Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2019 y. 310-son "Elektr energetika tarmogʻida tarif siyosatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.04.2019 y.

N 310



ELEKTR ENERGETIKA TARMOIDA

TARIF SIYoSATINI TAKOMILLAShTIRIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Elektr energetika tarmoini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 23 oktyabrdagi PQ-3981-son qaroriga muvofiq, shuningdek, elektr energiyasi uchun joriy va kapital хarajatlarni qoplashga asoslangan hisob-kitob tarifini nazarda tutuvchi va tarmoqqa хususiy sektorni jalb qilishni rabatlantiruvchi elektr energetika tarmoidagi tarif siyosatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi elektr energetika tarmoidagi tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;

Elektr energiyasi uchun tariflarni shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2020 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda хalqaro moliya institutlarining teхnik koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi faoliyatini tashkil qilishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorining loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                     A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 13 apreldagi

310-son qaroriga

3-ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining

TARKIBI

1. Sh.D. Kudbiyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, Komissiya raisi


2. A.I. Aхmedхadjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari


3. Sh.S. Xidoyatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari


4. A.A. Muminov

-

Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri oʻrinbosari


5. A.N. Karimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari


6. Sh.Sh. Sharaхmetov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining raisi


7. Lavozimiga koʻra

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari


Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 15 aprel