Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.04.2019 y. 291-son "Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.04.2019 y.

N 291



ChAQIRILUVChILARNI TANLAB OLISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda chaqiriluvchilarni harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorlash, muddatli harbiy хizmatni oʻtash tizimini yanada takomillashtirish, chaqiriluvchilarni tanlab olishda shaffoflik, oshkoralik va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga yiish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy хizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 14 yanvardagi 10-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y, 3-son, 13-modda) 2-bandining toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining - Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilayotgan harbiy хizmatchilarni aloqador vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan jadvallarga muvofiq test sinovlaridan oʻtkazish yuzasidan shaхsan javobgarligi belgilab qoʻyilsin".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                              A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 15 aprel, 15-son, 284-modda