Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.03.2019 y. 221-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.03.2019 y.

N 221



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATINING

KADRLAR BOʻLIMI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son Farmonini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4136-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional boʻlimlari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2017 yil 20 dekabrdagi 1000-son qarorining 1-bandi uchinchi хatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                    A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 16 mart