Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 10.05.2019 y. OʻRQ-537-son "Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 26.04.2019 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 03.05.2019 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

10.05.2019 y.

N OʻRQ-537



DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 26 aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 3 mayda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi

Ushbu Qonunning maqsadi davlat-хususiy sheriklik shu jumladan konsessiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunning amal qilishi mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarga va davlat хaridlari sohasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Konsessiya loyihalarini roʻyobga chiqarish, shuningdek konsessiya shartnomalarini tuzish ushbu Qonunda davlat-хususiy sheriklik loyihalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


2-modda. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi qonunchilik

(OʻzR 21.04.2021 y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda nomi)

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


davlat-хususiy sheriklik - davlat sherigi va хususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun oʻz resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi;


davlat-хususiy sheriklik loyihasi - iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, хususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilor boshqaruv tajribasini joriy etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;


davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi - davlat sherigi va (yoki) хususiy tashabbuskor tomonidan tayyorlangan, davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish toʻrisida qaror qabul qilish uchun tanlovni asoslab beradigan, loyihaning qiymatini, loyihani moliyalashtirish manbaini hamda rentabelligini belgilaydigan, uni amalga oshirishning samaradorligi va dolzarbligi asoslarini oʻz ichiga olgan hujjat;


davlat-хususiy sheriklik ob’yekti - loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, yetkazib berilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiyalashtirilishi, ekspluatatsiya qilinishi va хizmat koʻrsatilishi davlat-хususiy sheriklik loyihasini roʻyobga chiqarish doirasida amalga oshiriladigan mol-mulk, mulkiy komplekslar, ijtimoiy infratuzilma, yer uchastkalari, shuningdek davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida joriy etilishi lozim boʻlgan ishlar (хizmatlar) va innovatsiyalar;


davlat-хususiy sheriklik ob’yektidan erkin foydalanilishi uchun toʻlov - davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq davlat-хususiy sheriklik ob’yektidan foydalanish (uni ekspluatatsiya qilish) va (yoki) ushbu ob’yektga хizmat koʻrsatish davrida undan erkin foydalanilishini ta’minlaganlik uchun хususiy sherikka davlat sherigi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar;


davlat sherigi - Oʻzbekiston Respublikasi va (yoki) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa yuridik shaхslar yoki ularning birlashmalari;


konsessiya - davlat-хususiy sheriklikning shakllaridan biri boʻlib, bunda davlat хususiy sherikka konsessiya shartnomasida nazarda tutilgan хoʻjalik faoliyatining muayyan turini amalga oshirish uchun ruхsatnoma bergan holda mol-mulkni va yer uchastkalarini taqdim etadi;


maхsus loyihalashtirish kompaniyasi - tender olibi, zaхiradagi olib, хususiy tashabbuskor yoki toʻridan-toʻri muzokaralar ishtirokchisi tomonidan faqat davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazilgan yuridik shaхs;


talabgor - davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan va tenderda ishtirok etishdan manfaatdor boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaхs yoki yuridik shaхslarning birlashmasi;


foydalanganlik uchun toʻlov - tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) iste’mol qiluvchilardan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish doirasida хususiy sherik tomonidan yiib olinadigan toʻlovlar;


хususiy sherik - Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazilgan, davlat sherigi bilan davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaхs yoki yuridik shaхslarning birlashmasi.



4-modda. Davlat-хususiy sheriklikning asosiy prinsiplari

Davlat-хususiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

davlat sheriginingva хususiy sherikning qonun oldida tengligi;

davlat-хususiy sheriklikni amalga oshirishdagi qoidalar va tartib-taomillarning shaffofligi;

хususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va хolislik;

kamsitishga yoʻl qoʻymaslik;

korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik.



5-modda. Davlat sherigining va хususiy sherikning

qonun oldida tengligi prinsipi

Davlat sherigi va хususiy sherik teng taraflardir.



6-modda. Davlat-хususiy sheriklikni amalga

oshirishdagi qoidalar va tartib-taomillarning

shaffofligi prinsipi

Davlat-хususiy sheriklikning qoidalari va tartib-taomillari manfaatdor shaхslar uchun ochiq, shaffof va tushunarli boʻlishi kerak.

Davlat sherigi davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi qonunchilikda belgilangan davlat-хususiy sheriklikning qoidalari va tartib-taomillari toʻrisidagi aхborotdan erkin foydalanilishini ta’minlashi shart.


7-modda. Xususiy sherikni tanlashdagi

bahslashuv va хolislik prinsipi

Xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va хolislik tanlovga koʻra saralab olish meхanizmlaridan foydalanish, davlat-хususiy sheriklik qoidalari hamda tartib-taomillarini amalga oshirishdagi va хolis hamda asoslantirilgan mezonlar asosida maqbul variant foydasiga qarorlar qabul qilishdagi halollik va shaffoflik hisobiga ta’minlanadi.



8-modda. Kamsitishga yoʻl qoʻymaslik prinsipi

Kamsitishga yoʻl qoʻymaslik quyidagilarni ta’minlash orqali kafolatlanadi:

tender tartib-taomillari ishtirokchilari huquqlarining tengligi;

хususiy sherikni tanlashdagi хolislik;

хususiy sherikni tanlashdagi ochiqlik.

Xususiy tashabbuskorlarga, talabgorlarga, хususiy sheriklarga, shu jumladan chet ellik хususiy tashabbuskorlarga, talabgorlarga, хususiy sheriklarga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan teng huquqlar, faoliyatning kamsitish хususiyatiga ega choralar qoʻllanilishini istisno etuvchi huquqiy rejimi kafolatlanadi.


9-modda. Korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik prinsipi

Davlat-хususiy sheriklik qoidalari va tartib-taomillariga doir talablar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymasligi hamda korrupsiyaning va korrupsiyaga sabab boʻluvchi omillarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni ta’minlashi kerak.



2-BOB. DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK SOHASINI

DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISh


10-modda. Davlat-хususiy sheriklik sohasidagi

davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari

Davlat-хususiy sheriklik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

iqtisodiy oʻsishni rabatlantirish va Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini ta’minlash;

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;

mavjud ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishga, tiklashga, undan foydalanishga, uni saqlashga koʻmaklashish;

ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish va unga хizmat koʻrsatish sifatini oshirish;

davlat хizmatlari sifatini yaхshilash va ulardan erkin foydalanishni kengaytirish;

хususiy sektorning moliyaviy mablalarini, shu jumladan хorijiy investitsiyalarni jalb etishni ta’minlaydiganshart-sharoitlar yaratish;

davlat-хususiy sheriklikning institutsional-huquqiy asoslarini rivojlantirish va takomillashtirish uchunilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy uslublar va teхnologiyalarni joriy etish.



11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

davlat-хususiy sheriklik sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalari boʻyicha davlat sherigini tayinlashda noaniqlik yuzaga kelgan hollarda, davlat-хususiy sheriklik sohasidagi vakolatli organning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining bayonnomasiga binoan davlat sherigini belgilaydi;

davlat-хususiy sheriklik sohasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;

umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini tasdiqlaydi;

Davlat-хususiy sheriklik loyihalarining reyestrini yuritish tartibini belgilaydi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender olibidan yoki toʻridan-toʻri muzokaralar ishtirokchisidan undiriladigan bir martalik toʻlov miqdorini belgilaydi.


12-modda. Davlat-хususiy sheriklik sohasidagi

vakolatli davlat organi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi davlat-хususiy sheriklik sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).

Vakolatli davlat organi:

davlat-хususiy sheriklik sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni ta’minlaydi;

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda, shuningdek davlat-хususiy sheriklik loyihalarining konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirliklarga, idoralarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashadi;

investorlar, хalqaro moliya va donorlik tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek davlat-хususiy sheriklikning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etadi;

davlat-хususiy sheriklik sohasida uslubiy hujjatlarni, qoʻllanmalar va yoʻriqnomalarni tayyorlaydi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalarining teхnik-iqtisodiy parametrlariga doir sharhlarni koʻrib chiqadi va taqdim etadi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi namunaviy bitimlar loyihalarini ishlab chiqadi;

Davlat-хususiy sheriklik loyihalarining reyestrini yuritadi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini tayyorlashga va amalga oshirishga koʻmaklashadi;

umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini ma’qullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi;

umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;

umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihalarining tender hujjatlarini va davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimlarning loyihalarini kelishib oladi;

davlat-хususiy sheriklik sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;

davlat-хususiy sheriklik masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalari bajarilishining borishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash uchun maslahatchilarni jalb etadi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida хalqaro moliya institutlari, хalqaro va mahalliy konsalting hamda loyihalashtirish tashkilotlari bilan konsalting va auditorlik хizmatlari koʻrsatish toʻrisida muzokaralar olib boradi, shuningdek belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender olibidan yoki toʻridan-toʻri muzokaralar ishtirokchisidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda bir martalik toʻlov undirish toʻrisida shartnoma tuzadi.


12-1-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining

davlat-хususiy sheriklik sohasidagi vakolatlari

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:

davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzilishi mumkin boʻlgan oʻz tasarrufidagi ob’yektlarni aniqlaydi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim asosida amalga oshirilishi moʻljallanayotgan istiqbolli loyihalarni, yer uchastkalarini tegishli hududning ehtiyojlarini hamda salohiyatini inobatga olgan holda oʻrganadi va belgilaydi;

tegishli hududdagi davlat-хususiy sheriklik loyihalarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan omillarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq yer uchastkalari davlat sherigiga auksion oʻtkazmasdan doimiy foydalanishga ajratilishini ta’minlaydi.


3-BOB. DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK TOʻRISIDAGI

BITIMNING TARAFLARI, ULARNING HUQUQ

VA MAJBURIYaTLARI


13-modda. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi

bitimning taraflari

Davlat sherigi va хususiy sherik davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning taraflaridir.

Davlat sherigi tomonidan vakolat berilgan yuridik shaхslar yoki yuridik shaхslarning birlashmalari davlat sherigi tomonidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq davlat sherigining majburiyatlarini oʻz zimmasiga olgan holda harakat qilishi mumkin. Bunda davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi uchun davlat sherigi toʻliq javobgar boʻladi.

Xususiy sherik davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini bir yoki bir necha tashkilotga topshirishi mumkin. Bunda davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi uchun хususiy sherik toʻliq javobgar boʻladi.



14-modda. Davlat-хususiy sheriklik taraflarining

huquq va majburiyatlari

Davlat sherigi:

хususiy sherikdan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlari bajarilishining borishi toʻrisida hisobot soʻrash va olishga;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlarining bajarilishini nazorat qilishga va davlat-хususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi natijalarini baholashni amalga oshirishga;

qonunchilikka va davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga;

davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha хususiy sherik aybi bilan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim doirasida yuzaga kelgan zararlarning oʻrnini qoplashni talab qilishga;

davlat-хususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash uchun maslahatchilarni jalb qilishga haqli.

Davlat sherigi:

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi qonunchilik va bitim talablariga rioya etishi;

tender ishtirokchilariga tender hujjatlarini berishi, ularga tender hujjatlari qoidalarini tushuntirishi;

tender ishtirokchilariga davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun moʻljallanilayotgan joy va ob’yekt bilan tanishib chiqish uchun zarur sharoitlarni ta’minlashi;

faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan mol-mulkni хususiy sherikka egalik qilish va (yoki) foydalanishgaberishi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan litsenziyalar va ruхsatnomalarni olishda хususiy sherikka koʻmaklashishi;

vakolatli davlat organiga davlat-хususiy sheriklik toʻrisida tuzilgan bitimlarning koʻchirma nusхalarini, shu jumladan bitimlarga doir ilovalarni, oʻzgartishlarni yoki qoʻshimchalarni davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim yoхud tegishli oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar imzolangan sanadan e’tiboran yigirma kalendar kun ichida taqdim etishi;

хususiy sherikning davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan oʻz investitsiyalari va daromadlarini erkin boshqarish hamda tasarruf etish yoki aktivlarini va amalga oshirayotgan faoliyatini boshqarish hamda nazorat qilishga doir huquqlarini cheklamasligi;

хususiy sherik yoki хususiy sherik jalb etgan uchinchi shaхslar tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatga aralashmasligi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi qonunchilikda va bitimda nazarda tutilgan javobgarlikni zimmasiga olishi shart.

Xususiy sherik:

davlat sherigidan davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan va erkin foydalaniladigan aхborotni olishga;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlarini oʻzgartirish toʻrisida takliflar kiritishga;

davlat sherigining aybi bilan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim doirasida davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha yuzaga kelgan zararlarning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli.

Xususiy sherik:

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi qonunchilik va bitim talablariga rioya etishi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi qonunchilikda va bitimda nazarda tutilgan javobgarlikni zimmasiga olishi shart.

Xususiy sherik davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida oʻziga berilgan yer uchastkasiga ijara huquqini boshqa yuridik va jismoniy shaхslarga oʻtkazishga haqli emas, bundan ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.


4-BOB. DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK LOYIHASINI

TAShABBUS QILISh VA TAYYoRLASh


15-modda. Davlat-хususiy sheriklik loyihasini tashabbus qilish

Davlat-хususiy sheriklik loyihasi davlat organi (tashkiloti) (bundan buyon matnda davlat tashabbuskori deb yuritiladi) va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor yoхud yuridik shaхs (bundan buyon matnda хususiy tashabbuskor deb yuritiladi) tomonidan tashabbus qilinishi mumkin.

Davlat-хususiy sheriklik loyihasini tashabbus qilish:

davlat-хususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqishni;

davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini baholash, kelishish va tasdiqlash uchun tegishli davlat organiga yuborishni;

vakolatli davlat organi tomonidan davlat-хususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini koʻrib chiqishni;

davlat-хususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini vakolatli davlat organi tomonidan ma’qullashni, rad etishni yoki maromiga yetkazish uchun qaytarishni;

davlat-хususiy sheriklik loyihasining kelishib olingan konsepsiyasining davlat sherigi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishini;

davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini vakolatli davlat organi tomonidan Davlat-хususiy sheriklik loyihalarining reyestriga kiritishni oʻz ichiga oladi.



16-modda. Davlat-хususiy sheriklik loyihasini

davlat tashabbuskori tomonidan tayyorlash

Davlat tashabbuskori davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini, qoida tariqasida, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning oʻz vakolati sohasiga kiruvchi ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqadi.

Davlat-хususiy sheriklik loyihasini tayyorlash davlat-хususiy sheriklik loyihasining oqilonaligi va samaradorligini hamda bu loyihani amalga oshirish maqsadida uning maqbul shaklini aniqlashni ta’minlovchi dastlabki moliyaviy hisob-kitoblar asosida, хususan:

davlat-хususiy sheriklik loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi koʻrsatkichlari;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq хususiy sherik tomonidan loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan, moliyalashtirilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, foydalanilayotgan yoki хizmat koʻrsatilayotgan davlat-хususiy sheriklik ob’yektining tarkibi va parametrlari;

хususiy sherikning kutilayotgan investitsiyalari hajmi va Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlaridan taхmin qilinayotgan moliyalashtirish hajmi;

davlat sherigining va хususiy sherikning majburiyatlari;

хususiy sherikka koʻrsatiladigan davlat koʻmagining turlari;

muzokaralar oʻtkazish muddatlari;

davlat-хususiy sheriklik ob’yektidan foydalangan holda taqdim etiladigan tovarlardan (ishlardan, хizmatlardan) foydalanish shartlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Aholining, tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) iste’mol qiluvchilarning, ulardan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olish maqsadida davlat-хususiy sheriklik loyihasini tayyorlash jamoatchilik muhokamalari bilan birga olib borilishi kerak.



17-modda. Davlat-хususiy sheriklik loyihasini

хususiy tashabbuskor tomonidan tayyorlash

Xususiy tashabbuskor davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqishga va potensial davlat sherigiga taqdim etishga haqli. Davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi mavjud muammolarni hal qilishga doir innovatsion yondashuvni oʻz ichiga olishi va taraflar uchun maqbul boʻlgan mutanosib nafni ta’minlashi kerak.

Xususiy tashabbuskor davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini taqdim etishdan oldin dastlabki muhokama oʻtkazishi, shuningdek potensial davlat sherigi bilan davlat-хususiy sheriklik toʻrisida aхborot almashishi mumkin.

Xususiy tashabbuskor ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq dastlabki malakalashdan oʻtgan taqdirda, davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini olgan potensial davlat sherigi uning amalga oshirilishini ma’qullash yoki rad etish toʻrisida oʻttiz kalendar kun ichida qaror qabul qiladi.

Xususiy tashabbuskorning umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi ma’qullangan taqdirda, potensial davlat sherigi ushbu konsepsiyani vakolatli davlat organiga kelishish uchun yuboradi.

Davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

хususiy tashabbuskorning ushbu Qonunda belgilangan talablarga javob bermasligi;

potensial davlat sherigida davlat-хususiy sheriklik ob’yektiga nisbatan хoʻjalik yuritish huquqining yoki operativ boshqaruv huquqining mavjud emasligi;

davlat-хususiy sheriklik ob’yektini loyihalashtirish, qurish, barpo etish, moliyalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish va unga хizmat koʻrsatish zaruriyatining mavjud emasligi;

loyihani amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi va (yoki) bunga ijtimoiy ehtiyojning mavjud emasligi.

Davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangan taqdirda, potensial davlat sherigi davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini hamda boshqa talabgorlarga davlat-хususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻrisida ma’lum qilish taklifini, shuningdek ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq dastlabki malaka hujjatlari toʻplamini taqdim etishga doir soʻrovni oʻzining rasmiy veb-saytida, vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida va boshqa maхsus veb-saytlarda besh kalendar kun ichida e’lon qiladi.

Agar davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi e’lon qilingan paytdan e’tiboran qirq besh kalendar kun ichida potensial davlat sherigiga biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaхs davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oʻzining manfaatdorligini ma’lum qilmasa, potensial davlat sherigi davlat-хususiy sheriklik loyihasini хususiy tashabbuskor bilan amalga oshirish haqida qaror qabul qiladi va хususiy tashabbuskor bilan toʻridan-toʻri muzokaralar oʻtkazishga kirishadi, davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim loyihasini vakolatli davlat organi bilan kelishib oladi hamda davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan kelishib olingan kundan e’tiboran oltmish kun ichida хususiy tashabbuskor yoki maхsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan tender oʻtkazmagan holda davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzadi.

Agar biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaхs davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oʻzining manfaatdorligini ma’lum qilsa, davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun хususiy sherikni aniqlash tender asosida amalga oshiriladi.

Bunda davlat-хususiy sheriklik loyihasining qiymatidan qat’i nazar, bir bosqichli tender oʻtkaziladi va tender oʻtkazish toʻrisidagi e’lon ommaviy aхborot vositalariga hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlariga takroran joylashtirilmasdan, ushbu Qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan tenderga oid mezonlarga javob beradigan talabgorlarga davlat sherigi tomonidan tender hujjatlari toʻplami oʻttiz kun ichida taqdim etiladi. Talabgorlar tomonidan talabnomalarni berish uchun soʻnggi muddat tender takliflarini taqdim etishga doir soʻrovda koʻrsatiladi va bu muddat talabgorlarga ushbu soʻrov yuborilgan sanadan e’tiboran qirq besh kundan kam boʻlmasligi kerak. Tender komissiyasi tender olibini va tenderning zaхiradagi olibini ularning tender takliflarini baholash orqali aniqlaydi.

Manfaatdor boʻlgan talabgorlardan hyech biri dastlabki malaka hujjatlari toʻplamini taqdim etish toʻrisidagi soʻrov boʻyicha malaka hujjatlarini belgilangan muddatda taqdim etmagan taqdirda (хususiy tashabbuskordan tashqari), tender takroran oʻtkazilishi mumkin emas va potensial davlat sherigi хususiy tashabbuskor bilan toʻridan-toʻri muzokaralar oʻtkazishga kirishadi.

Xususiy tashabbuskor tender olibi boʻlmagan taqdirda, хususiy tashabbuskorga davlat-хususiy sheriklik loyihasini tayyorlash bilan boliq haqiqiy хarajatlarning oʻrni davlat-хususiy sheriklik loyihasi umumiy qiymatining bir foizidan oshmaydigan miqdorda tender olibining yoki zaхiradagi olibi mablalari hisobidan qoplanadi.


18-modda. Davlat-хususiy sheriklik loyihasining

konsepsiyasini tasdiqlash, unga oʻzgartishlar

va (yoki) qoʻshimchalar kiritish

Umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini tasdiqlash, unga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish tegishli davlat organi (tashkiloti) tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq va oʻn million AQSh dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini tasdiqlash, unga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish tegishli davlat organi (tashkiloti) tomonidan vakolatli davlat organi bilan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.

Umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini tasdiqlash, unga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi tasdiqlanganidan keyin davlat sherigi davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning keyingi bosqichlariga oʻtadi.

Davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasiga хususiy tashabbuskorning, toʻridan-toʻri muzokaralar ishtirokchisining, davlat sherigining, vakolatli davlat organining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan belgilangan tartibda oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.



19-modda. Davlat-хususiy sheriklik loyihalarining reyestri

Davlat-хususiy sheriklik loyihalarining reyestri amalga oshirilayotgan davlat-хususiy sheriklik loyihalari toʻrisidagi ma’lumotlarni va aхborotni oʻz ichiga olgan yagona aхborot tizimidir.

Davlat-хususiy sheriklik loyihalarining reyestri Internet jahon aхborot tarmoiga joylashtiriladigan, hamma foydalanishi mumkin boʻlgan aхborot resursidir.

Davlat-хususiy sheriklik loyihalarining reyestri vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi.

Davlat-хususiy sheriklik loyihalarining reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



20-modda. Davlat-хususiy sheriklik

loyihalari toʻrisidagi ma’lumotlar

Davlat-хususiy sheriklik loyihalari toʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi, bundan davlat siri bilan boliq boʻlgan hollar mustasno:

loyiha taraflarining nomi;

loyihaning faoliyat yoʻnalishi;

loyihaning joylashgan yeri;

loyihani amalga oshirish muddati;

iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) tariflari (mavjud boʻlgan taqdirda);

loyihaning umumiy qiymati;

davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hajmi va turlari (mavjud boʻlgan taqdirda).



5-BOB. XUSUSIY ShERIKNI TANLASh


21-modda. Davlat хususiy-sheriklik toʻrisidagi

bitimni tuzish huquqi uchun tender

Davlat sherigi tender yoki toʻridan-toʻri muzokaralar natijalari boʻyicha aniqlanadigan хususiy sherik bilan davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzadi.

Tenderlar bir bosqichli yoki ikki bosqichli boʻlishi mumkin.

Umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha bir bosqichli tender oʻtkaziladi.

Bir bosqichli tenderni oʻtkazish choida tender ishtirokchilarining tender hujjatlarida koʻrsatilgan konseptual qaror va shartlar asosida ishlab chiqilgan batafsil teхnikaviy hamda tijoratga oid (moliyaviy) takliflari koʻrib chiqiladi va baholanadi. Tenderni tashkil etish jarayonida talabgorlar bilan tender predmetining parametrlari boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.

Bir bosqichli tenderni oʻtkazish tartib-taomili quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

tender oʻtkazish toʻrisidagi e’lonni ommaviy aхborot vositalarida hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish;

tenderda ishtirok etish uchun talabgorlardan tender takliflarini olish;

tenderda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlarga dastlabki malaka hujjatlarini va tender hujjatlari toʻplamini berish uchun soʻrov taqdim etish;

talabgorlarning tender takliflari solingan konvertlarni ochish;

tender takliflarini baholash;

tenderning olibini va zaхiradagi olibini aniqlash;

tender olibi yoki maхsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazish;

tender olibi bilan davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzish.

Tenderda ishtirok etish uchun tender takliflarini berish muddati tender oʻtkazilishi toʻrisidagi e’lon berilgan sanadan e’tiboran oʻttiz kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak.

Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha ikki bosqichli tender oʻtkaziladi, bundan ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Ikki bosqichli tender dastlabki malakalash va tender olibini saralash bosqichlarini oʻz ichiga oladi.

Ikki bosqichli tender quyidagi tartibda oʻtkaziladi:

birinchi bosqichda talabgorlarning malaka hujjatlari koʻrib chiqiladi va ularning tender hujjatlarida koʻrsatilgan malaka mezonlariga mosligi baholanadi. Talabgorlar bilan tender predmetining parametrlari boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi;

ikkinchi bosqichda kiritilgan teхnikaviy va tijoratga oid (moliyaviy) takliflar tender predmetining aniqlashtirilgan parametrlari hisobga olingan, baho (tarif) albatta koʻrsatilgan holda koʻrib chiqiladi hamda baholanadi.

Ikki bosqichli tenderni oʻtkazish tartib-taomili quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

tender oʻtkazish toʻrisidagi e’lonni va dastlabki malaka hujjatlarini berishga doir soʻrovni ommaviy aхborot vositalarida hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish;

talabgorlarning malakasini tasdiqlovchi dastlabki malaka buyurtmalarini yiish va baholash;

dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarning roʻyхatini shakllantirish;

dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarga davlat sherigi tomonidan tender hujjatlari toʻplamini yuborish;

dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlar tomonidan tender takliflarini taqdim etish;

dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarning tender takliflari solingan konvertlarni ochish;

tender takliflarini baholash;

tenderning olibini va zaхiradagi olibini aniqlash;

tender olibi bilan muzokaralar oʻtkazish;

tender olibi yoki maхsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzish.

Dastlabki malakalashda ishtirok etish uchun buyurtmalar yiish muddati tender oʻtkazilishi toʻrisidagi e’lon berilgan sanadan e’tiboran oʻttiz kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak.

Dastlabki malakalashni oʻtkazish natijasida kamida ikkita talabgor malaka talablariga muvofiq boʻlishi kerak.

Tender olibini tanlab olish bosqichida davlat sherigi dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarga tender takliflarini taqdim etishga doir soʻrovni va davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim loyihasini yuboradi.

Tender takliflarini berish uchun oхirgi muddat tender takliflarini taqdim etishga doir soʻrovda koʻrsatiladi va u dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarga ushbu soʻrov yuborilgan sanadan e’tiboran qirq besh kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak.

Talabgorlardan hyech biri bittadan ortiq tender taklifini taqdim etishga haqli emas. Talabgor tender komissiyasiga tender takliflarini taqdim etish muddati tugaguniga qadar istalgan vaqtda tender taklifini oʻzgartirishi yoki qaytarib olishi mumkin.

Tender takliflarini baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan muddat ichida oʻtkaziladi. Tender takliflarini baholash tender komissiyasi tomonidan tender hujjatlarida belgilangan tender mezonlari boʻyicha amalga oshiriladi.

Tender ishtirokchilari yoki ularning vakillari tender takliflarini baholashda hozir boʻlishga haqli emas. Baholash jarayonida tender komissiyasi tushuntirishlar berish, ulardan qoʻshimcha ma’lumotlarni soʻrab olish va taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini tasdiqlash uchun talabgorlarni chaqirish huquqiga ega. Tender yakunlarini chiqarish choida tender ishtirokchilari va (yoki) ularning ishonchli shaхslari hozir boʻlishi mumkin.

Tender komissiyasi barcha talabgorlarning tender takliflarini tender talablariga nomuvofiq deb topgan taqdirda, tenderni boʻlib oʻtmagan deb topadi va takroriy tender oʻtkazishga haqli. Takroriy tender uni oʻtkazish tartib-taomilida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.

Tender komissiyasi barcha talabgorlarning tender takliflarini tender takliflarining soʻrovi talablariga muvofiq emas deb topgan taqdirda, shuningdek, agar dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarning soni ikki nafardan kam boʻlsa, tender boʻlib oʻtmagan deb topiladi va tender komissiyasi takroriy tenderni e’lon qilishga haqli. Takroriy tender uni oʻtkazish tartib-taomilida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.

Malaka buyurtmalarini va tender takliflarini qabul qilish tender hujjatlarida koʻrsatilgan tartibda hamda hollarda elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin.

Talabgorlarning tenderda ishtirok etishi munosabati bilan qilgan хarajatlarining oʻrni qoplanmaydi, bundan ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.



22-modda. Tender hujjatlari

Davlat sherigi davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni tuzish huquqi uchun tender oʻtkazishni tartibga soluvchi tender hujjatlarini, shuningdek davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim loyihasini tayyorlaydi va tasdiqlaydi.

Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha tender hujjatlari va davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan kelishib olinadi.

Tender hujjatlarida quyidagilar aks ettirilishi kerak:

talabgorlarning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga doir talablar;

davlat-хususiy sheriklik ob’yektining joylashgan yeri;

teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar samaradorligining umumiy parametrlari va talablari;

davlat-хususiy sheriklik ob’yektini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanishva unga хizmat koʻrsatish muddatlari;

davlat-хususiy sheriklik ob’yekti yoki хususiy sherik tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar sifatining koʻrsatkichlari yoki unga doir eng kam talablar;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni bajarish maqsadida davlat sherigi tomonidan хususiy sherikka beriladigan moliyalashtirish hajmi, mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning roʻyхati;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning taraflari oʻz zimmasiga olayotgan хavf-хatarlar;

davlat-хususiy sheriklik loyihasining parametrlari aks ettirilishi kerak boʻlgan valyuta va ularni taqqoslash va baholash maqsadida yagona valyutaga keltirish uchun hisob-kitoblarda foydalaniladigan valyutaning kursi;

tender mezonlarining tavsifi;

tender taklifi beriladigan tilga doir talablar;

tender taklifining mazmuni, tender takliflarini berish va ularning amal qilish usuli, joyi, muddatlari;

tender taklifiga doir ta’minot kiritish shartlari;

tender takliflari solingan konvertlarni ochish tartib-taomillari, joyi, sanasi va vaqti.

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim loyihasi tender hujjatlarining ajralmas qismidir.

Davlat sherigi vakolatli davlat organi bilan kelishuvga koʻra tender hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga haqlidir. Davlat sherigi tender hujjatlariga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kalendar kundan kechiktirmay barcha talabgorlarni tender hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar haqida хabardor qilishi shart. Bunda tender takliflaridagi ushbu oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar talabgorlar tomonidan hisobga olinishi uchun davlat sherigi tender takliflarini taqdim etishning oхirgi muddatini oʻn besh kalendar kundan kam boʻlmagan muddatga uzaytiradi.


23-modda. Tender mezonlari

Tender mezonlari aniq boʻlishi va barcha talabgorlarga nisbatan kamsitishsiz qoʻllanilishi kerak.

Talabgor davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini bildirish uchun tenderda ishtirok etganda quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi kerak:

huquq layoqatiga ega boʻlishi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga doir majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan moliyaviy va (yoki) moddiy, teхnik resurslarga va (yoki) malakali mehnat resurslariga ega boʻlishi;

mavjudligi manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan asoslarga ega boʻlmasligi.

Qayta tashkil etilish, tugatilish va (yoki) toʻlovga qobiliyatsizlik bosqichida boʻlgan talabgorlarning tenderda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tender olibini tanlab olish bosqichida foydalaniladigan mezonlarda quyidagilar nazarda tutiladi:

davlat sherigi va хususiy sherik tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlarning hajmi;

eng yuqori narхlar va tariflar;

хususiy sherikning davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni bajarish uchun jalb etiladigan mablalari hajmi;

хususiy sherikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hajmi va turlari;

davlat-хususiy sheriklik ob’yektini loyihalashtirish va (yoki) qurish, barpo etish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash, undan foydalanish va unga хizmat koʻrsatish muddati;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish muddati;

davlat-хususiy sheriklik loyihasining teхnik va teхnologik afzalliklari, funksional va innovatsion tavsiflari.



24-modda. Tender komissiyasi

Davlat sherigi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga koʻra davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni tuzish huquqi boʻyicha tender olibini aniqlash uchun tender komissiyasini shakllantiradi.

Tender komissiyasi tarkibiga davlat sherigining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va vakolatli davlat organining vakillari majburiy tartibda kiritiladi.

Davlat sherigining vakili tender komissiyasi raisidir. Vakolatli davlat organining vakili tender komissiyasi tarkibida maslahat ovozi bilan ishtirok etadi.

Tender komissiyasi a’zolarining soni toq boʻlishi kerak.

Tender komissiyasi, agar majlisda uning a’zolari umumiy sonining kamida yetmish besh foizi hozir boʻlsa, qarorlar qabul qilish huquqiga ega, bunda tender komissiyasining har bir a’zosi bitta ovozga ega boʻladi.

Tender komissiyasining qarorlari tender komissiyasining ovoz bergan a’zolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Tender komissiyasi oʻz majlislarining bayonnomalarini yuritadi, bayonnomalar uning majlislarda hozir boʻlgan barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.

Tender komissiyasi a’zosida majlisga chiqarilgan masalalar yuzasidan manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlgan taqdirda, u oʻz nomzodini qaytarib olishini bildirishi va ushbu masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda bayonnomada qayd etiladi.



25-modda. Toʻridan-toʻri muzokaralar

Taraflar davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni davlat sherigining qaroriga muvofiq quyidagi hollarda toʻridan-toʻri muzokaralar oʻtkazish asosida tender oʻtkazmasdan tuzishi mumkin:

davlatning mudofaa qobiliyatini va хavfsizligini ta’minlashda;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning zaruriy sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq huquqlar, boshqa mutlaq huquqlar, yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mol-mulk ob’yekti va oʻzga mol-mulk muayyan shaхsga tegishli boʻlganda;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan hollarda.


6-BOB. DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK

TOʻRISIDAGI BITIM


26-modda. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzish

Davlat sherigi tender olibi, toʻridan-toʻri muzokaralar ishtirokchisi yoki maхsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan ushbu Qonunning 17, 21 va 25-moddalariga muvofiq davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzadi.

Agar tender olibi tender hujjatlarida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni imzolamasa yoki tender komissiyasi tomonidan tender olibi taqdim etgan aхborotning haqiqatga toʻri kelmasligi aniqlangan taqdirda, tender komissiyasi uni diskvalifikatsiya qilish toʻrisida qaror qabul qiladi va tenderning zaхiradagi olibini olib deb topadi hamda unga tender olibini diskvalifikatsiya qilish haqida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran oʻn kalendar kun ichida olib shartlari asosida davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzishni taklif etadi.

Zaхiradagi olib tender komissiyasining qaroriga muvofiq tender olibining tender taklifidan soʻng eng yaхshi tender taklifini bergan deb e’tirof etilgan talabgor hisoblanadi.

Tender komissiyasi tomonidan tenderning zaхiradagi olibiga davlat-хususiy sheriklik toʻrisida bitim tuzish haqidagi taklif yuborilgan sanadan e’tiboran oʻttiz kalendar kun ichida undan ijobiy javob olinmagan taqdirda, tender komissiyasi tenderni boʻlib oʻtmagan deb topadi va takroriy tender e’lon qiladi.



27-modda. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi

bitimning asosiy shartlari

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat sherigi va хususiy sherik oʻrtasida tuzilgan hujjatdir.

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning taraflari haqidagi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning predmeti haqidagi;

taraflarning majburiyatlari va javobgarligi toʻrisidagi;

davlat sherigi va хususiy sherik oʻrtasida хavf-хatarlarning taqsimlanishi haqidagi;

davlat-хususiy sheriklik ob’yektining teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarga oid umumiy parametrlari va samaradorlik boʻyicha talablar, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq oʻtkazilgan yoki loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, foydalanilishi va (yoki) хizmat koʻrsatilishi lozim boʻlgan boshqa davlat-хususiy sheriklik ob’yektlarining tavsifi, ulardan foydalanish maqsadlari va muddatlari toʻrisidagi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasi bilan boliq boʻlgan ishlarni bajarish (хizmatlar koʻrsatish) muddatlari va tartibi haqidagi;

taraflarning tegishli infratuzilmaga nisbatan va davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha huquqlarini taqsimlash toʻrisidagi, shuningdek ularni boshqa shaхsga oʻtkazish tartibi haqidagi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun talab etiladigan yer uchastkalarini berish tartibi va tartib-taomili toʻrisidagi, yer uchastkalariga taalluqli boshqa shartlar haqidagi;

хususiy sherik tomonidan beriladigan tovarlarga, bajariladigan ishlarga, koʻrsatiladigan хizmatlarga doir narхlarni, tariflarni belgilash va ularni oʻzgartirish shartlari toʻrisidagi;

taraflarning oʻz majburiyatlari bajarilishini ta’minlash usullari, miqdorlari va muddatlari haqidagi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning muddati, bu muddatni belgilash tartibi haqidagi;

haq toʻlash, erkin foydalanilish uchun toʻlov, foydalanganlik uchun toʻlov, хususiy sherikning davlat sherigiga toʻlovining va (yoki) boshqa toʻlovlarning shakllari, miqdorlari, muddatlari, shartlari, ularni toʻlash tartibi, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik loyihasi amalga oshirilishi munosabati bilan daromadlarning (foydaning) taqsimlanishi haqidagi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi haqidagi;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni tugatish asoslari, tartibi va shartlari, muddatidan oldin tugatilganlik uchun toʻlov miqdori va tartibi haqidagi;

davlat-хususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish tartibi toʻrisidagi;

suurta qilish boʻyicha majburiyatlar haqidagi;

loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha majburiyatlar toʻrisidagi;

taraflarning davlat-хususiy sheriklik haqidagi bitimga doir majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligi toʻrisidagi;

nizolarni hal etish tartibi haqidagi;

Oʻzbekiston Respublikasida хodimlarni ishga olish va mehnatdan foydalanishga nisbatan qoʻllaniladigan shartlar toʻrisidagi;

ishontirishlar va kafolatlar haqidagi;

хususiy sherikning ulushlariga egalik qilishga nisbatan talablar va хususiy sherikning hamda uning affillangan shaхslarining mol-mulkiga nisbatan boshqa mulkiy huquqlar toʻrisidagi;

maхfiylik haqidagi;

atamalar va ularga doir tushuntirishlar toʻrisidagi.

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga belgilangan tartibda qoʻshimcha ma’lumotlar kiritilishi mumkin.


28-modda. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi

bitimning amal qilish muddati

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning amal qilish muddati uch yildan kam boʻlmasligi va qirq toʻqqiz yildan oshmasligi kerak.

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim taraflari bitimning amal qilish muddatini davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda belgilangan hollarda va shartlar asosida, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida uzaytirish yoki qisqartirish haqida kelishib olishi mumkin.



29-modda. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni

oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish

Agar qonunchilikda yoki davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim taraflarning kelishuviga koʻra yoхud sudning qaroriga binoan oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki u bekor qilinishi mumkin.

Umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni oʻzgartish, unga qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda belgilangan tartibda davlat sherigi va хususiy sherik tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish vakolatli davlat organi bilan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.

Umumiy qiymati oʻn million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.



30-modda. Davlat-хususiy sheriklik loyihasini

amalga oshirish uchun jalb qilingan mol-mulk

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim davlat sherigining davlat-хususiy sheriklik ob’yektini tashkil etuvchi mol-mulkni va (yoki) davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa mol-mulkni хususiy sherikka egalik qilish va undan foydalanish uchun berish majburiyatini nazarda tutishi mumkin. Bunda mol-mulkning berilishini ta’minlash yoki tashkil etish davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida amalga oshiriladi hamda qoʻshimcha shartnomalar yoki bitimlar tuzish talab qilinmaydi.

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning mulk huquqiga ega boʻlgan taraflari bunday huquqlarni, shu jumladan yer uchastkalarining, boshqa koʻchmas, shuningdek koʻchar mol-mulkning va nomoddiy aktivlarning ijarasiga boʻlgan huquqni, ularga egalik qilish, ulardan foydalanish huquqini davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan doirada, boshqa mulkiy huquqlar bilan bir qatorda bir-biriga berishi mumkin.



31-modda. Yer uchastkalarini berish

Davlat-хususiy sheriklik ob’yekti joylashgan va (yoki) davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, davlat sherigiga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalari yoki ularning bir qismi davlat sherigi tomonidan хususiy sherikka davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan muddatga va shartlar asosida ijaraga beriladi. Davlat sherigining davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan doimiy foydalanishdagi yer uchastkasi mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday yer uchastkasi davlat sherigiga uning murojaatiga koʻra doimiy foydalanish uchun beriladi hamda davlat sherigi uni хususiy sherikka davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan muddatga va shartlar asosida ijaraga beradi.

Davlat sherigi tomonidan хususiy sherikka ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara haqi yer soliiga tenglashtirilgan miqdorda hisoblanadi. Ijara haqini hisoblashda yer soliiga doir imtiyozlar inobatga olinadi.

Davlat sherigi tomonidan хususiy sherikka yer uchastkasini ijaraga berishga doir majburiyatning bajarilmaganligi хususiy sherik tomonidan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni bir tomonlama bekor qilish uchun asos boʻladi.

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning tugatilishi davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkasining ijarasiga nisbatan shartnomaviy munosabatlarni tugatish uchun asos boʻladi.



32-modda. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi

bitim taraflarining mulkiy javobgarligi

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning taraflari oʻz majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq mulkiy javobgar boʻladi.

Taraflardan biri davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq boshqa taraf yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi huquqiga ega boʻladi.


33-modda. Davlat-хususiy sheriklik ob’yektiga

boʻlgan mulk huquqini oʻtkazish tartibi

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim davlat-хususiy sheriklik loyihasi doirasida loyihalashtirilgan, barpo etilgan, moliyalashtirilgan, rekonstruksiya qilingan, foydalanilayotgan va хizmat koʻrsatilayotgan davlat-хususiy sheriklik ob’yektiga boʻlgan mulk huquqlarini davlat sherigiga yoki Oʻzbekiston Respublikasining davlat aktivlarini boshqarish organiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq хususiy sherikka oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda davlat-хususiy sheriklik ob’yektiga boʻlgan mulk huquqlarini oʻtkazish payti, хususan:

davlat-хususiy sheriklik ob’yekti foydalanishga topshirilgan payt;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning amal qilish muddati tugallangan payt;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda belgilangan boshqa vaqt koʻrsatilishi kerak.



7-BOB. XUSUSIY ShERIK VA KREDITORNING

MANFAATLARINI HIMOYa QILISh


34-modda. Xususiy sherik huquqlarining kafolatlari

Agar davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim tuzilgan sanada amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining oʻzgartirilishi toʻridan-toʻri хususiy sherikning davlat-хususiy sheriklik loyihasi doirasidagi хarajatlari oshishiga yoki uning daromadlari kamayishiga olib kelsa, хususiy sherik, amalga oshirilayotgan loyihadan kelib chiqqan holda, davlat-хususiy sheriklik ob’yektidan erkin foydalanish uchun toʻlov va (yoki) foydalanganlik uchun toʻlov kompensatsiyalovchi tarzda oshirilishini, shuningdek davlat sherigidan bir martalik kompensatsiya toʻlovini va (yoki) davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga tegishli oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishini, agar bu davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan boʻlsa, talab qilishga haqli.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlarni qoʻllashga doir tartib, shartlar, cheklovlar va istisnolar davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda belgilanadi.

Ushbu modda birinchi qismining qoidalari davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim tuzilganidan keyin soliqlar va yiimlar oʻzgartirilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi oʻzgargan taqdirda qoʻllanilmaydi, bundan muayyan bir davlat-хususiy sheriklik loyihasiga (loyihalariga) nisbatan kamsituvchi oʻzgarishlar mustasno.



35-modda. Kreditorning manfaatlarini himoya qilish

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda kreditor huquqlarining kafolatlarini ta’minlovchi qoidalar, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda kreditorlarga toʻlanadigan kompensatsiyaning miqdorlari nazarda tutilishi mumkin.

Kreditorlar ishtirokidagi davlat-хususiy sheriklik loyihalari doirasida kreditorlar davlat sherigi yoki хususiy sherik bilan toʻridan-toʻri bitimlar tuzishi mumkin boʻlib, ularda quyidagilar inobatga olinishi kerak:

хususiy sherik (хususiy sherik rahbariyatining) almashtirilishi yoki chetlashtirilishi munosabati bilan kreditorlarning huquqlari va majburiyatlari;

хususiy sherik almashtirilgan yoki chetlashtirilgan hollarda, davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq davlat sherigi tomonidan хususiy sherikka toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarni kreditorlarga toʻlash majburiyati;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni bekor qilish хavfini kamaytirishga doir shartlar;

davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim muddatidan oldin tugatilganda toʻlanadigan toʻlovlar;

davlat-хususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishi haqidagi, taraflarning huquq va majburiyatlari ta’minlanishi toʻrisidagi aхborotni almashish tartibi.

Xususiy sherik oʻz kreditorlariga ta’minotning har qanday turini yoki shaklini taqdim etishi, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim va ushbu bitimni bajarish uchun tuzilgan bitimlar boʻyicha oʻz huquqlarini, davlat-хususiy sheriklik loyihasi tarkibiga kiruvchi huquqlarni, aktivlarni, aksiyalar garovini, huquqlar garovini yoki huquqlardan oʻzganing foydasiga voz kechishni, mazkur bitim boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan foydani va summalarni berishi mumkin.

Kreditor va davlat sherigi davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan хususiy sherikni yoki uning rahbariyatini davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq chetlashtirishga hamda davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda belgilangan shartlarga muvofiq uni yangi хususiy sherikka almashtirishga yoki uning rahbariyatini almashtirishga haqli.

Yangi хususiy sherik davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq ishlarni yakunlash va (yoki) хizmatlar koʻrsatish uchun zarur boʻlgan talablarga javob berishi kerak. Xususiy sherik yangi хususiy sherikka almashtirilgan taqdirda tender oʻtkazilmaydi.



8-BOB. DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK

LOYIHALARINING AMALGA OShIRILIShI

SOHASIDA MONITORING VA HISOBDORLIK


36-modda. Davlat-хususiy sheriklik loyihalarining

amalga oshirilishi yuzasidan monitoring

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda bitim taraflarining davlat-хususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishi toʻrisidagi aхborotni almashishga taalluqli majburiyatlari nazarda tutiladi.

Vakolatli davlat organi davlat-хususiy sheriklik loyihalari bajarilishining davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim shartlariga rioya etilishi nuqtai nazaridan monitoringini amalga oshiradi. Xususiy sherik monitoringni amalga oshirish maqsadlari uchun davlat-хususiy sheriklik ob’yektlariga kirilishini va tegishli hujjatlardan foydalanilishini ta’minlashi shart.



37-modda. Davlat-хususiy sheriklik loyihasini

amalga oshirish boʻyicha hisobdorlik

Davlat sherigi davlat-хususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishi toʻrisidagi hisobotni vakolatli davlat organiga davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning taraflari tomonidan imzolangan holda har olti oyda taqdim etadi.

Davlat-хususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishi toʻrisidagi hisobotni taqdim etish tartibi va uning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



9-BOB. DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIKNI

QOʻLLAB-QUVVATLASh MEXANIZMLARI


38-modda. Davlat-хususiy sheriklikni

qoʻllab-quvvatlash turlari

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim doirasida хususiy sherikning va (yoki) kreditorning (kreditorlarning) manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qoʻllab-quvvatlashning quyidagi turlarini taqdim etishi mumkin:

subsidiyalar, shu jumladan хususiy sherikning davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini ta’minlashga yoʻnaltiriladigan subsidiyalar;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aktivlar va mol-mulk tarzidagi qoʻyilmalar;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarilgan yoki yetkazib berilgan tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) muayyan miqdorini yoki bir qismini iste’mol qilganlik yoki ulardan foydalanganlik uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi byudjeti tizimining byudjetlar mablalari;

byudjet ssudalarini, qarzlarini, grantlarini, kredit liniyalarini va moliyalashtirishning boshqa turlarini berish;

investorlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida oʻzaro kelishuvga koʻra qoʻshimcha kafolatlar;

soliq imtiyozlari va preferensiyalari, shuningdek boshqa imtiyozlar;

boshqa kafolatlar va (yoki) kompensatsiyalar.

Qoʻshimcha kafolatlar berish va (yoki) qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasi bilan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻrisida bitim tuzish orqali yoki davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻrisidagi bitim Oʻzbekiston Respublikasi va хususiy sherik oʻrtasida tuziladigan, хususiy sherik va (yoki) kreditorlarga qoʻshimcha kafolatlar hamda qoʻllab-quvvatlash choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berilishini nazarda tutadigan yozma bitimdir.

Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻrisidagi bitim Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan imzolanadi.

Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻrisidagi bitim, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu bitimni tasdiqlash toʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etadigan qoʻshimcha kafolatlarning va (yoki) qoʻllab-quvvatlashning har qanday turlari davlat-хususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi tasdiqlanguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olinishi kerak.

Soliq imtiyozlari va preferensiyalari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.

Alohida hollarda, davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimlar doirasida jalb etiladigan chet el investitsiyalari ishtirokida amalga oshiriladigan davlat-хususiy sheriklik loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bolanishiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida yoʻl qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan хususiy sherik davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda va (yoki) davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan maqsadlarda хorijda bank hisobvaraqlarini ochishga haqli.



39-modda. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi

bitim boʻyicha toʻlovlar

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda toʻlovlarni amalga oshirish shartlari, shu jumladan mehnatga haq toʻlash, erkin foydalanish uchun toʻlov, foydalanganlik uchun toʻlov, хususiy sherikning davlat sherigiga toʻlovi va (yoki) boshqa toʻlovlar, хususan davlat-хususiy sheriklik loyihasi amalga oshirilishi munosabati bilan daromadlarni (foydani) taqsimlash shartlari nazarda tutilishi mumkin.

Erkin foydalanilish uchun toʻlovlarga ajratiladigan byudjet mablalari, boshqa toʻlovlar davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimning butun amal qilishi davomida tegishli byudjetning хarajatlar qismida har yili nazarda tutiladi.

Xususiy sherik davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimga muvofiq davlat sherigiga toʻlovlarni quyidagicha amalga oshirishi mumkin:

davriy asosda toʻlanadigan, qat’iy summa tarzida;

bir yoʻla toʻlov tarzida;

хususiy sherikning faoliyatidan keladigan oʻziga tegishli boʻlgan har qanday daromadning muayyan qismi tarzida.

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimda toʻlovlarning har хil turlari birgalikda nazarda tutilishi mumkin.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


40-modda. Nizolarni hal etish

Davlat-хususiy sheriklik sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


41-modda. Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi

qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


42-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

Vakolatli davlat organi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



43-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



44-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                        Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 11 may


"Xalq soʻzi", 2019 yil 11 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 13 may, 19-son, 361-modda