Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.04.2019 y. 281-son "Umumta’lim maktablari uchun muqobil darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish meхanizmini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.04.2019 y.

N 281




UMUMTA’LIM MAKTABLARI

UChUN MUQOBIL DARSLIKLARNI YaRATISh

VA  ULARDAN   FOYDALANISh   TIZIMIGA

BOSQIChMA-BOSQICh OʻTISh MEXANIZMINI

JORIY ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Umumta’lim maktablari uchun yaratilayotgan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning sifatini oshirish, oʻquvchilarni darsliklar bilan toʻliq ta’minlash, sifatli darsliklarni tanlash imkoniyatlarini kengaytirish, raqobatbardosh, muqobil darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish meхanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Umumta’lim maktablari uchun muqobil darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:

umumta’lim maktablari uchun yaratiladigan muqobil darsliklarni tayanch maktablarda 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab tajriba-sinovdan oʻtkazsin;

tajriba-sinov natijalaridan olingan хulosalar asosida muqobil darsliklardan foydalanishni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish choralarini koʻrsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 6 aprel