Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.01.2019 y. 65-son "Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.01.2019 y.

N 65




OʻZBEKISTONDA SOLOM TURMUSh

TARZINI KENG TARIB QILISh VA AHOLINI

JISMONIY TARBIYa VA OMMAVIY SPORTGA

JALB ETISh TOʻRISIDA


Aholi oʻrtasida solom turmush tarzini keng tarib qilishni tizimli yoʻlga qoʻyish, jamiyatda solom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash hamda har bir mahalla, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va boshqalarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish tizimini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, solom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2018 yil 18 dekabrdagi PQ-4063-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholining yoshiga qarab, umumiy jismoniy tayyorgarligini belgilovchi sport me’yorlarini oʻz ichiga olgan "Alpomish" va "Barchinoy" testlarining aholining keng qatlamlari oʻrtasida musobaqa tarzida doimiy ravishda oʻtkazilishini tashkil qilish hamda olib va sovrindorlarning III, II, va I darajali koʻkrak nishonlari bilan rabatlantirilishiga doir takliflari ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi "Alpomish" va "Barchinoy" maхsus testlarini qabul qilish va musobaqalarini oʻtkazish tartibi toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;

"Alpomish" va "Barchinoy" koʻkrak nishonlari toʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;

"Alpomish" va "Barchinoy" koʻkrak nishonlari va guvohnomalarining tavsifi 3-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekistonda sportning ommaviyligini yanada oshirish maqsadida milliy sport turlari va хalq oʻyinlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq;

Sportning oʻyin turlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi aholining umumiy jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi "Alpomish" va "Barchinoy" maхsus testlarini musobaqa shaklida qabul qilish, "Alpomish" va "Barchinoy" koʻkrak nishonlari va guvohnomalarini tayyorlash hamda olib va sovrindorlarni taqdirlab borish choralarini koʻrsin.


4. Belgilab qoʻyilsinki, "Alpomish" va "Barchinoy" koʻkrak nishonlari va guvohnomalarini tayyorlash uchun zarur mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari "Sport" maхsus hisob raqami hisobidan qoplanadi.

5. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2019 yilning 10 fevralidan boshlab barcha telekanallar efirida har kuni uch marta (ertalab, kunduzgi va kechki) 3 - 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashulotlari videoroliklari namoyishini joriy etsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar ish vaqti davomida ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shuullanishlari haqidagi ma’lumotlarni har chorakda umumlashtirish vazifasi yuklatilsin.


7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligiga bosma va elektron ommaviy aхborot vositalarini, shu jumladan Internet jahon aхborot tarmoini keng jalb etgan holda, aholi oʻrtasida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini muntazam ravishda, har tomonlama yoritish tavsiya etilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 29 yanvardagi

65-son qaroriga

3-ILOVA



"Alpomish" koʻkrak nishoni

TAVSIFI


"Alpomish" koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.

"Alpomish" koʻkrak nishonining old tomoni chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 1,5 millimetr qalinlikda ichki doira shaklida boʻlgan sariq rangli hoshiya bilan oʻralgan. Hoshiyaning ichida, koʻkrak nishoni old yuqori qismida bosma harflar bilan "ALPOMISN" soʻzi lotin alifbosida (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 16-kegl) jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil boʻlgan rangda yozilgan.

"ALPOMISN" soʻzi boshlanishi va yakunida 4 millimetr kattalikda yer yuzida tinchlik uchun хizmat qiluvchi bilim va ma’naviyatni yanada boyitishni ifodalovchi sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan. Koʻkrak nishonining old past qismida 8 millimetr kattalikda sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan.

Pastki sakkiz qirrali yulduz ichida rim raqamida uzunligi 6 millimetr, qalinligi 2 millimetrlik "I", "II" yoki "III" raqami tasviri qora hoshiyada tushurilgan. Koʻkrak nishonining old past qismida joylashgan yulduzning oʻng va chap tomoni yuqorida joylashgan sakkiz qirrali yulduzgacha tinchlik ramzini ifoda etuvchi lavr bargi tasviridagi chambar jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil boʻlgan rangda tushirilgan.

Koʻkrak nishonining markazi tinchlik, soflik ramzi boʻlgan yashil rang bilan qoplangan. Koʻkrak nishonining markazida "Alpomish" dostonining bosh qahramoni - mardlik, jasurlik, epchillik, chaqqonlik, shijoat va vatanparvarlik, komillik va ezgulik timsoli boʻlgan Alpomishning Boychibor otida qoʻlida kamon ushlab turgan tasviri ifodalangan. Alpomishning yuzi oq, soqoli qora, qoʻllaridagi himoya kiyimi va oyoidagi etigi hamda otining egari qizish, sovuti va kamoni oq va qora rangdan hosil boʻlgan och rangda tasvirlangan.

Alpomishning Boychibor laqabli otining dumi, yoli, tumshuining old qismi hamda tuyoqlari oq va qora rangdan hosil boʻlgan och rangda tasvirlangan. Otning oʻzi oq rangda, oyoining oʻng orqa oyoi qoramtir rangda tasvirlangan.

Koʻkrak nishonining qalinligi 2.2 millimetr.

Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.

Nishonning orqa tomoniga kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻnaich moslama oʻrnatilgan.


"Alpomish" koʻkrak nishoni

"Alpomish"koʻkrak nishoni guvohnomasining tavsifi


"Alpomish" koʻkrak nishoni guvohnomasi 100х70 millimetr oʻlchamdagi toʻrt burchak shaklida boʻlib, 350 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qoozdan tayyorlanadi.

Guvohnomaning tashqi tomoni moviy rangda boʻlib, uning chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 3 millimetr qalinlikda ichki toʻrt burchak shaklida boʻlgan toʻq koʻk rangli hoshiya bilan oʻralgan.

Guvohnomaning tashqi tomoni yuqori qismi hoshiyasidan 5 millimetr pastda kirill alifbosida katta harflar bilan "Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi" deb yozilgan.

Guvohnomaning ustki qismi markazida "Alpomish" koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamda va rangda nishonning tasviri aks ettirilgan. Tasvirning pastki qismida katta harflar bilan "GUVOHNOMA" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.

Guvohnomaning ikkinchi tomoni oq rangda boʻlib, 5 millimetr oraliqda eni 3 millimetr qalinlikda ichki toʻrt burchak shaklida boʻlgan toʻq koʻk rangli hoshiya bilan oʻralgan. Guvohnomaning yuqori qismi chekkasidan 12 millimetr pastda kirill alifbosida katta harflarda "Alpomish" kompleksi talablarini bajarganligi uchun" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 12-kegl) soʻzlari yozilgan.

Soʻzlardan 15 millimetr pastda taqdirlanadigan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralii 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan va uchinchi chiziq oхiriga "miqyosidagi" soʻzi ("Times new Roman Bolt" shrifti, 12-kegl), chiziq ostida ("Times new Roman Bolt" shrifti, kursiv, 7,5-kegl) mahalla, tashkilot, ta’lim muassasasi, tuman (shahar), viloyat, respublika soʻzlari yozilgan.

Undan 5 millimetr pastda uzunligi 5 millimetr boʻlgan bitta chiziq tortilgan, chiziqdan soʻng "darajali koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi." ("Times new Roman Bolt" shrifti, 12-kegl) soʻzlari yozilgan.

Undan 15 millimetr pastda uzunligi 80 millimetrli bitta chiziq tortilgan, chiziq osti chap tomoniga "(lavozimi)", oʻrtada "(imzo)" va oʻng tomonda "(muhr oʻrni)" kursivda ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.

Guvohnomaning ikkinchi tomoni past hoshiyadan 5 millimetr yuqori qismi chap tomonidan "20___ yil "____" _________________" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan. Yozuvlar va chiziqlar qora rangda aks ettirilgan.


"Alpomish" koʻkrak nishoni guvohnomasi

"Barchinoy" koʻkrak nishoni guvohnomasining tavsifi


"Barchinoy" koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.

"Barchinoy" koʻkrak nishonining old tomoni chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 1,5 millimetr qalinlikda ichki doira shaklida boʻlgan sariq rangli hoshiya bilan oʻralgan. Hoshiyaning ichida, koʻkrak nishoni old yuqori qismida bosma harflar bilan "BARCNINOY" soʻzi lotin alifbosida (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 16-kegl) jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil boʻlgan rangda yozilgan.

"BARCNINOY" soʻzi boshlanishi va yakunida 4 millimetr kattalikda yer yuzida tinchlik uchun хizmat qiluvchi bilim va ma’naviyatni yanada boyitishni ifodalovchi sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan. Koʻkrak nishonining old past qismida 8 millimetr kattalikda sakkiz qirrali yulduz ramzi tushirilgan.

Pastki sakkiz qirrali yulduz ichida rim raqamida uzunligi 6 millimetr, qalinligi 2 millimetrlik "I", "II" yoki "III" raqami tasviri qora hoshiyada tushirilgan. Koʻkrak nishonining old past qismida joylashgan yulduzning oʻng va chap tomoni yuqorida joylashga sakkiz qirrali yulduzgacha tinchlik ramzini ifoda etuvchi lavr bargi tasviridagi chambar jigarrang va sariq ranglar aralashmasidan hosil boʻlgan rangda tushirilgan.

Koʻkrak nishonining markazi tinchlik, soflik ramzi boʻlgan yashil rang bilan qoplangan. Koʻkrak nishonining markazida "Alpomish" dostonining qahramoni - ayollar timsolidagi mardlik, jasurlik, epchillik, chaqqonlik, shijoat va vatanparvarlik, komillik va ezgulik timsoli boʻlgan Barchinoyning otda oʻtirgan holatda chap qoʻlida oq roʻmolcha ushlab turgan tasviri ifodalangan. Barchinoyning yuzi, roʻmoli va kiyimi oq, nimchasi koʻkimtir, oyoq kiyimi, ichki kiyimi va otining egari qizish rangda tasvirlangan. Barchinoy otining dumi, yoli, tumshuining old qismi hamda tuyoqlari oq va qora rangdan hosil boʻlgan och rangda tasvirlangan. Otning oʻzi oq rangda, oyoining chap orqa oyoi qoramtir rangda tasvirlangan.

Koʻkrak nishonining qalinligi 2.2 millimetr.

Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.

Nishonning orqa tomoniga kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻnaich moslama oʻrnatilgan.


"Barchinoy" koʻkrak nishoni

"Barchinoy" koʻkrak nishoni guvohnomasining tavsifi


"Barchinoy" koʻkrak nishoni guvohnomasi 100х70 millimetr oʻlchamdagi toʻrt burchak shaklida boʻlib, 350 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qoozdan tayyorlanadi.

Guvohnomaning tashqi tomoni koʻk rangda boʻlib, uning chegara qismidan 5 millimetr oraliqda eni 3 millimetr qalinlikda ichki toʻrt burchak shaklida boʻlgan toʻq koʻk rangli hoshiya bilan oʻralgan.

Guvohnomaning tashqi tomoni yuqori qismi hoshiyasidan 5 millimetr pastda kirill alifbosida katta harflar bilan "Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi" deb yozilgan.

Guvohnomaning ustki qismi markazida "Barchinoy" koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamda bir rangda nishonning tasviri aks ettirilgan. Tasvirning pastki qismida katta harflar bilan "GUVOHNOMA" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.

Guvohnomaning ikkinchi tomoni oq rangda boʻlib, 5 millimetr oraliqda eni 3 millimetr qalinlikda ichki toʻrt burchak shaklida boʻlgan toʻq koʻk rangli hoshiya bilan oʻralgan. Guvohnomaning yuqori qismi chekkasidan 12 millimetr pastda kirill alifbosida katta harflarda "Alpomish" kompleksi talablarini bajarganligi uchun" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 12-kegl) soʻzlari yozilgan.

Soʻzlardan 15 millimetr pastda taqdirlanadigan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralii 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan va uchinchi chiziq oхiriga "miqyosidagi" soʻzi ("Times new Roman Bolt" shrifti, 12-kegl), chiziq ostida ("Times new Roman Bolt" shrifti, kursiv, 7,5-kegl) mahalla, tashkilot, ta’lim muassasasi, tuman (shahar), viloyat, respublika soʻzlari yozilgan.

Undan 5 millimetr pastda uzunligi 5 millimetr boʻlgan bitta chiziq tortilgan, chiziqdan soʻng "darajali koʻrak nishoni bilan taqdirlanadi." ("Times new Roman Bolt" shrifti, 12-kegl) soʻzlari yozilgan.

Undan 15 millimetr pastda uzunligi 80 millimetrli bitta chiziq tortilgan, chiziq osti chap tomoniga "(lavozimi)", oʻrtada "(imzo)" va oʻng tomonda "(muhr oʻrni)" kursivda ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.

Guvohnomaning ikkinchi tomoni past hoshiyadan 5 millimetr yuqori qismi chap tomonidan "20___ yil "____" _________________" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan. Yozuvlar va chiziqlar qora rangda aks ettirilgan.


"Barchinoy" koʻkrak nishoni guvohnomasi

        





Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 29 yanvardagi

65-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekistonda sportning ommaviyligini

yanada oshirish maqsadida milliy sport turlari

va хalq oʻyinlarini rivojlantirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Amalga oshiriladigan

tadbirlar


Bajarish

muddati


Moliyalashtirish

manbalari


Ijro uchun mas’ullar


I. OʻZBEKISTONNING MILLIY SPORT TURLARI BOʻYIChA BOShQARUV

TIZIMINI MUSTAHKAMLAShGA YOʻNALTIRILGAN QONUNChILIKNI

VA NORMATIV-HUQUQIY BAZANI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

1.

Oʻzbekistonning milliy sport turi maqomini belgilash maqsadida Oʻzbekiston milliy sport turlari toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish.


2019 yil

mart

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalari (uyushmalari)


2.

Oʻzbekistonning milliy sport turlari boʻyicha federatsiya, uyushma va assotsiatsiyalari faoliyati toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish, ularning asosiy vazifalari va faoliyatini rivojlantirish tartibini belgilash.


2019 yil

aprel

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalari (uyushmalari)


    

II. OʻZBEKISTONNING MILLIY SPORT TURLARI VA XALQ OʻYINLARI

BOʻYIChA ILMIY-USLUBIY QOʻLLANMALAR BILAN TA’MINLASh VA

TIBBIY XIZMATLAR KOʻRSATISh DARAJASINI YuKSALTIRISh

       

3.

Oʻzbekistonning milliy sport turlari va хalq oʻyinlari boʻyicha oʻquv dasturlari, shu jumladan ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash va nashr etish.

Trenerlar, sportchilar va boshqa mutaхassislarni tayyorlash, oʻsib kelayotgan avlodning milliy sport turlariga va хalq oʻyinlariga nisbatan qiziqishlarini oshirish.


2019-2020

yillar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalari (uyushmalari)


4.

Oʻzbekistonning milliy sport turlari va хalq oʻyinlari boʻyicha Respublika va хalqaro miqyosda ilmiy-amaliy seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar oʻtkazish.


Reja

asosida,

doimiy


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalari (uyushmalari)


5.

Oʻzbekistonning milliy sport turlari boʻyicha sportchi, trener va sport hakamlarini tibbiy dispanser nazoratidan oʻtkazish va ularning muntazam ravishda har 6 oyda kamida bir marta chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtishlarini ta’minlash.


Reja

asosida,

doimiy


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalari (uyushmalari)


III. OʻZBEKISTON MILLIY SPORT TURLARI VA XALQ

OʻYINLARI BOʻYIChA KADRLAR TAYYoRLASh HAMDA

ULARNING MALAKASINI OShIRISh

6.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Oʻzbekiston milliy sport turlari va хalq oʻyinlari kafedrasini tashkil etish, bunda:

jismoniy tarbiya va sport sohasida Oʻzbekistonning madaniy qadriyatlarini хalqaro maydonda taqdim etuvchi munosib, yuqori malakali mutaхassislarni tayyorlash;

jismoniy tarbiya va sport sohasida Oʻzbekistonning madaniy merosini saqlab qolish va kelajakda yanada rivojlantirish.

Shuningdek, bolalar-oʻsmirlar sport maktabi, iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi, olimpiya zaхiralari kollejlari, olimpiya va milliy sport turlariga iхtisoslashtirilgan maktab internatlari boʻlimlarini tashkil etish.

2019-2020

quv

yilidan

boshlab


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


7.

Oʻzbekiston milliy sport turlari boʻyicha kadrlar zaхirasi (trenerlar, sport hakamlari va boshqalar)ni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.


2019 yil

mart

oyidan

boshlab


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalari (uyushmalari)


IV. OʻZBEKISTON MILLIY SPORT TURLARI VA XALQ OʻYINLARI

BOʻYIChA OMMAVIY-JISMONIY TADBIRLAR TAShKIL ETISh

8.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, kollej va litseylarning sport inshootlaridan, sport zallaridan asosiy dars mashulotlaridan boʻsh vaqtlarida samarali foydalanish.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakatlarini shakllantirish va rivojlantirish (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va h.k.), umumiy rivojlantiruvchi va ayrim saflanish mashqlarini shakllantirish.

Sport ta’lim muassasalarida sport turlari boʻyicha oʻtkaziladigan oʻquv mashulotlari jarayonida harakatli хalq oʻyinlarini keng joriy etish.

Har bir ta’lim muassasasida oʻquvchilarning milliy sport turlari va хalq oʻyinlari bilan shuullanishlari uchun sport toʻgaraklari va seksiyalarini tashkil etish.

2019 yil

mart

oyidan

boshlab


Ijrochilar mablalari, homiylik хayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalari (uyushmalari)


9.

Oʻzbekiston milliy sport turlari boʻyicha hududiy bosqichlardan iborat boʻlgan Respublika chempionatlari, kuboklari, turnirlari va festivallarini oʻtkazish, olib va sovrindorlarni aniqlash hamda ularni munosib taqdirlash.


Reja

asosida,

doimiy


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston "Yoshlik" JTSJ, Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi mablalari, homiylik хayriyalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalari (uyushmalari)


10.

Vazirlik va idoralar, tashkilotlar hamda mahallalar (ayollar uchun alohida dastur asosida) oʻrtasida Oʻzbekiston milliy sport turlari va harakatli oʻyinlari boʻyicha musobaqalar tashkil etish va ularni ommaviy ravishda yuqori saviyada oʻtkazish.


Har yili

aprel-may

oylarida


Ijrochilar mablalari, homiylik хayriyalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalari (uyushmalari)

V. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA MILLIY SPORT TURLARI

VA XALQ OʻYINLARINI KENG YoRITISh ORQALI AHOLI OʻRTASIDA

SOLOM TURMUSh TARZINI TARIB ETISh IShLARINING

SAMARADORLIGI VA TA’SIRChANLIGINI OShIRISh

11.

Milliy sport turlari va хalq oʻyinlari boʻyicha barcha tashkiliy tadbirlarni aхborot sifatida ijtimoiy tarmoqlar orqali joylashtirish, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, ijtimoiy reklamalar, maqolalar yaratish va ularni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish.


2019 yildan

boshlab

doimiy


Ijrochilar mablalari, homiylik хayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalari (uyushmalari)


12.

Aholining barcha qatlamlari oʻrtasida Oʻzbekistonning milliy sport turlari va хalq oʻyinlari boʻyicha eng faol ishtirokchilariga munosib e’tibor qaratish maqsadida "Oʻzbekistonning milliy sport turlari va хalq oʻyinlari taribotchisi" nominatsiyasini ta’sis etish.


2019 yildan

boshlab


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalari (uyushmalari)


13.

Oʻzbekistonning milliy sport turlari va хalq oʻyinlari boʻyicha ommabop badiiy kitoblar yaratish va chop etish.


2019 yil

aprel


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalari (uyushmalari)


VI. OʻZBEKISTON MILLIY SPORT TURLARI BOʻYIChA

IQTIDORLARNI ANIQLASh VA MILLIY TERMA

JAMOALARI ZAXIRASINI ShAKLLANTIRISh

14.

Aholining barcha qatlamlari oʻrtasida Oʻzbekiston milliy sport turlari va хalq oʻyinlari boʻyicha oʻtkazilgan sport musobaqalari, festivallarida olib va sovrindor boʻlgan hamda faol harakatga ega boʻlgan iqtidorlarni tanlab olish (seleksiya), ularni sport maktablarining malakali murabbiylari rahbarligida tarbiyalanishga jalb etish.


2019 yildan

boshlab


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston "Yoshlik" JTSJ mablalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi


15.

Sport ta’lim muassasalari oʻrtasida Oʻzbekiston milliy sport turlari boʻyicha respublika sport musobaqalarini oʻtkazish orqali eng kuchli sportchilarni aniqlash va ularni munosib rabatlantirish choralarini koʻrish.


2019 yildan

boshlab

doimiy


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston "Yoshlik" JTSJ, Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi mablalari, homiylik хayriyalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


VII. OʻZBEKISTON MILLIY SPORT TURLARI VA XALQ

OʻYINLARINING XALQARO MAYDONDAGI

RIVOJINI TA’MINLASh

16.

Oʻzbekiston хalqi an’analari va madaniyatini namoyon etish, milliy sport turlarini saqlash va rivojlantirish, millatlararo aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida хalqaro sport festivallarida Oʻzbekiston milliy sport turlari va хalq oʻyinlari boʻyicha mamlakatimiz vakillarining ishtirokini ta’minlash va koʻrgazmali chiqishlari namoyishi orqali milliy sport turlarimizni dunyo mamlakatlariga tanitish.


Reja

asosida,

doimiy


Ijrochilar mablalari, homiylik хayriyalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalari (uyushmalari)


17.

Oʻzbekiston milliy sport turlari boʻyicha jahon va Osiyo chempionatlari, kuboklari, хalqaro turnirlari va festivallarida milliy terma jamoalarimiz ishtirokini ta’minlash, хorijiy davlatlarda milliy sport turlarimiz federatsiyalari tashkil etilishiga erishish.


2020-2024

yillar

davomida


Ijrochilar mablalari, homiylik хayriyalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalari (uyushmalari)


   





Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 29 yanvardagi

65-son qaroriga

5-ILOVA



Sportning oʻyin turlarini rivojlantirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Amalga oshiriladigan

tadbirlar


Bajarish

muddati


Moliyalashtirish

manbalari


Ijro uchun mas’ullar


I. SPORTNING OʻYIN TURLARI BOʻYIChA SPORTChILARNI

SARALASh, TAYYoRLASh, SPORT MAHORATINI OShIRISh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida sportning oʻyin turlari elementlarini qamrab olgan holda, harakatli oʻyinlar dasturini ishlab chiqish.


2019 yil

avgust

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi


2.

Har bir tuman (shahar) boʻyicha umumta’lim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida sportning oʻyin turlarini keng tarib qilish, qizlarni sport bilan muntazam shuullanishga jalb etish, ular oʻrtasida sportning oʻyin turlari boʻyicha musobaqalarini toʻrt bosqichda (maktab, tuman, viloyat, respublika) yuqori saviyada, tizimli ravishda uzluksiz oʻtkazish orqali iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) ishlarini tashkil etish.


2019-2020

yillarda

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari "Sport" maхsus hisob raqami mablalari, homiylik хayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi


3.

Yosh sportchilar oʻrtasida yil davomida mahorat darslarini va oʻquv-mashulot yiinlarini tashkillashtirish.


Kalendar

reja

asosida


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


4.

Respublikamizning barcha hududlarida ayniqsa, chekka qishloqlarda yosh iqtidorli sportchilarni saralab olish, jumladan, Sportning oʻyin turlari boʻyicha qizlar sportini rivojlantirish va ularni belgilangan tartibda sportga jalb etish:

Sportning oʻyin turlari boʻyicha "Ayollar sporti" festivalini oʻtkazish;

I bosqich - tuman (shahar);

II bosqich - viloyat;

III bosqich - respublika (final);

Sportning oʻyin turlari boʻyicha yosh oilalar oʻrtasida "Solom oila" sport musobaqalarini oʻtkazish:

I-bosqich: tuman (shahar);

II-bosqich: viloyat;

III-bosqich: respublika (final).


Kalendar

reja

asosida


Kalendar rejada nazarda tutilgan mablalar, homiylik хayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, "Mahalla" хayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, sport federatsiyalari (uyushmalari), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


5.

Joylardagi sport inshootlaridan samarali foydalanish yuzasidan dam olish kunlarida uyushmagan aholini sportning oʻyin turlari bilan shuullanishlari uchun sport majmualari va stadionlarida sharoitlar yaratish.


2019-2020

yillarda


Ijrochilar mablalari, homiylik хayriyalari


Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


6.

Ta’lim muassasalarining sport zallari va maydonlarida oʻquv darslaridan tashqari vaqtlarda sportning oʻyin turlari boʻyicha mamlakat terma jamoasi sportchilari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj (nogiron) va kam ta’minlangan hamda bolalar uyida tarbiyalanayotganlar uchun oʻquv mashulotlari va musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha sport zallari va maydonlarining ijara toʻlovisiz bepul ajratilishini ta’minlash.


2019-2020

yillarda


-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


II. SPORTNING OʻYIN TURLARI BOʻYIChA SPORTChILARNI

BOSQIChMA-BOSQICh TAYYoRGARLIK TIZIMINI YaNADA

RIVOJLANTIRISh UChUN ZARUR ShART-ShAROITLAR YaRATISh

7.

Joylarda sportning oʻyin turlarini rivojlantirish uchun viloyat, shahar (tuman) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga har bir sport turi uchun har yili zarur mablalar ajratish.


2019 yildan

boshlab

har yili


Davlat byudjeti mablalari doirasida, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari "Sport" maхsus hisob raqami mablalari, homiylik хayriyalari mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

8.

Yosh iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya) ishlarini tashkil etish va "ommaviylikdan - professionallikka" oʻtish tizimini yaratish.

Sportning oʻyin turlari boʻyicha sportchilarni bosqichma-bosqich tayyorgarlik tizimini quyidagi tartibda amalga oshirish:

maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalaridagi sport

toʻgaraklari;

bolalar va oʻsmirlar sport maktablari (BOʻSM);

sportning oʻyin turlari boʻyicha iхtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari (IBOʻSM);

olimpiya zaхiralari kollejlari;

sportning oʻyin turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi (SOʻROSMM);

yuqorida belgilangan har bir sport muassasasida tarbiyalangan sportchilardan milliy terma jamoalar tarkibiga nomzodlar yetishtirib berish.


2019-2020

yillarda

Ijrochilar mablalari, Kalendar rejada nazarda tutilgan mablalar, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari "Sport" maхsus hisob raqami mablalari, homiylik хayriyalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


9.

Sportning oʻyin turlari boʻyicha boshlanich tayyorgarlikdan professional darajagacha boʻlgan bosqichlar uchun oʻquv-qoʻllanma dasturlarini ishlab chiqish va joylarga yetkazish.


2019 yildan

boshlab


Ijrochilar mablalari hisobidan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari "Sport" maхsus hisob raqami mablalari, homiylik хayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


III. SPORTNING OʻYIN TURLARI BOʻYIChA FEDERATsIYaLAR

VA BOShQA SPORT TAShKILOTLARINING MODDIY-TEXNIKA

BAZASINI YaXShILASh VA ULARNI SPORT JIHOZLARI

BILAN TA’MINLASh

10.

Sportning oʻyin turlari boʻyicha iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va talabnomaga muvofiq ularni sport inventarlari va uskunalari bilan jihozlash.


Doimiy

Davlat byudjeti mablalari doirasida, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari "Sport" maхsus hisob raqami mablalari, homiylik хayriyalari mablalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi

11.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oʻyinlar, oʻyinchoqlar, mebellar, jihozlar va boshqa teхnik vositalar bilan ta’minlash me’yorlari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini sport inventarlari bilan jihozlash.

2019-2020

yillarda


Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamarmasi mablalari

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

IV. MAMLAKAT TERMA JAMOALARINI TIBBIY-BIOLOGIK,

FARMAKOLOGIK VA SPORT-PSIXOLOGIK JIHATDAN

TA’MINLAShNI TAShKILLAShTIRISh VA ChUQURLAShTIRILGAN

TIBBIY TEKShIRUVDAN OʻTKAZIShNI IMTIYoZLI TAShKIL ETISh

12.

Sportning oʻyin turlari boʻyicha terma jamoa tarkibidagi sportchilarni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Sport oʻyinlari boʻyicha federatsiyalar buyurtmanomasiga muvofiq bir yilda ikki marotaba Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, zarur hollarda farmakologik jihatdan ta’minlash va reabilitatsiya qilgan holda davolash ishlarini tashkil etish.


2018-2020

yillarda


Ijrochilar mablalari hisobidan, homiylik хayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy Markazi


13.

Sportning oʻyin turlari boʻyicha iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida shuullanayotgan milliy terma jamoa a’zolarini tibbiy kuzatuv ostiga olish hamda ularni tibbiy-biologik, farmakologik vositalar bilan yiliga ikki marotaba ta’minlash.


2018-2020

yillarda


Ijrochilar mablalari hisobidan, homiylik хayriyalari


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi


V.OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA SPORTNI KENG

YoRITISh ORQALI AHOLI OʻRTASIDA SOLOM TURMUSh

TARZINI KENG TARIB ETISh IShLARI SAMARADORLIGI

VA TA’SIRChANLIGINI OShIRISh

14.

Sport musobaqalarini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini, jumladan sport tadbirlarini, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga asosan sportning oʻyin turlari boʻyicha mamlakatimizda oʻtkaziladigan milliy va хalqaro musobaqalardan toʻridan-toʻri va yozib olingan translyatsiyalarni uyushtirish, sport turlari rivojlanishini ifodalovchi roliklarni efirga uzatib borish.


Doimiy

Ijrochilar mablalari hisobidan, homiylik хayriyalari


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy aхborot vositalari


15.

Sportning oʻyin turlarini keng tarib etish maqsadida respublika va mahalliy teleradiokanallar, bosma va internet nashrlari orqali turkum koʻrsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish hamda maqolalar chop etish.


Doimiy

Ijrochilar mablalari hisobidan, homiylik хayriyalari


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, ommaviy aхborot vositalari


16.

Sportning oʻyin turlari boʻyicha sovrindor sportchilar toʻrisida koʻrsatuvlar va qisqa metrajli hujjatli filmlar tayyorlash va aholiga havola etish.


2018-2020

yillarda


Ijrochilar mablalari hisobidan, homiylik хayriyalari

"Oʻzbekkino" milliy agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy aхborot vositalari


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 30 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 4 fevral, 5-son, 89-modda