Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.02.2019 y. 125-son "Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishini qurish" loyihasining teхnik-iqtisodiy hisobini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.02.2019 y.

N 125



"TOShKENT METROPOLITENINING SERGELI

YOʻNALIShINI QURISh" LOYIHASINING

TEXNIK-IQTISODIY HISOBINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishini qurish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 29 noyabrdagi PQ-2664-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

"Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishini qurish" loyihasining teхnik-iqtisodiy hisobi asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlar bilan 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining kreditini qaytarishning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                      A.Aripov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 14 fevral