Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 07.01.2019 y. 4-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi professor-oʻqituvchilari tarkibini tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 23.01.2019 y. 3129-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
23.01.2019 y.
N 3129
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTI HUZURIDAGI LOYIHA
BOShQARUVI MILLIY AGENTLIGI
DIREKTORINING
07.01.2019 y.
N 4
BUYRUGʻI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv
respublika oliy maktabi professor-oʻqituvchilari
tarkibini tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3930-sonli "Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat хaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi professor-oʻqituvchilari tarkibini tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktorning birinchi oʻrinbosari D. Li
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2019 yil 23 yanvar
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2019 yil 28 yanvar, 4-son, 76-modda