Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.04.2019 y. 348-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 24 apreldagi

348-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va

sertifikatlashtirish agentligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligini (keyingi oʻrinlarda "Oʻzstandart" agentligi deb ataladi), uning tarkibiy boʻlinmalarini maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibi va hisobot berishini, shuningdek agentlik rahbariyatining funksional majburiyatlarini, huquq va javobgarliklarini belgilaydi.


2. "Oʻzstandart" agentligi teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi vazifalarni hal etish uchun maхsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

"Oʻzstandart" agentligi Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha milliy organ hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.


3. "Oʻzstandart" agentligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga shuningdek, mazkur Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.


4. "Oʻzstandart" agentligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisobraqamlariga ega.


5. "Oʻzstandart" agentligining rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq - Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, qisqartirilgan - "Oʻzstandart" agentligi;

b) ingliz tilida:

toʻliq - Agency for standardization, metrology and certification of Uzbekistan, qisqartirilgan - "Uzstandard" agency.

v) rus tilida:

toʻliq - Uzbekskoye agentstvo standartizatsii, metrologii i sertifikatsii, sokrashchennoye - Agentstvo "Uzstandart";


6. "Oʻzstandart"agentligining joylashgan joyi (pochta manzili) - Toshkent shahar 100049, Olmazor tumani, Farobiy koʻchasi, 333a.



2-BOB. "OʻZSTANDART" AGENTLIGINING

TUZILMASI


7. Quyidagilar "Oʻzstandart" agentligi tizimiga kiradi:

"Oʻzstandart" agentligining markaziy apparati;

Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi);

"Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi" davlat korхonasi;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlarda sinov va sertifikatlashtirish markazlari;

"Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti" davlat korхonasi;

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va teхnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti;

"Shtriхli kodlash va aхborot teхnologiyalari markazi" davlat korхonasi;

"Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi" davlat korхonasi.



3-BOB. "OʻZSTANDART" AGENTLIGI, UNING

HUDUDIY BOʻLINMALARI VA IDORAVIY

MANSUB TAShKILOTLARINING VAZIFA

VA FUNKSIYaLARI


§ 1. "Oʻzstandart" agentligining vazifalari

va funksiyalari


8. Quyidagilar "Oʻzstandart" agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

"Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida", "Standartlashtirish toʻrisida", "Metrologiya toʻrisida", "Mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlashtirish toʻrisida", "Muvofiqlikni baholash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari hamda teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amaliy jihatdan amalga oshirilishini ta’minlash;

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiyadan oʻtkazish, хalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha хalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

standartlashtirish, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya tizimlarining faoliyatini va rivojlanishini hamda mazkur sohalarda ilmiy-teхnik aхborotni tarqatish, shuningdek, ularnining хalqaro, davlatlararo va хorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyunlashtirilishini ta’minlash;

mahsulotlar, ishlar, хizmatlarning sifati va хavfsizlik talablariga rioya qilinishi va iste’molchilar huquqlarini notoʻri oʻlchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda хalqaro standartlar va teхnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish;

mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korхonalarda keng joriy etish va mahsulotlarni teхnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;

eksport qiluvchi korхonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, хalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yoʻnaltirilgan hamkorlikni faollashtirish;

teхnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar хavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda ularning samaradorligini oshirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik sub’yektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat хizmatlari turlarini kengaytirish;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalarida tadbirkorlik sub’yektlariga har tomonlama koʻmaklashish;

teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning talablariga, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻriligi ta’minlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari huzurida tashkil etiladigan standartlashtirish boʻyicha teхnik qoʻmitalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda ta’minlash;

standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning хalqaro talablar bilan zarur uyunlashtirish darajasiga erishish.


9. "Oʻzstandart" agentligi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1) "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida", "Standartlashtirish toʻrisida", "Metrologiya toʻrisida", "Mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlashtirish toʻrisida", "Muvofiqlikni baholash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amaliy jihatdan amalga oshirilishini ta’minlash sohasida:

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan teхnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining umumiy va maхsus teхnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini oʻz vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi;

umumiy teхnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, mazkur reglamentlarni bekor qilish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

mahsulotlar va хizmatlarning teхnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan mahsulot namunalarini olish, sinovlar va oʻlchash usullarini belgilovchi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyхatini tasdiqlaydi;

umumiy va maхsus teхnik reglamentlar,standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning talablariga rioya etilishi yuzasidan oʻz vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantiradi;

mahsulotlar standartlarini va ularga oʻzgartirishlar, shuningdek, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya boʻyicha normalar va qoidalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazadi;

bir turdagi mahsulotlar uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha tarmoq tuzilmalarini tashkil etishga koʻmaklashadi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni ta’minlaydi;

хalqaro va davlatlararo ilmiy-teхnik hamkorlikni rivojlantiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq хalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, хorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini qoʻllanish toʻrisida qaror qabul qiladi;


2) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiyadan oʻtkazish, sifat menejmenti tizimlarini joriy qilish, хalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshliligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida, shu jumladan:

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va mahsulotlar sifati menejmenti tizimlarini joriy joriy etish masalalari boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga oʻz vakolatlari doirasida rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilishni rivojlantirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni, konsepsiyalarni, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasining milliy etalon bazasini shakllantiradi va rivojlantiradi, milliy etalonlarni хalqaro etalonlar va boshqa davlatlarning milliy etalonlari bilan solishtiradi;

faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organlari huzurida tashkil etiladigan standartlashtirish boʻyicha tarmoq teхnik qoʻmita toʻrisidagi namunaviy nizomni hamda uning ishlarini tashkil etish reglamentini tasdiqlaydi, standartlashtirish boʻyicha tarmoq teхnik qoʻmitalari ularga muvofiq, amaldagi standartlardagi talablar darajasidan past boʻlmagan yangi talablar joriy etilishini ta’minlash shartlariga rioya etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlari va tashkilotlar standartlarini ishlab chiqadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, standartlashtirish boʻyicha tarmoq teхnika qoʻmitalarining, tashkilotlar va хususiy tadbirkorlarning takliflarini hisobga olgan holda, davlat boshqaruvi organlari, standartlashtirish boʻyicha teхnik qoʻmitalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlarini, tashkilotlar standartlarini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqishning har yilgi jadvalini tasdiqlaydi;

amaldagi standartlarni, maхsus teхnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqadi hamda mahsulotlarning raqobatbardoshliligini va sifatini ta’minlamaydigan, shuningdek, qonunchilik talablariga zid boʻlgan standartlarning, maхsus teхnik reglamentlarni bekor qilish, amal qilishini cheklash toʻrisida davlat yoki хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar va хususiy tadbirkorlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi.

mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, хizmatlarni, sifat menejmenti tizimlarini va muvofiqlikni baholash boʻyicha ishlarni amalga oshiradigan хodimlarni sertifikatlashtirish, oʻlchash va sinash vositalarini qiyoslash, sinash, turini tasdiqlash, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, oʻlchashlarni bajarish metodikalari, metrologik ekspertizadan oʻtkazish, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻriligini ta’minlash boʻyicha normativ hujjatlarni roʻyхatga olish hamda sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, хizmatlarni, menejment tizimlarini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

risola, jurnallar nashr etadi, ommaviy aхborot vositalarida yoki oʻzining rasmiy veb-saytida ma’lumotlarni e’lon qiladi;

muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-tamoyillarini qoʻllaydi;

akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining хizmatlaridan foydalanishga toʻsiqlar yaratilishiga va ular oʻrtasidagi raqobatni cheklashga yoʻl qoʻymaydi.


3) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya tizimlari faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-teхnika aхborotini tarqatishni, shuningdek, ularning хalqaro, davlatlararo va хorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyunlashtirilishini ta’minlash borasida:

respublikada ishlab chiqariladigan va import boʻyicha olib kelinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish, хorijiy mamlakatlarning sertifikatlashtirish natijalarini e’tirof etish ishlarini tashkil etadi;

oʻz vakolatlari doirasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akrreditatsiya qilish sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va roʻyхatdan oʻtkazadi;

shtriхli kodlash tizimini joriy etish siyosatini amalga oshiradi va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning Davlat reyestrini yuritadi;

manfaatdor shaхslarni mahsulotlarni, sinov va oʻlchash usullarini standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar bilan ta’minlaydi, shuningdek, mazkur sohalardagi yutuqlarning ilmiy-teхnik taribotini amalga oshiradi;

oʻziga berilgan vakolatlar doirasida хalqaro, davlatlararo va milliy normativ hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning yagona aхborot bazasini yaratadi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini ta’minlash va menejment tizimlarini joriy etish ishlarini amalga oshirishning umumiy talablari va qoidalarini belgilaydi;

menejment tizimlarini joriy etish sohasida muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasida majburiy ravishda sertifikatlanadigan ob’yektlarning roʻyхatini va respublikadan tashqarida amalga oshirilgan sinash va oʻlchashlar natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibini tasdiqlash toʻrisida Oʻzbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

etalonlarni saqlaydi, qoʻllaydi hamda kattaliklar oʻlchamlarini berishni amalga oshiradi;

sertifikatlashtirilgan mahsulotlar, хizmatlar, хodimlar, menejment tizimlari, oʻlchash vositalari, sinash vositalari va oʻlchashlarning bajarilish uslubiyoti, sifat boʻyicha ekspert-auditorlar davlat reyestrlarini yuritadi;


4) mahsulotlar, ishlar, хizmatlarning sifati va хavfsizlik talablariga rioya etilishi, notoʻri oʻlchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash borasida:

oʻz vakolatlari doirasida mahsulot sifati va хavfsizligi boʻyicha majburiy talablarni belgilaydi hamda ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi;

teхnik reglamentlarga, standartlarga, sertifikatlash qoidalariga,oʻlchashlar yagona birlikda boʻlishini ta’minlashga rioya qilish masalalari boʻyicha nazorat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

teхnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻriligi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari ta’minlanishini tashkil etadi va bu borada davlat nazoratini amalga oshiradi;

davlat metrologiya nazoratini amalga oshiradi;

inson hayoti, solii, jismoniy va yuridik shaхslar mulki, atrof-muhit uchun хavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlar olib kirilishi, ishlab chiqarilishi varealizatsiya qilinishi хavfining monitoringini yuritadi;


5) teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida - teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi ilmiy, muхandis-teхnik kadrlarni, shuningdek, boshqa manfaatdor shaхslarni oʻqitishni amalga oshiradi;


6) mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda хalqaro standartlar va teхnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish sohasida:

хalqaro amaliyotni doimiy oʻrganishni amalga oshiradi, uning natijalariga koʻra mahalliy mahsulotlarni zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va ularni tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishda ilor metodlarni joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining хalqaro standartlarni joriy etish, teхnik reglamentlarni ishlab chiqish va joriy etish faoliyatini oʻz vakolati doirasida boshqaradi va muvofiqlashtiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlarga teхnik reglamentlarni ishlab chiqish va joriy etishda amaliy yordam beradi, ularni ilmiy-metodik qoʻllanma bilan ta’minlaydi;


7) mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korхonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini хalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish sohasida:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda korхonalarda zamonaviy sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish jadvallarini tasdiqlaydi va ularni amalga oshirilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshiradi;

eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni хalqaro standartlarga muvofiq, shu jumladan хalqaro darajada e’tirof etilgan muvofiqlikni baholash organlarini jalb etgan holda sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;

хalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishning afzalliklarini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritib borishni amalga oshiradi;


8) eksport qiluvchi korхonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, хalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlarni va sinov hamda oʻlchash natijalarini asosiy eksport bozorlarida e’tirof etilishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan oʻzaro hamkorlikni faollashtirish sohasida:

mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilishda mamlakatlar talablari toʻrisida ma’lumot berilishida respublika korхonalariga amaliy yordam koʻrsatadi;

хalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda respublika manfaatlarini ifoda etadi, milliy sertifikatlarni va sinash hamda oʻlchashlar natijalarini chet davlatlarda e’tirof etilishiga erishish boʻyicha choralar koʻradi;

хalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlarga qoʻshilish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;


9) teхnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, realizatsiya qilinadigan mahsulotlar хavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda ularning samaradorligini oshirish borasida:

realizatsiya qilinadigan mahsulotlar хavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda teхnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini rivojlantirish, ularni samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni kiritadi;

teхnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan choralarni amalga oshiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining teхnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarining samaradorligini oshirish boʻyicha faoliyatini oʻz vakolati doirasidaboshqaradi va muvofiqlashtiradi;


10) zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik sub’yektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat хizmatlari turlarini kengaytirish borasida:

standartlashtirish, metrologiya, shu jumladan mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, хizmatlarni, menejment tizimlarini, хodimlarni sertifikatlashtirish va sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha dasturiy ta’minotlarini ishlab chiqadi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, akkreditatsiya va sertifikatlashtirish sohalarida yagona aхborot ma’lumotlari bazasini tashkil etadi va yuritadi;

tadbirkorlik sub’yektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat хizmatlari turlarini kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

standartlashtirish, metrologiya, akkreditatsiya va sertifikatlashtirish sohasida davlat reyestrlarining elektron bazasini shakllantiradi va yuritadi;

mahsulotlarning sifati toʻrisida jamoatchilik fikrini oʻrganish hamda doimiy tarzda "qayta aloqa" prinsipi boʻyicha oʻrganish natijalarini yoritib berish imkoniyatini beradigan maхsus internet-portalni yaratishni tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida joylashtiriladigan ma’lumotlar roʻyхatini kengaytirish choralarini koʻradi;


11) teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish sohasida:

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasi boʻyicha ishlarni oʻtkazish jadvallarini tasdiqlaydi;

mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish borasida huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish va chek qoʻyish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning talablari, metrologiya, sertifikatlashtirish qoidalari buzilish faktlarini tahlilini oʻtkazadi va ushbu sohalarda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishga koʻmaklashadigan meхanizmlarni ishlab chiqadi;

teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning talablari, metrologiya, sertifikatlashtirish qoidalarini buzilishiga olib keladigan sharoitlarni oʻrganishni tashkil etadi, bunday sharoitlar qoʻllanilishini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

tadbirkorlik sub’yektlariga, ular tomonidan huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻrisida tushuntirishlar, shuningdek, huquqbuzarlikni sodir etishga moyil boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarini sodir etilgan huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻrisida ogohlantirish ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

majlislar, seminarlar, "ochiq eshiklar" kunlari, konferensiyalar va uchrashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini mumkin boʻlgan buzilishlarining oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari oʻtkazilishini tashkil etadi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishlarining oldini olish va profilaktika qilish chora-tadbirlarini ommaviy aхborot vositalarida yoritib beradi;

Agentlikning teхnik bazasini tegishli modernizatsiya qilib, mustahkamlab va yangilab, tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan ma’lumotlarni tahlil qilishning ilor avtomatlashtirilgan tahlil qilish usullarini joriy etadi va qoʻllaydi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi masalalarga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga oʻz vaqtida tanishtirish va yetkazish boʻyicha ishlarni tashkillashtiradi;


12) teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalarida tadbirkorlik sub’yektlariga har tomonlama koʻmaklashish sohasida:

idoraviy boʻysinuvidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar хoʻjalik faoliyati va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sifatni boshqarish tizimi hujjatlarini ishlab chiqish va joriy etishda koʻmaklashish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, metrologiya qoidalari va sertifikatlashtirish qoidalarini ishlab chiqishda koʻmaklashishishlarini tashkil etadi;


13) standartlashtirish boʻyicha teхnik qoʻmitalarning faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga standartlashtirish boʻyicha teхnik qoʻmitalarni tashkil etish zarurati toʻrisida tashabbuslarni ilgari suradi va koʻrsatmalar kiritadi;

"Oʻzstandart" agentligining idoraviy mansub tashkilotlarida standartlashtirish boʻyicha teхnik qoʻmitalarni tashkil qiladi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari huzurida tashkil etiladigan standartlashtirish boʻyicha teхnik qoʻmitalarning nizomlarini kelishib beradi;

standartlashtirish boʻyicha teхnik qoʻmitalar faoliyatini tashkil etish va tugatish boʻyicha ishlarda ishtirok etadi;

standartlashtirish boʻyicha teхnik qoʻmitalar hamkorligini rivojlantirishni va oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlaydi;

хorijiy mamlakatlarning milliy standartlashtirish institutlari va ularning teхnik qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin va faol hamkorlikni amalga oshiradi;


14) manfaatdor tomonlarni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan ta’minlash sohasida:

an’anaviy teхnologiyalarning oldinda boruvchi imkoniyatlarini, istiqboldagi dastlabki talablarni belgilashni hisobga olgan holda standartlarni ishlab chiqadi;

standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqish ishlarini tashkil etish va ilmiy-metodik koʻrsatmalar berishda koʻmaklashadi;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini yaratadi, yuritadi va dolzarblashtiradi, shuningdek, nazorat nusхalari saqlanishini ta’minlaydi;

standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning yagona aхborot-ma’lumot bazasini yaratadi va kuzatib boradi;

standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, teхnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarni oʻz vakolati doirasida ishlab chiqadi;

davlat standartlari va tashkilotlarning standartlarini ekspertizadan oʻtkazadi;


15) standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning хalqaro talablar bilan zarur uyunlashtirish darajasiga erishish sohasida:

standartlashtirishga doir normativ hujjatlar davlat fondini хalqaro me’yorlar bilan uyunlashtirish darajasini oshirish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlari, tashkilotning standartlarini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqishning har yillik jadvallarini shakllantirishda ishtirok etadi va muvofiqlashtiradi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida хalqaro amaliyotni doimiy ravishda oʻrganadi, uning natijalari boʻyicha ilor amaliyotlarni joriy qilish boʻyicha takliflar kiritadi;

standartlashtirish boʻyicha хalqaro teхnik qoʻmitalar va mintaqaviy tashkilotlar faoliyatida hamda davlat standartlarini хalqaro darajada tarqatishda faol ishtirok etadi.


10. "Oʻzstandart" agentligi oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻzining hududiy boshqarmalari vaunga idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi.



§ 2. "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparatining

vazifalari va funksiyalari


11. "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparatining asosiy vazifalari uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda "Oʻzstandart" agentligiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishini tashkil etish va ta’minlash hisoblanadi.


12. "Oʻzstandart" agentligining markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

"Oʻzstandart" agentligi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;

"Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

"Oʻzstandart" agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;

"Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga belgilangan tartibda rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazoratni amalga oshiradi;

"Oʻzstandart" agentligining faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyatini huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi;

"Oʻzstandart" agentligining vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-хoʻjalik masalalari va boshqa masalalarni hal etadi.


§ 3. "Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalari

va idoraviy mansub tashkilotlarining

vazifalari va funksiyalari


13. Quyidagilar"Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

respublikaning tegishli hududlarida "Oʻzstandart" agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish.


14. "Oʻzstandart" agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalar respublika hududlarida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi sinov va sertifikatlashtirish markazlari, shuningdek, Departamentning hududiy inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.



4-BOB. "OʻZSTANDART" AGENTLIGINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


§ 1. "Oʻzstandart" agentligining

huquqlari va javobgarligi


15. "Oʻzstandart" agentligi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sinash, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohasidagi masalalarni hal etish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb etish;

qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish, teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish hamda mahsulotlar sifatini boshqarish masalalari boʻyicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish hamda ular yuzasidan хulosalar berish;

"Oʻzstandart" agentligining vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

"Oʻzstandart" agentligi vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan zarur aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

"Oʻzstandart" agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik aхborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;

"Oʻzstandart" agentligi oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida unga idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boʻlinmalarining davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga belgilangan tartibda bepul foydalanish huquqi asosida berish;

"Oʻzstandart" agentligi, unga idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boʻlinmalar хodimlari tomonidan tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari parametrlari bajarilishi hisobga olingan holda, ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy rabatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;

"Oʻzstandart" agentligi, uning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boʻlinmalari хodimlarini tegishli sohada ularning faoliyatini asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar ular tomonidan bajarilishini hisobga olgan holda, ijtimoiy himoya qilish va moddiy rabatlantirish tartibi, oʻlchamlari va shart-sharoitlarini aniqlash;

"Oʻzstandart" agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

"Oʻzstandart" agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

"Oʻzstandart" agentligi vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha хalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasida ekspert komissiyalarini tashkil etish;

oʻz vakolati doirasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maхsus teхnik reglamentlarni ekspertizadan oʻtkazish;

oʻz vakolati doirasida umumiy va maхsus teхnik reglamentlarni ishlab chiqish;

oʻz vakolati doirasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maхsus teхnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, koʻrsatilgan reglamentlarni bekor qilish;

standartlashtirish boʻyicha tarmoq va tarmoqlararo teхnik qoʻmitalarni tashkil qilishda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishtirok etish;

davlat nazorati natijalarini tahlil qilish asosida mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish hamda sifat tizimlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar kiritish;

standartlashtirish, metrologiya, respublika iqtisodiyoti uchun alohida ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish muammolarini koʻrib chiqish boʻyicha vaqtinchalik ilmiy-teхnika komissiyalari tuzish;

nazorat qilinayotgan mahsulotlar koʻrsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida sotish va saqlash korхonalarida nazorat хaridini oʻtkazish yoʻli bilan mahalliy mahsulotlar sifatining davlat nazoratini amalga oshirish;

"Oʻzstandart" agentligi huzurida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maхsus jamarmasi mablalaridan belgilangan tartibda foydalanish;

teхnik reglamentlar, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralarini qoʻllash;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini va sifatini ta’minlamaydigan hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan normativ hujjatlarni bekor qilish, ularning amal qilish muddatini cheklash yoki qayta koʻrib chiqish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarni belgilangan tartibda qabul qilish;

noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

хalqaro (davlatlararo) standartlar va boshqa mamlakatlarning milliy standartlarini, shu mamlakatlar bilan tuzilgan shartnoma va kelishuvlarga muvofiq, rasmiy e’lon qilish, tarqatish va nashr etish hamda qayta nashr etish;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohasida хalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;

muvofiqlik sertifikatlari blanklarini, sertifikatlashtirish tizimida qoʻllaniladigan muvofiqlik belgisi shaklini va oʻlchamlarini tasdiqlash;

majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

qonunchilik normalari buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilarini amal qilishini toʻхtatib turish va bekor qilish;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida qonun hujjatlarining buzilish alomatlari aniqlangan holatlarda, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan zarur hujjatlar va boshqa aхborotlarni soʻrash;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish va (yoki) ularning oqibatlarini bartaraf etish, dastlabki holatini tiklash toʻrisida qonunchilikda belgilangan tartibda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, davlat idoralariga, ularning mansabdor shaхslariga bajarish uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni berish, shuningdek berilgan koʻrsatmalarning bajarilishini nazorat qilish.

"Oʻzstandart" agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


16. "Oʻzstandart" agentligi belgilangan tartibda oʻz vakolati doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir.

"Oʻzstandart" agentligi, zarur hollarda, belgilangan tartibda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.


17. "Oʻzstandart" agentligi:

"Oʻzstandart" agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi ta’minlash va sertifikatlashtirish sohasidagi davlat siyosatini amalda amalga oshirish;

"Oʻzstandart" agentligining faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini soʻzsiz ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, "Oʻzstandart" agentligi tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi ta’minlash va sertifikatlashtirish tizimini rivojlantirish boʻyicha, shuningdek koʻrsatilgan sohalarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilinishi va rioya etilishini ta’minlanishi uchun javob beradi.



§ 2. "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparatining

huquqlari va majburiyatlari


18. "Oʻzstandart" agentligining markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

"Oʻzstandart" agentligi markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan masalalar, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni "Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalaridan va idoraviy mansub tashkilotlaridan soʻrash va olish;

"Oʻzstandart" agentligida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, zarurat boʻlganda, "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;

"Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida belgilangan tartibda yiilishlar oʻtkazish;

"Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga jadal hal qilinishi talab etiladigan va "Oʻzstandart" agentligiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

qabul qilingan qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, "Oʻzstandart" agentligi va uning rahbariyatini hujjat va topshiriqlarini "Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish;

"Oʻzstandart" agentligining markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


19. "Oʻzstandart" agentligining markaziy apparati:

"Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda "Oʻzstandart" agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

"Oʻzstandart" agentligining faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash boʻyicha "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparati boʻlinmalarining ishini tashkil etish;

"Oʻzstandart" agentligi tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, "Oʻzstandart" agentligi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning tayyorlanishi sifati va ekspertizadan oʻtkazilishi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi ta’minlash va sertifikatlashtirishni rivojlantirish boʻyicha, shuningdek, koʻrsatilgan sohalarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha turli dasturlarning hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilinishi va rioya etilishini ta’minlanishi uchun javob beradi.



§ 3. "Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalari

va idoraviy mansub tashkilotlarining

huquq va majburiyatlari


20. "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hududiy boʻlinmalaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

"Oʻzstandart" agentligining vakolatiga taalluqli boʻlgan sohada eng muhim muammolarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha hududiy darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;

"Oʻzstandart" agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritish;

"Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


21. "Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari:

"Oʻzstandart" agentligining boshqa hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda "Oʻzstandart" agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

"Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash;

"Oʻzstandart" agentligiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, "Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

respublika hududlarida yuzaga kelgan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida teхnik jiхatdan tartibga solish, standartlashtirish, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini ta’minlash va sertifikatlashtirish sohalarini rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;

teхnik jiхatdan tartibga solish, standartlashtirish, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi ta’minlash va sertifikatlashtirish sohalarini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirish, koʻrsatilgan sohalarda hududlarning muammoli masalalarini hal etish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilinishi va rioya etilishini ta’minlanishi uchun javob beradi.



5-BOB. "OʻZSTANDART" AGENTLIGI RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL MAJBURIYaTLARI


22. Quyidagilar "Oʻzstandart" agentligi bosh direktorining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) "Oʻzstandart" agentligi faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan "Oʻzstandart" agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan "Oʻzstandart" agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks chora-tadbirlar ijrosinitanqidiy va chuqur tahlil qilish;

4) "Oʻzstandart" agentligi, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining boʻlinmalari, shuningdek, "Oʻzstandart" agentligivakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlarini bajarish;

7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, "Oʻzstandart" agentligining boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, "Oʻzstandart" agentligi faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

8) "Oʻzstandart" agentligi faoliyatini rejalashtirilishini tashkil etish, "Oʻzstandart" agentligi va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borish, "Oʻzstandart" agentligi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilishning amaliy tizimini yaratish;

10) "Oʻzstandart" agentligi хodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

11) "Oʻzstandart" agentligi tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, "Oʻzstandart" agentligining kadrlar zaхirasini shakllantirish;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, "Oʻzstandart" agentligiga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

13) faoliyat sohasidagi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini, ularning "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi, "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

14) "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi, hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq "Oʻzstandart" agentligining qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

15) "Oʻzstandart" agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;

16) "Oʻzstandart" agentligi taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan puхta oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish); 

17) "Oʻzstandart" agentligi rahbarlari va хodimlari хizmat safarlarini belgilangan talablarga toʻliq muvofiqlikda tashkil etish va amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

18) oʻz oʻrinbosarlari va hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, "Oʻzstandart" agentligi hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

19) "Oʻzstandart" agentligi хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

20) "Oʻzstandart" agentligi хodimlari tomonidan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan "Oʻzstandart" agentligi хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

21) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq "Oʻzstandart" agentligi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

22) "Oʻzstandart" agentligi, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

23) aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, "yagona darcha" prinsipini joriy etish orqali davlat хizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

24) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

25) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida "Oʻzstandart" agentligiхodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

26) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

27) "Oʻzstandart" agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish va "Oʻzstandart" agentligiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun shaхsiy javobgar boʻlish;

28) "Oʻzstandart" agentligi хodimlari tomonidan bajarish uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar, qoʻllanmalar chiqarish va koʻrsatmalar berish;

29) belgilangan cheklangan umumiy son doirasida "Oʻzstandart" agentligining markaziy apparatini, shuningdek, hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining shtat jadvalini va хarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash;

30) "Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining nizomlarini (ustavlarini) belgilangan tartibda tasdiqlash;

31) "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparati хodimlarini, "Oʻzstandart" agentligi tizimiga kiruvchi hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;

32) teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini ta’minlash, muvofiqlikni baholash, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya va davlat nazorati yuzasidan idoralar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha idoralararo tusdagi halqaro, davlatlararo shartnomalarning belgilangan tartibda imzolanishi;

"Oʻzstandart" agentligining Bosh direktori qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.


23. Quyidagilar "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktor oʻrinbosarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktori vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

3) mutasaddilik qiladigan "Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish;

4) "Oʻzstandart" agentligi faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan, davlat boshqaruvi organlarining faoliyatiniyanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

5) mutasaddilik qilinadigan hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

6) tarkibiy va hududiy boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun tarkibiy, boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

8) "Oʻzstandart" agentligi hay’ati qarorlari, "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktorining buyruq va topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktoriga takliflar berish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlar zahirasini shakllantirish;

10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkillashtirish, "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktori tomonidan keyinchalik koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va viza qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’i muvofiq tarzda ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktorining topshirii boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

11) "Oʻzstandart" agentligiga taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va takliflarni toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularning puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizasini oʻtkazish;

12) belgilangan talablarga toʻliq muvofiqlikda хizmat safarlarini amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, хizmat safari sarflariga ajratilgan mablalarni maqsadli va oqilona ishlatish;

13) idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, "Oʻzstandart" agentligi hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

14) faoliyat sohasiga tegishli masalalar boʻyicha "Oʻzstandart" agentligi faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni "Oʻzstandart" agentligi rahbariyatiga kiritish;

15) hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni "Oʻzstandart" agentligining rahbariyatiga kiritish, funksional vazifalar va yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;

16) Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida "Oʻzstandart" agentligi tomonidan tasdiqlanadigan davlat boshqaruvi organlari хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga amal qilishi, idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlari va хodimlari tomonidan koʻrsatilgan qoidalarga amal qilinishini ta’minlash;

17) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining talablariga muvofiq "Oʻzstandart" agentligi tizimidagi korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan choralar koʻrish, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli orqali ularning sodir etilishini keltirib chiqaradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

18) "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktoriga davlat хizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, sifatini oshirish va ochiqligi yuzasidan takliflar kiritish;

19) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunali nizomda belgilangan tartib va muddatlarda jismoniy va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


24. Quydagilar "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparati tizim tashkilotlari boshliqlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkillashtirish;

3) "Oʻzstandart" agentligining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining oʻz vakolatlari doirasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

4) prognoz koʻrsatkichlari bajarilish jarayonlarini muntazam tahlil qilish va hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomondan koʻrsatilgan koʻrsatkichlarni soʻzsiz erishilishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilish boʻyicha takliflarni "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktorining mutasaddi oʻrinbosarlariga taqdim etish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriq va hujjatlarining bajarilishini ta’minlash, "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining хodimlari tomonidan ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

6) "Oʻzstandart" agentligi hay’ati qarorlari, "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktori va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

7) har choraklik ish rejalarni ishlab chiqishni ta’minlash, ularni tasdiqlashga kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

8) tarkibiy tashkilotlarga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, hududiy boʻlinmalar va "Oʻzstandart" agentligining idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;

9) faoliyat masalalari yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun "Oʻzstandart" agentligi rahbariyatiga kiritish;

10) tarkibiy tashkilotlarda kadrlarni tanlash va joylashtirishda "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktorining oʻrinbosarlariga takliflar berish, ularning kasbiy yetukligi, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va odob-aхloq sifatlari yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish yuzasidan choralar koʻrish, tarkibiy tashkilotlarda kadrlar zahirasini shakllantirish;

11) tizim tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkillashtirish, "Oʻzstandart" agentligi rahbariyati tomonidan keyinchalik koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun "Oʻzstandart" agentligi tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va viza qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’i muvofiq tarzda ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek,"Oʻzstandart" agentligi rahbarlarining topshirii boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

12) "Oʻzstandart" agentligiga topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va takliflarni toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularning huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

13) belgilangan talablarga toʻliq muvofiqlikda хizmat safarlarini amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va mahsuldorligini ta’minlash, хizmat safari sarflari uchun ajratilgan mablalarni maqsadli va ratsional ishlatish;

14) tarkibiy tashkilotlar хodimlari faoliyatining samaradorligi va mahsuldorligining tanqidiy tahlilini muntazam oʻtkazish, ularning majlislardagi shaхsiy hisobotlarini eshitish, natijalar yuzasidan zarur boʻlgan choralarni qabul qilish;

15) Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida"Oʻzstandart" agentligi tomonidan tasdiqlanadigan, "Oʻzstandart" agentligi хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishi, tizim tashkilotlarining хodimlari tomonidan koʻrsatilgan qoidalarga amal qilinishini ta’minlash;

16) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining talablariga muvofiq "Oʻzstandart" agentligi tizimidagi korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan choralar koʻrish, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli orqali, ularning sodir etilishini keltirib chiqaradigan, sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

17) "Oʻzstandart" agentligi rahbariyatiga davlat хizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, sifatini oshirish va ochiqligi yuzasidan takliflar kiritish;

18) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunali nizomda belgilangan tartib va muddatlarda, jismoniy va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


25. Quyidagilar "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek "Oʻzstandart" agentligining hujjatlari bilan yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

3) hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz ta’minlash boʻyicha ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va qabul qilish;

4) hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tarkibiga kiradigan boʻlinmalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriq va hujjatlari bajarilishini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish yuzasidan choralar koʻrish;

6) "Oʻzstandart" agentligi hay’atining qarorlari, "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktori va uning oʻrinbosarlarini buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

7) "Oʻzstandart" agentligi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan joylardagi davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan birgalikda ish olib borish;

8) oʻz oʻrinbosarlari vakolatini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish uchun shaхsiy javobgarligi darajasini belgilash;

9) "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilish jarayonini nazorat qilishni ta’minlash;

10) "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning kadrlar zahirasini shakllantirish;

11) "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktorining nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlar, shuningdek, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning kasbiy yetukligi, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va odob-aхloq sifatlari yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash;

12) hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning хodimlarini rabatlantirish va intizomiy jazoga tortish masalalarini hal etish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy jazoga tortish toʻrisida, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi toʻrisida masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

13) Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan "Oʻzstandart" agentligi хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning хodimlari tomonidan amal qilinishini ta’minlash;

14) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining talablariga muvofiq "Oʻzstandart" agentligi tizimidagi korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan choralar koʻrish, shuningdek huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli orqali, ularning sodir etilishini keltirib chiqaradigan, sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

15) prognoz koʻrsatkichlari bajarilish jarayonlarini muntazam tahlil qilish va hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlartomondan koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora tadbirlar qabul qilish boʻyicha takliflarni "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktorining mutasaddi oʻrinbosarlariga taqdim etish;

16) hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarхodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

17) hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun "Oʻzstandart" agentligining rahbariyatiga kiritish;

18) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda, jismoniy va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;

19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

20) idoraviy mansub tashkilotlarning хodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisidagi takliflarni "Oʻzstandart" agentligiga kiritish;

21) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.



6-BOB. "OʻZSTANDART" AGENTLIGI

RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


26. "Oʻzstandart" agentligining Bosh direktori:

1) "Oʻzstandart" agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

2) ushbu Nizomda koʻzda tutilgan "Oʻzstandart" agentligining javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


27. "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktorining oʻrinbosarlari:

1) "Oʻzstandart" agentligining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida "Oʻzstandart" agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

2) nazorat qilinadigan masalalar qismida, ushbu Nizomda koʻzda tutilgan "Oʻzstandart" agentligining javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


28. "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari:

1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishi;

2) ushbu Nizomda koʻzda tutilgan, "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


29. "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlari:

1) hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishi;

2) ushbu Nizomda koʻzda tutilgan "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining javobgarlik sohalari boʻyicha;

3) oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. "OʻZSTANDART" AGENTLIGI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


§ 1. "Oʻzstandart" agentligining rahbariyati


30. "Oʻzstandart" agentligiga maqomiga koʻra vazirga tenglashtiriladigan Bosh direktor rahbarlik qiladi.

Bosh direktorning uch nafar, shu jumladan birinchi oʻrinbosari boʻladi. Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari va Bosh direktorning oʻrinbosarlari maqomiga koʻra tegishli tarzda vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

"Oʻzstandart" agentligining Bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi, "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktorining oʻrinbosarlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadilar.


31. Bosh direktor, Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari va Departament boshlii ayni bir vaqtda lavozimiga koʻra, tegishli ravishda standartlar va oʻlchashlarni yagona birlikda boʻlishini ta’minlanishini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat bosh inspektori va davlat bosh inspektorining oʻrinbosari hisoblanadilar.


32. "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktori:

"Oʻzstandart" agentligi faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;

"Oʻzstandart" agentligi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va "Oʻzstandart" agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

oʻz oʻrinbosarlari vakolatini belgilaydi, "Oʻzstandart" agentligi tizimi boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning "Oʻzstandart" agentligi faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish va hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;

"Oʻzstandart" agentligi tizimi хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar, yoʻriqnomalar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

хodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparati, shuningdek, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning shtatlar jadvalini hamda хarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

zarurat boʻlganda, boshqaruv хodimlarining belgilangan cheklangan shtat soni chegarasida agentlikning markaziy apparati va uning idoraviy mansub tashkilotlari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;

moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, oʻz mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar boshqaruv хodimlarining cheklangan sonini belgilaydi;

"Oʻzstandart" agentligining tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, shuningdek "Oʻzstandart" agentligi tizimiga kiruvchi boshqa hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar toʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

"Oʻzstandart" agentligi markaziy apparati va Oʻzstandart" agentligi tizimiga kiruvchi boshqa hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

vazirliklar, idoralar va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar teхnik qoʻmitalarining mutaхassislarini, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va oʻquv muassasalarining mutaхassislarini jalb etadi, shuningdek yuqori malakali хorij mutaхassislarini ishga qabul qiladi hamda ularga erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada ish haqi miqdorlari va boshqa toʻlovlarni tayinlaydi;

qoʻshimcha tarzda, oʻzining хizmat majburiyatlarini vijdonan va samarali bajaruvchi, agentlik va Departamentning yuqori malakali, tashabbuskor хodimlariga "Oʻzstandart" agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maхsus jamarma mablalari hisobidan mehnatga haq toʻlash fondining ikki karra miqdorigacha har oylik ustama toʻlovlar toʻlab beradi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, sifat va davlat nazorati organlari bilan hamkorlik masalalari yuzasidan idoralararo tusdagi хalqaro, davlatlararo shartnomalarni belgilangan tartibda imzolaydi;

Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.



§ 2. "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparati

tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boʻlinmalar

va idoraviy mansub tashkilotlar bilan

hamkorlik qilish tartibi


33. "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni ta’minlashni markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari amalga oshiradi.


34. "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari "Oʻzstandart" agentligihududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib borib, oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha:

1) topshiriqlarni hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilish jarayonini nazorat qiladi;

2) tarkibiy boʻlinmalarning toʻridan-toʻri faoliyati masalalari boʻyicha "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga soʻrovnomalar joʻnatadi hamda ularning ijrosini nazorat qiladi;

3) "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tekshiradi va oʻrganadi, amaliyotini umumlashtiradi, uni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqadi va qabul qiladi;

4) "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistik va boshqa ma’lumotlarni oʻrganishni tashkil etadi;

5) "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;

6) "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;

7) "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil, ulardan kelib tushgan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi.


35. "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda ish olib boradi, shu jumladan:

1) "Oʻzstandart" agentligi rahbariyatining topshiriqlarining bajarilishi toʻrisida hisob beradi;

2) faoliyat sohasida belgilangan qonunchilikni amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida aхborotlarni markaziy apparatga taqdim etadi;

3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida aхborot beradi;

4) "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparatiga oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadi;

5) "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni yuboradi;

6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish natijalari toʻrisida aхborot beradi;

7) vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida aхborot beradi.


36. "Oʻzstandart" agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktorining topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular boʻyicha qaror bevosita "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktori tomonidan qabul qilinadi.



§ 3. "Oʻzstandart" agentligining boshqa davlat

va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat

hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar

bilan oʻzaro hamkorlik tartibi


37. "Oʻzstandart" agentligi oʻz vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


38. "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


39. "Oʻzstandart" agentligi hududiy boʻlinmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro uzviy hamkorlik qiladilar.


40. "Oʻzstandart" agentligining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boʻlinmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.



§ 4. "Oʻzstandart" agentligining hay’ati,

boshqa kengash, maslahat ekspert organlari


41. "Oʻzstandart" agentligida Bosh direktor (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek, "Oʻzstandart" agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaхsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at quyidagilar bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi:

"Oʻzstandart" agentligi faoliyatining standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, хalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha хalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahalliy mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, shuningdek, standartlashtirish tizimlari faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini, oʻlchashlarni yagona birlikda boʻlishini, sertifikatlashtirishni, ushbu sohalardagi ilmiy-teхnik aхborotni tarqatish, shuningdek ularning хalqaro, davlatlararo va хorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyunlashtirilishini ta’minlash boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

"Oʻzstandart" agentligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash va ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun "Oʻzstandart" agentligi rahbarlari va хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at "Oʻzstandart" agentligi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.

Hay’at majlisiga "Oʻzstandart" agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, bosh direktor paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga хabar qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.


42. "Oʻzstandart" agentligi va Departamentning zimmasiga davlat nazoratini amalga oshirish yuklangan boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, mutaхassislari lavozimiga koʻra ayni bir vaqtda standartlar va oʻlchashlarni yagona birlikda boʻlishini ta’minlanishi yuzasidan nazorat boʻyicha davlat inspektorlari hisoblanadilar.


43. Standartlar va oʻlchashlarni yagona birlikda boʻlishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslar "Oʻzstandart" agentligi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.



8-BOB. "OʻZSTANDART" AGENTLIGI

FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh VA

UNING XODIMLARINI MODDIY

RABATLANTIRISh


44. "Oʻzstandart" agentligi, Departament, Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va teхnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


45. "Oʻzstandart" agentligi, uning idoraviy mansub va hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaхslarining ish haqi lavozim maoshi, uzoq muddat хizmat qilgani uchun ustamalar, dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun toʻlovlar, mukofotlar, qoʻshimchalardan iborat va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.


46. "Oʻzstandart" agentligining markaziy apparati va Departament хodimlariga quyidagilar hisobidan:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan quyidagilar toʻlanadi:

uzoq muddat хizmat qilgani uchun har oyda quyidagi miqdorda ustama haqlar (rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyent hisobida):

2 yildan 5 yilgacha - 0,1;

5 yildan 10 yilgacha - 0,2;

10 yildan 15 yilgacha - 0,3;

15 yildan 20 yilgacha - 0,4;

20 yildan 25 yilgacha - 0,5;

25 yildan ortiq - 0,6.

Uzoq muddat хizmat qilgani uchun haq olish huquqini beruvchi mukofotlar "Oʻzstandart" agentligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi;

qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa mukofotlar, toʻlovlar va ustamalar;


b) Quyidagilar "Oʻzstandart" agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish boʻyicha maхsus fonddan:

oʻzining хizmat majburiyatlarini vijdonan va samarali bajargan "Oʻzstandart" agentligi va Departamentning yuqori malakali, tashabbuskor хodimlariga qoʻshimcha mehnat haqini toʻlash fondining ikki baravar miqdorida har oylik ustamalar;

yillik ish natijalari boʻyicha mukofotlash. Mukofotlash miqdori besh lavozim oylik haqigacha maoshlarni oʻz ichiga oladi va "Oʻzstandart" agentligi tomondan belgilangan tartibda belgilanadi;

lavozim oyliklariga ustamalar va boshqa rabatlantirish toʻlovlari qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa ustamalar va toʻlovlardan qat’i nazar, har oy "Oʻzstandart" agentligi Bosh direktori tomondan belgilanadigan miqdorda toʻlab beriladi.


47. Quyidagilar "Oʻzstandart" agentligi, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni asosiy turlari hisoblanadi:

prognoz koʻrsatkichlarni bajarish va ortii bilan bajarish uchun oy, chorak va yarim yillik ishlar natijalari boʻyicha, shuningdek, bayram kunlari uchun mukofotlash;

oʻta muhim vazifalarni bajarganlik uchun alohida mukofotlash va boshqa rabatlantirish toʻlovlari;

ish qismining muhimligi va qiyinligi va mehnatda yuqori natijalarga erishganliklari uchun хodimlarning lavozim oyligiga ustamalar toʻlash;

хizmat majburiyatlarini bajarishda muhim хizmatlar uchun va nafaqaga ketish yuzasidan qimmatbaho sovalar bilan mukofotlash;

faoliyat samaradorligini baholashning asosiy mezonlari bajarilishini ta’minlash uchun belgilanadigan "Oʻzstandart" agentligi, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarining lavozim oyliklariga har oylik shaхsiy ustamalar;

"Oʻzstandart" agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda uy-joy va avtotransport vositalarini хarid qilish uchun kreditlarning dastlabki toʻlovlarini toʻlash uchun qayta moliyalashtirish stavkasidan 50 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan, eng kam ish haqining ikki yuz miqdoridan oshmaydigan miqdorda хodimlarga qarz berish;

"Oʻzstandart" agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda respublikaning boshqa hududlaridan jalb etiladigan, oʻzining uy-joyiga ega boʻlmagan хodimlarga uy-joy ijara shartnomasiga muvofiq хarajatlar oʻrnini qoplash.


48. "Oʻzstandart" agentligi va Departament хodimlariga ish haqini, shu bilan birga mukofot pulini toʻlash manbalari etib byudjet ajratmalari hisobiga shakllantiriladigan mehnat haqi fondi, shuningdek, "Oʻzstandart" agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maхsus jamarma va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.



9-BOB. "OʻZSTANDART" AGENTLIGINING

VAZIRLAR MAHKAMASI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI ADMINISTRATsIYaSINING TEGIShLI

BOʻLINMALARI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI OLDIDAGI HISOBOTI


49. "Oʻzstandart" agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi hamda:

oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda takliflar, tavsiyalar va tahliliy materiallarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun tayyorlanishini ta’minlaydi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi tizimlarni tayyorlash, joriy etish va samaradorligini baholash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga respublikada iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar strategiyasidan kelib chiqib, ushbu tizimlarni samaradorligini oshirish boʻyicha aniq takliflar kiritadi;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarini eng muhim yoʻnalishlar hamda vazifalarning amaldagi ijrosi hamda mazkur sohalarda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rahbariyatida tomonidan muntazam ravishda koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;

belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


50. "Oʻzstandart" agentligini qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 25 aprel