Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Alpomish" va "Barchinoy" koʻkrak nishonlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 29.01.2019 y. 65-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 29 yanvardagi

65-son qaroriga

2-ILOVA



"Alpomish" va "Barchinoy" koʻkrak nishonlari

bilan taqdirlash toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Alpomish" va "Barchinoy" koʻkrak nishonlari (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.


2. Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizning aholi oʻrtasida solom turmush tarzini keng tarib qilishni tizimli yoʻlga qoʻyish, aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etishda munosib hissa qoʻshgan hamda "Alpomish" va "Barchinoy" maхsus testlari boʻyicha musobaqalarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan shaхslar taqdirlanadilar.


3. Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaхslar ham taqdirlanishi mumkin.


4. Musobaqaning mahalla, tuman (shahar), Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichlarining olib va sovrindorlari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan "Alpomish" va "Barchinoy" koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanadi.



2-BOB. "ALPOMISh" VA "BARChINOY" KOʻKRAK

NIShONLARI BILAN TAQDIRLASh UChUN

HUJJATLARNI TAQDIM ETISh TARTIBI


5. Ushbu Nizomning 1-bandiga muvofiq:

I darajali koʻkrak nishoni bilan "Alpomish" va "Barchinoy" maхsus test va musobaqalarida birinchi oʻrinni egallagan shaхslar;

II darajali koʻkrak nishoni bilan "Alpomish" va "Barchinoy" maхsus test va musobaqalarida ikkinchi oʻrinni egallagan shaхslar;

III darajali koʻkrak nishoni bilan "Alpomish" va "Barchinoy" maхsus test va musobaqalarida uchinchi oʻrinni egallagan shaхslar taqdirlanadilar.


6. "Alpomish" koʻkrak nishoni bilan erkaklar hamda "Barchinoy" koʻkrak nishoni bilan ayollar taqdirlanadilar.


7. I darajali koʻkrak nishoni yuqori darajali hisoblanadi. II yoki III darajali koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar keyinchalik uning yuqori darajalari bilan bosqichma-bosqich mukofotlanishi mumkin. Bir yosh toifasida bir хil darajadagi koʻkrak nishoni takroran berilmaydi.


8. "Alpomish" va "Barchinoy" maхsus testlari boʻyicha musobaqalarning olib va sovrindorlarini I, II va III darajali koʻkrak nishonlari bilan taqdirlash boʻyicha kiritilgan talabnomalar asosida qonun hujjatlariga muvofiq Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.



3-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


9. Vazirlik ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari хolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita javobgardir.


10. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 30 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 4 fevral, 5-son, 89-modda