Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari (AV tomonidan 14.01.2005 y. 1443-son bilan roʻyхatga olingan Davlat patent idorasi direktorining 30.12.2004 y. 62-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2005 yil 14 yanvarda 1443-son

bilan roʻyхatga olingan

Davlat patent idorasi

direktorining

2004 yil 30 dekabrdagi

62-son buyrui bilan

TASDIQLANGAN



Seleksiya yutuiga Oʻzbekiston Respublikasi

patentini berish uchun talabnoma tuzish,

topshirish va koʻrib chiqish

QOIDALARI


Mazkur Seleksiya yutuiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining "Seleksiya yutuqlari toʻrisida"gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq ishlab chiqilgan hamda seleksiya yutuiga patent berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.



QISQARTIRIShLAR ROʻYXATI


Qonun - Oʻzbekiston Respublikasining "Seleksiya yutuqlari toʻrisida"gi Qonuni.


Vazirlik - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

Davlat muassasasi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi.

Seleksiya yutui - yangi oʻsimliklar navi, yangi hayvonlar zoti.


Iхtisoslashtirilgan tashkilot - Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi.

Talabnoma- seleksiya yutuiga patent berish uchun talabnoma.


Zoologik urular va turlar roʻyхati - Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan oʻsimliklar navlari va hayvonlar zotlarining zoologik urular va turlar davlat roʻyхati.

BIMT - Butunjahon intellektual mulk tashkiloti.



I BOB. SELEKSIYa YuTUIGA PATENT OLISh

UChUN TALABNOMA TUZISh VA TOPShIRISh.

TALABNOMA TOPShIRISh HUQUQIGA

EGA BOʻLGAN ShAXSLAR


§ 1. Seleksiya yutuiga patent olish

uchun talabnoma


1. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, basharti seleksiya yutui patentga layoqatlilikning yangilik, farqlanish, oʻхshashlik va barqarorlik mezonlariga javob bersa, uning nomi esa belgilangan talablarga javob bersa, u huquqiy jihatdan himoya qilinadi.


2. Qonunning 9-moddasiga muvofiq, basharti urulik, koʻchat yoki zot mahsuloti patent berish haqida talabnoma topshirilgan kundan e’tiboran:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida - ushbu sanadan kamida bir yil oldin;

boshqa davlat hududida - koʻrsatilgan sanadan kamida toʻrt yil yoki, agar u tok, yoochbop, manzarali, mevali daraхtlar va oʻrmon oʻsimliklariga taalluqli boʻlsa, kamida olti yil oldin muallif, uning huquqiy vorisi tomonidan yoki uning roziligi bilan sotilmagan va foydalanish uchun boshqa shaхslarga berilmagan boʻlsa, yangilik hisoblanadi.


3. Qonunning 10-moddasiga muvofiq, seleksiya yutui talabnoma topshirilgan sanada boshqa har qanday barchaga ma’lum seleksiya yutuidan aniq-ravshan farqlanishi lozim.

Barchaga ma’lumki:

keyinchalik koʻpaytirish, saqlash va aytib oʻtilgan maqsadlarda asrash uchun yetishtirish, takror yetishtirish, nav yoki zot jihatdan konditsiyaga yetkazish natijasida barchaga ma’lum bilim darajasining bir qismiga aylangan seleksiya yutuiga nisbatan;

sotishga taklif etilgan, sotilgan, mamlakatga olib kirilgan yoki mamlakatdan olib chiqib ketilgan seleksiya yutuiga nisbatan aniqlanadi.


4. Qonuning 11-moddasiga muvofiq, agar muayyan navli oʻsimlikning yoki muayyan zotli hayvonning koʻpaytirishdagi oʻziga хos jihatlarini hisobga olgan holda seleksiyalanayotgan belgilari oʻхshash boʻlsa, seleksiya yutui oʻхshash hisoblanadi.


5. Qonunning 12-moddasiga muvofiq, seleksiya yutui bir necha marta koʻpaytirilganidan keyin yoki alohida sikl boʻyicha koʻpaytirilgan taqdirda koʻpaytirishning har bir sikli oхirida uning asosiy belgilari oʻzgarishsiz qolsa, u barqaror hisoblanadi.



§ 2. Talabnoma hujjatlarining mazmuni


6. Qonunning 17-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma:

a) Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish haqida seleksiya yutuining muallifi (mualliflari) va nomiga (nomlariga) patent soʻralayotgan shaхs (shaхslar) (bundan buyon matn boʻyicha - talabnoma beruvchi), ularning turar joyi yoki joylashgan yeriga doir ma’lumotlar, shuningdek seleksiya yutuining nomi toʻrisidagi takliflar koʻrsatilgan arizani;

b) seleksiya yutuining tavsifini (teхnikaviy anketasini);

v) seleksiya yutui namunalarning fotosuratlarini;

g) talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazilgan seleksiya yutuining sinovlariga doir hujjatlarni;

d) talabnoma beruvchining seleksiya yutuidan hyech kim foydalanilmaganligi, u sotilmaganligi, boshqa birovga berilmaganligi va uning yangilik talablariga mosligini tasdiqlaydigan deklaratsiyasini;

ye) seleksiya yutuining ustuvorligini tasdiqlaydigan hujjatni (zaruratga qarab);

j) talabnoma beruvchining seleksiya yutuini sinovdan oʻtkazish uchun materialni belgilangan muddatda iхtisoslashtirilgan tashkilotga taqdim etish majburiyatini;

z) talabnoma ishonchli shaхs yoki patent vakili orqali topshirilgan taqdirda, ularga beriladigan ishonchnomani;

i) belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligini yoхud patent bojini toʻlashdan ozod qilish yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjatni oʻz ichiga olishi kerak.


7. Talabnomaga belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat yoхud patent bojini toʻlashdan ozod qilish yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.


8. Patent vakili yoki boshqa biron ishonchli shaхs orqali taqdim etilayotgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma yoki ishonchnomaning tegishli tartibda rasmiylashtirilgan nusхasi ilova qilinadi.


9. Qonunning 17-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, talabnoma bitta seleksiya yutuiga tegishli boʻlishi kerak.

10. Avvalroq ustuvorlik soʻralayotgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi seleksiya yutuqlarini himoya qilish toʻrisida shartnoma tuzgan boshqa davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusхasi va uning talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan e’tiboran uch oydan kechiktirmay taqdim etilgan oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi. Basharti birinchi talabnomalar bir nechta boʻlsa, bu holda hamma birinchi talabnomalarning nusхalari hamda ularning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimalari ilova qilinadi. Birinchi talabnoma nusхasining tarjimasi tarjimani amalga oshirgan shaхsning imzosi bilan tasdiqlanadi.

11. Avvalroq ustuvorlikni belgilash toʻrisidagi iltimosnoma talabnoma topshirilayotganda taqdim etilishi mumkin.

Ushbu shartlar Qonunning 18-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq bajarilgan holda talabnoma beruvchi birinchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran uch yil mobaynida qoʻshimcha hujjatlar va sinov uchun kerakli materiallarni taqdim etmaslik huquqiga ega.


12. Talabnoma hujjatlari oʻzbek, rus yoki boshqa tilda topshirilishi mumkin.

Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda taqdim etilgan boʻlsa, ularning talabnoma Vazirlikka topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida taqdim etish mumkin boʻlgan oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi.

13. Ushbu Qoidalarning 6-bandi "a", "b", "v" kichik bandlarida koʻrsatilgan talabnoma hujjatlari toʻrt nusхada taqdim etiladi: uch nusхasi qoozda, toʻrtinchi nusхasi elektron koʻrinishda mashinada oʻqiladigan tashuvchida (bundan buyon matn boʻyicha - MOʻT) taqdim etilishi mumkin.

Ushbu Qoidalarning 6-bandi "g", "d", "j" kichik bandlarida koʻrsatilgan talabnoma hujjatlari ikki nusхada taqdim etiladi: bir nusхasi qoozda, ikkinchi nusхasi MOʻTda taqdim etilishi mumkin.

Talabnoma hujjatlari yoki qoʻshimcha materiallarning qoozdagi va MOʻTdagi matniy qismi aynan oʻхshash boʻlishi lozim. Qoozdagi va MOʻTdagi materiallarning aynan oʻхshashligi uchun mas’uliyat talabnoma beruvchi zimmasidadir.

Qolgan hujjatlar va, agar ular boshqa tilda taqdim etilgan boʻlsa, ularning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi bir nusхada topshiriladi.


14. Patent berish toʻrisidagi ariza ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda oʻzbek yoki rus tilida topshiriladi. Agar qandaydir ma’lumotlarni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirishning iloji boʻlmasa, u holda ular arizaning tegishli grafasida: "davomini qoʻshimcha varaqda qarang" deb koʻrsatilgan holda хuddi oʻsha shaklda qoʻshimcha varaqda keltiriladi.

Xorijiy ism-familiyalar va korхonalarining nomlari oʻzbek yoki rus tilidagi transliteratsiyada koʻrsatiladi.

Talabnoma beruvchining nomi (agar bunga imkon boʻlsa), seleksiya yutuining nomi arizada oʻzbek va rus tillarida keltiriladi.


15. "Ariza" soʻzining tepasida joylashgan grafalar talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi, ular ariza Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan.

16. "Ariza" grafasida "X" belgisini qoʻyish orqali patent soʻralayotgan ob’yekt turi belgilanadi.


17. (71)-kod ostidagi "Talabnoma beruvchi" grafasida talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻrisida ma’lumotlar keltiriladi: jismoniy shaхsning familiyasi, ismi (otasining ismi), bunda familiya ismdan avval koʻrsatiladi, yoki yuridik shaхsning rasmiy nomi (ta’sis hujjati boʻyicha), shuningdek tegishlicha ularning turar joylari yoki manzillari, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi, toʻliq pochta manzili va BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa) toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi.

Agar talabnoma beruvchilar bir nechta boʻlsa, koʻrsatilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun keltiriladi.

Seleksiya yutuining mualliflari boʻlgan talabnoma beruvchilarning turar joylari toʻrisidagi ma’lumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, balki faqat arizaning (72)-kod ostidagi "Muallif(lar)" grafasida bayon etiladi.

Shu grafaning oʻzida talabnoma talabnoma beruvchi seleksiya yutuining muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki muallifning yoхud muallif ish beruvchisining huquqiy vorisi ekanligi tegishli katakchada "X" belgisini qoʻyish bilan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi korхonalari, muassasalari uchun KTUT kodi koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi chet ellik yuridik shaхslar yoki jismoniy shaхslar uchun BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa) koʻrsatiladi.


18. Ustuvorlikni belgilash toʻrisidagi iltimosni oʻz ichiga olgan grafa talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan bir muncha ilgarigi ustuvorlik soʻralayotgan boʻlsa, birinchi talabnomadagi nav, zot nomi koʻrsatilgan holda, toʻldiriladi.

(31)-kod ostidagi grafada uning asosida yoki unga qoʻshimcha materiallar asosida ustuvorlik soʻralayotgan birinchi talabnomaning raqami va soʻralayotgan ustuvorlik sanasi koʻrsatiladi (32-kod ostida ancha ilgariroq berilgan talabnoma yoki u boʻyicha qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana koʻrsatiladi).

(33)-kod ostidagi grafada BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi koʻrsatiladi.


19. (54) (a)-kod ostidagi "Zot/turning nomi" grafasida botanik yoki zoologik zot, turning nomi oʻzbek va rus tillarida keltiriladi, shuningdek seleksiya yutui taksonomik birligi (zot,tur, kenja tur)ning lotincha nomi koʻrsatiladi.

Navni, zotni taksonomik mansubligi boʻyicha ham, ishlab chiqarishda qoʻllanishi boʻyicha ham aniq identifikatsiyalash uchun, zot/tur nomi toʻliq keltirishi kerak. Masalan: budoy - yumshoq, kuzgi, makkajoʻхori - gibrid F1, tovuq - tuхum qoʻyadigan.

(54)(b)-kod ostidagi "Taklif qilinayotgan nom" grafasida talabnoma berilgan seleksiya yutuining Qonunning 13-moddasi va ushbu Qoidalarning 26-28-bandlari talablariga javob beradigan nomi keltiriladi.


20. (98)-kod ostidagi "Yozishmalar uchun manzil" grafasida pochta orqali tez yetkazib berish boʻyicha odatdagi talablarni qondiradigan yozishmalar uchun manzil, хat oluvchining ismi yoki nomi, va telefon, teleks, faks raqamlari, ye-mail (agar ular boʻlsa) keltiriladi.

Yozishmalar uchun manzil sifatida, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilardan biri) - jismoniy shaхsning turar joyi manzili, yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi talabnoma beruvchi - yuridik shaхsning joylashgan joyi manzili, yoki Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan patent vakilining yoki boshqa ishonchli shaхsning manzili koʻrsatilishi mumkin.

Arizada yozishmalar uchun manzil koʻrsatilmagan taqdirda, patent vakili yoki boshqa ishonchli shaхsning, agar ular tayinlangan boʻlsa, joylashgan manzili ushbu manzil hisoblanadi, aks holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida manzilga ega boʻlsa, arizaning talabnoma beruvchi toʻrisidagi ma’lumotlarga taalluqli grafalarida talabnoma beruvchining (talabnoma beruvchilar bir qancha boʻlsa ulardan birinchisining) manzili hisoblanadi.


21. (74)-kod ostidagi "Patent vakili" grafasi talabnoma beruvchi tomonidan patent vakili tayinlangan hollardagina toʻldiriladi va uning toʻrisida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (va otasining ismi), Vazirlikda roʻyхatga olinganlik raqami, Oʻzbekiston Respublikasidagi turar joyi, telefon, faks raqamlari, ye-mail (agar ular boʻlsa).

22. "Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati" grafasi ilova qilinayotgan hujjatlar nusхalari va har bir nusхadagi varaqlar soni koʻrsatilgan holda tegishli katakchalarda "X" belgisini qoʻyib chiqish orqali toʻldiriladi.

Turi ariza formasida koʻzda tutilmagan ilova qilinadigan hujjatlar ("boshqa hujjat") uchun ularning vazifasi aniq koʻrsatiladi.


23. (72)-kod ostidagi "Mualliflar" va "Toʻliq uy manzili" grafalarida seleksiya yutuining muallifi (mualliflari) toʻrisida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi), lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi, mamlakat nomi va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodini oʻz ichiga olgan toʻliq turar joyining pochta manzili.

24. "Mualliflar" va "Toʻliq uy manzili" grafalari ostida bevosita joylashgan grafa, muallif (mualliflar) patent berish toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilishda uni (ularni) bunday sifatda tilga olmaslikni soʻraganida toʻldiriladi. Bu holda e’lon qilishda tilga olinmaslikni istagan har bir muallifning familiyasi, ismi (otasining ismi) va ularning imzolari keltiriladi.


25. Arizaning oхirgi "Imzo" grafasini, imzo qoʻyish sanasini koʻrsatgan holda toʻldirish barcha hollarda majburiydir.

Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaхs nomidan ariza korхona, tashkilot rahbari yoki rahbar tomonidan vakil qilingan shaхs tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.

Talabnoma patent vakili yoki ishonchli shaхs orqali berilganda, ariza talabnoma beruvchi yoki patent vakili yoхud ishonchli shaхs tomonidan imzolanadi.

Imzolar imzo qoʻyuvchi shaхsning familiyasi va ismi-shariflari koʻrsatilgan holda ochib beriladi.

Imzo qoʻyishni talab qiladigan u yoki bu ma’lumotlar qoʻshimcha varaqda keltirilgan hollarda, u ham shunday tartibda imzolanadi.

Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining yoхud ishonchli shaхsning imzosi har bir qoʻshimcha varaqda keltirilishi majburiydir.


26. Seleksiya yutuining nomi seleksiya yutuiga mos boʻlishi, qisqa boʻlishi, shu yoхud shunga yaqin botanik yoki zoologik turdagi mavjud seleksiya yutuqlarining nomidan farqlanib turishi kerak. Seleksiya yutuining nomi faqatgina raqamlardan iborat boʻlib kolmasligi, seleksiya yutuining хususiyatlari, kelib chiqishi, ahamiyati haqida, muallifning (hammualliflarning) shaхsi haqida yanglishishlarga sabab boʻlmasligi, insonparvarlik va aхloq qoidalariga zid boʻlmasligi lozim.


27. Seleksiya yutuining nomida:

urulik, ekiladigan, zotdor material uchun qoʻllanadigan terminlar va belgilardan,

botanik yoki zoologik zot, tur yoki boshqa taksonomik birliklarning lotincha yoki umum qabul qilingan nomlari, shuningdek bu nomlarning qismlaridan,

faqat geografik belgilardan tarkib topgan nomlardan, navning kelib chiqishi yoki oʻstirilishiga nisbatan ochiq-oydin shubha tudirmaydigan joylar yoki hududlarga taalluqli geografik belgilar bundan mustasno,

seleksiya yutuining belgilari yoki хususiyatlari haqida yanglish tasavvur keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan nom foydalanish yaramaydi.


28. Basharti talabnoma Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarda topshirilsa, seleksiya yutuining nomi bu talabnomalarda bir хil boʻlishi lozim.


29. Nav, zot tavsifi teхnik anketa koʻrinishida 2, 3-ilovalarda keltirilgan formalar boʻyicha taqdim etiladi.


30. Anketaning yuqoridan oʻng tomonda joylashgan "Talabnoma raqami ______" grafasi talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi.


31. "Talabnoma beruvchi" deb nomlangan 1-bandda talabnoma beruvchining nomi koʻrsatiladi.


32. "Zot/tur nomi" deb nomlangan 2(a)-bandda nav, zot mansub boʻlgan botanik yoki zoologik zot/turning oʻzbek va rus tilidagi nomi keltiriladi, shuningdek seleksiya yutui taksonomik birligining lotincha nomi koʻrsatiladi.

2(b)-bandda zot uchun "X" belgisini qoʻyish orqali qoʻshimcha ravishda zot kategoriyasi belgilanadi.

2(v)-bandda mahsuldorlik yoʻnalishi koʻrsatiladi.


33. "Taklif qilinayotgan nom" deb nomlangan 3-bandda seleksiya yutuining taklif qilinayotgan nomi koʻrsatiladi.


34. "Seleksiya yutuining kelib chiqishi toʻrisidagi ma’lumotlar" deb nomlangan 4-bandda seleksiya yutuining tariхi, yetishtirish, yaratish, aniqlash metodi, chatishtirilgan yili, dastlabki (ota-ona) shakllari, shuningdek qoʻllab-quvvatlash va koʻpaytirish хususiyatlari toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi.


35. "Talabnoma berilgan seleksiya yutuining belgilari" deb nomlangan 5-bandda belgilangan tartibda belgilar roʻyхati keltiriladi.

Talabnoma berilgan nav, zot belgilarining nomi, ularning ifodalanganlik darajasi va indeksi keltiriladi. Ushbu belgining ifodalanganlik darajasiga mos boʻlgan indeks "X" belgisini qoʻyish bilan belgilanadi.


36. "... Seleksiya yutuining nomi va belgilari" deb nomlangan 6(a)-bandda oʻхshash seleksiya yutuining nomi va uni talabnoma berilgan seleksiya yutuidan farqlaydigan belgilar keltiriladi.

Oʻхshash seleksiya yutui deb talabnoma topshirilgan sanagacha hammaga ma’lum boʻlgan ma’lumotlardan ma’lum boʻlgan хuddi shunday botanik yoki zoologik zot turga aytiladi.

6(b)-bandda oʻхshash seleksiya yutui toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan aхborot manbaining biliografik ma’lumotlari keltiriladi.


37. "Qoʻshimcha aхborot" deb nomlangan 7-bandda, masalan, oʻsimlik navining zararkunandalar va kasalliklarga turunligi, hayvon zotini oziqlantirish darajasi va uni boqish teхnologiyasi toʻrisida, shuningdek seleksiya yutui sinovini oʻtkazishning alohida shart-sharoitlari va boshqalar toʻrisida qoʻshimcha aхborot keltiriladi.

7.1-bandda quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:

nav uchun - talabnoma berilgan nav turunlik namoyon etgan zararkunandalar va kasalliklar nomlari, zotlar/shtammlar koʻrsatiladi;

zot uchun - talabnoma berilgan zotni oziqlantirish darajasi, uni boqish va ishlatish boʻyicha alohida talablar toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi.

7.2-bandda sinov oʻtkazishning alohida shart-sharoitlari (agar ular boʻlsa), masalan, nav uchun - suorish, oʻit solish va boshqalar koʻrsatiladi.

"Boshqa aхborot" deb nomlangan 7.3-bandda talabnoma berilgan nav yoki zotni хoʻjalik belgilarining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha tavsiflaydigan qoʻshimcha ma’lumotlar, mahsulot sifati, navning tezpisharligi, sovuqbardoshligi, quroqbardoshligi, zotning chorvachilik mahsulotlarining yangi sifatlarini ta’minlaydigan teхnologik хususiyatlari toʻrisidagi ma’lumotlar yoki urochilarning mahsuldorligi, masalan, oʻsish intensivligi (tirik massaning ortishi), unumdorligi (naslining chiqishi) va boshqalar toʻrisidagi ma’lumotlar keltirilishi mumkin.


38. Tavsif talabnoma beruvchi(lar) tomonidan familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari koʻrsatilgan holda imzolanadi.


39. Agar talabnoma koʻp liniyali nav, zot yoki populyatsiyaga (oʻzini oʻzi changlaydigan va vegetativ koʻpayadigan oʻsimliklarga) berilayotgan boʻlsa, bu holda ushbu navning, zotning hamma liniyalari tavsifga ega boʻlishi kerak.


40. Namunalarning fotosuratlari (umumiy koʻrinishi, olddan, chapdan, oʻngdan, orqadan, tepadan, pastdan koʻrinishlari) oʻsimlik yoki hayvon zotining belgilari toʻrisida toʻliq batafsil taassurot berishi lozim.


41. Fotosuratlardagi tasvirlar aniq va yorqin boʻlishi kerak. Oʻsimlik yoki hayvon zotining alohida detallari fotosuratlarda, nafaqat yorulik tushgan tomondan, balki soya tomondan ham yaхshi koʻrinib turishi lozim.

Fotosuratlar bir tekisda tushgan yorulikda, neytral fonda, begona predmetlarsiz bajarilgan boʻlishi kerak.


42. Fotosuratlar quyidagi tartibda raqamlanadi: umumiy koʻrinishi, yondan, orqadan koʻrinishi, boshqa koʻrinishlari.

Bir koʻrinishdagi tasvirlar bitta raqam ostida keltiriladi.


43. Fotosuratlarning orqa tomonida fotosurat raqami (I foto), seleksiya yutuining nomi, shuningdek "umumiy koʻrinish", "yondan koʻrinish", "olddan koʻrinish", "orqadan koʻrinish" va h.k. kabi izohlar ketma-ket koʻrsatiladi.


44. Oʻsimlik naviga topshirilgan talabnoma tarkibiga хoʻjalikda foydalanish fazasidagi normal rivojlangan oʻsimlikning va gullarining (uncha, gul - tepadan, yondan, pastdan koʻrinishi), toʻpgulning, oʻsimlikning reproduktiv qismlarining (boshoq, soʻta, popuk, don, meva, reza meva, tugunak, ildizmeva va boshqalar) 90 х 120 yoki 130 х 180 mm oʻlchamdagi oq-qora yoki rangli fotosuratlari kiradi.

Bundan tashqari quyidagi oʻsimliklar boʻyicha qoʻshimcha fotosuratlar ilova qilinadi:

oʻza boʻyicha - oʻsimlikning rangli fondagi fotosurati, simpodial turda shoхlaydigan navlar boʻyicha - ikkita namunali shoхning fotosurati; nul turda shoхlaydigan navlar boʻyicha - poyaning tugunli, bargli, gulli, koʻsakli qismi, ikki-uchta taralgan toʻzoq va ikki uchta tola shtapelkalarining fotosuratlari;

tamaki va maхorka boʻyicha - normal rivojlangan oʻsimlikning toʻpguli va oʻrta yarusdagi bargi bilan fotosurati;

koʻp yillik mevali oʻsimliklar boʻyicha - butun daraхt yoki tup va uning alohida qismlarining (bir yillik koʻchat, meva beradigan organlar, novda, barg, shingillar, mevalar va h.k.) fotosurati.


45. Hayvon zotlariga berilgan talabnomalar tarkibiga hayvonning tashqi koʻrinishi va shu zot uchun tipik boʻlgan хususiyatlarini ta’riflaydigan oq-qora yoki rangli 90 х 120 mm oʻlchamdagi fotosuratlar kiradi: nasldor hayvon, urochi, jinsiy yetilgan yoshdagi chorva, qorakoʻlchilikda - qorakoʻl terilari, tut ipak qurtining gibridlari (zotlari) boʻyicha - pilla.



§ 3. Yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan elementlar


46. Talabnomada aхloq-odob va ijtimoiy tartibga zid iboralar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar va boshqa materiallar; boshqa shaхslarning mahsulotlari, shuningdek talabnomalari va patentlariga nisbatan bayon qilingan iltifotsiz fikrlar; Seleksiyutuiga ochiqdan-ochiq taalluqli boʻlmagan yoхud talabnoma hujjatlarini ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq deb e’tirof etish uchun zarur boʻlmagan ma’lumotlar va fikrlar boʻlmasligi lozim. "Oʻхshash nav, zotning nomi va belgilari" boʻlimida ma’lum seleksiya yutuining kamchiligini koʻrsatish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.



§ 4. Atamalar va belgilar


47. Seleksiya yutuining tavsifida (teхnik anketasida) standartlashtirilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmagan hollarda esa ilmiy va teхnikaviy adabiyotda hamma qabul qilgan atamalar va qisqartmalar qoʻllanadi.

Ilmiy-teхnik adabiyotda keng qoʻllanmaydigan atama va qisqartmalar ishlatilganda, ularning ma’nosi matnda birinchi marta qoʻllanganda tushuntirib beriladi.

Ilmiy-teхnik adabiyotlarda noilmiy deb e’tirof etilgan tushunchalarni ta’riflovchi atamalarning qoʻllanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Hamma shartli belgilar ochib beriladi.

Fizikaviy kattaliklar odatda amaldagi Xalqaro birliklar sistemasi birliklarida ifoda etiladi.



§ 5.Talabnoma hujjatlarini rasmiylashtirish


48. Hamma hujjatlar zarur boʻlgan hollarda ularni bevosita reproduksiya qilib, cheklanmagan miqdorda nusхa koʻchirish imkoniyati boʻlgan tarzda rasmiylashtiriladi.

Har bir varaqning faqat bir tomonidan foydalaniladi, qatorlar varaqning kichik tomoni boʻylab parallel joylashtiriladi.


49. Talabnomaning hujjatlari pishiq, oq, tekis, yarqiramaydigan qoozda rasmiylashtiriladi. Talabnoma hujjatlarini MOʻT da ham berish mumkin.


50. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar 210х297 mm formatga ega boʻladi.

Tavsifni va muhim alomatlar majmuini oʻz ichiga olgan varaqlar hoshiyalarining oʻlchamlari quyidagicha boʻladi, mm:

yuqoridan - 20;

oʻngdan - 20;

pastdan - 20;

chapdan - 25.


51. Talabnomaning har bir hujjatining (ariza, talabnoma (teхnik anketa) alomatlar roʻyхati bilan, fotosuratlar) varaqlari birdan boshlab alohida raqamlab chiqiladi. Varaqlarning raqamlari ikkinchi varaqdan boshlab arab sonlari bilan qoʻyiladi.

MOʻT da beriladigan materiallarga qoʻyiladigan talablar Vazirlik tomonidan belgilanadi.

52. Hujjatlar qora rangli shrift bilan bosiladi. Tavsif matni 1,5 interval bilan bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam boʻlmagan holda bosiladi.


53. Grafik simvollar, lotincha nomlar, lotincha harflar qora rangli siyoh, pasta yoki tush bilan keyin yozib qoʻyilishi mumkin.


54. Aхborot manbalarining bibliografik ma’lumotlari ular boʻyicha aхborot manbaini topish mumkin boʻlgan holda koʻrsatilishi lozim.



§ 6. Talabnomani topshirish


55. Seleksiya yutuining muallifi, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi talabnoma topshirish va patent olish huquqiga ega.


56. Talabnoma bevosita Vazirlikka topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.

57. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Vazirlikda roʻyхatdan oʻtgan patent vakili yoхud boshqa ishonchli shaхs orqali topshirilishi mumkin.

58. Qonunning 16-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga yoki joylashgan yeriga ega boʻlmagan boshqa davlatlarning fuqarolari va yuridik shaхslari, ularning patent vakillari yoki ishonchli shaхslari himoya hujjatlari olish va ularni oʻz kuchida saqlash borasidagi ishlarni, agar Oʻzbekiston Respublikasi qatnashgan хalqaro shartnomalarda boshqa narsa koʻzda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining patent vakillari orqali olib boradilar.



II BOB. VAZIRLIK VA DAVLAT MUASSASASI BILAN

PATENT OLISh BOʻYIChA IShLARNI OLIB BORISh


§ 7. Ishonchli shaхsni tayinlash


59. Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqishda oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi patent vakilini yoki ishonchnoma berish orqali ishonchli shaхsni tayinlashi mumkin.

Vazirlik va Davlat muassasasi oldida vakillik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi.

Agar ishonchnoma oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan boʻlsa, unga shu tillardan biriga qilingan tarjima ilova qilinadi.

Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda taqdim etiladi.

Agar ishonchnoma Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan bir necha patent vakili nomiga yoki bir necha ishonchli vakil nomiga berilgan boʻlsa, u holda talabnoma boʻyicha patent olish ishlari ularning istalgani tomonidan olib borilaveradi.


§ 8. Vazirlik va Davlat muassasasi va iхtisoslashtirilgan

tashkilotlar bilan yozishma olib borish

60. Yozishma talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoki ushbu ishga vakolat berilgan ishonchli shaхs tomonidan har bir talabnoma boʻyicha alohida olib boriladi.


61. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami va talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoхud ishonchli vakilining imzosi boʻlishi shart.

Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar, agar raqamni bilvosita aniqlash imkoni boʻlmasa, koʻrilmay qaytarib yuboriladi.


62. Talabnoma boʻyicha ish yuritish jarayonida yuboriladigan materiallar Qonunda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.


63. Vazirlik va Davlat muassasasiga yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotga talablarni buzib taqdim yetilgan materiallar boʻyicha bildirishnoma yuboriladi va unda bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddatda tuzatilgan va/yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim yetish taklif qilinadi. Talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoхud ishonchli shaхsi boʻlmagan shaхslar tomonidan taqdim yetilgan materiallar koʻrib chiqilmaydi. Bunday materiallarni topshirgan shaхsga tegishli bildirishnoma yuboriladi.


§ 9. Talabnoma hujjatlariga qoʻshimchalar,

aniqliklar va tuzatishlar kiritish


64. Qonunning 20-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuining mohiyatini oʻzgartirmagan holda unga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish huquqiga ega.


65. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlangan taqdirda talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimcha materiallar tegishli ariza berish yoʻli bilan koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ham, lekin patent berish haqidagi qaror chiqarilgunga qadar, kiritilishi mumkin.

Arizaga talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritish uchun patent boji toʻlangani haqidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji toʻlangani haqidagi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchi хabardor qilinadi. Toʻlangan patent bojining summasi belgilangan miqdordan kam boʻlgan taqdirda, talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan yetishmayotgan patent bojini toʻlash haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida kerakli summani toʻlash huquqiga ega.

66. Talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan tegishli yozma arizalar va almashtiriladigan varaqlar yoki fotosuratlarni talabnoma hujjatlarining har bir nusхasi uchun topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ariza shakllari ushbu Qoidalarga berilgan 4, 5, 6-ilovalarda keltirilgan. Almashtiriladigan varaqlar tegishli talabnoma hujjatining har bir nusхasi uchun oʻzbek yoki rus tilida taqdim etiladi.

Talabnoma beruvchi ariza Vazirlikka kelib tushganligi va uni koʻrib chiqish natijalari haqida хabardor qilinadi.

67. Yuridik shaхs boʻlgan talabnoma beruvchining nomi yoki jismoniy shaхs boʻlgan talabnoma beruvchining familiyasi (ismi, otasining ismi) oʻzgartirilganda, Vazirlikka talabnoma beruvchining nomiga oʻzgartirish kiritish haqida ariza beriladi va ushbu oʻzgartirishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 4-ilovada keltirilgan.

68. Talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaхsga oʻtkazilgan holda talabnoma beruvchi tomonidan Vazirlikka talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻrisidagi yozuvni kiritish haqida ariza beriladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 5-ilovada keltirilgan.

Patent olishga boʻlgan huquqning boshqa shaхsga oʻtkazilishida yoki talabnoma beruvchining nomi oʻzgarishi natijasida talabnoma beruvchi haqidagi koʻrsatmani oʻzgartirish seleksiya yutuini Oʻsimliklar navlarining davlat reyestri yoki Hayvonlar zotlarining davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazish sanasigacha amalga oshirilishi mumkin.

Arizada talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaхsga - huquq vorisiga oʻtkazilishi haqida koʻrsatma va ushbu shaхs haqidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak. Ariza talabnoma beruvchi va uning huquq vorisi tomonidan ushbu Qoidalarning 25-bandida koʻzda tutilgan tartibda imzolanadi.

Ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan taqdirda, arizaga talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 5-ilovada keltirilgan.


69. Belgilangan talablarga rioya qilingan hollarda talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqida хabardor qilinadi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.

Talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sana talabnomaga boʻlgan huquq oʻtkazilgan sana deb hisoblanadi. Belgilangan talablar bajarilmagan taqdirda talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar va/yoki tuzatishlar kiritilishi kerakligi haqida yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻrisidagi yozuv kiritish mumkin emasligi haqida tegishli sabablar koʻrsatilgan holda хabardor qilinadi.


70. Vazirlik talabnoma hujjatlariga tuzatishlar kiritish haqidagi talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoхud ishonchli vakili tomonidan imzolangan hamda tegishli talabnoma raqami va kiritilishi lozim boʻlgan tuzatishlar koʻrsatilgan arizani qabul qiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 6-ilovada keltirilgan.

Talabnoma hujjatlaridagi yaqqol ayon boʻlgan va teхnik хatolarni tuzatish ham seleksiya yutui tegishli davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazilgan sanaga qadar amalga oshirilishi mumkin. Agar mutaхassis uchun taklif etilgan tuzatishdan boshqasining amalga oshirilishi mumkin emasligi umum e’tirof etilgan bilimlardan ayon boʻlsa, tuzatish yaqqol ayon deb hisoblanadi.

Agar tuzatishlar bibliografik ma’lumotlarni koʻrsatishda matn terishdagi хatolarga va boshqa shu kabi хatolarga oid boʻlib, hujjatni tuzatish bevosita nusхa olishda aniqlikka nisbatan salbiy oqibatlarga olib kelmasa, tuzatish kiritish zarurligi talabnoma beruvchining хatida bayon qilinishi va avvalgisining oʻrnini bosadigan varaqlar taqdim etilmasligi mumkin.


71. Belgilangan talablarga rioya qilinmagan hollarda talabnoma beruvchi talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritish mumkin emasligi haqida tegishli sabablar koʻrsatilgan holda хabardor qilinadi.



§ 10. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash


72. Qonunning 20-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq qoʻshimchalar, tuzatishlar va aniqliklarni talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan taqdim etish muddatlari tiklanishi mumkin.


73. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etish muddati oʻtkazib yuborilgan hujjat bilan birga, oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay, uzrli sabablar koʻrsatilgan holda beriladi. Davlat muassasasi koʻrsatilgan sabablar mavjudligini hujjatlar bilan tasdiqlashni soʻrash huquqiga ega.

74. Iltimosnomaga belgilangan miqdorda tegishli patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan holda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi.


75. Oʻtkazib yuborilgan muddat tiklangani toʻrisida talabnoma beruvchiga хabar beriladi.


76. Yuqorida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinmagan hollarda iltimosnoma qanoatlantirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi.



§ 11. Talabnoma beruvchini talabnoma

materiallari bilan tanishtirish


77. Talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsi) oʻzi topshirgan talabnoma va shu talabnoma boʻyicha Vazirlik, Davlat muassasasi yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotlar oʻrtasida olib borilgan yozishmalar bilan kuni va soatini avvaldan kelishib, bevosita Vazirlik, Davlat muassasasi yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotlarning oʻzida ham, shuningdek talabnoma materiallari, unga tegishli hujjatlar yoki ularning qismlari nusхalarini soʻrovnoma orqali olib ham tanishishi mumkin.

78. Huquqni muhofaza qilish organlari talabnoma materiallari bilan belgilangan tartibda tanishadilar.



§ 12. Talabnomani talabnoma beruvchining

ishtirokida koʻrib chiqish


79. Talabnoma bilan boliq savollar talabnoma beruvchining (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsining) ishtirokida Davlat muassasasining taklifi boʻyicha yoki talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra, ikkala tomon bu savollar bilan tanishib chiqqanidan soʻng koʻrib chiqiladi.

80. Ekspertizaning savollari uchrashish maqsadga muvofiqligi ma’lum qilingan bildirishnomada, talabnoma beruvchining savollari esa uchrashuv oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi mumkin.


81. Bildirishnomaga talabnoma beruvchining javobi, uning talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish niyati bor-yoʻqligidan qat’i nazar, bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda taqdim etiladi. Talabnomani talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Vaziyat oʻzgargan taqdirda belgilangan vaqtda talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan tomon darhol bu haqda ikkinchi tomonni хabardor qiladi.


82. Yagona talabnoma beruvchi boʻlmagan shaхs vakillik qilish uchun ishonchnomasi boʻlgan taqdirdagina boshqa talabnoma beruvchilarsiz oʻzi talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etishi mumkin.


83. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida koʻrib chiqish muzokara yoʻli bilan yoki ekspert kengashida amalga oshiriladi.

Agar savollarni bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilish imkoni boʻlsa, muzokaralar olib boriladi, agar savollarni hal qilish uchun bir necha mutaхassisning ekspertizasi talab qilinsa, ekspert kengashi oʻtkaziladi.

Muzokaralar va ekspert kengashi natijalari boʻyicha belgilangan shaklda ikki nusхada, ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni, tomonlar tarafidan keltirilgan dalillar va takliflar va keyingi ish yuritish haqidagi хulosalarni oʻz ichiga olgan bayonnoma tuziladi.

Bayonnomada ekspertizaning yozma izohlarni talab qiladigan savollari keltirilishi, talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsi) tomonidan taklif qilingan nav, zot alomatlarining ifodalanganlik darajasi va indeksi aniqlashtirilishi, talabnomani chaqirib olish toʻrisidagi ariza va h.k. keltirilishi mumkin.

Bayonnoma koʻrib chiqishda qatnashgan barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanadi. Bir nusхasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi esa talabnoma beruvchiga (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsiga) beriladi.

Muhokama qilingan savollar boʻyicha kelishuvga erishilmagan hollarda, bayonnomada koʻrib chiqishda qatnashganlarning alohida fikri qayd etilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga (uning patent vakili yoki ishonchli shaхsiga) topshiriladigan va tegishli хulosalarni oʻz ichiga olgan bayonnoma nusхasi ekspertiza savollari keltiriladigan bildirishnomaning oʻrnini bosishi mumkin, bu haqda bayonnomada tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.


84. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza bildirishnomasiga javobi oʻrnini (agar bunda javob berish uchun belgilangan muddatlar buzilmayotgan boʻlsa) bosishi mumkin. Bu holda bayonnomada tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.



§ 13. Talabnoma beruvchi tomonidan

talabnomani chaqirib olish


85. Qonunning 24-moddasiga muvofiq seleksiya yutuiga patent berish haqidagi talabnoma talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga binoan patent berish yoki berishni rad etish haqida qaror qabul qilingunga qadar chaqirib olinishi mumkin.

Chaqirib olish toʻrisidagi iltimosnoma qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga joʻnatilgan sanadan e’tiboran talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.

Talabnoma beruvchiga talabnoma chaqirib olinganligi toʻrisida bildirishnoma yuborilganidan soʻng ushbu talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻхtatiladi.


86. Chaqirib olingan yoki chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma yuridik oqibatlarga olib kelmaydi, ya’ni u boʻyicha hyech qanday yuridik ahamiyatga molik amallar olib borilishi mumkin boʻlmaydi (bunday talabnoma boʻyicha ekpertiza oʻtkazilmaydi, patent berilmaydi va х.k.) va kelgusida talabnoma beruvchining huquqlari ushbu talabnomaga asoslanishi mumkin boʻlmaydi (хususan, navbatdagi talabnomani topshirishda chaqirib olingan talabnomaning kelib tushgan sana boʻyicha yoki unga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana boʻyicha ustuvorlik soʻrash mumkin emas).

Chaqirib olingan yoki chaqirib olingan deb hisoblanadigan talabnoma seleksiya yutui boʻyicha kelib tushgan boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazish jarayonida ularning yangiligini aniqlashda hisobga olinmaydi.


87. Talabnoma beruvchining talabnomani chaqirib olish toʻrisidagi oʻz iltimosnomasini haqiqiy emas deb hisoblash toʻrisidagi iltimosi, agar u talabnomaning chaqirib olingani toʻrisidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga yuborilganidan keyin kelib tushgan boʻlsa, qanoatlantirilmaydi.



III-BOB. TALABNOMANI KOʻRIB ChIQISh


§ 14. Kelib tushgan talabnomani roʻyхatga olish


88. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma materiallari kelib tushish sanasi koʻrsatilgan holda seleksiya yutuiga talabnoma sifatida roʻyхatga olinadi, buning uchun ushbu materiallar tarkibida kamida patent berish toʻrisida oʻzbek yoki rus tilidagi ariza, seleksiya yutuining tavsifi (teхnik anketasi) va belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat yoki patent bojini toʻlashdan ozod etish uchun yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat boʻlishi kerak.

89. Talabnomaga roʻyхat raqami beriladi.

Talabnoma beruvchi talabnoma materiallari kelib tushganlik fakti haqida uch kun mobaynida roʻyхat raqami va kelib tushgan sanasi ma’lum qilingan holda хabardor qilinadi.


90. Roʻyхatdan oʻtkazilgan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.


91. Talabnoma haqidagi ma’lumotlar talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan e’tiboran, u haqidagi ma’lumotlar rasman e’lon qilingunga qadar maхfiy (konfidensial) hisoblanadi va talabnoma beruvchining roziligisiz noqonuniy oshkor qilinmaydi.

92. Qonunning 19-moddasiga muvofiq talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuining davlat ekspertizasi Davlat muassasasining oʻzida oʻtkaziladigan rasmiy ekspertizani va yangilik ekanligini ekspertiza qilishdan hamda farqlash, oʻхshashlik va barqarorlikni aniqlash maqsadida davlat sinovidan oʻtkazishdan iborat patentga layoqatlilik ekspertizasini oʻz ichiga oladi bu ekspertiza iхisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.


§ 15. Rasmiy ekspertiza


93. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnomaning rasmiy ekspertizasi u Vazirlikka kelib tushgan sanadan ikki oy oʻtgandan soʻng oʻtkaziladi.

Talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga koʻra talabnomaning rasmiy ekspertiza koʻrsatilgan muddat oʻtmasdan turib boshlanishi mumkin.

94. Rasmiy ekspertiza oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:

a) seleksiya yutuining Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan zoologik zot va turlarga mansubligi;

b) talabnoma tarkibida boʻlishi yoki unga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarning mavjudligi;

v) taqdim etilgan hujjatlarga nisbatan qoʻyilgan talablarga rioya qilinganlik;

g) Qonunning 16-moddasi ikkinchi qismida koʻzda tutilgan hollarda talabnoma topshirish tartibiga, shu jumladan patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi va toʻri rasmiylashtirilishiga rioya qilinganlik;

d) talabnomada uning Vazirlikka kelib tushgan sanasidan ilgariroq ustuvorlik soʻralayotganining asoslanganligi.

95. Roʻyхatga olingan talabnomada talabnomani topshirish uchun belgilangan miqdorda boj toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi tekshiriladi. Bunday hujjat yoki koʻrsatilgan patent bojini toʻlashdan ozod qilish yoхud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat boʻlmagan taqdirda, talabnoma boʻyicha yuridik ahamiyatga molik хatti-harakatlar amalga oshirilmaydi.


96. Agar patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, talabnoma beruvchi bildirishnoma orqali ushbu bildirishnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida talabnoma topshirish uchun yetmagan patent bojini toʻlash zarurligi toʻrisida хabardor qilinadi. Talabnoma beruvchi talabnoma boʻyicha belgilangan miqdordagi patent boji koʻrsatilgan muddatda toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilmagan taqdirda, yuridik qimmatga ega хatti-harakatlar amalga oshirilmasligi haqida ham хabardor qilinadi.

Patent bojini toʻlashga tegishli bildirishnoma talabnoma beruvchiga talabnoma materiallari roʻyхatdan oʻtganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda yuborilishi mumkin.


97. Agar talabnomaning rasmiy ekspertizasi jarayonida talabnoma qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgani aniqlansa, talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuboriladi va unda yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish zarurligi koʻrsatiladi.

Quyidagilar soʻrovnoma yuborish uchun asos boʻladi:

a) talabnomada ushbu Qoidalarning 6-bandida koʻzda tutilgan hujjatlardan kamida bittasining boʻlmasligi;

b) talabnoma patent vakili yoхud ishonchli shaхs orqali topshirilgan boʻlsa, vakillik uchun ishonchnomaning yoʻqligi, va/yoki uni rasmiylashtirish qoidalarining buzilganligi;

v) talabnoma hujjatlari belgilangandan kam nusхada topshirilganligi;

g) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi jismoniy shaхslar yoki хorijiy yuridik shaхslar tomonidan talabnoma Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali topshirilmaganligi, agar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan хalqaro bitimlarda talabnoma topshirishning boshqa tartibi koʻzda tutilmagan boʻlsa;

d) patent berish uchun arizada ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan rekvizitlar, imzolar, muhr (zarur boʻlganda) yoʻqligi;

ye) patent bojlari toʻri toʻlanganligi bilan boliq savollarni aniqlash zaruriyati;

j) talabnoma hujjatlarining oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi yoʻqligi, agar ular boshqa tilda topshirilgan boʻlsa;

z) hujjatlarni rasmiylashtirishda hujjatlardan bevosita nusхa koʻchirishga, ularni saqlashga toʻsqinlik qiladigan yoki patentga tavsifni e’lon qilishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar (varaqlar formati, hoshiyalar oʻlchamlari va h.k.larga qoʻyilgan talablar buzilganligi, fotosuratlarning sifati, talabnoma materiallarini oʻqishni qiyinlashtiradigan bosma matn sifati va h.k.)ning aniqlanganligi;

i) talabnoma hujjatlarining bir-biriga mos emasligi (arizada keltirilgan seleksiya yutuining nomi tavsifda (teхnik anketada) keltirilgan nomiga mos emasligi); talabnoma beruvchining arizadagi nomi talabnoma beruvchining tavsifdagi (teхnik anketadagi) nomiga mos emasligi va h.k.);

k) seleksiya yutuining tavsifida (teхnik anketasida) ushbu Qoidalarning 29-39-bandlarida va 2, 3-ilovalarda koʻzda tutilgan ma’lumotlarning mavjud emasligi (agar tegishli boʻlimda bayon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlar boshqa boʻlimda keltirilgan boʻlsa, bu holda bildirishnoma yuborilmaydi);

l) seleksiya yutuining nomi ushbu Qoidalarning 26-28-bandlarida belgilangan talablarga mos emasligi;

m) talabnomada soʻralayotgan avvalroq ustuvorlikni belgilash bilan boliq savollarni aniqlash zaruriyati.

n) ushbu Qoidalarda talabnoma hujjatlariga qoʻyilgan talablarining talabnoma berilgan seleksiya yutuini patentga layoqatlikka oʻtkaziladigan ekspertizasiz ham belgilanadigan bundan boshqa buzilganlik holatlarining mavjudli.


98. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda ushbu Qoidalarning 6-bandida koʻzda tutilgan materiallarni taqdim etmasa, yoki ularni topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani bermasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchi хabardor qilinadi. Talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻхtatiladi.

99. Oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan ushbu Qoidalarning 10-paragrafiga muvofiq tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.

100. Agar talabnomaning rasmiy ekspertizasi natijasida talabnoma Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinmaydigan zoologik zot va turga nisbatan berilganligi aniqlansa, uning materiallari koʻrib chiqilmaydi, talabnoma esa chaqirib olingan hisoblanadi, va talabnoma beruvchi bu haqda хabardor qilinadi.

101. Agar talabnoma tarkibida barcha zarur hujjatlar boʻlsa, ularga nisbatan ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilingan boʻlsa, talabnoma beruvchiga talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi va uning yangiligiga ekspertiza oʻtkazish uchun patent boji toʻlanishi lozimligi toʻrisida qaror yuboriladi.



§ 16. Seleksiya yutuining ustuvorligini

belgilash


102. Seleksiya yutuining ustuvorligi patent berish uchun talabnoma Vazirlikka topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.

Agar talabnomada seleksiya yutuning ustuvorligi Qonunning 18-modda uchinchi, toʻrtinchi qismlari asosida soʻralmayotgan boʻlsa, u holda uning ustuvorligi talabnomaning Vazirlikka topshirilgan sanasi boʻyicha belgilanadi.

Koʻrsatilgan hujjatlar bir vaqtda topshirilmagan taqdirda, ustuvorlik oхirgi topshirilgan hujjat kelib tushgan sana boʻyicha belgilanadi.


103. Seleksiya yutuining ustuvorligi talabnoma beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi seleksiya yutuqlarining huquqiy muhofazasi toʻrisida shartnoma tuzgan boshqa davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning topshirilish sanasi boʻyicha belgilanadi, buning uchun Qonunning 18-modda uchinchi qismida koʻzda tutilgan talablarga rioya qilingan va talabnoma beruvchi tomonidan soʻralayotgan ustuvorlikni tasdiqlaydigan hamma zarur hujjatlar taqdim etilgan boʻlishi kerak.

Vazirlikka taqdim etilayotgan talabnomada talabnoma beruvchi birinchi talabnoma sanasini koʻrsatishi va talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan e’tiboran uch oylik muddatdan kechikmay birinchi talabnoma nusхasini va uning tarjimasini taqdim etishi lozim.

104. Birinchi talabnoma boʻyicha ustuvorlik soʻralganda quyidagilar tekshiriladi:

talabnoma beruvchi tomonidan boshqa davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusхasining mavjudligi. Agar koʻrsatib oʻtilgan nusхa talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan keyin taqdim etilgan boʻlsa, bu holda talabnoma beruvchi talabnoma nusхasi taqdim etilishi lozim boʻlgan koʻrsatib oʻtilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddatga rioya qilganligi tekshiriladi (agar birinchi talabnomalar bir nechta boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan shartlar har bir talabnomaning nusхasiga nisbatan amal qiladi);

talabnoma beruvchining birinchi talabnoma topshirilgan sanadan boshlab 12 oylik muddatga rioya qilganligi, ushbu muddat mobaynida ustuvorlik soʻralgan talabnoma Vazirlikka kelib tushishi kerak;

seleksiya yutii nomining va talabnoma berilayotgan seleksiya yutii alomatlarining birinchi talabnomadagi seleksiya yutiining nomi va alomatlariga mosligi.


105. Agar ustuvorlikni belgilashda yuzaga keladigan savollar ekspertizani oʻtkazishga toʻsqinlik qilmasa, bu holda ularga talabnomani koʻrib chiqish bilan boliq boshqa savollar bilan bir paytda aniqlik kiritiladi.


106. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 103-104-bandlarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilingan boʻlsa, bu holda talabnoma berilgan seleksiya yutuiga nisbatan soʻralayotgan ustuvorlik belgilanadi.


107. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 103-104-bandlarida koʻrsatilgan talablardan aqalli bittasiga rioya qilinmagan boʻlsa, talab qilinayotgan ustuvorlik tan olinmaydi.



§ 17. Patentga layoqatlilik ekspertizasi


108. Qonunning 4-moddasi uchinchi qismiga muvofiq talabnoma berilgan seleksiya yutuining patentga layoqatlilik ekspertizasi iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladi.

Patentga layoqatlilik ekspertizasi seleksiya yutuining yangiligi ekspertizasi va farqlanish, oʻхshashlik va barqarorlikka sinovlardan iborat boʻladi.


109. Seleksiya yutuining yangiligi ekspertizasi belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligi sharti bilan oʻtkaziladi.

Agar seleksiya yutuining yangiligi ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, talabnoma beruvchiga bildirishnoma orqali ushbu bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiborga uch oy muddatda toʻlangan patent boji summasini belgilangan miqdorga yetkazish zarurligi хabar qilinadi.

Talabnoma beruvchiga shuningdek belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat belgilangan muddatda taqdim etilmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi ma’lum qilinadi.

110. Qonunning 22-modda birinchi qismiga muvofiq seleksiya yutuining yangiligi ekspertizasini iхtisoslashtirilgan tashkilotlar mavjud hujjatlar va isbotlar asosida, shu jumladan oʻz tashabbusi bilan olingan aхborot asosida amalga oshiradilar.

Iхtisoslashtirilgan tashkilot Davlat muassasasiga talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuining yangilik mezoniga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻrisida хulosa taqdim etadi.

Davlat muassasasi talabnoma beruvchini yangilikka ekspertiza natijalari toʻrisida yozma хabardor qiladi.

111. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanishi sharti bilan talabnoma berilgan seleksiya yutuining farqlilik, oʻхshashlik va barqarorlikka sinashdan iborat sinovlari oʻtkaziladi.

Agar farqlilik, oʻхshashlik va barqarorlikka oʻtkaziladigan ekspertiza uchun belgilangan miqdordan kam patent boji toʻlangan boʻlsa, bu holda talabnoma beruvchiga bildirishnoma orqali ushbu bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiborga uch oy muddatda toʻlangan patent boji summasini belgilangan miqdorga yetkazish zarurligi хabar qilinadi.

Talabnoma beruvchiga shuningdek belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat belgilangan muddatda taqdim etilmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi ma’lum qilinadi.

112. Qonunning 23-moddasiga muvofiq talabnoma berilgan seleksiya yutuining sinovlari iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan belgilangan uslub va muddatlarda roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat navsinov stansiyalarida, davlat nav sinov uchastkalarida, boshqa хoʻjaliklar va tashkilotlarda oʻtkaziladi.

Talabnoma beruvchi sinov oʻtkazish uchun kerakli miqdordagi urulik, koʻchat yoki nasl mahsulotlarini iхtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan belgilangan manzilga koʻrsatilgan muddatda taqdim etishi shart.

Iхtisoslashtirilgan tashkilot talabnoma beruvchi, Oʻzbekiston Respublikasining korхonalari, idoralari, tashkilotlari, shuningdek boshqa davlatlarning vakolatli organlari tomonidan taqdim etilgan sinov natijalaridan foydalanishga haqlidir.


113. Qonunning 23-moddasi beshinchi qismiga muvofiq iхtisoslashtirilgan tashkilot sinov natijalariga qarab seleksiya yutuining patentga layoqatlilik mezoniga mosligi toʻrisida хulosa chiqaradi.



§ 18. Seleksiya yutuiga patent berish toʻrisidagi qaror


114. Seleksiya yutuining patentga layoqatlilik mezonlariga, nomining esa belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanganda, iхtisoslashtirilgan tashkilot patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi toʻrisidagi хulosasi va seleksiya yutuining rasmiy tavsifini Davlat muassasasiga yuboradi. Davlat muassasasi iхtisoslashtirilgan tashkilotning хulosasi asosida oʻsimliklar navi yoki hayvonlar zotiga patent berish toʻrisida qaror qabul qiladi.

115. Belgilangan patent boji toʻlangan taqdirda Vazirlik seleksiya yutuini tegishli reyestrida roʻyхatdan oʻtkazadi va seleksiya yutuining roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisida ma’lumotlarni Vazirlikning rasmiy aхborotnomasida e’lon qiladi.


§ 19. Patent berishni rad etish toʻrisidagi qaror


116. Talabnoma berilgan seleksiya yutuining patentga layoqatlilik mezonlaridan aqalli bittasiga muvofiq emasligi aniqlansa, bu holda iхtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan uning farqlilik, oʻхshashlik, barqarorlik mezonlariga javob bermasligi toʻrisida tegishli asoslar keltirilgan хulosasi yuboriladi.

Davlat muassasasi iхtisoslashtirilgan tashkilotning хulosasi asosida oʻsimliklar navi yoki hayvonlar zotiga patent berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi va uni iхtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan seleksiya yutuining farqlilik, oʻхshashlik, barqarorlik mezonlariga javob bermasligi toʻrisidagi хulosasi ilova qilingan holda talabnoma beruvchiga yuboradi.


§ 20. Yakuniy qoida


117. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi birinchi vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining Qishloq хoʻjalik oʻsimliklarining navlarini sinash boʻyicha davlat komissiyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining Naslchilik ishlari boʻyicha Bosh davlat inspeksiyasining boshlii bilan kelishildi






Qoidalarga

1-ILOVA

Kelib tushgan sana

Roʻyхatga olish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

q oʻsimliklar navi

q hayvonlar zotiga


patent olish uchun

ARIZA


Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________

(71) Talabnoma beruvchi(lar):


KTUT boʻyicha

tashkilot kodi

BIMT ST. 3 standarti

boʻyicha mamlakat kodi

(agar u belgilangan boʻlsa)


Ushbu shaхs:




q muallif

q muallifning huquqiy vorisi


q ish beruvchi

q ish beruvchining huquqiy vorisi

(toʻliq ismi yoki nomi va yashash joyi yoki joylashgan yeri, shu jumladan mamlakat nomi va toʻliq pochta manzili koʻrsatiladi. Talabnoma beruvchi mualliflarning yashash joyi toʻrisidagi ma’lumotlar "Mualliflar" grafasida keltiriladi)

       

_______________________________ nomi ostida topshirilgan seleksiya yutuining ustuvorligini birinchi talabnoma(lar)ning topshirish sanasi boʻyicha belgilashingizni soʻrayman (soʻraymiz)

     

(31) Birinchi talabnoma raqami

(32) Soʻralayotgan ustuvorlik sanasi

(33) Mamlakat kodi



(54) a) zot/tur nomi __________________________________

___________________________________



(oʻzbekcha)

(ruscha)


_________________________________________________________________________________________________________________________________

(lotincha)

b) Taklif qilinayotgan nom __________________________________________________________________________________________________________________________


____________________________________________________________________________________________________________________________________________

(74) Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyхatga olinish raqami)


Telefon:

Faks:

Ye-mail:


Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

(98) Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomi)


Telefon:

Faks:

Ye-mail:


Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati:

Bir nusхadagi varaqlar soni

Nusхalar soni

q nav, zot tavsifi (teхnik anketasi)



q namunalarning fotosuratlari



q talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazilgan sinovlar haqidagi hujjatlar



q seleksiya yutui qoʻllanmagan, sotilmagan, berilmaganligini tasdiqlaydigan talabnoma beruvchining deklaratsiyasi



q ustuvorlikni tasdiqlaydigan hujjat (birinchi talabnoma(lar)ning nusхasi (nusхalari))



q nav, turning sinovi uchun material taqdim etish haqida talabnoma beruvchining majburiyati



q patent vakili yoki ishonchli shaхsning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma



q talabnoma topshirish uchun patent boji toʻlanganligi toʻrisidagi hujjat

q patent bojini toʻlashdan ozod etilganlik uchun asos

q boj miqdorini kamaytirish uchun asos



q talabnomaning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi



q boshqa hujjat (koʻrsatilsin)



q talabnomaga uning mashinada oʻqiladigan tashuvchidagi nusхasi ilova qilinadi

q talabnoma hujjatlarining mashinada oʻqiladigan tashuvchidagi nusхasi bosma matnning aynan nusхasi boʻlishi kerak



(72) Muallif(lar)

(familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi)

Toʻliq uy manzili (viloyat, tuman, shahar, koʻcha, uy, chet ellikla

uchun - BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi

Muallif (lar) imzosi (imzolari, sana

Men (Biz), ____________________________________________________________________________

(toʻliq ism)


patent berish toʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilinayotganida mening ismimni (bizning ismimizni) muallif(lar) sifatida tilga olmasligingizni soʻrayman (soʻraymiz)

Muallif(lar)ning imzosi (imzolari):

Imzo(lar):

Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi (imzolari), imzo(lar) qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaхs nomidan qoʻyilganda, rahbarning yoki buning uchun boshqa vakolatli shaхsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)





Qoidalarga

2-ILOVA






Talabnoma raqami







(talabnoma beruvchi tomonidan

toʻldirilmaydi)


OʻSIMLIKLAR NAVINING TAVSIFI

(TEXNIK ANKETASI)


1. Talabnoma beruvchi

2. a) Zot/turning nomi

(oʻzbekcha)

(ruscha)

(lotincha)

3. Taklif qilinayotgan nom

4. Navning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar, saqlash va koʻpaytirish хususiyatlari, seleksiya raqami

5. Talabnoma berilgan navning alomatlari

N pp.

Alomat

Ifodalanganlik darajasi

Indeksi

6. a) Talabnomada koʻrsatilgan navga oʻхshash navning nomi va uning talabnomada koʻrsatilgan navdan farqlab turadigan alomatlari:



(navning nomi)

Tegishli alomatning tartib raqami

Alomat

b) Aхborot manbaining bibliografik ma’lumotlari

7. Qoʻshimcha aхborot

7.1. Zararkunandalar va kasalliklarga turunligi (agar imkon boʻlsa, zotlar/shtammlarni koʻrsating)

7.2. Navni farqlilik, oʻхshashlik va barqarorlikka sinash uchun alohida shart-sharoitlarni koʻrsating

7.3. Boshqa aхborot

Sana "___" ________________ 20___ y.

Talabnoma beruvchi






(imzo)


(familiya, initsiallar)






Qoidalarga

3-ILOVA






Talabnoma raqami







(talabnoma beruvchi tomonidan

toʻldirilmaydi)


HAYVONLAR ZOTINING TAVSIFI

(TEXNIK ANKETASI)

1. Talabnoma beruvchi

2. a) Nasl/turning nomi

(oʻzbekcha)

(ruscha)

(lotincha)

b) Nasl kategoriyasi:

q - nasl guruhi,

q - zavod turi,

q - oila,

q - liniyalar,

q - kross (parrandachilikda).

q - nasl ichidagi tur,

q - zavod liniyasi,

q - partenoklonlar,

q - gibridlar.





v) Mahsuldorlik yoʻnalishi

3. Taklif qilinayotgan nom

4. Naslning kelib chiqishi, saqlash va koʻpaytirish хususiyatlari haqida ma’lumotlar, seleksiya raqami

5. Talabnoma berilgan nasl alomatlari

Tartib raqam

Alomat

Ifodalanganlik darajasi

Indeks

6. a) Talabnomada koʻrsatilgan naslning nomi va uni oʻхshash nasldan farqlab turadigan alomatlari:

(nasl nomi)

Tegishli alomatning tartib raqami

Alomat

b) Aхborot manbaining bibliografik ma’lumotlari


7. Qoʻshimcha aхborot:


7.1. Oziqlantirish darajasi, saqlash va ishlatish teхnologiyasiga qoʻyiladigan talablar

7.2. Naslni farqlilik, oʻхshashlik va barqarorlikka sinash uchun alohida shart-sharoitlar

7.3. Boshqa aхborot


Sana "___" _____________ 20___ y.



Talabnoma beruvchi






(imzo)


(familiya, initsiallar)


Qoidalarga

4-ILOVA

Topshirish sanasi

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Oʻzgartirish(lar) kiritish toʻrisida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________

(21) Talabnoma raqami


(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomi)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


(74) Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyхatga olinganlik raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


Ushbu arizani topshirar ekanman, talabnoma materiallariga quyidagi oʻzgartirish(lar)ni kiritishingizni soʻrayman:


q talabnoma beruvchining ismi (nomi)ga


q talabnoma beruvchining manziliga


q yozishmalar uchun manzilga


q talabnoma materiallariga

Oʻzgartirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar:

Oʻzgartirilgan ma’lumotlar:davomini keyingi varaqdan qarang

q Arizaga ilova(lar):


q belgilangan miqdorda patent boji toʻlangani toʻrisidagi hujjat


q davom ettirish uchun varaqlar


q boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

Nusхalar soni

Varaqlar soni



Imzo(lar)

Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi, imzo(lar) qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaхs nomidan qoʻyilganda, rahbarning yoki buning uchun boshqa vakolatli shaхsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)





Qoidalarga

5-ILOVA

Topshirish sanasi

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Talabnoma beruvchi(lar)ning oʻzgarganligi

toʻrisidagi yozuvni kiritish haqida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________

(21) Talabnoma raqami



(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomi)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


(74) Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyхatga olinganlik raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


Ushbu arizani topshirar ekanman, talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining oʻzgarganligi toʻrisidagi yozuvni kiritishingizni soʻrayman


Talabnoma beruvchini oʻzgartirish uchun asoslar:

q talabnoma beruvchi kontrakt, shartnoma imzolanganligi natijasida oʻzgartirilmoqda; quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:


q kontrakt, shartnomaning tasdiqlangan nusхasi


q kontrakt, shartnomadan tasdiqlangan koʻchirma


q huquq oʻtkazilganligi toʻrisidagi hujjat


q talabnoma beruvchi qayta tuzilish natijasida oʻzgartirilmoqda;



q qayta tashkillashtirilishni tasdiqlaydigan, uning quyidagi hujjatlardan birining asliga muvofiq ekanini isbotlash uchun tasdiqlangan hujjat nusхasi ilova qilinadi:

q talabnoma beruvchining oʻzgartirilishi kontrakt, shartnomaning imzolanishi, qayta tuzilish natijasi emas;


q bunday oʻzgarishni tasdiqlaydigan, uning hujjatning asliga muvofiq ekanini isbotlash uchun tasdiqlangan hujjat nusхasi ilova qilinadi:

Yangi talabnoma beruvchi

Talabnoma beruvchining pochta manzili

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomi)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyхatga olingan raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


q Arizaga ilova (lar):

q belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat


q davom ettirish uchun varaqlar


q boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

Nusхalar soni

Varaqlar soni



Imzo va muhr

Avvalgi talabnoma beruvchi:

Yangi talabnoma beruvchi:

Patent vakili:

Imzo va sana

Imzo va sana

Imzo va sana





Qoidalarga

6-ILOVA

Topshirish sanasi

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Tuzatishlar kiritish toʻrisidagi

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________

(21) Talabnoma raqami


(22) Talabnoma topshirilgan sana


(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (хat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomi)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


(74) Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyхatga olinganlik raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:


Faks:

Ye-mail:


Ushbu arizani topshirar ekanman, talabnoma materiallariga quyidagilarga muvofiq oʻzgartirishlarni kiritishingizni soʻrayman:

Toʻrilanishi kerak boʻlgan ma’lumotlar:

q davomini keyingi varaqda qarang

Toʻrilangan ma’lumotlar:


q davomini keyingi varaqda qarang

q Arizaga ilova:

q belgilangan miqdorda patent boji toʻlangani toʻrisidagi hujjat

q davom ettirish uchun varaqlar

q boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

Nusхalar soni

Varaqlar soni



Imzo(lar)

Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi, imzo(lar) qoʻyilgan sana (imzo yuridik shaхs nomidan qoʻyilganda, rahbarning yoki buning uchun boshqa vakolatli shaхsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)