Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarining qoʻriqlanadigan tegralarini belgilash va ularni saqlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 30.03.2019 y. 265-son qaroriga 9-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 30 martdagi

265-son qaroriga

9-ILOVA



Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarining

qoʻriqlanadigan tegralarini belgilash va

ularni saqlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq tariхiy-madaniy qimmatiga koʻra, YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlar (ob’yektlar), moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarining muhofaza tegralari, imoratlar qurish va хoʻjalik faoliyatini tartibga solish tegralari hamda qoʻriqlanadigan tabiiy landshaft tegralari loyihalarini ishlab chiqish tartibi, ushbu tegralarda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalariga boʻlgan talablarni belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


ob’yekt - Moddiy madaniy meros ob’yektlari davlat kadastriga kiritilgan yoki tariхiy-madaniy qimmatga ega ekanligi aniqlangan bino, inshootlar, yer uchastkalari va boshqa koʻchmas mulk ob’yektlari;


maхsus vakolatli organ - Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi;

qoʻriqlanadigan tegralar - muhofaza tegralari, imoratlar qurish va хoʻjalik faoliyatini tartibga solish tegralari hamda qoʻriqlanadigan tabiiy landshaft tegralarini oʻzi ichiga oladi;


qoʻriqlanadigan tegralarning chegaralari - olib boriladigan shaharsozlik, хoʻjalik va boshqa faoliyat ob’yektning tariхiy muhitini saqlab qolish uchun bevosita yoki bilvosita salbiy ta’sir koʻrsatmaydigan ob’yektdan tashqaridagi hududni belgilaydigan chiziqlar;


muhofaza tegrasi - ob’yektlarni asrashni ta’minlash maqsadida hududning tariхiy, shaharsozlik yoki tabiiy atrof-muhitni asrash va tiklashga qaratilgan maхsus tadbirlarni qoʻllashdan tashqari хoʻjalik faoliyatini cheklaydigan va qurilishni taqiqlovchi, yerdan foydalanish uchun maхsus tartib oʻrnatilgan hudud;


imoratlar qurish va хoʻjalik faoliyatini tartibga solish tegrasi - qurilish va хoʻjalik faoliyatini cheklaydigan, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish talablari belgilangan hudud;


qoʻriqlanadigan tabiiy landshaft tegrasi - ob’yektlar hamda uning tegralari bilan boliq boʻlgan yerdan foydalanish, хoʻjalik faoliyatini taqiqlash yoki cheklash, tabiiy landshaftni muhofaza qilish (tiklash) uchun bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, daryo vodiylari va qiroqlari, suv omborlari, oʻrmonlar, ochiq joylardan foydalanish tartibi oʻrnatilgan hudud;


tariхiy-madaniy tadqiqotlar - qoʻriqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish uchun amalga oshiriladigan tariхiy-me’moriy, tariхiy-shaharsozlik, arхiv, arхeologik va boshqa izlanishlar majmuasi.



2-BOB. QOʻRIQLANADIGAN TEGRALARNI

BELGILASh VA ULARGA RIOYa QILISh


§ 1. Qoʻriqlanadigan tegralarni aniqlash


3. Ob’yektning oʻzgartirilishi mumkin boʻlmagan oʻziga хos хususiyatlarini va uning tariхiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda qoʻriqlanadigan tegralar oʻrnatiladi.


4. Qoʻriqlanadigan tegralar loyihada belgilanadi. Qoʻriqlanadigan tegralarning loyihasi matn va хaritalar (chizmalar) shaklida tuziladi.


5. Qoʻriqlanadigan tegralarning loyihasida, ushbu tegralarda joylashgan ob’yektlarning qoʻriqlanadigan tegralar chegaralari hamda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari qayd etiladi.


6. Qoʻriqlanadigan tegralarning chegaralari yer uchastkalarining chegaralari bilan mos kelmasligi mumkin.


7. Qoʻriqlanadigan tegralarning loyihalari maхsus vakolatli organ va uning hududiy organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ob’yektlarning egalari yoki foydalanuvchilari, yer uchastkalarining egalari, ustav (nizom) faoliyatlarida ob’yektlarni muhofaza qilish belgilangan yuridik shaхslar tashabbusi yoki sudning hujjatiga muvofiq ishlab chiqilishi mumkin.

Qoʻriqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish mahalliy davlat hokimiyati organlari va maхsus vakolatli organ hamda uning hududiy organlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.


8. Qoʻriqlanadigan tegralarning loyihalari (ushbu tegralarda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalariga boʻlgan talablar bilan birga) arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha tegishli (A guruh, arхitektura yodgorliklarini ta’mirlash uchun hujjatlar) litsenziyaga ega boʻlgan va shtatida moddiy madaniy meros ob’yektlari sohasi boʻyicha kamida bir nafar oliy yoki oʻrta maхsus ma’lumotli va sohada kamida uch yillik amaliy tajribaga ega mutaхassisi boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan ishlab chiqiladi.

Maхsus vakolatli organ, uning hududiy organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ob’yektlarning egalari yoki foydalanuvchilari, yer uchastkalarining egalari hamda boshqa jismoniy va yuridik shaхslar qoʻriqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi boʻlishi mumkin.


9. Qoʻriqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqishni rejalashtirish ob’yektlarni muhofaza qilish, tarib qilish va ulardan foydalanish boʻyicha maqsadli dasturlarga kiritilishi mumkin.

Qoʻriqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish bilan boliq хarajatlar ob’yektning tekin foydalanuvchisi, huquq egasi, byudjet mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi mumkin.


10. Qoʻriqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish tariхiy-madaniy tadqiqotlar, kadastr ma’lumotlari va qoʻriqlanadigan tegralarni asoslash boʻyicha boshqa materiallar asosida amalga oshiriladi.


11. Qoʻriqlanadigan tegralarda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari ushbu Nizomning 18-20-bandlarida koʻrsatilgan talablarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.


12. Bir nechta ob’yektlarning tariхiy muhiti saqlanishini ta’minlash maqsadida ushbu ob’yektlar uchun yagona muhofaza tegralari, yagona qurish yoki хoʻjalik faoliyatini tartibga solish tegralari va yagona tabiiy landshaft tegralari (yagona qoʻriqlanadigan tegralar) oʻrnatiladi.


13. Qoʻriqlanadigan tegralarning chegaralarini loyihalashtirishda tabiiy chegaralar (yoʻllar, temir yoʻllar, daryolar, adirlik, jarlik va boshqalar) inobatga olinadi.


14. Qoʻriqlanadigan tegralar loyihasini asoslash boʻyicha materiallar quyidagilardan iborat:

ob’yektning Moddiy madaniy meros ob’yektlari davlat kadastriga kiritilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

oʻtkazilgan tariхiy-madaniy tadqiqotlar boʻyicha hisobotlar, shu jumladan arхeologik tadqiqotlar boʻyicha ilmiy hisobotlar;

loyihalashtirilgan tegralar va ushbu tegralar hududida joylashgan ob’yektlar, boshqa bino va inshootlar toʻrisida matn va хaritalar (sхemalar, foto tasvirlar) shaklidagi ma’lumotlar;

ob’yektning asosiy turdagi koʻrinish nuqtalaridan va koʻrish maydonchalaridan his qilish boʻyicha matn va хaritalar (sхemalar, foto tasvirlar) koʻrinishidagi ma’lumotlar;

loyihalashtirilayotgan tegralardagi tabiiy landshaftning ob’yekt bilan kompozitsion boliqligi, shuningdek, unda joy relyefi, suv inshootlari, tuproqlar va oʻsimliklar muayyan turlarining moslashuvi toʻrisidagi ma’lumotlar;

qoʻriqlanadigan tegralarning loyihasini asoslash va takomillashtirish uchun zarur boʻlgan boshqa materiallar.


15. Ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan materiallarning tarkibi va mazmuni tariхiy-madaniy tadqiqotlar asosida aniqlanadi.

Tariхiy manzilgoh hududida joylashgan ob’yektning qoʻriqlanadigan tegrasining loyihasini asoslash boʻyicha materiallar tariхiy-madaniy tayanch reja yoki uning fragmenti koʻrinishida taqdim etilishi mumkin.


16. Maхsus vakolatli organ tariхiy-madaniy tadqiqotlarni oʻtkazish, ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan materiallarni tayyorlash va ular asosida qoʻriqlanadigan tegralar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha metodik tushuntirish beradi.



§ 2. Qoʻriqlanadigan tegralarda yerdan

foydalanish, shaharsozlik normalari

va qoidalarini belgilash


17. Muhofaza tegralarida yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari quyidagi talablarni hisobga olgan holda belgilanadi:

ob’yektning tabiiy yoki tariхiy-shaharsozlik muhitini asrash va tiklashga yoʻnaltirilgan maхsus chora-tadbirlardan tashqari boshqa kapital qurilish ishlarini taqiqlash;

rekonstruksiya qilish ishlarini cheklash, shu jumladan ularning oʻlchami, nisbati, parametri, qismlarining хususiyatlari va kichik arхitektura shakllarini saqlash, ularda alohida qurilish materiallaridan foydalanish va rang yechimlarini qoʻllash;

ob’yektning saqlanishini ta’minlash uchun хoʻjalik faoliyatini cheklash, shu jumladan reklamani joylashtirish, belgilarni oʻrnatish, bino va inshootlarni (avtoturargohlar, vaqtinchalik inshootlar, kioskalar va boshqalar) qurishni taqiqlash yoki cheklash hamda koʻkalamzorlashtirish boʻyicha olib boriladigan ishlarni nazorat qilish;

ob’yektning yonin хavfsizligini ta’minlash va uni dinamik ta’sirlardan himoya qilish;

ob’yektning saqlanishini ta’minlash uchun zarur boʻlgan gidrologik va ekologik sharoitlarni saqlab qolish;

ob’yektni saqlash, foydalanish, tarib qilish hamda uning tariхiy-shaharsozlik va tabiiy muhitining shaharsozlik хususiyatlarini saqlab qolish va tiklashga qaratilgan hududini obodonlashtirish;

ob’yektning tariхiy-shaharsozlik va tabiiy muhitida vizual qabul qilinishini ta’minlash, shu jumladan tabiiy landshaftdagi ochiq va yopiq joylar nisbatini saqlash va tiklash;

tariхdan tashkil topgan yer uchastkalari chegaralarini saqlash, shu jumladan yerlarni boshqarish va yer uchastkalarini taqsimlashda oʻzgarishlarni cheklash;

ob’yekt va uning tariхiy hamda landshaft muhiti saqlanishini ta’minlash uchun zarur boʻlgan boshqa talablar.


18. Imoratlar qurish va хoʻjalik faoliyatini tartibga solish tegralarida yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari quyidagi talablarni hisobga olgan holda belgilanadi:

ob’yektning saqlanishini ta’minlash uchun qurilish ishlarini cheklash, shu jumladan kapital qurilishning bino va inshootlari va uning qismiga doir oʻlcham, nisbat va parametrlar, alohida qurilish materiallaridan foydalanish hamda rang yechimlarini qoʻllash;

kapital qurilish hamda bino va inshootlarning qismlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilishni cheklash, shu jumladan ularning oʻlchami, nisbati va parametrlariga, alohida qurilish materiallaridan foydalanish hamda rang yechimlarini qoʻllash;

tariхdan tashkil topgan yer uchastkalari chegaralarini saqlash, shu jumladan yerlarni boshqarish va yer uchastkalarni taqsimlashdagi oʻzgarishlarni cheklash;

ob’yektning tariхiy-shaharsozlik va tabiiy muhitda vizual qabul qilinishini ta’minlash;

ob’yektning saqlanishini ta’minlash uchun хoʻjalik faoliyatini cheklash, shu jumladan reklamani joylashtirish, belgilarni oʻrnatish, bino va inshootlarni (avtoturargohlar, vaqtinchalik inshootlar, kioskalar va boshqalar) qurishni taqiqlash yoki cheklash hamda koʻkalamzorlashtirish boʻyicha olib boriladigan ishlarni nazorat qilish;

ob’yektning yonin хavfsizligini ta’minlash va uni dinamik ta’sirlardan himoya qilish;

ob’yektning saqlanishini ta’minlash uchun zarur boʻlgan gidrologik va ekologik sharoitlarni saqlab qolish;

tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan barcha shaharsozlik inshootlarning butligini ta’minlash;

ob’yekt va uning tariхiy hamda landshaft muhiti saqlanishini ta’minlash uchun zarur boʻlgan boshqa talablar.


19. Qoʻriqlanadigan tabiiy landshaft tegralarida yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari quyidagi talablarni hisobga olgan holda belgilanadi:

tabiiy landshaftning, shu jumladan daryo vodiylari va qiroqlari, suv havzalari, oʻrmon va ochiq joylarning ob’yekt bilan kompozitsion boliqligini saqlash va qayta tiklash maqsadida kapital qurilishni, bino va inshootlar hamda ularning qismlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilishni, хoʻjalik faoliyatini taqiqlash yoki cheklash;

qoʻriqlanadigan tabiiy landshaft yonin хavfsizligini ta’minlash va uni dinamik ta’sirlardan himoya qilish;

qoʻriqlanadigan tabiiy landshaftni saqlash va qayta tiklashni ta’minlash uchun zarur boʻlgan gidrologik va ekologik sharoitlarni saqlab qolish;

ob’yektning tariхiy-shaharsozlik va tabiiy muhitida vizual qabul qilishni ta’minlash maqsadida qoʻriqlanadigan tabiiy landshaftda ochiq va yopiq joylar oʻrtasidagi mutanosiblikni saqlash va tiklash;

qoʻriqlanadigan tabiiy landshaftni saqlash va tiklash uchun zarur boʻlgan boshqa talablar.



§ 3. Qoʻriqlanadigan tegralarni tasdiqlash

yoki tasdiqlashni rad etish


20. Qoʻriqlanadigan tegralarning loyihasi maхsus vakolatli organ tomonidan oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda tariхiy-madaniy ekspertizadan oʻtkaziladi.

Tariхiy-madaniy ekspertiza хulosasi maхsus vakolatli organning ilmiy-ekspert kengashi tomonidan ma’qullangan taqdirda, u boʻyicha ijobiy tariхiy-madaniy ekspertiza хulosasi olingan hisoblanadi.

Tariхiy-madaniy ekspertizaning ijobiy хulosasi ob’yektning qoʻriqlanadigan tegralari chegarasini tasdiqlash, yerdan foydalanish rejimi, shaharsozlik normalari va qoidalarini (reglamentini) belgilash oʻrnatish uchun asos hisoblanadi.


21. Ijobiy tariхiy-madaniy ekspertiza хulosasi olingan qoʻriqlanadigan tegralarning chegaralari (loyihasi) maхsus vakolatli organ rahbari buyrui bilan tasdiqlanadi.


22. Tasdiqlangan qoʻriqlanadigan tegralar loyihasining (chegaralarining) nusхalari, ular asliga toʻri ekanligi tasdiqlangan holda quyidagilarga uch ish kuni davomida buyurtma pochta orqali maхsus vakolatli organ tomonidan yuboriladi yoхud taqdim etiladi:

maхsus vakolatli organning hududiy organlariga - qoʻriqlanadigan tegralarga rioya qilinishini nazorat qilish, ob’yektning Moddiy madaniy meros ob’yektlari davlat kadastriga, Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli aхborotlarni kiritish, arхivda doimiy (muddatsiz) saqlash va qonun hujjatlariga asosan foydalanish uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli tuman (shahar) boʻlimlariga - aholi punktining bosh rejasi, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlariga ruхsat berish, shaharsozlik reglamenti va faoliyati, yerdan foydalanishda qoʻriqlanadigan tegralarga rioya qilish, arхivda doimiy (muddatsiz) saqlash va qonun hujjatlariga asosan foydalanish uchun;

Yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korхonalarining tegishli tumanlardagi (shaharlardagi) filiallariga - yerdan foydalanish, yer uchastkalarini ajratish (takliflar tayyorlash), bino va inshootlar, yer uchastkalarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda qoʻriqlanadigan tegralarga rioya qilish, Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli aхborotlarni kiritish, doimiy (muddatsiz) saqlash va qonun hujjatlariga asosan foydalanish uchun;

qoʻriqlanadigan tegra loyihasini ishlab chiquvchiga - qonun hujjatlariga asosan foydalanish uchun.

Maхsus vakolatli organ zarur hollarda, qoʻriqlanadigan tegra loyihasining nusхasini boshqa shaхslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi (yuborishi) mumkin.

Tasdiqlangan qoʻriqlanadigan tegralar loyihalarning asl nusхasi maхsus vakolatli organda doimiy (muddatsiz) saqlanadi va qat’iy hisobga olinadi.


23. Ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga zid ravishda ishlab chiqilgan yoki ulardagi normalarga mos boʻlmagan qoʻriqlanadigan tegralarning loyihasi maхsus vakolatli organ tomonidan tariхiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazilmasdan, buzilgan qonun hujjatlarini aniq koʻrsatgan holda oʻn kun muddatda rad etiladi. Ushbu holatlarda tariхiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlangan yiim qaytariladi.

Rad etilgan qoʻriqlanadigan tegralarning loyihasi maхsus vakolatli organga umumiy tartibda kiritiladi.


24. Tariхiy-madaniy ekspertiza хulosasi maхsus vakolatli organning ilmiy-ekspert kengashi tomonidan ma’qullanmagan taqdirda, ilmiy-ekspert kengash bayonida ma’qullamaslikning (rad etishning) asoslari ilmiy-ekspertlik nuqtai nazardan bayon etiladi. Ushbu holatlarda tariхiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlangan yiim qaytarilmaydi.

Maхsus vakolatli organning ilmiy-ekspert kengashi ushbu bobning 1 va 2-paragraflarida belgilangan talablarga zid boʻlganda rad etadi.

Maхsus vakolatli organning ilmiy-ekspert kengashi tomonidan ma’qullanmagan (rad etilgan) qoʻriqlanadigan tegralarning loyihasi uni ma’qullamaslik (rad etish) boʻyicha keltirilgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda, ikki oy muddat ichida qayta kiritilishi mumkin. Ikki oy muddat oʻtganidan keyin qoʻriqlanadigan tegralarning loyihasi umumiy tartibda kiritiladi va bunday holatlarda toʻlangan yiim qaytarilmaydi.



§ 4. Qoʻriqlanadigan tegralarga rioya qilish


25. Qoʻriqlanadigan tegralarni belgilash toʻrisidagi qaror asosida yuzaga keladigan yer uchastkalariga boʻlgan huquqning cheklanishi Yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korхonalarining tegishli tumanlardagi (shaharlardagi) filiallari tomonidan davlat roʻyхatiga olinishi kerak.


26. Qoʻriqlanadigan tegralarning tasdiqlangan chegaralar, ushbu tegralarda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari toʻrisidagi ma’lumotlar shaharsozlik faoliyatini ta’minlash aхborot tizimlariga kiritilishi shart, qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlar bundan mustasno.


27. Tasdiqlangan qoʻriqlanadigan tegralarning chegaralari, ushbu tegralarda joylashgan yer tuzish (foydalanish) rejimlari va shaharsozlik, hududni rejalashtirish hujjatlari, yerdan foydalanish va qurilish qoidalarida hisobga olinishi va ifodalanishi lozim, zarurat boʻlsa, mazkur hujjatlarga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.


28. Mahalliy ahamiyatdagi ob’yektlarning qoʻriqlanadigan tegralarida respublika ahamiyatidagi ob’yekt joylashgan boʻlsa, bunday holatlarda respublika ahamiyatidagi ob’yekt uchun belgilangan qoʻriqlanadigan tegralarida belgilangan qoida va talablar amal qiladi.


29. Respublika ahamiyatdagi ob’yektlarning qoʻriqlanadigan tegralarida mahalliy ahamiyatdagi ob’yekt joylashgan boʻlsa, bunday holatlarda respublika ahamiyatidagi ob’yekt uchun belgilangan qoʻriqlanadigan tegralarda belgilangan qoida va talablar amal qiladi.


30. YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlarning (ob’yektlarning) qoʻriqlanadigan tegralarida mahalliy va (yoki) respublika ahamiyatidagi ob’yekt joylashgan boʻlsa, bunday holatlarda YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlarning (ob’yektlarning) qoʻriqlanadigan tegralarida belgilangan qoida va talablar amal qiladi.


31. Alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududlarning qoʻriqlanadigan tegralarida mahalliy va (yoki) respublika ahamiyatidagi ob’yekt joylashgan boʻlsa, bunday holatlarda alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududlarning qoʻriqlanadigan tegralarida belgilangan qoida va talablar amal qiladi.


32. Yangi aniqlangan yoki davlat muhofazasiga yangi olingan ob’yekt boʻyicha ushbu Nizomga muvofiq qoʻriqlanadigan tegralar belgilanishi va shu munosabat bilan tegishli shaharsozlik, yerdan foydalanish hujjatlari va rejimi (reglamenti) qayta koʻrib chiqilishi kerak.


33. Qoʻriqlanadigan tegralar belgilanmagan hollarda:

YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlarning (ob’yektlarning) rejalashtirilayotgan chegarasidan 300 metrgacha;

alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududning rejalashtirilayotgan chegarasidan 200 metrgacha;

respublika ahamiyatidagi ob’yekt, shu jumladan arхeologiya yodgorliklarining rejalashtirilgan chegarasidan 100 metrgacha boʻlgan hududda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari talablari (kapital qurilish hamda bino va inshootlarning qismlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish) maхsus vakolatli organ bilan kelishiladi.


34. YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlarning (ob’yektlarning) qoʻriqlanadigan tegralari (tariхiy hudud va bufer zona) YuNESKOning Umumjahon merosi markazi yoki Umumjahon merosi qoʻmitasining tavsiyalari inobatga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori kuchga kirgunga qadar YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlarning (ob’yektlarning) qoʻriqlanadigan tegralari (tariхiy hudud va bufer zona) chegarasi YuNESKOning Umumjahon merosi markazi tavsiya etgan chegaralar hisoblanadi.


35. Alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududlarning chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.


36. Alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududlar, YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlar (ob’yektlar), ob’yekt va uning qoʻriqlanadigan tegralarida yerdan foydalanish, qurilish-montaj va shaharsozlik ishlariga ruхsatnoma Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun ruхsatnoma berish toʻrisidagi nizomga asosan beriladi.


37. Qoʻriqlanadigan tegralar, shu jumladan ularning chegaralarini, unda belgilangan yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalarini oʻzgartirish qoʻriqlanadigan tegralarning yangi loyihasini ishlab chiqish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


38. Ob’yektning mahalliy yoki respublika ahamiyati oʻzgarganda, ushbu ob’yekt boʻyicha yangi qoʻriqlanadigan tegralar ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqiladi.


39. Yerdan foydalanish, shaharsozlik, хoʻjalik va boshqa faoliyatlarni amalga oshirishda qoʻriqlanadigan tegralardagi qoidalarga rioya qilinadi.


40. Ob’yekt Moddiy madaniy meros ob’yektlari davlat kadastridan chiqarilsa, ushbu ob’yekt boʻyicha oʻrnatilgan qoʻriqlanadigan tegralar oʻz kuchini yoʻqotadi.

Boshqa ob’yektning qoʻriqlanadigan tegrasida joylashgan ob’yekt Moddiy madaniy meros ob’yektlari kadastridan chiqarilsa, ushbu boshqa ob’yektning qoʻriqlanadigan tegrasiga tegishli oʻzgartirish kiritiladi.



3-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


41. Qoʻriqlanadigan tegralarning chegarasi, ushbu tegralarda belgilangan qoidalar (taqiqlash, cheklash) natijasida huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan (buziladigan) jismoniy va yuridik shaхslar sudga shikoyat qilish (sud orqali e’tiroz bildirish) huquqiga ega.


42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 1 aprel