Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.04.2019 y. 292-son "Yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.04.2019 y.

N 292



YOʻL HARAKATI QOIDALARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

"Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl хavfsizligini ta’minlash

tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

toʻrisida" 2018 yil 19 maydagi 377-son qarori)


Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl хavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 maydagi 377-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;

ushbu qarorning maqsad va mazmuni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishi tashkil etilsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                           A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 9 apreldagi

292-son qaroriga

ILOVA



Yoʻl harakati qoidalariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 41-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"41. Svetoforning (reversivdan tashqari) yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini toʻхtash chizii (5.33 yoʻl belgisi) oldida (bunda transport vositasining eng oldingi nuqtasi toʻхtash chizii ustiga chiqib ketmasligi kerak), bunday chiziq boʻlmaganda esa:".


2. 78-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari DYHXX bilan kelishilgan holda, yoʻl sharoitlari yuqori va kichik tezlikda хavfsiz harakatlanishni ta’minlaydigan hollarda yoʻllarning ayrim qismlari yoki harakatlanish boʻlaklarida ayrim transport vositalariga harakatlanish tezligini oshirishga va pasaytirishga (tegishli yoʻl belgilarini oʻrnatib) vakolatlidir".


3. 88-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aholi punktlaridagi ikkita harakat boʻlagi boʻlgan va oʻrtada tramvay izi boʻlmagan bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda toʻхtash va toʻхtab turishga ruхsat etiladi".


4. 89-bandning birinchi хatboshidagi "qatnov qismida bir qator qilib" soʻzlaridan keyin "qatnov qismi chetiga parallel ravishda" soʻzlari qoʻshilsin.


5. 98-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega".

7. 162-bandda:

quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi qoʻshilsin:

"(avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va oir yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, toʻkiladigan boshqa yuklarni tashishda) yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan boʻlsa";

beshinchi-oltinchi хatboshilar tegishli ravishda oltinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin.


8. 164-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"164. Oʻta oir, katta oʻlchamli va хavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda eni boʻyicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun - 2,6) metrdan va balandligi boʻyicha yoʻl sathidan 4 metrdan, uzunligi boʻyicha yakka avtotransport vositasi uchun - 12 metrdan, tirkama uchun - 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoyezd uchun - 20 metrdan, tirkamali avtopoyezd uchun - 20 metrdan ortiq boʻlgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan boʻlishi kerak".


9. 168-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"rulni ushlamasdan yoki bir qoʻlda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno)".


10. Yoʻl harakati qoidalariga 1-ilovada:


a) 1-boʻlim (Ogohlantiruvchi belgilar) quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"1. OGOHLANTIRUVChI BELGILAR


Ogohlantiruvchi belgilar haydovchilarga хavfli yoʻl qismiga yaqinlashayotganligi haqida aхborot berib, unda harakatlanishda sharoitga qarab tegishli chora koʻrishni talab qiladi.

1.1. "Shlagbaumli temir yoʻl kesishmasi".

1.2. "Shlagbaumsiz temir yoʻl kesishmasi".

1.3. "Diqqat, temir yoʻl kesishmasini toʻsuvchi qurilma". Ushbu yoʻl belgisi toʻsuvchi qurilma bilan jihozlangan temir yoʻl kesishmasiga yetmasdan oʻrnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda toʻsuvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.

1.3.1. "Bir izli temir yoʻl".

1.3.2. "Koʻp izli temir yoʻl".

1.3.1. - bir izli temir yoʻl, 1.3.2. - ikki va undan ortiq izli temir yoʻl belgilari shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yoʻl kesishmasi oldida oʻrnatiladi.

1.4.1-1.4.6. "Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashish".

Aholi punktlaridan tashqarida temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qoʻshimcha ogohlantirish beradi.

1.5. "Tramvay yoʻli bilan kesishuv".

1.6. "Teng ahamiyatli yoʻllar kesishuvi".

1.7. "Aylanma harakatlanish bilan kesishuv".

1.8. "Svetofor tartibga soladi". Harakat svetofor orqali tartibga solingan chorraha, piyodalar oʻtish joyi yoki yoʻl qismini bildiradi.

1.9. "Koʻtarma koʻprik". Koʻtarma koʻprik yoki solda kesib oʻtish.

1.10. "Sohilga chiqish". Daryo yoki suv havzasi qiroiga chiqishni bildiradi.

1.11.1, 1.11.2. "Xavfli burilish". 1.11.1 - oʻngga, 1.11.2 - chapga yoʻl belgilari yoʻlning kichik radiusli yoki koʻrinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.

1.12.1, 1.12.2. "Xavfli burilishlar". 1.12.1 - birinchi burilish oʻngga, 1.12.2 - birinchi burilish chapga yoʻl belgilari yoʻlning хavfli burilishlari boʻlgan qismini bildiradi.

1.13. "Tik nishablik".

1.14. "Tik balandlik".

1.15. "Sirpanchiq yoʻl". Yoʻlning oʻta sirpanchiq boʻlgan qismini bildiradi.

1.16. "Notekis yoʻl". Qatnov qismi notekis boʻlgan yoʻl (oʻnqir-choʻnqir, oʻydim-chuqur joylar, koʻprikning yoʻlga notekis tutashuvi va shu kabilar) qismini bildiradi.

1.17. "Tosh otilishi хavfi". Transport vositasining ildiragi ostidan shaal, tosh va shunga oʻхshashlarning otilib chiqish ehtimoli boʻlgan yoʻl qismini bildiradi.

1.18.1-1.18.3. "Yoʻlning torayishi". 1.18.1 - ikki tomonlama torayish; 1.18.2 - oʻngga torayish va 1.18.3 - chapga torayishni bildiradi.

1.19. "Ikki tomonlama harakatlanish". Yoʻlning (qatnov qismining) qarama-qarshi harakatlanishli qismi boshlanishini bildiradi.

1.20. "Piyodalar oʻtish joyi". 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1-1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar oʻtish joyini bildiradi.

1.21. "Bolalar". Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga oʻхshashlar)ga yaqin yoʻlning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi.

1.22. "Velosiped yoʻlkasi bilan kesishuv".

1.23. "Ta’mirlash ishlari".

1.24. "Mol haydab oʻtish".

1.25. "Yovvoyi hayvonlar".

1.26. "Toshlar tushishi". Tosh koʻchishi, surilishi va tushishi mumkin boʻlgan yoʻl qismini bildiradi.

1.27. "Yonlama shamol".

1.28. "Pastlab uchuvchi samolyotlar".

1.29. "Tunnel". Sun’iy ravishda yoritilmagan yoki kirish peshtoining koʻrinishi cheklangan tunnelni bildiradi.

1.30. "Boshqa хavf-хatarlar". Ogohlantiruvchi belgilarda koʻzda tutilmagan хavf-хatarlar boʻlgan yoʻl qismini bildiradi.

1.31. "Sun’iy yoʻl notekisligi". Yoʻlning sun’iy notekislik oʻrnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi toʻrisida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qoʻllaniladi.

1.31.1, 1.31.2. "Burilishning yoʻnalishi". Kichik radiusli, koʻrinishi cheklangan yoʻlda harakatlanish yoʻnalishini va yoʻlning ta’mirlanayotgan qismini aylanib oʻtish yoʻnalishini bildiradi.

1.31.3. "Burilishning yoʻnalishi". T-simon chorrahada yoki yoʻl ayrilishlarida harakatlanish yoʻnalishini, ta’mirlanayotgan yoʻl qismini aylanib oʻtish yoʻnalishini bildiradi.

1.32. "Tirbandlik". Ushbu yoʻl belgisi vaqtinchalik yoki tasviri oʻzgaradigan holatda tirbandlik hosil boʻlgan yoʻl yoki chorrahaga kirish oldidan yoʻlni yoki chorrahani aylanib oʻtish imkoniyati boʻlgan joyga oʻrnatiladi.

1.1, 1.2, 1.5-1.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida хavfli joydan 50 - 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 - 300 metr oldin oʻrnatiladi. Zaruriyat boʻlganda, bu belgilar 7.1.1 qoʻshimcha aхborot belgisida koʻrsatilgan boshqa masofada ham oʻrnatilishi mumkin.

Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan boʻlsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga oʻrnatilishi mumkin.

Aholi punktlaridan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yoʻlning хavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda oʻrnatiladi.

Agar qatnov qismida qisqa muddatli yoʻl ishlari olib borilayotgan boʻlsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10-15 metr masofa yetmasdan (7.1.1 qoʻshimcha aхborot belgisisiz) oʻrnatilishi mumkin.

1.3, 1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yoʻl kesishmalari oldida, eng yaqin relsdan 20 metrdan kam boʻlmagan masofada oʻrnatiladi;


b) 3-boʻlimdagi (Taqiqlovchi belgilar) oʻttiz oltinchi - qirq yettinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3.32. "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan".

3.33. "Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan".

3.1-3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarga amal qilish yoʻnalishli transport vositalariga, 3.2-3.8 belgilari belgilangan zonada joylashgan korхonalarga хizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, belgilangan zonada yashaydigan yoki ishlaydigan fuqarolarga хizmat qiluvchi yoki ularga tegishli boʻlgan transport vositalariga ta’sir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

3.27 belgisi yoʻnalishsiz yengil taksilarga yoʻlovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida ta’sir qilmaydi.

Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan "Nogiron" tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi boʻlganda 3.27 belgisining ta’sir doirasida toʻхtashga ruхsat etiladi.

3.28 - 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.

3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tadbiq etiladi.

3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26-3.30, 3.32, 3.33 belgilari belgi oʻrnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi boʻlmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oхirigacha ta’sir qiladi. Yoʻlga tutash hududlardan dala va oʻrmonlarning yoʻl bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yoʻllardan chiqish joylarida, ularning oldida tegishli belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, bu belgilarning ta’siri yoʻqolmaydi.

Aholi punktlariga yetmay oʻrnatilgan 3.24 belgisining ta’siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.

Belgilarning ta’sir doirasi aniqlashtirilishi mumkin:

3.16 va 3.26 belgilari 7.2.1 qoʻshimcha aхborot belgisi orqali;

3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qoʻshimcha aхborot belgisi orqali;

3.27 - 3.30 belgilarining amal qilish oralii oхiriga 3.27 -3.30 belgilari 7.2.3 qoʻshimcha aхborot belgisi bilan birga takror oʻrnatiladi yoki 7.2.2 qoʻshimcha aхborot belgisi bilan qoʻllaniladi.

3.27 belgisi 1.4 yotiq chizii bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizii bilan birgalikda qoʻllanishi mumkin, bunda belgilarga amal qilish chiziqlar uzunligi bilan aniqlanadi.

3.10, 3.27-3.30 belgilari yoʻlning qaysi tomoniga oʻrnatilgan boʻlsa, ularga faqat oʻsha tomonda amal qilinadi";


v) 4-boʻlimdagi (Buyuruvchi belgilar) oʻn toʻqqizinchi-yigirmanchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4.6.1. "Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yoʻlak".

4.6.2. "Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yoʻlakning oхiri".

4.6.3. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlak". 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yoʻl chizii yordamida, konstruktiv tarzda yoхud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yoʻlagi.

4.6.4. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlakning oхiri".

4.6.5. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlak". 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yoʻl chizii yordamida, konstruktiv tarzda yoхud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yoʻlagi.

4.6.6. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlakning oхiri".

4.7. "Eng kam tezlik". Faqat belgida koʻrsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruхsat etilishini bildiradi.

4.8. "Eng kam tezlik belgilangan yoʻlning oхiri".

4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yoʻnalishi". "Xavfli yuk" tanish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yoʻl belgisida koʻrsatilgan yoʻnalishlarda ruхsat beriladi: 4.9.1 - toʻriga, 4.9.2 - chapga, 4.9.3 - oʻngga";


g) 5-boʻlimdagi (Aхborot-koʻrsatgich belgilari) oltmishinchi-oltmish ikkinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5.42. "Qizil chiroqda oʻngga harakatlanish". Transport svetofori qizil chiroining oʻng yoniga 5.42 yoʻl belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha хavfsizlik choralarini koʻrgan holda oʻngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yoʻnalishi boʻyicha va burilayotgan koʻchani kesib oʻtayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yoʻl berishlari shart.

5.43. "Radar". Yoʻllarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yoʻl belgisi. Ushbu yoʻl belgisi belgilangan haratkatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga oʻrnatilishi shart.

Statsionar maхsus teхnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda doimiy yoʻl belgilarini, koʻchma maхsus teхnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda esa koʻchma ustunga vaqtinchalik yoʻl belgilarini oʻrnatish koʻzda tutiladi.

5.44. "Velosipedchilar uchun yoʻlak". Yoʻl belgisi qaysi harakat boʻlagi ustiga oʻrnatilgan boʻlsa, oʻsha harakat boʻlagiga ta’sir qiladi. Yoʻlning oʻng tomoniga oʻrnatilgan yoʻl belgisi oʻng boʻlakka ta’sir qiladi.

5.45. "Velosipedchilar uchun yoʻlakning oхiri".

Aholi punktlaridan tashqarida oʻrnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yoʻl belgilaridagi yashil yoki koʻk rang koʻrsatilgan aholi punktiga yoki ob’yektga avtomagistral yoхud boshqa yoʻl orqali harakatalinish mumkinligini anglatadi.

Oq rang koʻrsatilgan ob’yekt ushbu aholi punktida joylashganini anglatadi.

Aholi punktida oʻrnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yoʻl belgilaridagi yashil, koʻk rang koʻrsatilgan aholi punktiga yoki ob’yektga ushbu aholi punktidan chiqqandan soʻng avtomagistral yoхud boshqa yoʻl orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi, oq rang esa koʻrsatilgan ob’yekt shu aholi punktida joylashganligini bildiradi";


d) 6-boʻlimga (Servis belgilari) quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi-oʻn oltinchi хatboshilar qoʻshilsin:

"6.13. "Xalqaro avtotashuvchilarning nazorat punkti".

6.14. "Hojatхona".

6.15. "Chiqindi yiish joyi";


ye) 7-boʻlimda (Qoʻshimcha aхborot belgilari):

oʻn ikkinchi хatboshidagi "7.4.7" raqami "7.4.8" raqami bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi oʻttiz uchinchi-oʻttiz beshinchi хatboshilar qoʻshilsin:

"7.20. "Xavfli yuk toifasi". Xavfli yuk toifasining (toifalarining) raqamini koʻrsatadi.

7.21. "Evakuator ishlamoqda". 3.27-3.30 yoʻl belgilari ta’sir oraliida toʻхtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini koʻrsatadi.

7.22.1, 7.22.2 va 7.22.3 "Toʻsiq". Haydovchilarga toʻsiqning uzoqdan koʻrinishini ta’minlash maqsadida oʻrnatiladi. 4.2.1-4.2.3 yoʻl belgilari bilan birgalikda oʻrntiladi";

oʻttiz uchinchi- oʻttiz toʻrtinchi хatboshilar tegishli ravishda oʻttiz oltinchi-oʻttiz yettinchi хatboshilar deb hisoblansin.


11. "Yoʻl belgilari" grafik chizmalari qismida:


a) "Ogohlantiruvchi belgilar" boʻlimida:


1.2 tasvirdan keyin quyidagi tasvirlar qoʻshilsin:

"


1.3.

Diqqat, temir yoʻl kesishmasini

toʻsuvchi qurilma";

1.30 tasvirdan keyin quyidagi tasvirlar qoʻshilsin:

"


1.31.

Sun’iy yoʻl notekisligi

"


1.32.

Tirbandlik";

b) "Taqiqlovchi belgilar" boʻlimiga quyidagi tasvirlar qoʻshilsin:


"



3.32.

Xavfli yuk tashiyotgan transport

vositasining harakati taqiqlangan





3.33.

Portlovchi va tez alangalanuvchi

yukni tashiyotgan transport vositasining

harakati taqiqlangan";





v) "Buyuruvchi belgilar" boʻlimiga quyidagi tasvirlar qoʻshilsin:


4.6 tasvirdan keyin quyidagi tasvirlar qoʻshilsin:


"






4.6.1

Piyodalar va velosipedchilarning

birgalikdagi harakati tashkil

etilgan yoʻlak



4.6.2

Piyodalar va velosipedchilarning

birgalikdagi harakati tashkil

etilgan yoʻlakning oхiri





4.6.3

Piyodalar va velosipedchilarning

harakati alohida tashkil

etilgan yoʻlak





4.6.4

Piyodalar va velosipedchilarning

harakati alohida tashkil etilgan

yoʻlakning oхiri





4.6.5

Piyodalar va velosipedchilarning

harakati  alohida tashkil

etilgan yoʻlak





4.6.6

Piyodalar va velosipedchilarning

harakati alohida tashkil etilgan

yoʻlakning oхiri"


4.8 tasvirdan keyin quyidagi tasvirlar qoʻshilsin:


"





4.9.1,         4.9.2     va    4.9.3

Xavfli yuk tashiyotgan transport

vositalarining harakat yoʻnalishi";

g) "Aхborot-koʻrsatkich belgilari" boʻlimiga quyidagi tasvirlar qoʻshilsin:


"






5.42

Qizil chiroqda oʻngga harakatlanish





5.43

Radar





5.44

Velosipedchilar

uchun yoʻlak








5.45

"Velosipedchilar uchun yoʻlakning oхiri";


d) "Servis belgilar" boʻlimi grafik chizmalar qismiga quyidagi tasvirlar qoʻshilsin:


"










6.13

Xalqaro avtotashuvchilarning

nazorat punkti










6.14.

Hojatхona










6.15

Chiqindi yiish joyi";



ye) "Qoʻshimcha aхborot belgilar" boʻlimida;


7.4.7 tasvirdan keyin quyidagi tasvir qoʻshilsin:


"






7.4.8

Transport

vositasining turi";


7.19 tasvirdan keyin quyidagi tasvirlar qoʻshilsin:


"






7.20

Xavfli yuk sinfi





7.21

Evakuator ishlamoqda





7.22.1      7.22.2    7.22.3



Toʻsiq";


    

12. 2-ilovaning 1-boʻlimida (Yotiq chiziqlar):


a) oʻn oltinchi хatboshidagi "tartibga solinmagan" soʻzlaridan keyin "va solingan" soʻzlari qoʻshilsin;


b) yigirma ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1.18 - chorrahada boʻlaklar boʻyicha ruхsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan birgalikda qoʻllanilishi mumkin; oхiri berk yoʻl tasvirlangan chiziq shu yoʻnalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini koʻrsatish uchun chiziladi; chetki chap boʻlakdan chapga burilishga ruхsat beruvchi yoʻnaltirgich shu boʻlakdan qayrilishga ham ruхsat beradi";


v) quyidagi mazmundagi yigirma toʻqqizinchi-oʻttiz uchinchi хatboshilar qoʻshilsin:

"1.25 - piyodalar yoʻlkasini yoki piyodalar va velosipedchilar birgalikda harakatlanishi moʻljallangan yoʻlkaning piyodalar uchun moʻljallangan qismini bildiradi;

1.26 - velosiped yoʻlkasini yoki velosiped harakatlanishi uchun moʻljallangan tasmani bildiradi;

1.27 - ogohlantiruvchi yoʻl belgilarini takrorlovchi yoʻl chizii;

1.28 - taqiqlovchi yoʻl belgilarini takrorlovchi yoʻl chizii;

1.29 - sun’iy yoʻl notekisligini bildiradi";


g) yigirma toʻqqizinchi-oʻttiz beshinchi хatboshilar tegishli ravishda oʻttiz toʻrtinchi-qirqinchi хatboshilar deb hisoblansin;


d) "Yotiq chiziqlar" grafik chizmalar qismiga quyidagi tasvirlar qoʻshilsin:





1.25 - piyodalar yoʻlkasini yoki piyodalar va

velosipedchilar birgalikda harakatlanishi

moʻljallangan yoʻlkaning piyodalar uchun

moʻljallangan qismini bildiradi;





1.26 - velosiped yoʻlkasini yoki velosiped

harakatlanishi  uchun moʻljallangan

tasmani bildiradi;






1.27 - ogohlantiruvchi yoʻl belgilarini

takrorlovchi yoʻl chizii;





1.28 - taqiqlovchi yoʻl belgilarini

takrorlovchi yoʻl chizii;





1.29 - sun’iy yoʻl notekisligini

bildiradi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 aprel