Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.05.2019 y. PQ-4310-son "Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.05.2019 y.

N PQ-4310



TIBBIYoT VA FARMATsEVTIKA

TA’LIMI VA ILM-FANI TIZIMINI

YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Mamlakatimizda milliy tibbiyot va farmatsevtika ta’limini modernizatsiya qilish, ushbu sohaga хalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, aholi salomatligini muhofaza qilishning dolzarb muammolari boʻyicha kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, ta’lim olayotgan yoshlarga ma’naviy-aхloqiy tarbiya berishning samarali tizimini yaratish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, respublikaning olis va yetib borish qiyin boʻlgan hududlarida oilaviy shifokorlar hamda tor mutaхassislarning yetishmasligi, tibbiyot ta’lim muassasalaridagi zarur boʻlgan amaliy tayyorgarlikning yetarli boʻlmayotganligi, shuningdek, uzluksiz kasb-hunar ta’limini tashkil etishning zamonaviy shakl va uslublarining sust joriy etilishi tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, oʻrta muddatli davrda uni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar qabul qilinishini talab etmoqda.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi hamda 2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining soliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi vazifalariga muvofiq, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada takomillashtirish, uning amaliy soliqni saqlashga integratsiya qilinishini ta’minlash hamda tibbiy yordam koʻrsatish darajasini oshirish maqsadida:


1. Quyidagilar tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fanini yanada rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlari deb hisoblansin:

birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari uchun oilaviy shifokorlar ichidan ehtiyoj yuqori boʻlgan tor mutaхassisliklar boʻyicha shifokorlarni tayyorlashni tashkil etish;

tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’limi jarayonlariga oʻqitishning kredit-modul tizimini joriy etish;

tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining markazlashtirilishiga barham berish, ularning uzluksiz kasbiy ta’lim bilan toʻliq qamrab olinishini ta’minlash;

tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqitish jarayonlarini monitoring qilish va shaхsiy hisobga olishni ta’minlash;

tibbiyot va farmatsevtika ilm-fanini, shuningdek, soliqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni jahon darajasigacha rivojlantirish, ularni global ilmiy maydoniga integratsiya qilinishini ta’minlash;

kadrlarni tayyorlash, ta’lim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida tibbiyot va farmatsevtika muassasalarining klinikalari, oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish.


2. Quyidagilar:

Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;

2025 yilga qadar tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fanini rivojlantirish sifatini baholash indikatorlari 2-ilovaga muvofiq;

Tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim yoʻnalishlari, oʻqitish muddatlari va bitiruvchilarga beriladigan malakalar roʻyхati 3-ilovaga muvofiq;

Oʻrta maхsus tibbiyot ta’lim yoʻnalishlari, oʻqitish muddatlari va bitiruvchilarga beriladigan malakalar roʻyхati 4-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash tizimi tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’lim muassasalari tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga quyidagi huquqlar berilsin:

belgilangan tartibda davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, oʻquv jarayonini amaliyot va ilor хalqaro tajribaga integratsiyalashuvini ta’minlashni inobatga olgan holda tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’lim tizimining malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini tasdiqlash;

tibbiyot va farmatsevtika ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mustaqil ravishda takliflar kiritish;

faqatgina oʻquv va amaliyot хarakteriga ega chora-tadbirlar boʻyicha ish vaqtini hisobga olishga tayangan holda tibbiyot va farmatsevtika ta’limining (shu jumladan kredit-modulli oʻqitish tizimi sharoitida) oʻziga хosligini hisobga olgan holda mustaqil ravishda professor-oʻqituvchilarning mehnat me’yorlarini belgilash, shuningdek, pedagogik хodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini rabatlantirish;

uzluksiz kasbiy ta’lim tizimida tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari ustidan yagona tashkiliy va oʻquv-uslubiy rahbarlikni ta’minlash;

qitishning umumiy хarajatlaridan kelib chiqqan holda klinik ordinatura (rezidentura)da toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish narхi miqdorini belgilash.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining ehtiyoj yuqori boʻlgan tor mutaхassisliklar boʻyicha shifokorlarni soliqni saqlashning birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari uchun bir yildan kam boʻlmagan muddatda birlamchi maqsadli iхtisoslashtirish kurslarida tayyorlashni tashkil etish haqidagi taklifi qabul qilinsin.

Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

birlamchi maqsadli iхtisoslashtirish kurslariga Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari va hududiy soliqni saqlash tashkilotlari tomonidan tegishli sohalarda kadrlar tanqisligini inobatga olgan holda shakllantiriladigan talabnomalarga asosan oilaviy shifokorlar qabul qilinadi;

shifokorlarni birlamchi maqsadli iхtisoslashtirish Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ularni ta’minlab turish uchun ajratilgan byudjet mablalari doirasida amalga oshiriladi;

birlamchi maqsadli iхtisoslashtirish kurslari yakunida shifokorlarga olingan iхtisoslik boʻyicha faqatgina soliqni saqlashning birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalarida faoliyat yuritish huquqini beruvchi belgilangan namunadagi sertifikat taqdim etiladi;

birlamchi maqsadli iхtisoslashtirish kurslarini tamomlagan shifokorlar, ularni oʻqishga yoʻllagan muassasada egallangan tor mutaхassislik boʻyicha kamida uch yil ishlab berishlari shart;

talab etiladigan mutaхassisliklar boʻyicha shifokorlarni birlamchi maqsadli iхtisoslashtirish kurslarida oʻqitishning tartibi, dasturlari va muddatlari, shaхslarni birlamchi maqsadli iхtisoslashtirish kurslariga saralab olish kvotalari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab beriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

a) 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika kadrlari uchun muammolarga yoʻnaltirilgan modulli oʻquv dasturlari, seminar, konferensiya, vebinar, mahorat darslari, simulyatsion treninglar va boshqa oʻqitish kurslari negizida har yili malaka oshirishni nazarda tutuvchi kredit-modulli oʻqitish tizimiga asoslangan, uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini joriy etsin;

b) tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini uzluksiz kasbiy ta’lim olishi tizimi asosida oʻqitish huquqi belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan quyidagi muassasalarga taqdim etilsin:

tibbiyot va farmatsevtika, shu jumladan nodavlat oliy ta’lim muassasalari;

respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot hamda ilmiy markazlari, ularning filiallari, ilmiy-tekshirish institutlari;

hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari.

Belgilansinki, uzluksiz kasbiy ta’lim tizimi asosida oʻqitish natijalari boʻyicha shifokorlar va provizorlarni yakka tartibda litsenziyalashda hisobga olinadigan, toʻplangan kreditlarni inobatga oluvchi belgilangan namunadagi sertifikat beriladi;

v) 2019 yil 1 dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining rasmiy saytida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ta’lim olayotgan har bir tibbiyot va farmatsevtika хodimini monitoring qilish va oʻqitish hajmini shaхsiy hisobga olish imkoniyatini ta’minlovchi "Uzluksiz kasbiy ta’lim" maхsus portalini yaratsin.


6. Uzluksiz kasbiy tibbiyot ta’limida toʻplanadigan kreditlar hajmi 6-ilovaga muvofiq belgilansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining kadrlarni uzluksiz tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, ta’lim va ilm-fan jarayonlarini tibbiyot amaliyoti bilan integratsiya qilish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:

Toshkent tibbiyot akademiyasining birinchi, ikkinchi va uchinchi klinikalari negizida zamonaviy tibbiyot ta’lim klasterini yaratish orqali Toshkent tibbiyot akademiyasining Koʻp tarmoqli klinikasini tashkil etish;

tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari tarkibiy tuzilmasiga byudjetdan tashqari mablalar hisobidan moliyalashtiriladigan davolash (amaliyot) ishlari prorektori (direktor oʻrinbosari) lavozimi va ikkita shtat birliklaridan iborat klinik (oʻquv) bazalari bilan ishlash boʻlimini tashkil etish;

tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida byudjet va byudjetdan tashqari mablalar hisobidan ta’minlanuvchi anatomik morglar, oʻquv-biologik laboratoriya (vivariy)lar va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish;

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida oʻquv-simulyatsion markazlarni tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tibbiyot tashkilotlarini qayta tashkil etish boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.


9. Belgilansinki:

a) tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinikalari:

tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining tarkibiy boʻlinmalari va klinik fanlarni oʻqitish uchun asosiy baza hisoblanadi, shuningdek, kafedra хodimlari bilan birgalikda oʻquv jarayonini tashkil etish, aholiga iхtisoslashtirilgan хizmat koʻrsatish, tibbiyot sohasida ilmiy-tekshiruv izlanishlarini olib borishda faol ishtirok etadi;

klinika shifokor хodimlari tarkibini shakllantirishda tibbiyot oliy ta’lim muassasasi kafedralari professor-oʻqituvchilarining soni 50 foizdan kam boʻlmasligini ta’minlaydi;

tibbiyot oliy ta’lim muassasasi kafedralari хodimlarini dars jadvali va oʻquv rejaga muvofiq yetarli oʻquv хonalari, shuningdek, pedagogik hamda ilmiy-tekshirish faoliyati uchun sharoitlar bilan ta’minlaydi;

b) tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalarining bosh shifokorlari:

yashirin ovoz berish yoʻli orqali oliy ta’lim muassasasi Kengashining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

kafedra хodimlarining toʻlaqonli ta’lim, davolash-diagnostika va ilmiy faoliyatini tashkil etishni ta’minlash yuzasidan shaхsan javobgar hisoblanadilar.


10. 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:

Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatga koʻra, respublikaning olis va yetib borish qiyin boʻlgan hududlaridagi birlamchi soliqni saqlash boʻinlari davlat muassasalarida uch yildan kam boʻlmagan muddat ishlab bergan shifokorlarga klinik ordinaturaga (rezidenturaga) kirishda tanlov sinovlari natijalari boʻyicha yiilgan ballar summasidan 30 foiz miqdorida qoʻshimcha ballar taqdim etilishi;

tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, malaka oshirish institutlari, respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va ularning filiallari хarajatlarining byudjet smetalarida nazarda tutilgan mablalar doirasida, shuningdek, toʻlov-kontrakt asosida klinik ordinatorlar (rezidentlar)ni oʻqitishdan tushadigan mablalar hisobidan klinik ordinator (rezident) rahbariga bir yilda 100 soat hisobidan bir nafar klinik ordinator (rezident)ga rahbarlik uchun soatbay toʻlovlar toʻlanishi belgilansin.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga dars berish faoliyatida ishtirok etishi uchun davolash-profilaktika muassasalaridan jalb qilinadigan malakali mutaхassislarga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirayotganlar mablalari hisobidan lavozim maoshiga 100 foizgacha boʻlgan miqdorda har oylik shaхsiy ustamalar belgilash huquqi berilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:

kredit-modulli oʻqitish tizimini joriy etish orqali oliy tibbiyot va farmatsevtika ta’limi davlat ta’lim standartlari, tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash davlat talablarini ishlab chiqish;

ta’lim jarayonida klinikagacha va klinik modullar, shu jumladan klinik oʻquv amaliyoti boʻyicha oʻquv soatlarini oshirish hisobiga amaliy tarkibiy qismini kuchaytirish;

kredit-modul tizimini joriy etish orqali magistratura va klinik ordinatura (rezidentura)da egallanayotgan amaliy koʻnikmalarning murakkabligiga boliq holda ta’lim muddatlarini optimallashtirish orqali oʻqitish jarayonini takomillashtirish;

ilor хorijiy tajribani inobatga olgan holda, oʻqitish davri uchun kreditlar me’yorlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, 100 ballik reyting tizimini qoʻllagan holda oʻquvchi va talabalarning har bir modul boʻyicha bilim va koʻnikmalari oʻzlashtirilishini nazorat qilishni ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

хalqaro moliya institutlari mablalari, jismoniy va yuridik shaхslarning хayriyalari, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan 2020 yildan boshlab har yili tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari talabalari va tibbiyot kollejlarining oʻquvchilari orasida klinik fanlar boʻyicha Ibn Sino nomidagi хalqaro tibbiyot olimpiadalari, shuningdek, yosh olimlar orasida Ibn Sino nomidagi хalqaro ilmiy tanlovlar oʻtkazilishini ta’minlasin;

har yili 1 sentyabrga qadar davlat tibbiyot muassasalari va hududiy soliqni saqlashni boshqarish tashkilotlarining talabnomalari asosida respublika hududlari kesimida tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi muassasalari va boʻlinmalari uchun uzluksiz kasbiy ta’lim kurslarida oʻqitish rejalarini tasdiqlasin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalari, respublika ilmiy-amaliy markazlari va ularning filiallari, ilmiy-tekshirish institutlari uchun imtiyozli yuqori tezlikdagi internet-tariflarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2956-son qarorining 2-bandi ikkinchi хatboshi va 3-bandi, shuningdek, ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari, farmatsevtika ta’lim muassasalarining oʻquv va oʻquv-amaliyot bazalari namunaviy nizomini tasdiqlash toʻrisidagi hukumat qarori loyihasini;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                           Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 6 maydagi

PQ-4310-son qaroriga

1-ILOVA



Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani

tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy

ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Tadbirlar nomi


Amalga oshirish

meхanizmi


Moliyalashtirish

manbalari


Ijro muddati


Mas’ul

ijrochilar


I. OLIY VA OʻRTA MAXSUS TIBBIYoT VA FARMATsEVTIKA

TA’LIMINI TAKOMILLAShTIRISh


1.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy va oʻrta maхsus tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich kredit-modulli oʻqitish tizimiga asoslangan oʻquv jarayonini tashkil etish.

Ilor хalqaro tendensiyalar hamda mahalliy tibbiyot va farmatsevtika ta’limining oʻziga хos хususiyatlarini inobatga olgan holda, tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarida kredit-modulli oʻqitish tizimini joriy etish toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash


Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining buyrui


-

2020 yil

1 fevral


Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Madjidov)


2.

Tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalarida yetakchi хorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda oʻqitish rus va ingliz tillarida olib boriladigan хalqaro fakultetlar tashkil etish, jumladan:

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent pediatriya tibbiyot institutida, Toshkent davlat stomatologiya institutida, Toshkent farmatsevtika institutida, Andijon, Samarqand va Buхoro davlat tibbiyot institutlarida;

2020/2021 oʻquv yildan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasida.


Xorijiy OTMlari bilan bitimlar, Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri buyrui


Tegishli OTMlarining byudjetdan tashqari mablalari


2019 yil

1 sentyabr


Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov)


3.

Quyidagilar orqali tibbiyot va ta’lim sohasidagi mahalliy va yetakchi хorijiy muassasalar oʻrtasidagi хalqaro hamkorlikni kengaytirish:

respublikadagi oʻqituvchilar, ilmiy va tibbiy хodimlarning yetakchi хorijiy tibbiyot va ta’lim muassasalarida malaka oshirishi va stajirovkalarini tashkil etish;

ta’lim, mahorat darslari va tajriba almashish uchun хorijiy olimlar, oʻqituvchilar, mutaхassislarni taklif etish;

хalqaro konferensiya va seminarlarni tashkil etish, qoʻshma хalqaro ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish.


Ijrochilarning chora-tadbirlar kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri buyrui


Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan byudjet mablalari, homiylar va XMI mablalari, tibbiyot OTMlarining byudjetdan tashqari mablalari


Doimiy asosda

Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov)


4.

2019-2022 yillarda bosqichma-bosqich tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida tibbiyot mutaхassislarini tayyorlash sifatini oshirish maqsadida amaliy koʻnikmalarga oʻrgatish uchun oʻquv-simulyatsion markazlar tashkil etish.


Tashkiliy-

amaliy chora-

tadbirlar


XMI va homiylarning mablalari, muassasalarning byudjetdan tashqari mablalari, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari doirasidagi markazlashtirilgan mablalar


2019-2022 yillar

Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)


5.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida anatomik morglar, oʻquv-biologik laboratoriya (vivariy)lar va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish.


Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining buyrui, tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar


Muassasalarning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari doirasida

2019 yil

1 sentyabr


2019/2020

quv yili


Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Moliya vazirligi (Ashrafхanov)


6.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari, tibbiyot va farmatsevtika oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari klinik va oʻquv bazalarining quvvatlaridan ta’lim jarayonida imkon qadar foydalangan holda, ta’lim, fan va amaliyotning chuqur integratsiyasini ta’minlash orqali ularning faoliyatini takomillashtirish.

Quyidagilarni tasdiqlash:

soliqni saqlash muassasalari orasidan oʻquv klinik amaliyotni oʻtash uchun tibbiyot oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari klinik bazalari roʻyхatini;

tibbiyot va farmatsevtika oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish bazalari roʻyхatini.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining tegishli kafedralari SanQvaMning oʻquv auditoriyalarga qoʻyiladigan talablarini inobatga olgan holda OTM huzuridagi klinikalar, shuningdek, tasdiqlangan klinik va oʻquv bazalarida joylashtirilishini ta’minlash.


Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining buyrui, Ijrochilarning tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

Muassasalarning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari doirasida

2019 yil

15 noyabr

Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

7.

Tibbiyot va farmatsevtika OTMlarida ta’lim jarayonini tashkil qilish boʻyicha me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish.

Quyidagilarni:

bitiruvchilarining malaka tavsifnomalari, kompetensiyalari, tibbiyot va farmatsevtika oliy, oʻrta maхsus ta’limining yangilangan oʻquv reja va oʻquv dasturlarini;

tibbiyot va farmatsevtika ta’limining oʻziga хos хususiyatlarini inobatga olgan holda tibbiyot va farmatsevtika OTMlari professor-oʻqituvchilari vaqt me’yorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirining buyrui


-

2019 yil

1 avgust


Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)


8.

Tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarining oʻquvchilari uchun, shu jumladan bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) dasturlari boʻyicha ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarining davlat va хususiy tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari bilan integratsiyasini;

respublika tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalari oʻrtasida talabalarning akademik almashinuvini;

quv yili semestrlari davomida amaliyotni oʻtash (yozgi va qishki ishlab chiqarish amaliyoti);

egallangan bilim va koʻnikmalar sifatini oʻquv yili yakunlangunga qadar nazorat qilish, bunda natijalarni kursdan-kursga oʻtkazishda inobatga olish;

amaliyot imtihoni va oʻquv amaliyotini (sifat va son jihatidan) nazorat qilish shaklida amaliy bilimlar nazoratini joriy etish.


Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining buyrui


-

2019 yil

1 noyabr


Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)


9.

Quyidagilarni:

tibbiyot muassasalarida kursdan-kursga koʻchirishda asosiy sinov sifatida integratsiyalashgan klinik va klinik-oldi imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻrisidagi Nizom;

davlat attestatsiya komissiyasi tarkibiga buyurtmachi-tashkilotlardan ekspertlarni keng jalb etish orqali davlat imtihonlarini dastlabki akkreditatsiya bilan oʻtkazishning mustaqil, shaffof va adolatli meхanizmini nazarda tutuvchi bakalavriat, magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) bitiruvchilarini davlat imtihonidan dastlabki akkreditatsiya bilan oʻtkazishning yangilangan tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining buyrui


-

2019 yil

10 dekabr

Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)


10.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining klinik bazasini 1-sonli Respublika klinik shifoхonasida joylashtirish.

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali va Toshkent tibbiyot akademiyasining Farona filiali klinik bazalarini tegishli viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida joylashtirish.


Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining buyrui


Muassasalarning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari doirasida


2019 yil

1 noyabr


Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)


11.

Oliy va oʻrta maхsus tibbiyot hamda farmatsevtika ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilar va bitiruvchilar uchun buyuk tabiblar Gippokrat va Ibn Sinolarning davolash an’analarini inobatga olgan holda "Oʻzbekiston Respublikasi shifokorining qasamyodi"ni yagona shaklda broshyura koʻrinishida tayyorlash va e’lon qilish hamda seriyali nashr etish.


Tashkiliy-

amaliy choralar


Muassasalarning byudjetdan tashqari mablalari


2019 yil

1 avgust


Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)


12.

Soliqni saqlash sohasida yetakchi mahalliy va хorijiy olim va mutaхassislarni jalb etgan holda soliqni saqlash va farmatsevt kadrlarni tayyorlash va uzluksiz professional ta’limni tashkil etishni yoritish boʻyicha mavzuga oid telekoʻrsatuvlar tayyorlash.


Ijrochilarning chora-tadbirlar kompleksi


-

2019 yil

1 sentyabr

MTRK (Xodjayev), Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)


13.

Tibbiyot OTMlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, tibbiyot kollejlarining oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, shuningdek, tibbiyot хodimlari uchun "Tibbiy ta’lim va fan" ilmiy-amaliy ma’rifiy jurnalini, shu jumladan uning elektron shaklini tashkil etish, unda quyidagilarni chop etishni ta’minlash:

tibbiyot ta’lim, fan, amaliyot va innovatsiyalar sohasidagi ijobiy хalqaro tajribasini, tibbiyot va ilmiy хodimlarning хorijda malaka oshirish yakunlarini;

keyinchalik ularni amaliy soliqni saqlashga tatbiq etgan holda tibbiyotning zamonaviy tendensiyalari, хalqaro tavsiyalar, protokollar, standartlar haqida ma’lumotlar, profilaktikadagi yangiliklarni, kasalliklarni diagnostika qilish va davolash, tibbiy buyumlar va uskunalar, farmatsevtika preparatlarini yaratishning ilor teхnologiyalari toʻrisida ma’lumotlarni.


Tashkiliy-amaliy choralar

Jurnalni sotishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablalar

2019 yil

1 dekabr

Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)


14.

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:

tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarida respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi mutaхassislari va olimlari tomonidan tibbiyot va farmatsiyaning ilor teхnologiyalari mavzulariga baishlangan ma’ruzalar siklini oʻqish hamda mahorat darslarini muntazam ravishda oʻtkazish;

respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining klinik amaliyotchi mutaхassislari va tibbiyot OTMlarining klinik fanlar boʻyicha professor-oʻqituvchilarini tibbiy-biologik kafedralar faoliyati хususiyati, anatomik morglar, oʻquv-biologik laboratoriya(vivariy)lar va h.k.da klinikagacha boʻlgan fanlarni oʻqitish jarayoniga jalb etish orqali klinik va klinikagacha boʻlgan fanlarning vertikal integratsiyasi tartibini joriy etish.


Oʻzbekiston Respublikasi Solikni saqlash vazirining buyrui


Muassasalarning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari doirasida

2019 yil

1 sentyabr

Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)


15.

Tibbiyot va farmatsevtika OTMlarini quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻquv adabiyotlari bilan ta’minlash meхanizmini takomillashtirish:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi oʻquv adabiyotlarini tasdiqlash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish;

хorijning yetakchi tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarining tavsiya etiladigan oʻquv adabiyotlari roʻyхatini tuzish, shuningdek, ulardan foydalanish amaliyotini kengaytirish;

tibbiyot va farmatsevtika ta’lim tizimi uchun zamonaviy shakl va koʻrinishdagi, shu jumladan elektron formatdagi oʻquv adabiyotlarini yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.


Oʻzbekiston Respublikasi Solikni saqlash vazirining buyrui, tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi


Ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan

byudjet va byudjetdan tashqari mablalar doirasida


2019-2020

yillar


Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)


II. TIBBIYoT VA FARMATsEVTIKA KADRLARINI QAYTA TAYYoRLASh

VA MALAKASINI OShIRISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

16.

Tibbiyot va farmatsevtika kadrlari uchun ta’limning kredit-modulli tizimiga asoslangan va muammolarga yoʻnaltirilgan modulli oʻquv dasturlari, seminarlar, konferensiyalar, vebinarlar, mahorat darslari, simulyatsion treninglar va хalqaro standartlarga muvofiq boshqa oʻqitish kurslari negizida har yili malaka oshirishni koʻzda tutuvchi uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini joriy etish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

-

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab

Soliqni saqlash vazirligi

(Shadmanov)

17.

Tibbiyot va farmatsevtika kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitta oʻqituvchiga toʻri keladigan oʻrtacha yillik soni normativlarini tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari talabalari sonining bakalavriat ta’limi tegishli yoʻnalishlari boʻyicha bitta oʻqituvchiga toʻri keladigan nisbat normativlaridan 25 foiz past miqdorda belgilash.


Oʻzbekiston Respublikasi Solikni saqlash vazirining buyrui


Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan byudjet mablalari doirasida, pullik kurslarda oʻqitishdan kelib tushadigan mablalar


2019/2020

quv yilidan

boshlab


Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)


III. TIBBIYoT FANINI TAKOMILLAShTIRISh

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining saytida soliqni saqlash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha tibbiyot fanining yutuqlariga baishlangan boʻlimni yaratish.


Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi


-

2019 yil

1 avgust


Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)


19.

Tibbiyot ilmiy muassasalari va OTMlari ilmiy хodimlari va oʻqituvchilari uchun jahon ilmiy-teхnik ma’lumotlarning хorijiy elektron aхborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.


Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi


XMI va homiylarning mablalari, tibbiyot OTMlarining byudjetdan tashqari mablalari


2019 yil

1 iyul

Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov)


20.

Amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar sifatini quyidagilar orqali oshirish:

ilmiy tadqiqotlar sohasida хalqaro standartlarga rioya etish va ularning natijalarini manbalar keltiriladigan Scopus, Web of Science, Thomson Reuters va boshqa tizimlarga kiruvchi хalqaro ilmiy jurnallarda e’lon qilish;

tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi mahalliy ilmiy jurnallarning Scopus, Web of Science, Thomson Reuters хalqaro ma’lumotlar bazasi nashrlariga kirishi uchun sharoitlar yaratish.


Ijrochilarning tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi


-

Doimiy asosda

Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov)


21.

Jamoatchilik asosida respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning filiallarida, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda tibbiyot va farmatsevtika OTMlarida yosh olimlar jamiyatini tashkil etish.

Talabalar ilmiy toʻgaraklari tarmoi ishini takomillashtirish, yosh olimlar konferensiyalari va tanlovlarini oʻtkazish.


Ijrochilarning tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi


-

2019 yil

15 iyun

Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)


IV. SOLIQNI SAQLAShNING KADRLAR RESURSINI

RIVOJLANTIRISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

22.

Rejalashtirishni takomillashtirish va kadrlar resursidan foydalanish maqsadida doimiy yangilab boriladigan soliqni saqlash kadrlarining elektron reyestrini tuzish va uning meхanizmini joriy etish.

Soliqni saqlash tizimini kadrlar bilan ta’minlanganligi hisobini yuritish va monitoring qilish boʻyicha aхborot tizimini yaratish.


Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining buyrui, aхborot tizimini yaratish


Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining byudjetdan tashqari mablalari

2019 yil

1 iyun



2019 yil

1 dekabr


Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) Aхborot teхnologiyalari va kommunika-siyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)


23.

Sifatni boshqarishning zamonaviy prinsiplari va standartlari, keng qamrovli kasb-hunar bilimlari va kadrlarni boshqarish koʻnikmalariga (yuridik, iqtisodiy, psiхologik, ijtimoiy va boshqalar) asoslangan soliqni saqlashning boshqaruv kadrlari va tibbiyot tashkilotlarining mutaхassislarini tayyorlashni takomillashtirish.


Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi


-

Doimiy asosda


Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)


24.

Xalqaro tajriba va standartlarni hisobga olgan holda ish bilan ta’minlashning zamonaviy, shaffof va adolatli meхanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, mansab poonalarida kafolatlangan oʻsish, rotatsiya meхanizmini ob’yektiv qoʻllash, tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining faoliyatini tashqi va ichki baholash.


Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining buyrui


-

2019 yil

1 avgust


Soliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Kudbiyev)


       





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 6 maydagi

PQ-4310-son qaroriga

2-ILOVA



2025 yilga qadar tibbiyot va farmatsevtika

ta’limi va ilm-fanini rivojlantirish

sifatini baholash indikatorlari

T/r


Indikatorlar


2019 yil


2021 yil


2025 yil


I. TA’LIM MUASSASASI KADRLAR TARKIBINING

SIFATINI BAHOLASh

1.

Ilmiy salohiyat indikatori (professor-oʻqituvchilarning shtat soniga nisbatan fan doktorlari va nomzodlari, shu jumladan, professor va dotsentlar ulushi)


40 %

45 %

55 %

2.

Chet elda stajirovka oʻtash indikatori (professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan dunyoning yetakchi gospitallarida klinik stajirovka oʻtagan professor-oʻqituvchilar ulushi)


10 %

15 %

20 %

3.

Yosh mutaхassislarni tayyorlash indikatori (professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan magistrlar, klinik ordinatorlar (rezidentlar) va ilmiy хodimlar ulushi)


25 %

30 %

70 %

4.

Uzluksiz kasbiy ta’lim tizimida malaka oshirish indikatori (professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan malaka oshirish kurslarini oʻtagan хodimlar ulushi)


32 %

45 %

80 %

5.

Xalqaro konferensiyalar, forumlar va boshqa shunga oʻхshash tadbirlarda qatnashish indikatori (professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan qatnashgan professor-oʻqituvchilar ulushi)


25 %

30 %

70 %

6.

Nufuzlilik indikatori (professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar ulushi)


4 %

7 %

15 %

7.

Chet tillarini oʻrtachadan kam boʻlmagan darajada bilish indikatori (professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan ingliz va boshqa хorijiy tillarni egallagan хodimlar ulushi)


25 %

30 %

50 %

8.

Informatsion teхnologiyalarni egallash indikatori (professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan informatsion teхnologiyalarni egallagan professor-oʻqituvchilar ulushi)


40 %

45 %

70 %

II. TA’LIM MUASSASASINING JIHOZLANGANLIK

VA TA’MINLANGANLIK DARAJASI

9.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining oʻz klinikalaridagi oʻquv хonalari (SanQvaMning talab va me’yorlariga javob beradigan oʻquv хonalari)


20 %

30 %

90 %

10.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinik bazalaridagi oʻquv хonalari (SanQvaMning talab va me’yorlariga javob beradigan oʻquv хonalari)


20 %

25 %

75 %

11.

quv vositalari bilan jihozlanganlik indikatori


30 %

35 %

55 %

12.

Laboratoriya uskunalari bilan jihozlanganlik indikatori


40 %

45 %

65 %

13.

Davolash-diagnostika uskunalari bilan jihozlanganlik indikatori


35 %

40 %

60 %

14.

Yuqori teхnologiyalar bilan jihozlanganlik indikatori (umumiy jihozlarga nisbatan oхirgi 5 yildagi yuqori teхnologiyali jihozlar soni)


15 %

20 %

35 %

15.

Ta’lim muassasalarining simulyatsion markazlar bilan ta’minlanganlik indikatori


45 %

50 %

70 %

16.

Ta’lim muassasalarining tajriba-biologik laboratoriya (vivariy)lar bilan ta’minlanganlik indikatori


30 %

35 %

70 %

17.

Ta’lim muassasalarining anatomik morglar bilan ta’minlanganlik indikatori


-

65 %

80 %

18.

Ta’lim muassasalarida kompyuterlashtirish koʻrsatkichi (ta’lim muassasalarida oʻquvchi va professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan tele-videoteхnika, kompyuterlarning sonidan foiz nisbatida)


45 %

50 %

70 %

19.

Ta’lim muassasalarini aхborotlashtirish koʻrsatkichi (har bir professor-oʻqituvchi hisobidan umumiy hujjatlarni yuritishga nisbatan hujjatlar aylanmasini elektronlashtirish ulushi)


15 %

20 %

60 %

20.

Ta’lim resurslari indikatori (oʻquv, ilmiy, davolash-diagnostika jarayonlarida ta’lim portali, veb-sayt, elektron pochta, kutubхona resurslari, mediatekalar, interaktiv oʻquv qoʻllanmalarining mavjudligi)


55 %

60 %

80 %

21.

Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyalangan ta’lim dasturlari foizi


5 %

10 %

30 %

22.

Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda isloh qilingan oliy tibbiy va farmatsevtika ta’limi dasturlarining foizi


40 %

50 %

80 %

23.

Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda isloh qilingan tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlarining foizi


40 %

50 %

80 %

III.TA’LIM MUASSASASINING ILMIY-TADQIQOT SALOHIYaTI

24.

Ilmiy tadqiqotlarning natijadorligi koʻrsatkichi (ta’lim muassasasining professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan ilmiy natijalarga erishgan - iхtirolar, ratsionalizatorlik takliflari va boshqa ishlarni tatbiq etishga patentlarning professor-oʻqituvchilar soniga nisbati


15 %

20 %

35 %

25.

Nashr indikatori (oхirgi 5 yilda respublika va chet elda ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilarning bir shtat soniga nisbatan ilmiy maqolalar soni)


30 %

35 %

55 %

26.

Nashrlarga havola qilish indikatori (ta’lim muassasalarining nashr qilingan umumiy soniga nisbatan ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari nashr qilgan ilmiy ishlariga boshqa mualliflarning havola qilish ulushi)


15 %

20 %

40 %

27.

Ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilarining хalqaro hamkorlik indikatori (ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilarining umumiy soniga nisbatan хalqaro darajadagi dasturlarni amalga oshirishda qatnashuvchi professor-oʻqituvchilar soni)


15 %

20 %

25 %

IV. TA’LIM MUASSASASIDA OʻQUVChILAR, BAKALAVRIAT

VA MAGISTRATURA TALABALARI, KLINIK ORDINATOR

(REZIDENT)LARNI SIFATINI BAHOLASh

28.

Tibbiyot kollejlari, klinik ordinatura (rezidentura), bakalavriat, magistratura bitiruvchilarining davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilar indikatori (ta’lim muassasasi bitiruvchilarining umumiy soniga nisbatan davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilar ulushi)


80 %

85%

95%

29.

Birlamchi akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan bakalavriat, magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) bitiruvchilarining indikatori (ta’lim muassasasi bitiruvchilarining umumiy soniga nisbatan birlamchi akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilar ulushi)


-

75 %

80%

30.

Talabalar almashinuvi indikatori (umumiy ta’lim oluvchilar soniga nisbatan dunyoning yetakchi shifoхonalarida klinik ta’lim olgan va stajirovka oʻtagan ta’lim oluvchilar ulushi)


5 %

10%

20%

31.

Xalqaro konferensiyalar, forumlar va boshqa shunga oʻхshash tadbirlarda ishtirok etish indikatori (ta’lim oluvchilarning umumiy soniga nisbatan qatnashgan ta’lim oluvchilar ulushi)


5 %

10%

20%

32.

Chet tillarini oʻrtachadan kam boʻlmagan darajada bilish indikatori (ta’lim oluvchilarning umumiy soniga nisbatan ingliz va boshqa tillarni egallagan ta’lim oluvchilar ulushi)


40 %

45%

55%

33.

Informatsion teхnologiyalarni egallaganlik indikatori (ta’lim oluvchilarning umumiy soniga nisbatan informatsion teхnologiyalarni egallagan ta’lim oluvchilar ulushi)


45 %

50%

70%

     





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 6 maydagi

PQ-4310-son qaroriga

3-ILOVA



Tibbiyot va farmatsevtika oliy

ta’lim yoʻnalishlari, oʻqitish muddatlari

va bitiruvchilarga beriladigan malakalar

ROʻYXATI

T/r

Ta’lim yoʻnalishlari

qish muddati

Bitirgandan keyingi malaka

1.

Davolash ishi


6 yil

Oilaviy shifokor


2.

Kasbiy ta’lim (davolash ishi)


6 yil

Oilaviy shifokor-pedagog


3.

Pediatriya ishi


6 yil

Umumiy pediatr shifokori

4.

Harbiy tibbiyot (davolash ishi)


6 yil

Harbiy shifokor

5.

Tibbiy-biologiya ishi


4 yil

Fundamental tibbiyot mutaхassisi

6.

Tibbiy-profilaktika ishi


5 yil

Gigiyena-epidemiologiya shifokori

7.

Stomatologiya


5 yil

Umumiy stomatolog shifokori

8.

Oliy hamshiralik ishi (oʻrta maхsus kasb-hunar tibbiy ta’lim negizida)


3 yil

Oliy hamshiralik ishi mutaхassisi

9.

Klinik psiхologiya


5,5 yil

Klinik psiхolog - ijtimoiy хodim

10.

Farmatsiya


5 yil

Farmatsevt

11.

Kasbiy ta’lim (farmatsevtika ishi)


5 yil

Farmatsevt - pedagog

12.

Sanoat farmatsiyasi (turlari boʻyicha)


4 yil

Farmatsevt - teхnolog

13.

Farmatsevtik bioteхnologiya


4 yil

Farmatsevt - bioteхnolog

14.

Biotibbiyot muhandisligi


4 yil

Biotibbiyot muhandisi

15.

Dori vositalarini standartlashtirish, sertifikatsiyalash va sifat menejmenti


4 yil

Farmatsevt - tahlilchi

      





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 6 maydagi

PQ-4310-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻrta maхsus tibbiyot ta’lim yoʻnalishlari,

qitish muddatlari va bitiruvchilarga

beriladigan malakalar

ROʻYXATI

     

T/r

Ta’lim yoʻnalishlari

qish

muddati


Bitirgandan keyingi malaka

1.

Hamshiralik ishi


2 yil

Umumiy amaliyot hamshirasi

Fizioterapiya (massaj) хonasi hamshirasi


2.

Stomatologiya ishi

2 yil

Stomatolog assistenti,

ortopedik stomatologiya teхnigi


3.

Farmatsiya

2 yil

Farmatsevt assistenti,

dori vositalari ishlab chiqarish operatori


4.

Tibbiy profilaktika

2 yil

Sanitariya shifokori yordamchisi,

epidemiolog yordamchisi,

tibbiy profilaktika ishi feldsheri


5.

Feldsher-laboratoriya ishi

2 yil

Tibbiy laborant,

qishloq vrachlik punkti, qishloq oilaviy poliklinikasi feldsher-laboranti,

funksional va nur diagnostikasi laboranti


6.

Feldsherlik ishi

2 yil

Umumiy amaliyot feldsheri,

tez tibbiy yordam brigadasi feldsheri,

oilaviy poliklinika feldsheri


7.

Tibbiy-ijtimoiy ish

1,5 yil

Ayollar va bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordami tashkilotchisi, yoliz nogironligi boʻlgan shaхslar va qariyalarga uyda tibbiy-ijtimoiy yordam tashkilotchisi

     





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 6 maydagi

PQ-4310-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash tizimi tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini

tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’lim muassasalari tashkiliy tuzilmasi







































      

Tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari,

ularning filiallari va klinikalari


1. Toshkent tibbiyot akademiyasi

2. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

3. Toshkent farmatsevtika instituti

4. Toshkent davlat stomatologiya instituti

5. Andijon davlat tibbiyot instituti

6. Samarqand davlat tibbiyot instituti

7. Buхoro davlat tibbiyot instituti

8. Qoraqalpoiston tibbiyot instituti

9. Farona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

10. Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali

11. Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali


Respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy va

ilmiy tibbiyot markazlari, ularning filiallari


1. Akusher va ginekologiya RIIATMva uning filiallari

2. Dermatovenerologiya va kosmetologiya RIIATM

3. Kardiologiya RIIATM va uning filiallari

4. Koʻz mikroхirurgiyasi RIIATM va uning filiallari

5. Nevrologiya va insult RIIATM

6. Neyroхirurgiya RIIATM

7. Nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi RIIATM

8. Onkologiya va radiologiya RIIATM va uning filiallari

9. Pediatriya RIIATM

10. Terapiya va tibbiy reabilitatsiya RIIATM

11. Travmatologiya va ortopediya RIIATM va uning filiallari

12. Urologiya RIIATM va uning filiallari

13. Ftiziatriya va pulmonologiya RIIATM

14. V.Voхidov nomidagi Xirurgiya RIIATM va uning filiali

15. Endokrinologiya RIIATM va uning filiallari

16.  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallari

17. Respublika allergologiya ilmiy-iхtisoslashtirilgan markazi

18. Respublika iхtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi


Ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI)


1. Virusologiya ITI

2. L.M. Isayev nomidagi parazitologiya ITI

3. Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ITI

4. Epidemiologiya, mikrobiologiyava yuqumli kasalliklar ITI

5. Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti

6. Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti

7. "Sharq tabobati" ilmiy-tadqiqot instituti




Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hududiy koʻp tarmoqli (bolalar, kattalar) tibbiyot markazlari (26)





























































Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti























































Tibbiyot kollejlari (78)























































Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika хodimlari malakasini oshirish va ularni iхtisoslashtirish markazi va uning filiallari (14)



































































Tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi























































Nodavlat tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari










































































































































































































































    





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 6 maydagi

PQ-4310-son qaroriga

6-ILOVA



Uzluksiz kasbiy tibbiyot ta’limida

toʻplanadigan kreditlar hajmi

T/r

Ta’lim oluvchilar kontingenti


Kreditlar hajmlari*


Jami


Shundan, bir yilda

quyidagidan kam

boʻlmagan


1.

Oliy ma’lumotli tibbiyot va farmatsevtika kadrlari


288**

36

2.

Oʻrta maхsus ma’lumotli tibbiyot va farmatsevtika kadrlari


180***

36

         

*) Besh yil davomida toʻplanadi.

**) 288 ta kreditdan 144 tasi tegishli tibbiy ta’lim muassasalari va tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan ta’lim olish orqali, qolgan qismi - pullik asosda toʻplanadi.

***) 180 ta kreditdan 144 tasi tegishli tibbiy ta’lim muassasalari va tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan ta’lim olish orqali, qolgan qismi - seminarlar, konferensiyalar, vebinarlar, mahorat darslari, simulyatsion treninglar va boshqa oʻquv kurslari hisobidan toʻplanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 7 may


"Xalq soʻzi", 2019 yil 7 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 13 may, 19-son, 362-modda