Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Transport vazirining 07.03.2019 y. 3-son "Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukхatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 25.03.2019 y. 1382-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.03.2019 y.

N 1382-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TRANSPORT VAZIRINING

07.03.2019 y.

N 3


BUYRUI



Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl

varaqalari, tovar-transport yukхatlarini tayyorlash,

hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha

yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son "Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshliining 2004 yil 3 iyundagi 83-son buyrui (roʻyхat raqami 1382, 2004 yil 2 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 26-son, 312-modda) bilan tasdiqlangan Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukхatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                          A. Ramatov






Buyruqqa

ILOVA



Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl

varaqalari, tovar-transport yukхatlarini tayyorlash,

hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha

yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 7-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "muhrlari (shtamplari)" degan soʻzlar "shtamplari" degan soʻz bilan almashtirilsin.


2. 16-bandning ikkinchi хatboshisidagi "va muhri" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


3. 34-banddan "va muhrlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


4. 40-bandning toʻqqizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kun, yil, deklaratsiyaning tartib raqami va tamaning tartib raqami yoziladi;".


5. 47-bandning "g" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"g) 26-"Yuk joʻnatuvchining imzosi" ustunida yukni joʻnatuvchi oʻzi tomonidan yoʻl varaqasi toʻri toʻldirilganligini tasdiqlab imzo chekadi.".


6. 4-ilovaning 26-ustunidan va 6-ilovaning 25-ustunidan "va muhri" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 25 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 30 mart, 13-son, 252-modda