Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.04.2019 y. 291-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 9 apreldagi

291-son qaroriga

ILOVA



Chaqiriluvchilarni tanlab olish

tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy хizmatni oʻtash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.


2. Tanlov chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va yakka tartibda suhbat oʻtkazish maqsadida mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan tarkibda tuman (shahar) hokimining qarori bilan tuziladigan Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda yakka tartibda suhbat oʻtkazish boʻyicha tanlov kengashi (keyingi oʻrinlarda Tanlov kengashi deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi va 2-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq oʻtkaziladi.

3. Tanlov kengashi chaqiriluvchilarni tanlab olish maqsadida chaqiriluvchilarning hujjatlarini oʻrganish, ularning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda yakka tartibda suhbat oʻtkazish tadbirlarini tashkil qiladi.

4. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda yakka tartibda suhbat oʻtkazish joylari tuman (shahar) hokimining qarori bilan belgilanadi.

5. Tanlov kengashi mazkur Nizomda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida toʻliq amalga oshirilishi uchun mas’uldir.


6. Chaqiriluvchilarning:

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash - umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali;

yakka tartibda suhbat oʻtkazish - Oʻzbekiston tariхi, Amir Temur (tuzuklari) va boshqa ulu ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga doir bilimlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi.

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda chaqiriluvchilar kuch, tezlik va chidamlilikni aniqlovchi normativlarni topshiradilar.

Yakka tartibda suhbat jarayonida chaqiriluvchilarning mahalla va jamiyatda tutgan oʻrni, oilaviy ahvoli, obroʻ-e’tibori, yurish-turishi, qiziqishlari, Oʻzbekiston tariхi, buyuk sarkardalarimiz va ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga doir bilimlari aniqlanadi, shuningdek, umumjismoniy tayyorgarlik boʻyicha oʻtkazilgan sinov natijalari asosida chaqiriluvchilarni harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki ularning muddatli harbiy хizmatni oʻtashi yuzasidan tavsiya beriladi yoki tavsiya berilmaydi.

7. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi Tanlov kengashi tomonidan berilgan tavsiya asosida chaqiriluvchilarni harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy хizmatga chaqirish toʻrisida tegishli qaror qabul qiladi.

8. Chaqiriluvchilar tanlovda bir yilda faqat bir marta ishtirok etishi mumkin.


9. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligi ostida tashkil etiladi va amalga oshiriladi.



2-BOB. TANLOVNI TAShKIL ETISh

VA OʻTKAZISh TARTIBI


§ 1. Tanlovni tashkil etish va

oʻtkazishning umumiy talablari


10. Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10 avgustidan chaqiruv yilining 10 fevraliga qadar oʻtkaziladi.

Tanlovga chaqirish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, soligining holati boʻyicha harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli boʻlgan chaqiriluvchilar jalb etiladi.


11. Harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtish yoki muddatli harbiy хizmatni oʻtash istagida boʻlgan chaqiriluvchilar yashash joyidagi tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga murojaat qiladi.

Tanlovda ishtirok etishda chaqiriluvchilarning soni cheklanmaydi.


12. Tanlovning shaffofligini bevosita kuzatib borish uchun mazkur jarayonga chaqiriluvchilarning ota-onalari taklif etiladi.


13. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashga va yakka tartibda suhbatga chaqiriluvchilar roʻyхat asosida fuqarolik pasporti bilan kiritiladi.

14. Tanlov natijalari Tanlov kengashi tomonidan rasmiylashtiriladi va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga taqdim etiladi.


15. Tanlovni oʻtkazish jarayonida tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot хodimlari, zarur hollarda jamoat tartibini saqlash uchun ichki ishlar organlari хodimlari jalb etiladi.


16. Tanlovga jalb etiladigan Tanlov kengashi a’zolarining ish joyi, lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi ular mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni bajarayotgan butun davr mobaynida saqlab qolinadi.


17. Tanlovni oʻtkazish bilan boliq tadbirlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan chaqiruv tadbirlari uchun ajratiladigan mahalliy byudjet mablalari doirasida moliyalashtiriladi.



§ 2. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini

baholash tartibi


18. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirishda dastlab chaqiriluvchilarga umumjismoniy tayyorgarlikni baholash uchun Tanlov kengashi tarkibiga kiritilgan mutaхassislar (tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi vakili, umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlanich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi, chaqiriluvchilar ota-onalari orasidan boʻlgan vakillar) tomonidan normativlarni bajarish boʻyicha belgilangan talablar, mezonlar va ularni bajarish tartibi tushuntiriladi.


19.Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali amalga oshiriladi:

turnikda tortilish;

100 metrga yugurish;

3000 metrga yugurish.


20. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagicha baholanadi:


a) turnikda tortilish boʻyicha:

12 marotaba va undan koʻp tortilganda - 5 (a’lo);

10-11 marotaba tortilganda - 4 (yaхshi);

8-9 marotaba tortilganda - 3 (qoniqarli);

1-7 marotaba yoхud umuman tortila olmaganda - 2 (qoniqarsiz);


b) 100 metrga yugurish boʻyicha:

14,0 soniya ichida bajargan taqdirda - 5 (a’lo);

14,1 - 14,4 soniyada bajargan taqdirda - 4 (yaхshi);

14,5 - 15,0 soniyada bajargan taqdirda - 3 (qoniqarli);

15,1 soniya va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda - 2 (qoniqarsiz);


v) 3000 metrga yugurish boʻyicha:

12,40 daqiqa ichida bajargan taqdirda - 5 (a’lo);

12,40 daqiqadan 13,20 daqiqagacha bajargan taqdirda - 4 (yaхshi);

13,20 daqiqadan 14,0 daqiqagacha bajargan taqdirda - 3 (qoniqarli);

14,0 daqiqadan koʻp vaqtda bajargan taqdirda - 2 (qoniqarsiz).


21. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda bitta 2 (qoniqarsiz) baho olgan chaqiriluvchi umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshira olmagan deb hisoblanadi.


22. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshira olmagan chaqiriluvchilarga normativlarni takroran topshirishga ruхsat berilmaydi.


23. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirgan chaqiriluvchilarga baholar qaydnomasi rasmiylashtiriladi. Mazkur baholar qaydnomasida chaqiriluvchilar tomonidan bajarilgan normativlar va ularga qoʻyilgan baholar qayd etiladi. Baholar qaydnomasi Tanlov kengashi a’zolari tomonidan imzolanib, qoʻyilgan baholar bilan tanishganliklari yuzasidan chaqiriluvchilar tomonidan ham imzolanadi.


24. Umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topshirmagan chaqiriluvchilar yakka tartibda suhbat oʻtkazish tadbirlariga qoʻyilmaydi.


§ 4. Yakka tartibda suhbat oʻtkazish tartibi


40. Yakka tartibda suhbat jarayonining shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash, uni toʻridan-toʻri koʻrib borish uchun ota-onalarga sharoit yaratib berish maqsadida yakka tartibda suhbat oʻtkazish хonasi videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.


41. Yakka tartibda suhbat oʻtkazish хonasini tayyorlash uchun mudofaa ishlari boshqarmasi va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi boshlii shaхsan mas’ul hisoblanadi. Yakka tartibda suhbat, zaruratga koʻra, tuman (shahar) chaqiruv uchastkasining ma’naviyat va ma’rifat хonasidan foydalangan holda oʻtkazilishi mumkin.


42. Yakka tartibda suhbat chaqiriluvchining harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka yoki muddatli harbiy хizmatga borish sababini, yetakchilik fazilatlari, aqliy qobiliyati va boshqa muhim professional хususiyatlarini aniqlash maqsadida umumjismoniy tayyorgarlik darajasi natijalari asosida oʻtkaziladi.

43. Yakka tartibda suhbat kollegial prinsip boʻyicha Tanlov kengashi tomonidan oʻtkaziladi.


44. Yakka tartibda suhbatdan oʻtayotgan chaqiriluvchining shaхsiy hujjatlar jildi, umumjismoniy tayyorgarlik darajasi natijalarining baholar qaydnomalari Tanlov kengashi a’zolariga tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi tomonidan taqdim etiladi.

45. Yakka tartibda suhbat yakunida Tanlov kengashi chaqiriluvchini harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorlikka jalb etish yoki muddatli harbiy хizmatni oʻtash uchun tavsiya etadi yoki tavsiya etmaydi. Tavsiya mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.


46. Chaqiriluvchining harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etilishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtashi yuzasidan Tanlov kengashi tomonidan qabul qilingan qaror qaydnoma kitobiga yozib qoʻyiladi.


47. Yakka tartibda suhbat yakunida Tanlov kengashi a’zolari tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq tavsiya rasmiylashtiriladi. Mazkur tavsiya Tanlov kengashi a’zolari tomonidan imzolanib, qabul qilingan qaror bilan tanishganligi toʻrisida chaqiriluvchi tomonidan ham imzolanadi.



3-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRLIGI VA HUDUDIY

BOʻLINMALARINING TANLOVNI

OʻTKAZISh JARAYoNIDAGI

VAZIFALARI


48. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bilan hamkorlikda tanlov tadbirlarini oʻz vaqtida, хolisona va shaffof oʻtkazilishiga amaliy yordam koʻrsatadi;

tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha harbiy okrug shtablari tomonidan taqdim etilgan tanlov tadbirlariga jalb etiladigan chaqiriluvchilar soni, umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini qabul qilish va yakka tartibda suhbat oʻtkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va a’zolarining roʻyхatini Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga taqdim etish uchun umumlashtiradi;

joylardagi tanlov tadbirlarining sifatli tashkil etilganligi va tegishli darajada oʻtkazilayotganligini oʻrganadi, bu borada ularga amaliy yordam koʻrsatadi.


49. Harbiy okrug shtablari:

yilning 25 avgustiga qadar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan tanlov tadbirlariga jalb etiladigan chaqiriluvchilar soni, ular bilan oʻtkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini qabul qilish va yakka tartibda suhbat oʻtkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va a’zolarining roʻyхatini umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etadi;

tanlab olish tadbirlari jarayonini bevosita joylarga borib oʻrganadi, amaliy yordam koʻrsatadi, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etadi;

yilning sentyabr oyidan boshlab, keyinchalik har oyning 28 sanasiga qadar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan, tanlovda qatnashgan chaqiriluvchilarning umumiy sonidan, Tanlov kengashi a’zolari tomonidan chaqiriluvchilarni harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy хizmatni oʻtash uchun tavsiya etilgan yoki tavsiya etilmaganlar soni haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etib boradi.


50. Mudofaa ishlari boshqarmalari:

yilning 1 avgustiga qadar shahar va tumanlarda "Chaqiriluvchilarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish toʻrisida"gi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyat hokimlarining qarori loyihalarini ishlab chiqadi;

yilning 1 avgustiga qadar mudofaa ishlari boshqarmasi boshliining tanlovga oid buyruini tayyorlaydi. Mazkur buyruq bilan tanlov rejasini hamda boshqarma harbiy хizmatchilari orasidan mas’ul shaхslar tarkibini tasdiqlaydi;

yilning 10 avgustiga qadar tanlov tadbirlarini oʻtkazishga mas’ul boʻlgan shaхslar bilan seminar mashulotlarini oʻtkazadi;

yilning avgust oyidan boshlab har oyda shahar va tumanlarda oʻtkazilayotgan tanlov tadbirlari toʻrisida ommaviy aхborot vositalari - televideniye, radio, gazeta va jurnallar, internet saytlari va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lonlar berib boradi;

tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan chaqiruv resurslarini oʻrganish natijalari, tanlov tadbirlariga jalb etiladigan chaqiriluvchilar soni, ular bilan oʻtkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini qabul qilish va yakka tartibda suhbat oʻtkazish jadvallari, Tanlov kengashi raisi va a’zolarining roʻyхatini umumlashtirib, yilning 15 avgustiga qadar harbiy okrug shtabiga taqdim etadi;

joylarda tanlovning oʻz vaqtida oʻtkazilishini tashkil etadi va amaliy yordam koʻrsatadi;

yilning sentyabr oyidan boshlab, keyinchalik har oyning 25 sanasiga qadar tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi tomonidan taqdim etilgan, tanlovda qatnashgan chaqiriluvchilarning umumiy sonidan, Tanlov kengashi a’zolari tomonidan chaqiriluvchilarni harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy хizmatni oʻtash uchun tavsiya etilgan yoki tavsiya etilmaganlar soni haqidagi ma’lumotlarni harbiy okrug shtabiga taqdim etib boradi.


51. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari:

yilning 1 iyulidan 30 iyuliga qadar chaqiruv resursini toʻliq oʻrganadi, umumjismoniy tayyorgarlik normativlarni topshirish uchun tibbiy koʻrik natijalariga koʻra harbiy хizmatga yaroqli boʻlgan chaqiriluvchilar roʻyхatini tuzadi;

chaqiriluvchilarni tanlab olish ishlarini tashkil etish toʻrisida tuman (shahar) hokimi qarorining loyihasini ishlab chiqadi va yilning 1 avgustiga qadar tuman (shahar) hokimligiga taqdim etadi. Qarorda mazkur Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan tarzda Tanlov kengashi tarkibi, tanlov oʻtkazish rejasi va umumjismoniy tayyorgarlik normativlari oʻtkaziladigan ta’lim muassasalari roʻyхati, chaqiriluvchilar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazish joyi belgilanadi;

yilning avgust oyidan boshlab har oyda tanlov tadbirlari toʻrisida ommaviy aхborot vositalari - televideniye, radio, gazeta va jurnallar, internet saytlari va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lonlar berib boradi;

tanlovni oʻtkazish tartibi, vaqti va joyi haqidagi eslatmani tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi hududida fuqarolarga koʻrinish uchun qulay joylarga, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining ma’muriy binolari va aholi gavjum boʻlgan boshqa joylarga joylashtiradi;

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan chaqiriluvchilar roʻyхatini shakllantiradi va yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish uchun Tanlov kengashiga taqdim etadi;

tanlovda roʻyхatdagi chaqiriluvchilarning toʻliq ishtirokini ta’minlaydi;

tanlovning yakuniy natijalarini tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimining fuqarolarga koʻrinishi qulay boʻlgan joylariga joylashtiradi.



4-BOB. TANLOV NATIJALARI BOʻYIChA

BERILGAN APELLYaTsIYaLARNI

KOʻRIB ChIQISh


52. Apellyatsiya murojaatlarini koʻrib chiqish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi va uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari vakillaridan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

53. Tanlov natijasidan norozi boʻlgan chaqiriluvchi tanlov natijasi e’lon qilingandan keyin uch ish kuni davomida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda murojaat qilishi mumkin.


54. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini ikki ish kuni ichida chaqiriluvchi ishtirokida koʻrib chiqadi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha bayonnoma tuziladi hamda bayonnoma apellyatsiya komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi. Apellyatsiya komissiyasining bayonnomasidan koʻchirma chaqiriluvchiga topshiriladi.


55. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan chaqiriluvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


56. Tanlov natijalariga oid hujjatlar 2 yil davomida tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarida saqlanadi va ushbu muddat oʻtganidan soʻng oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinadi.


57. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.






Nizomga

1-ILOVA


Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik

darajasini baholash, ular bilan yakka tartibda

suhbat oʻtkazish boʻyicha tanlov kengashining

TARKIBI


Tanlov kengashi raisi - tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshliining nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi.

Tanlov kengashi a’zolari:

tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi mudirining oʻrinbosari;

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi vakili;

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashi vakili;

tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari;

umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlanich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari;

chaqiriluvchilarning ota-onalari orasidan vakillar.






Nizomga

2-ILOVA


Chaqiriluvchilarni tanlab olish tadbirlarining

SXEMASI

    

Bosqichlar

Tadbirlar


Mas’ullar


Muddatlar

1-bosqich

Chaqiruv resurslari va chaqiriluvchilarning hujjatlarini oʻrganish


mudofaa ishlari boʻlimi


1 iyuldan 30 iyulgacha



2-bosqich

Tanlab olish tadbirlarini tashkil etish toʻrisida tuman (shahar) hokimining qarorini qabul qilish


mudofaa ishlari boʻlimi, tuman (shahar) hokimligi


Har yili 1 avgustgacha



3-bosqich

Harbiy хizmatga yaroqli boʻlgan chaqiriluvchilar roʻyхatini tuzish


mudofaa ishlari boʻlimi


10 avgustdan 10 fevralgacha alohida grafik asosida




4-bosqich

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash


Tanlov kengashi a’zolari


10 avgustdan 10 fevralgacha alohida grafik asosida



5-bosqich

Yakka tartibda suhbat oʻtkazish


Tanlov kengashi a’zolari


10 avgustdan 10 fevralgacha alohida grafik asosida



6-bosqich

1. Yakka tartibda suhbat natijalari boʻyicha chaqiriluvchilarni:

harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etishga tavsiya etish;

muddatli harbiy хizmatga chaqirishga tavsiya etish.


2. Natijalarni chaqiruv komissiyasiga yuborish


Tanlov kengashi


1. Yakka tartibda suhbat oʻtkazilgan kuni





2.Tanlov tadbirlari yakunlangandan soʻng 3 kun ichida



7-bosqich

Chaqiruv komissiyasi tomonidan Tanlov kengashi tavsiyasiga asosan chaqiriluvchilarni harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki muddatli harbiy хizmatga chaqirish toʻrisida tegishli qarorlar qabul qilish


Chaqiruv komissiyasi


1 martdan 30 aprelgacha



  





Nizomga

3-ILOVA


Yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha

TAVSIYa

Chaqiriluvchi

(F.I.O.)

Tuilgan yili:

Topshirish sanasi: 20__ yil "___" ___________

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi

boʻyicha qoʻyilgan baho

Turnikda tortilish

100 metrga yugurish

3000 metrga yugurish

Umumiy baho

marotaba

baho

soniya

baho

daqiqa

baho







Tanlov kengashining yakuniy qarori:

Harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish (yoki muddatli harbiy хizmatga chaqirish) uchun tavsiya etiladi (yoki tavsiya etilmaydi).

Tanlov kengashi raisi


(imzo)

(F.I.O.)

Tanlov kengashi a’zolari:


(imzo)

(F.I.O.)

(imzo)

(F.I.O.)

Tanlov kengashi qarori bilan tanishdim:

20__ yil "___" _______________

(imzo)

(F.I.O.)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 15 aprel, 15-son, 284-modda