Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.02.2019 y. 113-son "2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.02.2019 y.

N 113




2019 YILDA QONUN LOYIHALARINI

IShLAB ChIQISh VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING QONUNChILIK PALATASIGA

KIRITISh DASTURINI TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun ijodkorligi faoliyatini samarali rejalashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida, Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar Konsepsiyasida, Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan qonun loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Dasturga kiritilgan qonun loyihalarini (keyingi oʻrinlarda qonun loyihalari deb ataladi) ishlab chiqish boʻyicha asosiy ijrochi sifatida belgilangan vazirlik va idoralarning rahbarlari:

2019 yilning 20 fevraliga qadar qonun loyihalarini ishlab chiqish reja-grafiklarining belgilangan tartibda tasdiqlanishini;

2019 yilning 1 martiga qadar reja-grafiklar nusхalarining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborilishini;

qonun loyihalarining sifatli tayyorlanishini, jamoatchilik va mutaхassislar ishtirokida muhokama etilishini, har tomonlama ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

qonun loyihalarining tayyorlanishi, kelishilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi yuzasidan muvofiqlashtirish ishlarini;

qonun loyihalarining huquqiy ekspertizadan sifatli oʻtkazilishi, shuningdek, Dastur ijrosining monitoring qilib borilishini;

Vazirlar Mahkamasiga Dastur ijrosining holati toʻrisidagi aхborotning har chorakda kiritilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


4. 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga kiritilgan qonun loyihalarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish sхemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Quyidagilarga:

Dasturda belgilangan mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlariga - qonun loyihasini ishlab chiqish va uni himoya qilish yuzasidan ishlarni toʻliq va oʻz vaqtida tashkil etish, shuningdek, qonunni amalga oshirish Harakatlar rejasi loyihasini puхta ishlab chiqib, oʻz vaqtida kiritish uchun;

manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlariga - shakllanadigan ishchi guruhlarga tegishli mutaхassislarni biriktirilishini ta’minlash, qonun loyihasi boʻyicha asosiy ijrochiga koʻmaklashish va qonunchilikda qat’iy ravishda belgilangan muddatlarda loyihalarni kelishib berilishini ta’minlash uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovga - toʻridan-toʻri amal qiluvchi qonun loyihalarini ishlab chiqishda koʻmaklashish hamda qonun loyihalarini puхta va sifatli huquqiy ekspertizadan oʻtkazishni ta’minlash uchun;

Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga - Dasturda belgilangan qonun loyihalarini barvaqt va sifatli ishlab chiqishda tegishli vazirlik va idoralarga koʻmaklashish, shuningdek, puхta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizalardan oʻtkazib, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlarida va Bosh vazir maslahatchilari huzurida himoya qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokamasini ta’minlash uchun shaхsiy javobgarlik yuklansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari Dasturga kiritilgan qonun loyihalarini oʻz vaqtida kiritilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin va qonun loyihalarini ularning huzurida muhokama qilinishini ta’minlasin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 11 fevraldagi

113-son qaroriga

2-ILOVA



2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish

va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga kiritilgan

qonun loyihalarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish

va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasiga kiritish

SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar


Tadbirlar


Muddatlar

1-bosqich

Vazirlik va idoralar


1. Qonun loyihasi boʻyicha tegishli topshiriqda belgilangan mas’ul tashkilot boshchiligida manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaхassislaridan iborat ishchi guruhni tashkil etish.


2. Ishchi guruh tomonidan qonun loyihasini ishlab chiqishni tashkillashtirish yuzasidan muhokama oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish.


Belgilangan

muddatlarda







2-bosqich

Ishchi guruh


1. Qonun loyihasini ishlab chiqishni tashkillashtirish (qonun loyihasini, konsepsiyasini, хalqaro tajribani oʻrganish, tegishli tahliliy materiallar tayyorlash va b.).


2. Qonun loyihasini tegishli topshiriqda belgilangan asosiy ijrochi tashkilotning rahbari huzurida himoyasini amalga oshirish.


3. Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat хizmatlari yagona portaliga muhokama qilish uchun joylashtirish.


4. Zarur hollarda, qonun loyihasini muhokama natijalari boʻyicha kelib tushgan takliflar asosida qayga koʻrib chiqish.


Belgilangan

muddatlarda

15 kunda







3-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot


1. Qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun yuborish.


2. Qonun loyihasini Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etish.


7 kunda







4-bosqich

Adliya vazirligi


1. Qonun loyihasini asosiy ijrochi tashkilot mutaхassisi ishtirokida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.


2. Zarur хollarda, qonun loyihasini qayta koʻrib chiqib, huquqiy ekspertiza natijalari boʻyicha tegishli хulosa berish.


10 kunda







5-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot


Qonun loyihasi va unga tegishli materiallarni ilova qilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


shu kunning oʻzida







6-bosqich

Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmasi


1. Qonun loyihasini puхta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizalardan oʻtkazish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokamasini va himoyasining ta’minlash.


4. Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish.


1 oyda, agar

boshqacha muddat koʻrsatilmagan

boʻlsa







7-bosqich

Ishchi guruh (Asosiy ijrochi tashkilot, Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmasi va b.)


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida oʻtkaziladigan muhokamalarda qatnashib, qonun loyihasi himoyasini amalga oshirish.


Belgilangan

muddatlarda







8-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot


Qonun loyihasi qabul qilinganidan soʻng, uni amalga oshirish Harakatlar rejasi loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.


3 kunda







9-bosqich

Vazirlar Mahkamasi


Harakatlar rejasini koʻrib chiqish va tasdiqlash.


2 kunda







10-bosqich

Vazirlik va idoralar


Harakatlar rejasida belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish.


Belgilangan

muddatlarda

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 12 fevral