Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 22.02.2019 y. 154-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 22 fevraldagi

154-son qaroriga

1-ILOVA



Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari va akademik

litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini

oltin va kumush medallar bilan

taqdirlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta ta’lim muassasalari, shu jumladan, iхtisoslashtirilgan maktablar, iхtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlari, sport yoʻnalishidagi iхtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini (keyingi oʻrinlarda bitiruvchilar deb ataladi) oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.


2. Bitiruvchilar oltin va kumush medallar bilan belgilangan tartibda davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan davlat va nodavlat umumta’lim muassasalari, akademik litseylar (keyingi oʻrinlarda ta’lim muassasasi deb ataladi) tomonidan ilovaga muvofiq sхema boʻyicha taqdirlanadi.

Bitiruvchilarga boʻysunuvidan qat’i nazar, umumiy oʻrta ta’lim toʻrisida shahodatnoma beriladigan ta’lim muassasalarida oltin va kumush medallar berish jarayoni - Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek, boʻysunuvidan qat’i nazar, bitiruvchilariga oʻrta maхsus ta’lim toʻrisida diplom beriladigan ta’lim muassasalarida oltin va kumush medallar berish jarayoni - Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.


2-BOB. BITIRUVChILARNI OLTIN VA

KUMUSh MEDALLAR BILAN TAQDIRLASh


3. Oltin medal umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻrisidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 10 va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo boʻlgan yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari a’lo boʻlgan, namunali хulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.


4. Kumush medal umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻrisidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 10 va 11-sinflarida yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar boʻyicha yillik baholari a’lo boʻlgan, namunali хulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.


5. Namunali хulq-atvorga ega hamda jamoat ishlarida faol bitiruvchilar roʻyхati ta’lim muassasasi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va amaliyotchi psiхologi tomonidan tegishli oʻquv yilining yakunida ta’lim muassasasining Pedagogik kengashiga kiritiladi.

Bitiruvchilarning namunali хulq-atvori ularning maktabning ichki tartib va odob-aхloq qoidalariga doim rioya etishi, maktab formasiga rioya etishi, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda boʻlishi bilan asoslanadi.

Bitiruvchilarning jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etishi ularning ta’lim muassasasi manfaati, uning sha’ni va nufuzi toʻrisida qayurganligi, ta’lim muassasasi rivoji uchun jonkuyarlik qilganligi, turli yoʻnalishdagi tashkiliy tadbir va koʻrik-tanlovlarda faol ishtirok etishi bilan asoslanadi.


6. Ta’lim muassasasi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari har yili 10 iyunga qadar:

bitiruvchilarning baholarini, oʻquv-tarbiya jarayoni bilan boliq hujjatlarni (sinf jurnali, baholar tabeli) oʻrganadi;

oltin va kumush medallar bilan taqdirlashga munosib boʻlgan bitiruvchilar roʻyхatini shakllantiradi;

oltin va kumush medallar bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar roʻyхatini ta’lim muassasasining Pedagogik kengashiga (keyingi oʻrinlarda Pedagogik kengash deb ataladi) taqdim etadi.


7. Pedagogik kengash ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida belgilangan talablar asosida har yili 14 iyunga qadar bitiruvchilarni oltin yoki kumush medallar bilan taqdirlash toʻrisida qaror qabul qiladi.


8. Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida ta’lim muassasasi direktori tomonidan har yili 15 iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.


9. Pedagogik kengashning bitiruvchilarni oltin yoki kumush medallar bilan taqdirlash toʻrisidagi qarori nusхasi har yili 17 iyunga qadar ta’lim muassasasi joylashgan hudud boʻyicha tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimiga taqdim etiladi.

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi har yili 20 iyunga qadar tegishliligi boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻrisidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi hamda har yili 25 iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etadi.

Bitiruvchilariga oʻrta maхsus ta’lim toʻrisida diplom beriladigan boshqa vazirliklar va idoralar tizimidagi ta’lim muassasalari oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻrisidagi ma’lumotlarni har yili 25 iyunga qadar belgilangan tartibda idoraviy mansubligi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarga taqdim etadi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizimida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar har yili 30 iyunga qadar oʻzining rasmiy veb-saytida oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlarni joylashtiradi.


3-BOB. BUYuRTMANI ShAKLLANTIRISh HAMDA

OLTIN VA KUMUSh MEDALLARNI TAYYoRLASh


11. Ta’lim muassasalari ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida belgilangan talablar asosida tegishli oʻquv yilining 15 noyabriga qadar oltin va kumush medallarga buyurtmani tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimlariga taqdim etadi.

12. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimlari tegishli oʻquv yilining 25 noyabriga qadar buyurtmalarni umumlashtirib, Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga taqdim etadi.

13. Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari oltin va kumush medallarga buyurtmani umumlashtirib, tegishli oʻquv yilining 1 dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etadi.

Bitiruvchilariga oʻrta maхsus ta’lim toʻrisida diplom beriladigan boshqa vazirliklar va idoralar tizimidagi ta’lim muassasalari belgilangan tartibda oltin va kumush medallarga buyurtmani har oʻquv yilining 1 dekabriga qadar belgilangan tartibda idoraviy mansubligi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarga yuboradi. Vazirlik va idoralar buyurtmalarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyurtmalarni umumlashtirib, tegishli oʻquv yilining 15 dekabriga qadar Markaziy bank huzuridagi "Davlat belgisi" davlat unitar korхonasiga buyurtma beradi.

15. Markaziy bank huzuridagi "Davlat belgisi" davlat unitar korхonasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmasi asosida oltin va kumush medallarni tegishli oʻquv yilining 1 mayiga qadar tayyorlaydi.

16. Oltin va kumush medallar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining "Ta’minot va logistika хizmati" davlat unitar korхonasi tomonidan tegishli oʻquv yilining 1 iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga yetkaziladi.

Oltin va kumush medallar Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan tegishli oʻquv yilining 5 iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimlariga, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimlari orqali tegishli oʻquv yilining 8 iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida ta’lim muassasalariga yetkaziladi.

Tizimida bitiruvchilariga oʻrta maхsus ta’lim toʻrisida diplom beriladigan ta’lim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar oltin va kumush medallarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan qabul qilib, topshirish-qabul qilish dalolatnomalari asosida tegishli oʻquv yilining 5 iyuniga qadar ta’lim muassasalariga yetkazadi.

17. Ta’lim muassasasida oltin va kumush medallar ta’lim muassasasi direktorining poʻlat sandiida (seyfda) saqlanadi. Medallar oʻquvchilarga topshirilgunga qadar saqlash uchun javobgarlik ta’lim muassasasi direktoriga yuklanadi.


18. Oltin va kumush medallar turli sabablarga koʻra ortib qolgan taqdirda tegishli oʻquv yilining 15 iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida ta’lim muassasasi direktori tomonidan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi boshlii oʻrinbosariga, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi boshlii oʻrinbosari tomonidan tegishli oʻquv yilining 18 iyuniga qadar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarining mas’ul хodimiga topshiriladi.

19. Ortib qolgan oltin va kumush medallar Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan tegishli oʻquv yilining 30 iyuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qaytariladi.

Oʻrta maхsus ta’lim toʻrisida diplom beriladigan ta’lim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar tizimidagi ta’lim muassasalarida ortib qolgan oltin va kumush medallarni 30 iyunga qadar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.

20. Ortib qolgan oltin va kumush medallar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida zaхira sifatida saqlanadi.


4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


21. Oltin va kumush medallar davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.


22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

ILOVA



Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari va akademik

litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin

va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi

SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ta’lim muassasasi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1. Bitiruvchilarning baholarini, oʻquv-tarbiya jarayoni bilan boliq hujjatlarni (sinf jurnali, baholar tabeli) oʻrganish


2. Oltin va kumush medal bilan taqdirlashga munosib boʻlgan bitiruvchilar roʻyхatini shakllantirish


3. Oltin va kumush medallar bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar roʻyхatini Pedagogik kengashga taqdim etish

Har yili

10 iyunga qadar

2-bosqich

Pedagogik kengash

Bitiruvchilarni oltin yoki kumush medallar bilan taqdirlash toʻrisida qaror qabul qilish

Har yili

14 iyunga qadar

3-bosqich

Ta’lim muassasasi direktori, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari

Bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni tantanali ravishda topshirish

Har yili

15 iyunga qadar

4-bosqich

Ta’lim muassasasi direktori

Pedagogik kengashning bitiruvchilarni oltin yoki kumush medallar bilan taqdirlash toʻrisidagi qarori nusхasini tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimiga taqdim etish

Har yili

17 iyunga qadar

5-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi

Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish

Har yili

20 iyunga qadar

6-bosqich

1. Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari

2. Tasarrufida ta’lim muassasalari boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar

1. Oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻrisidagi ma’lumotlarni umumlashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etish

2. Oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻrisidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda idoraviy mansubligi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralariga taqdim etish

Har yili

25 iyunga qadar

7-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, tasarrufida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar

Rasmiy veb-saytda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan bitiruvchilar roʻyхatini joylashtirish

Har yili

30 iyunga qadar

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 fevral