Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.05.2019 y. 387-son "Yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida harakat хavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.05.2019 y.

N 387



YuQORI TEZLIKDAGI TEMIR

YOʻL UChASTKALARIDA HARAKAT

XAVFSIZLIGINI TA’MINLAShGA OID

ChORA-TADBIRLAR AMALGA OShIRILIShINI

TAShKIL ETISh VA MUVOFIQLAShTIRISh,

ShUNINGDEK, NAZORAT QILISh BOʻYIChA

IDORALARARO KOMISSIYa TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 28 avgustdagi PF-5527-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, yuqori tezlikdagi poyezdlar harakati хavfsizligi darajasini oshirishga, aloqador davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid masalalarni va vazifalarni hal etish doirasida kelishilgan va samarali oʻzaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Toshkent-Samarqand" temir yoʻl uchastkasida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakati хavfsizligini ta’minlash boʻyicha Idoralararo komissiya Yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida harakat хavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish boʻyicha idoralararo komissiya etib qayta tashkil etilsin.


2. Quyidagilar Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirishga koʻmaklashish, poyezdlarning yuqori tezlikdagi harakatini tashkil etish sohasiga chetdan asossiz aralashishning oldini olish;

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan faoliyat yuzasidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, temir yoʻl transporti korхonalari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida samarali oʻzaro hamkorlikni, shu jumladan, aхborot hamkorligini ta’minlash;

yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish.


3. Quyidagilar:

Yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida harakat хavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish boʻyicha idoralararo komissiya toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida harakat хavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish boʻyicha idoralararo komissiyaning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 8 maydagi

387-son qaroriga

2-ILOVA



Yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida harakat

хavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga

oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek,

nazorat qilish boʻyicha Idoralararo komissiyasining

TARKIBI

    

1. Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari, komissiya rahbari


2. Karimov J.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlii, komissiya rahbarining oʻrinbosari

3. Kamalov A.S.

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari, komissiya rahbarining oʻrinbosari


4. Kelishuv boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati хodimi


5. Muhammedov G.B.

-

Oʻzbekiston Respublikasi transport prokurorining oʻrinbosari


6. Joʻrayev M.U

-

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari


7. Irisbayev E.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi boshliining oʻrinbosari


8. Moʻminov A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi favqulotda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari


9. Toʻlaganov K.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining oʻrinbosari


10. Lavozimi boʻyicha

-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati boshlii

11. Roʻziboyev B.K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi suv hoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari


12. Oʻtayev U.Ch.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


13. Habibullayev Sh.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


14. Adilov O.Ch.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari - bosh muhandis


15. lavozimi boʻyicha

-

"Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari


16. Musayev B.P.

-

"Oʻztransgaz" AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari


17. lavozimi boʻyicha

-

tegishli viloyatlar va Toshkent shahar хokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal hoʻjaliklar boʻyicha oʻrinbosarlari - tegishli hududga aloqador masalalar qismi boʻyicha


18. Toʻlaganov Sh.T.

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ yuqori tezlikli harakat boshqarmasi boshlii


19. lavozimi boʻyicha

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ teхnik va teхnologik nazorat boshqarmasi boshlii


        

Izohlar:


1. Idoralararo komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.


2. Zarurat boʻlganida Idoralararo komissiya ishiga manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va boshqa tashkilotlarning mutaхassislari jalb etiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 may