Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.02.2019 y. PQ-4203-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy хizmatni oʻtash tartibini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

22.02.2019 y.

N PQ-4203



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FUQAROLARINING MUDDATLI HARBIY

XIZMATNI OʻTASh TARTIBINI

TAKOMILLAShTIRIShGA OID QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy хizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga muddatli harbiy хizmatga chaqirilish davrida chaqiruv yoshidagi fuqarolarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida:


1. Belgilansinki:

2019 yildan boshlab chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mart-aprel oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqiriladi;

muddatli harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, joriy yil chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.


2. 2018 yilda muddatli harbiy хizmatga chaqirilgan, harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilari 2019 yilning mart-aprel oylarida rezervga boʻshatilsin.


3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2019 yil 23 fevral