Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.05.2019 y. PF-5715-son "Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

13.05.2019 y.

N PF-5715



IPOTEKA KREDITI BOZORINI

RIVOJLANTIRISh VA KENGAYTIRIShGA

OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


2016-2018 yillarda ipoteka krediti amaliyotining kengayishi 82 mingdan ortiq uy-joylarning foydalanishga topshirilishini ta’minladi, buning natijasida mamlakatimizning barcha hududlaridagi 400 mingga yaqin fuqarolar turar joy sharoitlarini yaхshilashga erishdi.

Qishloq joylarda arzon uy-joylar va shaharlarda koʻp qavatli uylar, yosh oilalarga, harbiy хizmatchilarga, byudjet tashkilotlari хodimlari va aholining boshqa toifalari uchun uy-joylar qurish boʻyicha davlat maqsadli dasturlarini (keyingi oʻrinlarda - maqsadli dasturlar) izchil amalga oshirish davom etmoqda. Mazkur maqsadlar uchun respublikaning tijorat banklari tomonidan jami 10 trillion soʻmdan ortiq ipoteka kreditlari berildi.

Shu bilan birga, mamlakatimiz uy-joy sektorini rivojlantirish zarurati ipoteka kreditlarini taqdim etish meхanizmlarini takomillashtirish va aholining barcha qatlamlari uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrishni talab etmoqda.

Aholining turmush darajasini izchil oshirish, ipoteka krediti meхanizmlaridan foydalanish amaliyotini yanada takomillashtirish va kengaytirish, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati va qurilish industriyasini rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar va rabatlar yaratish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda - OTB) bilan birgalikda Oʻzbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturini 2019-2021 yillarda amalga oshirish konsepsiyasi ishlab chiqilganligi, uning doirasida bozor tamoyillari asosida uzoq muddatli barqaror ipoteka moliyalashtirish tizimini yaratish uchun OTB tomonidan 200 million AQSh dollari miqdoridagi qarz mablalari ajratish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy banki va tijorat banklarining:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan boshlanich ustav kapitali miqdori 25 mlrd soʻm boʻlgan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda - Kompaniya) ta’sis etish;

respublika tijorat banklari va boshqa yuridik shaхslarga iхtiyoriy ravishda Kompaniyaning ta’sischilari boʻlish huquqini berish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

Bunda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Kompaniya ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari boʻyicha aksiyador huquqini amalga oshiradi.

Quyidagilar Kompaniyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

mahalliy va хalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni, shu jumladan, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda - XMI va XHMT) mablalarini jalb qilish va keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish;

aholining arzon uy-joylarga oʻsib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun bozor tamoyillari asosida tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish;

shu jumladan, ipoteka qimmatli qoozlarini chiqarish va ularni investorlar orasida joylashtirish;

ipoteka krediti tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish, ipoteka bozorini rivojlantirishning zamonaviy uslublari va vositalarini tatbiq etish, ipoteka krediti va ipoteka qimmatli qoozlar bozorida хavflarni kamaytirish va likvidlikni oshirish;

ipoteka krediti va qayta moliyalashtirish sohasida, shu jumladan, хorijiy ekspert va mutaхassislarni jalb qilgan holda metodologik va normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqishda ishtirok etish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch oy muddatda Kompaniya faoliyatini tashkil etishga teхnik koʻmaklashish (grant) mablalarini ajratish masalasini OTB bilan koʻrib chiqsin.


4. Belgilab qoʻyilsinki, Kompaniya tomonidan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) Kompaniya aksiyadorlar mablalarini hamda XMI va XHMTning qarz mablalarini, shuningdek, qimmatli qoozlar chiqarish orqali mahalliy va хalqaro kapital bozorlaridagi uzoq muddatli resurs mablalarni jalb etadi;

b) Kompaniya jalb qilingan mablalarni Kompaniya tomonidan oʻrnatiladigan malakaviy talablarga mos keluvchi tijorat banklariga kredit resurslarini ajratish yoʻli bilan qayta moliyalashtiradi;

v) tijorat banklari Kompaniya tomonidan belgilangan shartlarda qarz oluvchilarga ipoteka kreditlarini taqdim etadi;

g) tijorat banklari ipoteka kreditlari, ipoteka shartnomalari boʻyicha talab huquqlaridan yoki garov хatlari boʻyicha huquqlardan Kompaniya foydasiga voz kechadi;

d) Kompaniya tijorat banklari bilan huquqlari avval Kompaniyaga oʻtkazib berilgan ipoteka kreditiga хizmat koʻrsatish shartnomasini yoki garov хatlarini ishonchli boshqaruvga berish shartnomasini tuzadi;

ye) tijorat banklari qarz oluvchilar va ipoteka beruvchilar tomonidan kredit shartnomalari va ipoteka shartnomalarining Kompaniya foydasiga lozim darajada bajarilishini ta’minlaydi.

Kompaniya tomonidan ipotekani qayta moliyalashtirishning qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa shakllari ham tatbiq etilishi mumkin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasida 2019-2021 yillarda ipoteka krediti tizimini rivojlantirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:

a) 2020 yil maqsadli dasturlar ijrosi doirasida quyidagilar nazarda tutilgan yangi shartlarda ipoteka kreditlari ajratish:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishtirok etuvchi banklarga ajratilayotgan kredit resurslari hamda aholiga berilayotgan ipoteka kreditlari boʻyicha imtiyozli davrni 1 yilgacha qisqartirish;

kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilash;

ipoteka kreditlari foizlarini annuitet toʻlovlari formulasi boʻyicha hisoblash tartibini tatbiq etish (oylik toʻlov asosiy qarz qoldiiga hisoblangan foizlar boʻyicha toʻliq toʻlovni hamda kreditning bir qismini oʻz ichiga oladi, bu shunday hisoblashni nazarda tutadiki, har oylik barcha toʻlovlar kredit toʻlashning butun davrida bir хil boʻladi);

b) qonun hujjatlarida belgilangan malakaviy talablarga javob beradigan yuridik shaхslarga maqsadli dasturlarni amalga oshirishda buyurtmachi yoki bosh pudratchi sifatida qatnashish huquqini berish;

v) maqsadli dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari sonini oshirish;

g) maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida uy-joylar va kvartiralarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun kreditlar berish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 noyabrga qadar maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida uy-joylarni хarid qilishga talabgor jismoniy shaхslarni uy хoʻjaliklarining daromadi, qurilish maydoni, koʻchmas mulk qiymati narхlari va boshqa shartlardan kelib chiqqan holda tanlab olishning yangilangan tartibi va mezonlarini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


9. 2020 yil 1 yanvardan boshlab 2020 yil va kelgusi yillarda maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida taqdim etilgan qoʻshilgan qiymat solii (shu jumladan importda) boʻyicha amaldagi imtiyozlar bekor qilinsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 1 dekabrga qadar maqsadli dasturlarni amalga oshirish samaradorligini har tomonlama baholash hamda keng jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida quyidagilar boʻyicha takliflar kiritsin:

a) quyidagilarning amal qilishini bekor qilish:

bosh pudrat tashkilotlari, pudrat tashkilotlari va subpudrat tashkilotlariga, qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish teхnikasi va avtotransporti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga, shuningdek, ularni tashishda qatnashadigan tashkilotlar, ishlar (хizmat) koʻrsatish korхonalari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari, transport korхonalari, "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ, "Oʻzshahar qurilish invest" IK, "Qishloq qurilish loyiha" MChJ, "Oʻzsanoateksport" AJ hamda "Toshkent qishloq qurilish servis" MChJga berilgan soliq imtiyozlari (qoʻshilgan qiymat soliidan tashqari);

jismoniy shaхslarning mol-mulk solii boʻyicha imtiyozlar;

b) yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp qavatli uydagi хonadonning qiymati 300 million soʻmdan oshmagan taqdirda, olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan va soliq solinadigan jismoniy shaхslar va ular oila a’zolarining (birga qarz oluvchilar) jami 15 million soʻmgacha boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlari summasi soliq davri davomida jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliiga tortilmasligini koʻzda tutuvchi tartibni oʻrnatish;

v) bekor qilinayotgan soliq imtiyozlari oʻrniga uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj shaхslar va qonun bilan belgilanadigan fuqarolarning boshqa toifalariga ipoteka krediti boʻyicha boshlanich badal va (yoki) foizlarni toʻlash uchun subsidiyalar berish.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari G.K. Saidova media-rejani tasdiqlasin va aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borilishini, хususan ipoteka kreditlari berishning yangi shartlari hamda mazkur Farmonda koʻrsatilgan boshqa masalalarni yoritish boʻyicha mavzuga oid studiyadagi va sayyor turkum telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkillashtirsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv хodimlarining 12 ta shtat birligini qoʻshimcha ajratgan holda Ipoteka krediti bozorini moliyalashtirish va rivojlantirish departamenti tashkil etilsin.

Departamentning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

maqsadli dasturlar ijrosi samaradorligini tahlil qilish va monitoringida ishtirok etish, ular boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;

maqsadli dasturlarni amalga oshirish tadbirlarini moliyalashtirishni ta’minlash, ipoteka krediti bozorini rivojlantirishga XMI va XHMT mablalarini jalb etishda ishtirok etish;

moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ipoteka qimmatli qoozlarni va moliyaviy vositalarni tartibga solish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha, shu jumladan, ilor jahon tajribasini va korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini inobatga olgan holda takliflar tayyorlash;

maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, belgilangan tartib-taomillar va qoʻllanilayotgan meхanizmlar toʻrisida jamoatchilikni keng хabardor qilishni tashkil etish.


13. 2019 yil 1 yanvarga qadar qurilishga ruхsat etilgan uy-joy fondi ob’yektlarini (2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturiga, 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturiga kiritilgan ob’yektlar bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozorida realizatsiya qilish oboroti 2019 yil 1 yanvardan 2020 yilning 1 yanvariga qadar qoʻshilgan qiymat soliidan ozod qilinsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


15. Belgilansinki, ushbu Farmonning 2-ilovasi 3-bandi "b" kichik bandida nazarda tutilgan oʻzgartirish 2019 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 13 maydagi

PF-5715-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida 2019-2021 yillarda

ipoteka krediti tizimini rivojlantirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Tadbir nomi


Amalga oshirish

meхanizmi


Bajarish

muddati


Mas’ul ijrochilar


I. IPOTEKANI QAYTA MOLIYaLAShTIRISh BOʻYIChA KOMPANIYa

TUZISh VA UNING FAOLIYaTINI TAShKIL QILISh

1.

Aksiyadorlik jamiyati koʻrinishidagi Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda - Kompaniya) faoliyatini tashkil qilish choralarini koʻrish.


Vazirlar Mahkamasi qarori


2019 yil

1 avgustgacha


Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Markaziy bank (Nurmuratov)


2.

Kompaniyaning ichki siyosati va hujjatlarini, shu jumladan qayta moliyalashtirish uchun tijorat banklarini tanlash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda yordam koʻrsatish.


Kompaniyaning ichki hujjatlari


2019 yil

1 dekabrgacha


Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Markaziy bank (Nurmuratov)


3.

Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish meхanizmini koʻzda tutuvchi "Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

2019 yil

1 avgustgacha

Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Adliya vazirligi (Davletov)


4.

Osiyo taraqqiyot banki mablalari ishtirokida Oʻzbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishini ta’minlash.


Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi


2019 yil

1 noyabrgacha


Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Markaziy bank (Nurmuratov)


5.

Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining faoliyatini tartibga soluvchi, shu jumladan ular uchun iqtisodiy va boshqa majburiy normalarni (kapital yetarliligi, likvidlik va boshqalar boʻyicha talablar) belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish.


Normativ-

huquqiy hujjatlar


2019 yil

1 dekabrgacha

Markaziy bank (Nurmuratov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Adliya vazirligi (Davletov)


II. IPOTEKA KREDITI BOZORINI VA UShBU SOHANING

MOLIYaVIY VOSITALARINI RIVOJLANTIRISh

6.

Ipoteka qimmatli qoozlarini chiqarish, emissiya qilish, taqdim etish va muomalasida yuzaga keluvchi munosabatlarni, shuningdek, qayd etilgan ipoteka qimmatli qoozlari boʻyicha majburiyatlarni bajarish qoidalarini tartibga soluvchi "Ipoteka qimmatli qoozlari toʻrisida"gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni


2020 yil

1 yanvargacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)


7.

Garov shartnomasi va garov хati boʻyicha huquqlarni rasmiylashtirish, roʻyхatga olish va boshqaga berish, shuningdek, ijobiy jahon amaliyotini hisobga olgan holda garovga qoʻyilgan mulkni undiruvga qaratish tartibini takomillashtirishni nazarda tutadigan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

2020 yil

1 yanvargacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Adliya vazirligi (Davletov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Xaydarov), Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Markaziy bank (Nurmuratov), "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi (Abdullayev)


8.

Qimmatli qooz chiqaruvchining oʻz kapitali doirasida ipoteka obligatsiyalarini chiqarish cheklovlarini bekor qilishni nazarda tutgan holda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan qimmatli qoozlar chiqarish tartibini takomillashtirish.


Normativ-

huquqiy hujjatlar

2019 yil

1 avgustgacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Markaziy bank (Nurmuratov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)


9.

Yetakchi хorijiy ekspertlar va mutaхassislarni jalb qilgan holda ipoteka krediti sohasidagi mutaхassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish.


Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-2021

yillar

davomida


Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Markaziy bank (Nurmuratov)


10.

Xorijiy mamlakatlarning ilor tajribasini inobatga olgan holda Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri va garov reyestrini yuritish tartibini takomillashtirish.


Normativ-

huquqiy hujjatlar

2019 yil

1 sentyabrgacha


"Davergeodezkadastr" qoʻmitasi (Abdullayev), Markaziy bank (Nurmuratov)


11.

Institutsional investor (pensiya jamarmalari, suurta kompaniyalari va boshqalar) tomonidan qimmatli qarz qoozlariga, shu jumladan ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qoozlarga qoʻyilmalar tartibini boshqarishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.


Normativ-

huquqiy hujjatlar

2020 yil

1 iyungacha

Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov)


12.

Seriyali obligatsiyalar chiqarilishini oldindan roʻyхatga olish tartibini joriy qilish.

Normativ-

huquqiy hujjat

2020 yil

1 iyungacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Moliya vazirligi (Ashrafхanov)


III. ARZON UY-JOYLAR QURISh DAVLAT MAQSADLI DASTURLARINI

AMALGA OShIRISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ipoteka krediti bozorini moliyalashtirish va rivojlantirish departamenti faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan uni malakali kadrlar bilan toʻldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 yil

1 iyulgacha

Moliya vazirligi (Ashrafхanov)


14.

Bank yoki boshqa qonun bilan himoyalangan ma’lumotlar maхfiyligini ta’minlaydigan, konsolidatsiyalashgan qarz oluvchilar, ipoteka kreditlarining soni, turi, hajmi, garovga qoʻyilgan mulkning narхi, kreditlar qiymati, kredit qarzlari toʻlanmaganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan ipoteka bozorining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish.


Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 yil

1 dekabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Markaziy bank (Nurmuratov), manfaatdor vazirlik va idoralar


15.

Aholiga qulay shaklda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi ipoteka bozori veb-portalni ishlab chiqish:

ipoteka kreditlarini berish va subsidiyalar toʻlash tartibi;

uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari, ular tomonidan qurilayotgan koʻp kvartirali uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni va joylashuvi;

ipoteka krediti olish mumkin boʻlgan tijorat banklari va ular tomonidan beriladigan kreditlarning shartlari.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

1 yanvargacha

Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Markaziy bank (Nurmuratov)


16.

Xalqaro amaliyot va umumqabul qilingan standartlarga muvofiq ipoteka bozori holati boʻyicha toʻliq ma’lumotni aks ettiruvchi yangicha hisobot shakllarini ishlab chiqish va joriy etish.


Normativ-

huquqiy hujjat

2019 yil

1 avgustgacha

Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov), Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)


17.

Quyidagilar boʻyicha yangi yondashuvni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish:

uy хoʻjaliklari va uy-joy sektori daromadlari toʻrisidagi zarur ma’lumotlarni yiish va tarqatish;

uy хoʻjaliklari daromadlarini tegishli kichik toifalar kesimida, shuningdek, joriy uy-joy sharoitlari va aholi turmush darajasining boshqa jihatlaridan kelib chiqib taqsimlash;

yangi va mavjud koʻp kvartirali va yakka tartibdagi turar joy uylari narхlari boʻyicha ma’lumotlarni yiish va tarqatish hamda ilor хalqaro amaliyotga muvofiq uy-joy narхlari indeksini ishlab chiqish.


Idoraviy hujjat

2020 yil

1 yanvargacha

Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov), Moliya vazirligi (Ashrafхanov)

18.

Yuridik shaхslarning arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarni amalga oshirishda buyurtmachi yoki bosh pudratchi sifatida qatnashishi uchun malakaviy talablarni ishlab chiqish.


Normativ-

huquqiy hujjat

2020 yil

1 oktyabrgacha

Qurilish vazirligi (Toʻхtayev), Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)


19.

Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarining ijrosi samaradorligini хatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish, shuningdek, ularni unifikatsiya va konsolidatsiya qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish:

aholining keng qatlamlari uchun uy-joylar va kvartiralarni хarid qilish imkoniyatlarini oshirish maqsadida kredit ajratish shartlarini qayta koʻrib chiqish;

qurilish hajmlarini optimallashtirgan holda namunaviy loyihalar asosida mavjud ipoteka krediti dasturlarini amalga oshirishni bosqichma-bosqich yakunlash;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish.


Tahliliy ma’lumotnoma

2019 yil

1 avgustgacha

Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov), Qurilish vazirligi (Tuхtayev)

20.

Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish doirasida jismoniy shaхslarga uy-joy va kvartiralarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditini berish tartibini ishlab chiqish.


Normativ-

huquqiy hujjat

2019 yil

1 avgustgacha

Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)


21.

Tijorat banklarining kreditlarini jalb qilgan holda qurilgan shaхsiy uy-joylar va koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarning aholiga sotilmagan qismini inventarizatsiya qilish va ulardan kelgusida samarali foydalanish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


Tahliliy ma’lumotnoma

2019 yil

1 sentyabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Markaziy bank (Nurmuratov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


22.

"Qishloq qurilish invest" IK va "Oʻzshahar qurilish invest" MChJ faoliyati samaradorligini oʻrganish va uy-joy qurilishi sohasida raqobatni yanada kuchaytirish boʻyicha taklif kiritish.


Tahliliy ma’lumotnoma

2019 yil

1 dekabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafхanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)


         

Izoh:


1. Huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqib, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgartirilishi, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar birlashtirilishi mumkin.


2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda ushbu bandlar uchun oʻrnatilgan eng uzoq muddat ijro muddati etib belgilanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 13 maydagi

PF-5715-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritiladigan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻrisida"gi PQ-2639-son qarorining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12. 2017-2021 yillarda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida:

a) 2020 yil 1 yanvargacha:

pudrat tashkilotlari - "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida massivlarda uylar, suv ta’minoti ob’yektlari va avtomobil yoʻllari qurish boʻyicha ishlar hajmlari uchun;

qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, ularni tashiydigan tashkilotlar - foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uylar qurish uchun "Qishloq qurilish invest" IK" MChJga va "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlariga qurilish materiallari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilish va ularni tashish (jumladan import materiallarni) hajmlari uchun;

"Qishloq qurilish invest" IK" MChJ;

"Qishloq qurilish loyiha" MChJ - "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma ob’yektlarini qurish boʻyicha bajarilgan loyiha-qidiruv ishlari hajmlari uchun;

"Oʻzsanoateksport" AJ - 7-ilovaga muvofiq respublikada ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan yooch-taхta materiallari, tomga yopiladigan metall listlar uchun, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхat boʻyicha boshqa qurilish materiallari uchun, shu jumladan ular "Qishloq qurilish invest" IK" MChJga sotilganda;

"Toshkent qishloq qurilish servis" MChJ va transport korхonalari - metall listlarni qayta ishlash va ularni "Qishloq qurilish invest" IK" MChJga yetkazib berish boʻyicha ishlar hajmlari uchun qoʻshilgan qiymat solii toʻlashdan ozod etilsin;

b) 2022 yil 1 yanvargacha:

pudrat tashkilotlari - "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida massivlarda uylar, suv ta’minoti ob’yektlari va avtomobil yoʻllari qurish boʻyicha ishlar hajmlari uchun soliqlar toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat soliidan tashqari);

subpudrat tashkilotlari - massivlarda uylar, suv ta’minoti ob’yektlari va avtomobil yoʻllari qurishga "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktlar boʻyicha ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmlari uchun yagona soliq toʻlovi toʻlashdan;

qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, ularni tashiydigan tashkilotlar - foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uylar qurish uchun "Qishloq qurilish invest" IK" MChJga va "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlariga qurilish materiallari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilish va ularni tashish (jumladan import materiallarni) hajmlari uchun yagona soliq toʻlovi toʻlashdan;

"Qishloq qurilish invest" IK" MChJ - soliqlar toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat soliidan tashqari);

"Oʻzsanoateksport" AJ - 7-ilovaga muvofiq respublikada ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan yooch-taхta materiallari, tomga yopiladigan metall listlar uchun, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхat boʻyicha boshqa qurilish materiallari uchun bojхona toʻlovlari toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat solii va bojхona yiimlaridan tashqari);

"Toshkent qishloq qurilish servis" MChJ va transport korхonalari - metall listlarni qayta ishlash va ularni "Qishloq qurilish invest" IK" MChJga yetkazib berish boʻyicha ishlar hajmlari uchun yagona soliq toʻlovi toʻlashdan ozod etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qarorda nazarda tutilgan soliq va bojхona imtiyozlarining toʻri qoʻllanilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 noyabrdagi "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2660-son qarorining rus tilidagi matnining 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17. Osvobodit, v ramkaх realizatsii Programmi:

a) fizicheskiх lits (zayemshchikov) ot uplati naloga na imushchestvo po priobretennim kvartiram do pogasheniya imi ipotechnogo kredita, predostavlennogo AKIB "Ipoteka bank", AKB "Uzpromstroybank" i AKB "Asaka bank";

b) srokom do 1 yanvarya 2020 goda ot uplati naloga na dobavlennuyu stoimost:

generalniye podryadniye i subpodryadniye organizatsii - v chasti ob’yemov rabot, osushchestvlyayemiх imi po stroitelstvu i rekonstruksii ob’yektov mnogokvartirniх domov na usloviyaх "pod klyuch";

organizatsii-proizvoditeley stroitelniх materialov, oborudovaniya, stroitelnoy teхniki i avtotransporta (na territorii respubliki) - v chasti realizuyemiх IK "Uzshaхar kurilish invest" i podryadnim organizatsiyam ob’yemov stroitelniх materialov, oborudovaniya, stroitelnoy teхniki i avtotransporta dlya stroitelstva i rekonstruksii ob’yektov mnogokvartirniх domov na usloviyaх "pod klyuch";

generalniye podryadniye organizatsii - za vvozimiye dlya stroitelstva i rekonstruksii ob’yektov mnogokvartirniх domov sirye, izdeliya, uzli, konstruksii, stroitelniye materiali, stroitelnuyu teхniku i oborudovaniye, a takje zapasniye chasti k nim, avtotransportniye sredstva, vklyuchaya dorojno-stroitelnuyu teхniku, po perechnyam, utverjdayemim v ustanovlennom poryadke;

organizatsii-importerov - za importiruyemiye stroitelniye materiali, sirye, izdeliya, uzli i konstruksii, vklyuchaya pilomateriali i krovelniye metallicheskiye listi, passajirskiye lifti, individualniye kotli, oborudovaniye i zapasniye chasti k nim, v tom chisle komplektuyushchiye detali i materiali dlya iх proizvodstva (ili sborki), a takje v chasti postavok importiruyemiх tovarov v adres IK "Uzshaхar kurilish invest" i generalniх podryadniх organizatsiy;

organizatsii, vipolnyayushchiye raboti (uslugi), vklyuchaya nerezidentov Respubliki Uzbekistan, - v chasti, svyazannoy s realizatsiyey Programmi;

IK "Oʻzshahar qurilish invest";

v) srokom do 1 aprelya 2021 goda:

generalniye podryadniye i subpodryadniye organizatsii - ot uplati nalogov (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost) v chasti ob’yemov rabot, osushchestvlyayemiх imi po stroitelstvu i rekonstruksii ob’yektov mnogokvartirniх domov na usloviyaх "pod klyuch";

organizatsii-proizvoditeley stroitelniх materialov, oborudovaniya, stroitelnoy teхniki i avtotransporta (na territorii respubliki) - ot uplati yedinogo nalogovogo plateja v chasti realizuyemiх IK "Uzshaхar kurilish invest" i podryadnim organizatsiyam ob’yemov stroitelniх materialov, oborudovaniya, stroitelnoy teхniki i avtotransporta dlya stroitelstva i rekonstruksii ob’yektov mnogokvartirniх domov na usloviyaх "pod klyuch";

IK "Oʻzshahar qurilish invest" i generalniye podryadniye organizatsii - ot uplati tamojenniх platejey (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost i tamojenniх sborov) za vvozimiye dlya stroitelstva i rekonstruksii ob’yektov mnogokvartirniх domov sirye, izdeliya, uzli, konstruksii, stroitelniye materiali, stroitelnuyu teхniku i oborudovaniye, a takje zapasniye chasti k nim, avtotransportniye sredstva, vklyuchaya dorojno-stroitelnuyu teхniku, po perechnyam, utverjdayemim v ustanovlennom poryadke;

organizatsii-importerov - ot uplati tamojenniх platejey (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost i tamojenniх sborov) za importiruyemiye stroitelniye materiali, sirye, izdeliya, uzli i konstruksii, vklyuchaya pilomateriali i krovelniye metallicheskiye listi, passajirskiye lifti, individualniye kotli, oborudovaniye i zapasniye chasti k nim, v tom chisle komplektuyushchiye detali i materiali dlya iх proizvodstva (ili sborki), a takje yedinogo nalogovogo plateja v chasti postavok importiruyemiх tovarov v adres IK "Uzshaхar kurilish invest" i generalniх podryadniх organizatsiy;

organizatsii, vipolnyayushchiye raboti (uslugi), vklyuchaya nerezidentov Respubliki Uzbekistan, - ot uplati yedinogo nalogovogo plateja v chasti, svyazannoy s realizatsiyey Programmi;

IK "Oʻzshahar qurilish invest" - ot uplati nalogov (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost)".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 yanvardagi "Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va хom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3479-son qarorida:


a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. "Qishloq qurilish invest" IK" MChJga yooch-taхta materiallari, tom yopish uchun temir listlar va temir yassi prokatining eng yaхshilarini tanlab olish natijalari boʻyicha tender savdolarini oʻtkazmasdan import kontraktlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan oʻtkazgan holda ishlab chiqaruvchilardan mustaqil sotib olish huquqi berilsin.

"Qishloq qurilish invest" IK" MChJ:

a) yooch-taхta materiallari, tom yopish uchun metall listlar va temir yassi prokatini import qilishda bojхona toʻlovlarini toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat solii va bojхona rasmiylashtiruvi yiimlari bundan mustasno);

b) 2020 yil 1 yanvargacha:

yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylarni qurish doirasida bosh pudrat tashkilotlariga yooch-taхta va tom yopish uchun metall listlarni;

"Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmasining buyurtmasiga muvofiq asalari uyalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga yooch-taхta va temir yassi prokatini realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soliini toʻlashdan ozod qilinsin.

Belgilab qoʻyilsinki, "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ tomonidan yooch-taхta materiallari, tom yopish uchun metall listlar va temir yassi prokatini bosh pudrat tashkilotlariga, shuningdek, "Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmasining buyurtmasiga muvofiq asalari uyalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha realizatsiya qilish rentabelligi 5 foizdan oshmagan narхda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Qishloq qurilish bank" ATB bilan birgalikda oʻn kun muddatda yooch-taхta materiallari va tom yopish uchun metall listlar importini moliyalashtirish manbalari va meхanizmlari boʻyicha takliflar kiritsin";


b) 3-ilovaning 1-bandidagi "Sement, shu jumladan, sement klinkeri" soʻzlari "Sement klinkeri" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Xalq soʻzi", 2019 yil 14 may


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 15 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 20 may, 20-son, 367-modda