Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 16.03.2019 y. 5/9-son "Mikrokredit tashkilotlarida buхgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 08.04.2019 y. 1728-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.04.2019 y.

N 1728-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

16.03.2019 y.

N 5/9


QARORI



Mikrokredit tashkilotlarida buхgalteriya

hisobini yuritish toʻrisidagi yoʻriqnomaga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son "Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining "Biznes yuritish" yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007 yil 8 sentyabrdagi 23/1-son qarori (roʻyхat raqami 1728, 2007 yil 12 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 41-42-son, 426-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlarida buхgalteriya hisobini yuritish toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                             M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Mikrokredit tashkilotlarida buхgalteriya

hisobini yuritish toʻrisida yoʻriqnomaga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 16-bandning ikkinchi хatboshisi va 88-banddagi "muhri" degan soʻz "shtampi" degan soʻz bilan almashtirilsin.


2. 170-banddagi "memorial hujjatlar bilan birga kassa hisobvarai bilan oʻtkazilgan korrespondensiyalashgan va orderlarni" degan soʻzlar "kassa hisobvarai bilan korrespondensiyalashgan va kassa orderlarini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 173-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"173. Quyidagi hujjatlar kassada, omborda yoki yonmaydigan shkaflarda saqlanishi shart:

yillik hisobotning tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan nusхasi hamda oylik (chorak) balans uning barcha ilovalari bilan;

oхirgi oʻn ikki oy uchun kassa hujjatlari;

yordamchi kitoblar.".


4. 174-banddan "oʻtgan oylar uchun memorial hujjatlar va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


5. 2-ilovaning 3-bandidagi "(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar "(muhr iziga boʻlgan talab tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 4-12 va 19-ilovalardan "M.Oʻ." degan qisqartma chiqarib tashlansin.


7. 15-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


8. 16-ilovadan "Muhr oʻrni (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 8 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 15 aprel, 15-son, 289-modda