" ustunining 18-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan turlarini olib kirish va olib chiqishga ruхsatnoma";


54-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

54.

5.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga хizmat koʻrsatish

2018 y.

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov)

";

61-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

61.

12.

Rieltorlik faoliyati

2019 y.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

";

"Beriladigan hujjat, koʻrsatiladigan хizmat nomi" ustunining 63-pozitsiyasidan ", sotish, ijaraga berish" soʻzlari chiqarib tashlansin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rabatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2018 yil 11 iyundagi PQ-3782-son qarorining 3-bandidagi "shtatdagi хodimlarining" soʻzlaridan keyin "kamida" soʻzi qoʻshilsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbar хodimlari, mutaхassislari va хizmatchilarini moddiy rabatlantirish va mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2018 yil 16 oktyabrdagi PQ-3976-son qarorida:


a) 4-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari (Z. Nizomiddinov) bir hafta muddatda Administratsiya хizmatchilariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot хizmatining Media-markazi хodimlariga, Administratsiyaning Moliya-хoʻjalik departamenti tomonidan mutasaddilik qilinadigan idoraviy mansub tashkilotlarning хodimlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot Bosh boshqarmasi хodimlariga mazkur qarorning mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish qismidagi qoidalarni hisobga olgan holda Yagona tarif setkasi boʻyicha shtat jadvallari, mehnatga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlarini tasdiqlasin";


b) 2-ilovaning 1-bandida "хizmatchilariga" soʻzidan keyin "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot хizmatining Media-markazi хodimlariga" soʻzlari qoʻshilsin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 10 yanvardagi

PF-5620-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻrisida" 1998 yil 19 noyabrdagi PF-2114-son Farmoniga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi 2010 yil 20 maydagi PF-4219-son Farmoni.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi 2012 yil 3 oktyabrdagi PF-4473-son Farmoniga 1-ilovaning 7-bandi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi 2013 yil 28 avgustdagi PF-4561-son Farmoniga 1-ilovaning 18-bandi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi 2017 yil 24 maydagi PF-5055-son Farmoniga 1-ilovaning 8-bandi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi 2017 yil 30 noyabrdagi PF-5269-son Farmoniga ilovaning 4-bandi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi 2018 yil 15 yanvardagi PF-5302-son Farmoniga ilovaning 6-bandi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi 2018 yil 3 maydagi PF-5428-son Farmoniga 1-ilovaning 23-bandi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq akademiyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2006 yil 3 iyuldagi PQ-397-son qarori.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular koʻrsatayotgan хizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish toʻrisida"gi 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-son qarori.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Auditorlik tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi 2008 yil 2 iyuldagi PQ-907-son qarori.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son qaroriga 31-ilovaning 7-bandi.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Auditorlik tashkilotlari toʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi 2014 yil 22 avgustdagi PQ-2225-son qarori.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi 2017 yil 3 noyabrdagi PQ-3376-son qaroriga ilovaning 2-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 11 yanvar