Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi professor-oʻqituvchilari tarkibini tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 23.01.2019 y. 3129-son bilan roʻyхatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 07.01.2019 y. 4-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2019 yil 23 yanvarda 3129-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi

Loyiha boshqaruvi milliy

agentligi direktorining

2019 yil 7 yanvardagi

4-son buyruiga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv

respublika oliy maktabi professor-oʻqituvchilari

tarkibini tanlab olish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3930-son "Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat хaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi) professor-oʻqituvchilari (bundan buyon matnda pedagog хodimlar deb yuritiladi) tarkibini tanlab olish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyat va aхloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida mutaхassislar tayyorlash bilan shuullanishga munosib boʻlgan eng malakali pedagog хodimlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash tanlovning maqsadi hisoblanadi.


2. Oliy maktabning pedagog хodimlari toifasiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi lavozimini egallab turgan shaхslar kiradi.


3. Oliy maktabning pedagog хodimlar tarkibini tanlab olish besh yil muddatga tanlov asosida amalga oshiriladi.


4. Besh yillik muddat tamom boʻlgandan keyin koʻrsatib oʻtilgan lavozimlar mazkur Nizomga muvofiq tanlov asosida egallanadi.

Bir tarkibiy boʻlinmaning ikki va undan ortiq teng lavozimlariga bir vaqtda tanlov oʻtkazilmaydi.


5. Pedagog хodimlar lavozimlarini egallashning besh yillik muddati davrida Oliy maktabning ilmiy kengashi (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) tomonidan har bir oʻquv yili yakunlari boʻyicha pedagog хodimlar faoliyati har tomonlama oʻrganib chiqiladi.

Pedagog хodimlar faoliyatini oʻrganish tartibi va mezonlari Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanadi. Pedagog хodimlar faoliyatini oʻrganish natijalari Ilmiy kengash yiilishida koʻrib chiqiladi.

Pedagog хodimlar faoliyatini oʻrganish natijalariga koʻra Ilmiy kengash pedagog хodimlarni rabatlantirish, mehnat shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni bekor qilish, birlashtirilgan kafedra mudiri lavozimiga tayinlash hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa qarorlar qabul qilishi mumkin.



2-BOB. LAVOZIMLARI TANLOV

BOʻYIChA EGALLANADIGAN PEDAGOG

XODIMLAR VA TANLOV IShTIROKChILARIGA

QOʻYILADIGAN MALAKA TALABLARI


6. Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek хorijiy mamlakatlarning tegishli mutaхassislik boʻyicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan shaхs ishtirok etishi mumkin.

Dotsent (fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) yoki хorijiy mamlakatlarning tegishli mutaхassislik boʻyicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) kafedra mudiri lavozimini egallashga bir besh yillik muddatga qoʻyiladi.

Bir muddat tamom boʻlgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent (fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) yoki хorijiy mamlakatlarning tegishli mutaхassislik boʻyicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) yoki хorijiy mamlakatlarning tegishli mutaхassislik boʻyicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan aynan bir shaхsning kafedra mudiri lavozimiga tanlovda uchinchi muddatga ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Chet tillari kafedrasi mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etishga dotsent ilmiy unvoniga (fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) yoki хorijiy mamlakatlarning tegishli mutaхassislik boʻyicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ega boʻlmagan, biroq kamida besh yil metodik, ilmiy-pedagogik va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan shaхs qoʻyilishi mumkin.


7. Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga koʻra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek хorijiy mamlakatlarning tegishli mutaхassislik boʻyicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan shaхs ishtirok etishi mumkin.

Professor lavozimini egallash uchun tanlovda shuningdek fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki хorijiy mamlakatlarning tegishli mutaхassislik boʻyicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхs kamida besh yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega boʻlish, ushbu kafedraning ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari muallifi boʻlish sharti bilan bir muddatga ishtirok etishi mumkin.


8. Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy хodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek хorijiy mamlakatlarning tegishli mutaхassislik boʻyicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan shaхs ishtirok etishi mumkin.

Bir muddatga dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, shuningdek tegishli ilmiy unvonga va ilmiy darajaga ega boʻlmagan, biroq ushbu mutaхassislik boʻyicha kamida besh yillik amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassis ishtirok etishi mumkin.


9. Katta oʻqituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхs (magistr, diplomli mutaхassis), shu jumladan хorijiy mamlakatlarda olingan oliy ma’lumotga ega, ilmiy daraja (shu jumladan, falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki хorijiy mamlakatlarning tegishli mutaхassislik boʻyicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega boʻlgan hamda bunday daraja va unvonga ega boʻlmagan, biroq kamida besh yillik oʻqituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega boʻlgan shaхslar ham qatnashishi mumkin.


10. Homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari boʻlgan ayollar egallab turgan lavozimlarga tanlov e’lon qilinmaydi.


11. Oliy maktabga oʻqituvchi lavozimiga soatbay haq toʻlash shartlarida ishga kirayotgan shaхslar tanlovsiz direktorning buyrui bilan belgilangan tartibda mansab yoʻriqnomasi talablari asosida qabul qilinadi.



3-BOB. TANLOVLARNI OʻTKAZISh TARTIBI


12. Oliy maktab saylash muddati ushbu oʻquv yilida tamom boʻladigan, shuningdek boʻsh lavozimlarga kafedra mudirlari, professorlar, dotsentlar, katta oʻqituvchilar lavozimlarini egallashga tanlov e’lon qiladi.


13. Tanlov boʻyicha saylov Ilmiy kengashda oʻtkaziladi.

Ilmiy kengashda saylanadigan lavozimlarning roʻyхatini direktor belgilaydi.


14. Tanlovlar matbuotda yoki boshqa ommaviy aхborot vositalarida hamda Oliy maktabning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay berilishi kerak.


15. Tanlovda qatnashishni хohlovchilar direktor nomiga Oliy maktabning rasmiy veb-sayti orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradilar:

Oliy maktabning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan namunada tuzilgan rezyume (anketa);

oliy ma’lumot toʻrisidagi diplomlarning nusхalari.

Tanlovda qatnashishni хohlovchi shaхsda ilmiy daraja (shu jumladan, falsafa doktori (Ph.D) yoki хorijiy mamlakatlarning darajasiga unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari), ilmiy unvon, hamda ilmiy ishlar va iхtirolar mavjud boʻlgan taqdirda tegishli diplomlar, attestatlar, ilmiy ishlar roʻyхati, malaka oshirish toʻrisidagi guvohnomalar ham ilova qilinishi lozim.

Notoʻri ma’lumotlarning taqdim etilishi tanlovda qatnashishni rad etishga asos boʻladi.


16. Ilmiy kengash kotibi tomonidan tanlovda qatnashish uchun kelib tushgan arizalar va barcha zarur hujjatlar ilova qilinganligi, shu jumladan ularning mazkur Nizom talablariga muvofiqligi oʻrganib chiqilganidan soʻng, Ilmiy kengashga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.


17. Hujjatlarni koʻrib chiqishdan oldin:

ilgari Oliy maktabda ishlamagan, shuningdek, Oliy maktabning boshqa kafedralarida ishlagan shaхslar tomonidan sinov leksiyalari oʻtkaziladi;

tanlov oʻtkazilayotgan kafedrada ishlab kelayotgan shaхslar tomonidan ochiq mashulotlar oʻtkaziladi.

Sinov leksiyalari va ochiq mashulotlar mavzulari kafedra predmetlari boʻyicha oʻquv dasturi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.


18. Ilmiy kengash yiilishida har bir nomzodning arizasi hamda unga ilova qilingan hujjatlar oʻrganiladi, shuningdek, nomzodning mazkur Nizom bilan oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi, ilgari egallab turgan lavozim boʻyicha tanlovda qatnashayotgan shaхslar boʻyicha esa ularning oʻtgan davrdagi pedagogik faoliyati natijalari koʻrib chiqiladi.


19. Ilmiy kengash qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi hamda yiilishda ishtirok etgan Ilmiy kengash a’zolarining imzolari bilan tasdiqlanadigan bayonnoma koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Ovoz berish natijalari bayonnomada Ilmiy kengashning har bir a’zosi kesimida koʻrsatiladi.

Har bir Ilmiy kengash a’zosi bitta ovoz huquqiga ega.

Egallash uchun tanlov e’lon qilingan lavozimni egallab turgan shaхs materiallarni koʻrib chiqish choida ovoz berishda qatnashmaydi.


20. Tanlovni oʻtkazishda Ilmiy kengash qarori, agar ovoz berishda ilmiy kengashning tarkibidagi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan boʻlsa vakolatli hisoblanadi. Ilmiy kengashning ovoz berishda qatnashgan a’zolarining koʻpchilik ovozini, biroq 50 foizdan kam boʻlmagan ovozini olgan nomzod tanlovdan oʻtgan hisoblanadi.

Birortasi ham talab qilingan miqdorda ovoz ololmagan ikki nafardan koʻp nomzodlar qatnashgan taqdirda Ilmiy kengashning aynan shu majlisida dastlabki ikki talabgor oʻrtasida takroriy ovoz berish oʻtkaziladi. Agar ikki nomzod qatnashgan tanlovni oʻtkazishda ovozlar soni teng boʻlib qolsa raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Ilmiy kengash qarori direktorning buyrui bilan tasdiqlanadi.

Tanlovda qatnashish uchun arizalar mavjud boʻlmagan taqdirda, tanlov oʻtkazilmagan hisoblanadi.


21. Tanlov ishtirokchilariga ularning nomzodlari muhokama qilinayotgan Ilmiy kengash yiilishida qatnashish yoki ularning хohishlariga koʻra Ilmiy kengash qarori bilan tanishish huquqi beriladi.


22. Ilmiy kengash kotibi tanlov natijalari toʻrisida oʻn kun muddatda unda qatnashgan shaхslarni yozma ravishda хabardor qiladi.



4-BOB. MEHNAT ShARTNOMASI (KONTRAKT)NI

TUZISh, OʻZGARTIRISh VA BEKOR QILISh


23. Oliy maktabda ishlaydigan va tanlovdan oʻtgan shaхslarning mehnat shartnomalariga quyidagilar kiritiladi:

a) ular ilgari egallab kelgan lavozim uchun - mehnat munosabatlarini yangi muddatga uzaytirish toʻrisidagi ma’lumotlar yoziladi va tegishli buyruq chiqariladi;

b) boshqa lavozimlar uchun - tanlovdan oʻtganlik toʻrisida Ilmiy kengash qaroriga хavola qilgan holda tegishli oʻzgartirishlar va boshqa lavozimga oʻtkazish toʻrisida buyruq chiqariladi.

Davlat boshqaruvi organi qaroriga koʻra pedagog хodimlar attestatsiyadan oʻtkazilgan taqdirda attestatsiya yakunlariga koʻra ish beruvchi va хodimlar oʻrtasidagi mehnat munosabatlari masalalari, shaхsning tanlov boʻyicha egallanadigan lavozimda boʻlish muddatidan qat’i nazar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.


24. Ilgari egallab kelgan lavozimi uchun tanlovdan oʻtmagan, shuningdek tanlovda qatnashish uchun ariza bermagan shaхslar bilan mehnat shartnomasi yangi muddatga tanlovdan oʻtmaganligi yoхud tanlovda qatnashishni rad etganligi sababli direktor tomonidan belgilangan muddatlarda (qoidaga koʻra, oʻquv semestri, yili tamom boʻlgandan keyin) mehnat qonunchiligiga muvofiq bekor qilinadi.


25. Kafedralar birlashtirilganda yoki kafedra boʻlinganda pedagog хodimlar boʻyicha muddatidan ilgari tanlovlar oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kafedralar birlashtirilgan taqdirda yangidan tashkil etilgan kafedra mudiri lavozimini vaqtincha egallash masalasini Ilmiy kengash oldindan tanlov e’lon qilmasdan, ushbu Nizomning 5-bandiga asosan, birlashtirilgan kafedralar pedagog хodimlari faoliyatini oʻrganish natijalarini inobatga olgan holda hal qiladi.

Kafedra boʻlingan taqdirda uning mudiri saylangan muddati oʻtgungacha, direktorning buyrui bilan yangidan tashkil etilgan kafedralardan birining mudiri lavozimiga tayinlanadi. Boshqa kafedraning mudiri lavozimiga tanlov boʻyicha mudir tayinlanadi.


26. Direktorga tanlov oʻtkazilgunga qadar kafedraning oʻqituvchilaridan bittasiga boʻsh kafedra mudiri lavozimi boʻyicha vazifalarni bajarishni yuklashga ruхsat etiladi.

Vakillik organlarida saylab qoʻyiladigan lavozimga saylangani munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan oʻqituvchi saylab qoʻyiladigan lavozimdagi vakolati tugaganidan keyin tanlov natijalariga koʻra saylangan muddati tugagungacha Oliy maktabda ilgari egallab kelgan yoki unga teng boʻlgan pedagog хodimi lavozimiga tayinlanadi.


27. Direktor pedagog хodimlarning egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi toʻrisidagi masalani Ilmiy kengashda koʻrib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.

Ilmiy kengashda pedagog хodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi toʻrisidagi masalani koʻrib chiqishdan oldin uning faoliyati oʻrganib chiqilishi kerak.

Ilmiy kengash qarori asosida pedagog хodimni egallab turgan lavozimiga nomuvofiqligi boʻyicha vazifasidan ozod qilishga uning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli ilmiy-metodik va tashkiliy ishlar, shuningdek leksiya va seminar mashulotlari oʻtkazish darajasi past boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

Agar Ilmiy kengash qaroriga koʻra kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi egallab turgan lavozimiga nomuvofiq deb topilsa, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Kafedra mudiri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi u tomonidan kafedraga rahbarlik qilish boʻyicha oʻz funksional vazifalarini bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi sababli ham Ilmiy kengash qaroriga muvofiq bekor qilinishi mumkin.



5-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


28. Pedagog хodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish masalalariga doir mehnat nizolari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


29. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 23 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 28 yanvar, 4-son, 76-modda