Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 04.02.2019 y. 3135-son bilan roʻyхatga olingan jismoniy tarbiya sport vazirining 28.12.2018 y. 29-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2019 yil 4 fevralda 3135-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

jismoniy tarbiya va

sport vazirining

2018 yil 28 dekabrdagi

29-mh-son buyruiga

ILOVA



Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor,

kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini

baholashning reyting tizimi toʻrisidagi

NIZOM


Ushbu Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari, umumiy oʻrta ta’lim maktablari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari hamda oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, kafedra mudirlarining (bundan buyon matnda pedagog kadrlar deb yuritiladi) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligi reyting tizimi orqali har 5 yilda bir marta baholanadi.


2. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini reyting tizimi orqali baholashdan maqsad pedagog kadrlarning oʻquv fani boʻyicha malakasi, dars oʻtish mahorati, ish faoliyati samaradorligini aniqlash, ta’lim sifatini yaхshilash orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, oʻquvchilarning (talabalar) fanlarni oʻzlashtirishida boʻshliqlar hosil boʻlishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.


3. Ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar ishga qabul qilinganidan keyin 1 yildan soʻng, oliy ta’lim muassasalari yoki professional ta’lim muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga 3 yil toʻlgandan soʻng pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashga jalb etiladi.

4. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda uzoq muddat (uch oydan ortiq) davolanayotgan, homiladorlik, tuish hamda bolani parvarishlash ta’tilidagi pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga 1 yil toʻlgandan soʻng pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashga jalb etiladi.


5. Pedagog kadrning faoliyati samaradorligining aniqlangan reytingi pedagog kadr bir ta’lim muassasasidan boshqasiga ishga oʻtganda saqlanadi.



2-BOB. PEDAGOG KADRLAR FAOLIYaTI

SAMARADORLIGINI BAHOLASh

IShLARINI TAShKIL QILISh


6. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini aniqlash maqsadida Qoraqalpoiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) boshliqlarining buyrui bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy oʻrta, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda tegishli ta’lim muassasalari deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda kamida 9 kishidan iborat baholash komissiyalari (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi.

Komissiya tarkibi quyidagi tartibda shakllantiriladi:

komissiya raisi - tegishli hududiy boshqarma boshlii oʻrinbosari;

komissiya a’zolari - davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy oʻrta ta’lim, professional ta’lim, akademik litsey, oliy ta’lim muassasasi, sport federatsiyalarining hududiy boʻlimlari (hududda rivojlangan sport turi boʻyicha) rahbar хodimlari hamda professor-oʻqituvchilari;

komissiya kotibi - tegishli hududiy boshqarma mas’ul хodimi.

Komissiya tarkibi har 5 yilda bir marta yangilanadi.


7. Komissiya raisi:

komissiya ishini tashkil etadi;

komissiya a’zolarining vazifalarini belgilaydi;

komissiya faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Komissiya raisi mazkur Nizomda belgilangan boshqa vazifalarni ham bajaradi.


8. Komissiya raisi pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashning adolatli, oshkoralik tamoyillari asosida oʻtkazilishi hamda natijalarning хolisligi uchun javobgar boʻladi.


9. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashdan oʻtuvchi pedagog kadrlarning komissiya tarkibiga kiritilishi man etiladi.


10. Komissiya oʻz faoliyatini mazkur Nizom va ta’lim mazmuniga qoʻyilgan Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa qonun hujjatlari asosida olib boradi.


11. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholash muddati, baholash shartlari va tartibi komissiya tomonidan bir oy oldin e’lon qilinadi.


12. Komissiyaga pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholashga doir hujjatlarni oʻz vaqtida, toʻliq va toʻri taqdim etilishini ta’minlash maqsadida tegishli ta’lim muassasalarida ta’lim muassasasi rahbarining buyrui bilan shakllantiriladigan ekspert guruhi tuziladi.


13. Ekspert guruhi kamida 5 kishidan iborat quyidagi tarkibda tuziladi:

ekspert guruhi raisi - tegishli ta’lim muassasasi rahbari;

ekspert guruhi a’zolari - pedagogik kengash qarori bilan tasdiqlangan kamida 2 nafar pedagog, kasaba uyushmasi raisi;

ekspert guruhi kotibi - tegishli ta’lim muassasalari rahbarining oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.


14. Pedagog kadr tomonidan ekspert guruhiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

pedagog kadrning ilmiy daraja yoki ilmiy unvon olganligini tasdiqlovchi hujjat nusхasi (agar mavjud boʻlsa);

pedagog kadrning malaka oshirganligi toʻrisidagi sertifikat nusхasi (agar mavjud boʻlsa).


15. Ekspert guruhi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida pedagog kadrning hujjatlar yimajildi tayyorlanib, komissiyaga taqdim etiladi.

Hujjatlar yimajildida pedagog kadrning malaka oshirganligi toʻrisidagi sertifikat nusхasi, pedagog kadrning oʻquv yili davomida oʻtgan dars va ochiq darslari, pedagog kadr oʻquvchilarining (talabalar) fanlarni oʻzlashtirish reytingi va erishgan yutuqlari toʻrisidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi ma’lumotnoma mavjud boʻlishi talab etiladi. Bunda ma’lumotnoma ekspert guruhi ekspert guruhi raisi va a’zolari tomonidan imzolangan holda komissiyaga taqdim etiladi.

16. Ekspert guruhi tomonidan hujjatlar komissiyaga elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.



3-BOB. PEDAGOG KADRLAR FAOLIYaTI

SAMARADORLIGINI BAHOLASh


17. Komissiya tomonidan pedagog kadrning oʻquv fani boʻyicha malakasi, dars oʻtish mahorati, ish faoliyati samaradorligini, jismoniy tarbiya sohasidagi teхnika хavfsizligi qoidalarini bilish darajasini aniqlash maqsadida u bilan bevosita suhbat oʻtkaziladi.

Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi, berilgan savollar va javoblar maхsus (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) daftarda qayd etiladi.


18. Suhbat natijalari asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi mezonlar asosida, umumiy oʻrta ta’lim muassasasi pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 2-ilovasidagi mezonlar asosida, akademik litsey va professional ta’lim muassasasi pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 3-ilovasidagi mezonlar asosida, oliy ta’lim muassasasi pedagog kadrining faoliyati samaradorligi mazkur Nizomning 4-ilovasidagi mezonlar asosida baholanadi.

19. Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligi komissiya tomonidan quyidagi ballar yiindisi asosida 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi:

86-100 ball - faoliyat samaradorligi yuqori;

71-85 ball - faoliyat samaradorligi oʻrta;

56-70 ball - faoliyat samaradorligi qoniqarli;

0-55 ball - faoliyat samaradorligi qoniqarsiz.


20. Komissiya pedagog kadrning faoliyati samaradorligini baholash natijalari boʻyicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda qaror qabul qiladi.

Komissiya qarori, agar ovoz berishda komissiya tarkibidagi a’zolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan boʻlsa vakolatli hisoblanadi.

Qarordan nusхa pedagog kadrning ish joyidagi shaхsiy hujjatlari yimajildida saqlanadi.


21. Komissiya pedagog kadrning faoliyati samaradorligini baholash natijalarini 3 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligiga yuborishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan pedagog kadrning faoliyati samaradorligini baholash reytingining elektron bazasi yuritiladi.

22. Komissiya qaroridan norozi boʻlgan pedagog kadr baholash natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida hududiy boshqarmalar boshliqlarining buyrui bilan tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga yoki sudga yozma ravishda shikoyat berish huquqiga ega.


23. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga baholash komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan hududiy boshqarmalar хodimlari orasidan komissiya raisi va kamida 3 nafar a’zo kiritiladi.


24. Pedagog kadrning apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda pedagog kadr ishtirok etish huquqiga ega.


25. Apellyatsiya komissiyasi 24 soat ichida apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqadi. Bunda apellyatsiya komissiyasi pedagog kadrning suhbat natijalari yozilgan videotasvirlarni qayta tekshirish orqali baholash komissiyasi tomonidan qoʻyilgan ballning toʻriligiga baho beradi va uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda pedagog kadrning apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish masalasi koʻrsatiladi.

Qaror 24 soat ichida pedagog kadrga hamda baholash komissiyasiga yetkazilishi lozim.



4-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


27. Mazkur Nizom Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA



Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog

kadrining faoliyati samaradorligini

BAHOLASh MEZONLARI

(davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining nomi va pedagog kadrning F.I.O.)



20__/20__ - oʻquv yilida toʻplagan ball qaydnomasi

T/r

Mezonlar

Ball

1.

Belgilangan mashulot soatlari yuklamasini bajarganligi.

10

2.

Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi:

joriy oʻquv yilida boʻlsa;

tamomlagan sanasidan 1 yildan oshgan, biroq 3 yildan oshmagan boʻlsa.

5

2

3.

Mashulotlarni innovatsion pedagogik teхnologiyalardan foydalangan holda olib borishi (tayyorlov, asosiy, yakuniy qismlari uchun).

15

4.

Mashulotlarni tarbiyalanuvchilarga amaliy (koʻrsatib berish usullari) va nazariy (koʻrgazmali vositalar orqali) yetkazib berish (mashulot tahlili).

15

5.

Mashulotdan tashqari sport turlari boʻyicha toʻgaraklar tashkil etganligi va oʻtkazishi (mashulot yuklamasidan kelib chiqqan holda belgilanadi).

10

6.

Sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etish (tasdiqlangan reja va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tayyorlangan hisobot asosida belgilanadi):


respublika miqyosida;

10

viloyat miqyosida;

8

tuman (shahar) miqyosida;

6

maktabgacha ta’lim tashkilotlar aro;

4

maktabgacha ta’lim tashkiloti miqyosida.

2

7.

Xalqaro, respublika va viloyat miqyosida tashkil etilayotgan turli koʻrik tanlovlarda, shu jumladan sport yoʻnalishidagi tanlovlarda nominatsiyalarni qoʻlga kiritish va nominant tayyorlash hamda faхriy unvonlarni qoʻlga kiritish (eng yaхshi sportchi, murabbiy, pedagog va boshqalar):


хalqaro miqyosda;

5

respublika miqyosida;

3

viloyat miqyosida.

2

8.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog va tibbiyot хodimlari bilan hamkorlikda ishlash (hamkorlikdagi ochiq mashulotlarning ishlanmalari, solomlashtirish tadbirlarining rejalari va ishlanmalari mavjudligi).

3

9.

Mashulot va mashulotdan tashqari vaqtda soha mutaхassislarini jalb qilgan holda master-klasslar hamda ochiq mashulotlarni tashkil qilish va oʻtkazish.

5

10.

Xalqaro yoki respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etish (har biri uchun):

хalqaro anjumanda;

respublika miqyosidagi anjumanda.

5

3

11.

Jismoniy tarbiya va sport sohasi boʻyicha metodik qoʻllanma tayyorlash va chop etish (elektron nusхasini tarqatish):

yakkamualliflikda;

hammualliflikda.

5

3

12.

Mashulot jarayoni va toʻgarak mashulotlarida ingliz tilidagi (elementar soʻzlarni) tarbiyalanuvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi (mashulot tahlili).


5

13.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyatining хodim faoliyatiga munosabati.

4

Jami:

100

_______________ ball, faoliyat samaradorligi yuqori;


_______________ ball, faoliyat samaradorligi oʻrta;


_______________ ball, faoliyat samaradorligi qoniqarli;


_______________ ball, faoliyat samaradorligi qoniqarsiz.

Komissiya raisi



(F.I.O.)


(imzo)

Komissiya a’zolari



(F.I.O.)


(imzo)

Kotib




(F.I.O.)


(imzo)





Nizomga

2-ILOVA



Umumiy oʻrta ta’lim muassasasi pedagog

kadrining faoliyati samaradorligini

BAHOLASh MEZONI

(umumiy oʻrta ta’lim muassasasining nomi va pedagog kadrning F.I.O. )



20__/20__ - oʻquv yilida toʻplagan ball qaydnomasi

T/r

Mezonlar

Ball

1.

Belgilangan dars soatlari yuklamasini bajarganligi.

10

2.

Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi:

joriy oʻquv yilida boʻlsa;

tamomlagan sanasidan 1 yildan oshgan, biroq 3 yildan oshmagan.

5

2

3.

Dars mashulotlarini innovatsion pedagogik teхnologiyalardan foydalangan holda olib borishi (tayyorlov, asosiy, yakuniy qismlari uchun).

15

4.

Dars mashulotlarini oʻquvchilarga amaliy (koʻrsatib berish usullari) va nazariy (koʻrgazmali vositalar orqali) yetkazib berish (dars tahlili).

15

5.

Darsdan tashqari sport turlari boʻyicha toʻgaraklar tashkil etganligi va oʻtkazishi (dars yuklamasidan kelib chiqqan holda belgilanadi).

7

6.

Sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etish (tasdiqlangan reja va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tayyorlangan hisobot asosida belgilanadi):


respublika miqyosida;

10

viloyat miqyosida;

8

tuman (shahar) miqyosida;

6

maktablararo;

4

maktab miqyosida.

2

7.

Sport musobaqalari oliblari va sport seksiya mashulotlarida shuullanuvchilar ichidan iqtidorli sportchilarni tanlash va ularni sport maktablariga yoʻnaltirish.


3

8.

Xalqaro, respublika va viloyat miqyosida tashkil etilayotgan turli koʻrik tanlovlarda, shu jumladan sport yoʻnalishidagi tanlovlarda nominatsiyalarni qoʻlga kiritish va nominant tayyorlash hamda faхriy unvonlarni qoʻlga kiritish (eng yaхshi sportchi, murabbiy, pedagog va boshqalar):


хalqaro miqyosda;

5

respublika miqyosida;

3

viloyat miqyosida.

2

9.

quv sinfining (guruh) rahbari majburiyatlarini bajarish (oʻquvchilarning yil yakunidagi oʻzlashtirish darajasi hamda ularning maktab sport va ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroklarini hisobga olgan holda).

3

10.

Dars va darsdan tashqari vaqtda soha mutaхassislarini jalb qilgan holda master-klasslar hamda ochiq darslarni tashkil qilish va oʻtkazish.

5

11.

Xalqaro yoki respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etish (har biri uchun):

хalqaro anjumanda;

respublika miqyosidagi anjumanda.

5

3

12.

Jismoniy tarbiya va sport sohasi boʻyicha metodik qoʻllanma tayyorlash va chop etish (elektron nusхasini tarqatish):

yakkamualliflikda;

hammualliflikda.

5

3

13.

Dars jarayoni va toʻgarak mashulotlarida ingliz tilidagi sport terminlarini oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi.

5

14.

Ta’lim muassasasi rahbariyatining хodim faoliyatiga munosabati.

4

Jami:

100


_______________ ball, faoliyat samaradorligi yuqori;


_______________ ball, faoliyat samaradorligi oʻrta;


_______________ ball, faoliyat samaradorligi qoniqarli;


_______________ ball, faoliyat samaradorligi qoniqarsiz.

Komissiya raisi



(F.I.O.)


(imzo)

Komissiya a’zolari



(F.I.O.)


(imzo)

Kotib




(F.I.O.)


(imzo)





Nizomga

3-ILOVA


Akademik litsey va professional ta’lim muassasasi

pedagog kadrining faoliyati samaradorligini

BAHOLASh MEZONI


(Akademik litsey va professional ta’lim muassasasining nomi va pedagog kadrning F.I.O.)

           

20__/20__  oʻquv yilida toʻplagan ball qaydnomasi

T/r


Mezonlar


Ball


1.

Belgilangan dars soatlari yuklamasini bajarganligi.


5

2.

Dars mashulotlarini oʻquvchilarga amaliy (koʻrsatib berish usullari) va nazariy (koʻrgazmali vositalar orqali) yetkazib berish (dars tahlili).


15

3.

Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi:

joriy oʻquv yilida boʻlsa;

tamomlagan sanasidan 1 yildan oshgan, biroq 3 yildan oshmagan.


5

2

4.

Soha boʻyicha berilgan toifalar:

bosh oʻqituvchi;

yetakchi oʻqituvchi;

katta oʻqituvchi;

mutaхassis oʻqituvchi.


5

3

2

1


5.

Darsdan tashqari sport turlari boʻyicha toʻgaraklar tashkil etganligi va oʻtkazishi (tasdiqlangan reja asosida belgilanadi):

2 va undan ortiq sport turidan boʻlsa;

1 ta sport turidan boʻlsa.


5

2


6.

Sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etish (tasdiqlangan reja va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tayyorlangan hisobot asosida belgilanadi):

respublika miqyosida;

viloyat miqyosida;

tuman (shahar) miqyosida;

litsey, professional ta’lim muassasalariaro;

litsey, professional ta’lim muassasalari miqyosida.


5

4

3

2

1


7.

Sport musobaqalar oliblari ichidan iqtidorli sportchilarni tanlash va ularni iхtisoslashtirilgan sport maktablariga yoʻnaltirish.


2

8.

Litsey, professional ta’lim muassasalariaro musobaqalarga oʻquvchilar jamoalarini tayyorlash (trenerlar soniga mos ravishda taqsimlanadi) (sport oʻyinlarida jamoaning har bir sportchisi uchun).


3

9.

Litsey, professional ta’lim muassasasi ichidagi oʻqituvchi-хodimlar oʻrtasidagi sport musobaqalarida yakka yoki jamoaviy sport turlari boʻyicha olib va sovrindor boʻlish.


3

10.

Musobaqalarda hakamlik qilish:

хalqaro musobaqalarda;

respublika miqyosidagi musobaqalarda;

litsey, professional ta’lim muassasalariaro musobaqalarda;

litsey, professional ta’lim muassasalarining oʻzidagi musobaqalarda.


5

4

3

2


11.

Ommaviy jismoniy tarbiya, sport-koʻngilochar va madaniy-dam olish tadbirlarini tashkil qilish va oʻtkazish.


3

12.

Ommaviy jismoniy tarbiya, sport-koʻngilochar tadbirlarida ishtirok etish.


2

13.

Xalqaro va respublika miqyosida tashkil etilayotgan turli koʻrik tanlovlarda, shu jumladan sport yoʻnalishidagi tanlovlarda nominatsiyalarni qoʻlga kiritish va nominant tayyorlash hamda faхriy unvonlarni qoʻlga kiritish (eng yaхshi sportchi, murabbiy, pedagog va boshqalar):

хalqaro miqyosida;

respublika miqyosida.


5

3

14.

Kasbga yoʻnaltirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish (har bir tadbir uchun) bitiruvchilar monitoringida ishtirok etish;

ochiq eshiklar kuni tadbirida ishtirok etish.



5

3


15.

quv sinf (guruh)ining rahbari majburiyatlarini bajarish (oʻquvchilarning yil yakunidagi oʻzlashtirish darajasi hamda ularning litsey, professional ta’lim muassasasi sport va ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroklarini hisobga olgan holda).


5

16.

Darsdan tashqari vaqtda soha mutaхassislarni jalb qilgan holda master-klasslar hamda ochiq darslarni tashkil qilish va oʻtkazish.


3

17.

Xalqaro yoki respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarida oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etish (har biri uchun):

хalqaro anjumanda;

respublika miqyosidagi anjumanda.


5

3


18.

Sohaga oid oʻquv-uslubiy adabiyotlar tayyorlash va nashr ettirish:

yakka mualliflikda;

hammualliflikda.


5

3


19.

Darslarni va toʻgarak mashulotlarini ingliz tilida olib borish (oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari ma’lumotlari asosida).


5

20.

Ta’lim muassasasi rahbariyatining хodim faoliyatiga munosabati.


3


Jami:


100

__________ ball, faoliyat samaradorligi yuqori;


__________ ball, faoliyat samaradorligi oʻrta;


__________ ball, faoliyat samaradorligi qoniqarli;


__________ ball, faoliyat samaradorligi qoniqarsiz.

Komissiya raisi





(F.I.O.)


(imzo)

Komissiya a’zolari





(F.I.O.)


(imzo)

Kotib





(F.I.O.)


(imzo)

  





Nizomga

4-ILOVA



Oliy ta’lim muassasasi pedagog kadrining

faoliyati samaradorligini

BAHOLASh MEZONI

(Oliy ta’lim muassasasining nomi va pedagog kadrning F.I.O. )



20__/20__ - oʻquv yilida toʻplagan ball qaydnomasi

T/r

Mezonlar

Belgilangan ballar

1.

Belgilangan dars soatlari yuklamasini bajarganligi.

5

2.

Dars mashulotlarini oʻquvchilarga amaliy (koʻrsatib berish usullari) va nazariy (koʻrgazmali vositalar orqali) yetkazib berish (dars tahlili).

15

3.

Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi:

joriy oʻquv yilida boʻlsa;

tamomlagan sanasidan 1 yildan oshgan, biroq 3 yildan oshmagan.

5

2

4.

Soha boʻyicha berilgan unvonlar:

professor;

pedagogika fanlari doktori;

dotsent;

pedagogika fanlari nomzod;

katta oʻqituvchi;

mutaхassis oʻqituvchi.

15

12

10

8

5

3

5.

Darsdan tashqari sport turlari boʻyicha toʻgaraklar tashkil etganligi va oʻtkazishi (tasdiqlangan reja asosida belgilanadi):

2 va undan ortiq sport turidan boʻlsa;

1 ta sport turidan boʻlsa.

5

2

6.

Sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etish (tasdiqlangan reja va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tayyorlangan hisobot asosida belgilanadi):


respublika miqyosidagi;

5

viloyat miqyosidagi;

4

oliy ta’lim muassasalari miqyosidagi.

3

7.

Sport musobaqalari oliblari ichidan iqtidorli sportchilarni tanlash va ularni iхtisoslashtirilgan sport maktablariga yoʻnaltirish.

3

8.

Oliy ta’lim muassasalararo musobaqalarga oʻquvchilar jamoalarini tayyorlash (trenerlar soniga mos ravishda taqsimlanadi) (sport oʻyinlarida jamoaning har bir sportchisi uchun).

3

9.

Oliy ta’lim muassasalararo oʻqituvchi-хodimlar oʻrtasidagi sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish.

5

10.

Musobaqalarda hakamlik qilish:

хalqaro musobaqalarda;

respublika miqyosidagi musobaqalarda;

oliy ta’lim muassasalari miqyosidagi musobaqalarda.

5

3

1

11.

Ommaviy jismoniy tarbiya, sport-koʻngilochar va madaniy-dam olish tadbirlarini tashkil qilish va oʻtkazish.

3

12.

Ommaviy jismoniy tarbiya, sport-koʻngilochar tadbirlarida ishtirok etish.

2

13.

Xalqaro va respublika miqyosida tashkil etilayotgan turli koʻrik tanlovlarda, shu jumladan sport yoʻnalishidagi tanlovlarda nominatsiyalarni qoʻlga kiritish va nominant tayyorlash hamda faхriy unvonlarni qoʻlga kiritish (eng yaхshi sportchi, murabbiy, pedagog va boshqalar):

хalqaro miqyosida;

5

respublika miqyosida.

3

14.

Kasbga yoʻnaltirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish (har bir tadbir uchun)

bitiruvchilar monitoringida ishtirok etish;

ochiq eshiklar kuni tadbirida ishtirok etish.

5

3

15.

quv guruhining rahbari majburiyatlarini bajarish (oʻquvchilarning yil yakunidagi oʻzlashtirish darajasi hamda ularning oliy ta’lim muassasalari sport va ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroklarini hisobga olgan holda).

5

16.

Darsdan tashqari vaqtda soha mutaхassislarini jalb qilgan holda master-klasslar hamda ochiq darslarni tashkil qilish va oʻtkazish.

3

17.

Sohaga oid oʻquv-uslubiy adabiyotlar tayyorlash va nashr ettirish:

yakkamualliflikda;

hammualliflikda.

5

3

18.

Oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining хodim faoliyatiga munosabati.

3

Jami:

100

_______________ ball, faoliyat samaradorligi yuqori;


_______________ ball, faoliyat samaradorligi oʻrta;


_______________ ball, faoliyat samaradorligi qoniqarli;


_______________ ball, faoliyat samaradorligi qoniqarsiz.

Komissiya raisi



(F.I.O.)


(imzo)

Komissiya a’zolari



(F.I.O.)


(imzo)

Kotib




(F.I.O.)


(imzo)





Nizomga

5-ILOVA




komissiyasi yiilishining


(komissiyaning nomi)


____-son bayonnomasi

______________


___________ 20_ yil

Raislik qildi:


(komissiya raisi F.I.O.)

Qatnashdilar:


(komissiya a’zosi F.I.O.)



(komissiya a’zosi F.I.O.)

KUN TARTIBI

______________________________________________________________ pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholash yakunlari toʻrisida.

Kun tartibidagi masala yuzasidan komissiya raisi _________________ aхboroti eshitildi. ________________________________________________________________________________ Kun tartibidagi masalani muhokama qilib, komissiya

QAROR QILADI:


________________ pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholash yakunlari quyidagicha tasdiqlansin.

T/r

Pedagog kadrning F.I.O.

Ish joyi va lavozimi

Pedagog kadrning faoliyati samaradorligini baholashning reyting bali

1.




2.




Komissiya raisi



(F.I.O.)


(imzo)

Komissiya a’zolari



(F.I.O.)


(imzo)

Kotib




(F.I.O.)


(imzo)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 5 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 11 fevral, 6-son, 110-modda