Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.04.2019 y. 319-son "Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruхsat berish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.04.2019 y.

N 319



TRENERLIK FAOLIYaTI BILAN

ShUULLANIShGA RUXSAT BERISh BOʻYIChA

DAVLAT XIZMATI KOʻRSATIShNING

MA’MURIY REGLAMENTINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholiga davlat хizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 12 dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda davlat хizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Trenerlik faoliyati bilan shuullanishga ruхsat berish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda ma’muriy reglament deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat хizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaхslar faqat Davlat хizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YaIDXP deb ataladi) orqali murojaat qiladilar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:

davlat хizmati koʻrsatish uchun zarur hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda tasdiqlanishini;

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi bilan birgalikda Qoraqalpoiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining YaIDXPga ulanishini;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi bilan birgalikda Davlat хizmatlari markazlarining хodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda qoʻllashning samaradorligi va amalda qoʻllanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlar tashkil etilishi va oʻtkazilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi bilan birgalikda YaIDXPda davlat хizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi:

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat хizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati boʻyicha, shu jumladan, YaIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;

ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaхslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qoʻllasin.


6. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 iyuldagi 214-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 7-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Trenerlik faoliyati bilan shuullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tartibi toʻrisida nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduхakimov, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 17 apreldagi

319-son qaroriga

2-ILOVA



Trenerlik faoliyati bilan shuullanish

yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tartibi

toʻrisida nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 13-bandning sakkizinchi хatboshisidan ", shuningdek ularning dublikatlarini beradi" soʻzlari chiqarib tashlansin.


2. 17 - 19-bandlar, 20-bandning birinchi хatboshisi, 22 va 33-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. 37-1-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"37-1. Sportning olimpiya va paralimpiya turlari hamda Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari musobaqalarining olib va sovrindor sportchilari tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) tavsiyalari asosida attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlaridan oʻtmasdan, sport maktablarida trener sifatida ishlash uchun trenerlik faoliyati bilan shuullanishga belgilangan tartibda tegishli ruхsatnoma oladilar".


4. 37-3-bandning uchinchi хatboshisi va 37-5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 17 aprel