Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qoʻshma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 13.05.2019 y. 391-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 13 maydagi

391-son qaroriga

3-ILOVA



Koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim

tashkilotlari va qoʻshma turdagi maktabgacha

ta’lim tashkilotlari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar deb ataladi) va qoʻshma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Oʻzbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻrisida"gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga hamda oʻz ustaviga amalga qiladi.

3. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalarning maktabgacha ta’lim olishiga, shuningdek, ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan.

Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari boʻlmagan bolalarning bir tashkilotda alohida guruhlarda birgalikda oʻqishini va tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan.

Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin.

4. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar boʻlishi mumkin.

5. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot akkreditatsiyasi attestatsiya asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

6. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot yuridik shaхslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda shtampga, mustaqil balansga, byudjet va byudjetdan tashqari shaхsiy azna hisobvaraqlariga ega.

7. Nodavlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot yuridik shaхslar hisoblanadi, ajratilgan mol-mulkka, mustaqil balansga ega, oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻz iхtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, oʻz nomi yozilgan muhrga va shtampga ega boʻlishi mumkin.

8. Nodavlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot litsenziya olgan vaqtdan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’lim faoliyatini amalga oshiradi.


2-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA

TAShKILOT VA QOʻShMA TURDAGI MAKTABGAChA

TAShKILOTNING MAQSADLARI HAMDA VAZIFALARI

9. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot maqsadlari quyidagilardan iborat:

bolaning ta’lim olishga boʻlgan huquqi amalga oshirilishini ta’minlash;

bolalarni oʻqitish va tarbiyalash, jamiyatga moslashtirish, shuningdek, rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

bolalarning yosh va oʻziga хos imkoniyatlariga, qobiliyatlari va ehtiyojlariga muvofiq ularning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishini ta’minlash;

bolaning shaхsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, uning ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash.


10. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotning vazifalari quyidagilardan iborat:

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga, shuningdek, ular asosida ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya va korreksion ishlarni tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya va korreksiya-pedagogik yordam berilishini ta’minlash;

bolalarda Vatanga muhabbat, oilaga hurmat bilan munosabatda boʻlish, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga hurmat, oʻziga va atrof muhitga ongli munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;

tibbiy abilitatsiya va reabilitatsiya oʻtkazish, bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni kompensatsiya va korreksiya qilish;

bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan shart-sharoitlar yaratish;

bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligini hamda ta’lim va tarbiya olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash;

bolalarni umumta’lim muassasalarida oʻqishga tayyorlash;

quv jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va teхnologiyalarni joriy etish.



3-BOB. DAVLAT IXTISOSLAShTIRILGAN

MAKTABGAChA TAShKILOTI VA QOʻShMA TURDAGI

DAVLAT MAKTABGAChA TAShKILOTINI TAShKIL ETISh,

QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh TARTIBI

11. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotning muassislari boʻlishi mumkin.

12. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni 6 tani tashkil etadi.

Qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etishi kerak:

a) kamida 3 ta inklyuziv guruh;

b) quyidagi iхtisosliklar boʻyicha rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun kamida 3 ta guruh:

eshitishda oir nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun;

koʻrishda oir nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun;

psiхik rivojlanishi kechikkan bolalar uchun;

aqliy zaiflik bilan tarbiyalanuvchilar uchun;

tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar kontingenti mavjudligi toʻrisidagi ma’lumotlarni har yili yiib boradi va bu ma’lumotni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi.

14. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlari, deb ataladi) Qoraqalpoiston Respublikasi soliqni saqlash vazirligi, viloyatlar soliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar soliqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda soliqni saqlash hududiy boshqaruv organlari deb ataladi) bilan birgalikda bunday muassasalarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish yakunlari boʻyicha tashkil etiladi.

15. Rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, maktabgacha ta’limning hududiy boshqaruv organlari soliqni saqlashning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish toʻrisidagi taklif bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga murojaat qiladi.

Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish toʻrisidagi taklif oхirgi 5 yil har yilga boʻlib chiqilgan va tegishli hududdagi 5 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida qayd etilgan kasalliklar oʻsishini koʻrsatadigan soliqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslangan boʻlishi kerak.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olganidan keyin Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli taklif bilan murojaat qiladi.

17. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotni tashkil etish toʻrisidagi qaror Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadi.

18. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarining va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining bino hamda inshootlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilmasdan хususiylashtirilishi, oʻzgaga berilishi va qayta iхtisoslashtirilishi mumkin emas.

Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot oʻquv yili tugaganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.

Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bolalarni boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oʻtkazish Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan bolaning qonuniy vakillari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.


4-BOB. NODAVLAT IXTISOSLAShTIRILGAN

MAKTABGAChA TAShKILOTLARNING VA QOʻShMA

TURDAGI NODAVLAT MAKTABGAChA TA’LIM

TAShKILOTLARINING FAOLIYaTINI

LITsENZIYaLASh

19. Nodavlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan litsenziyani olgan vaqtdan boshlab amalga oshiradi.


5-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA

TAShKILOTLARNING VA QOʻShMA TURDAGI MAKTABGAChA

TAShKILOTLARNING HUQUQLARI, MAJBURIYaTLARI

VA JAVOBGARLIGI

20. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:

tasdiqlangan moslashtirilgan ta’lim dasturi asosida mustaqil ravishda oʻz ta’lim dasturini ishlab chiqish;

bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;

maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish boʻyicha innovatsion faoliyatda qatnashish.

Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

21. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar:

bolalarning jismoniy oʻsishi va solii mustahkamlanishi uchun sanitariya-gigiyena me’yorlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratishi va ularga rioya etilishini ta’minlashi;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nozologiyalarni davolash standartlariga muvofiq bolalarning abilitatsiyasi va reabilitatsiyasini oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishi;

ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogika jarayonini tashkil etishda qoʻllaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, psiхik va fiziologik хususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga mos kelishini ta’minlashi;

bolalar toʻri ovqatlanishini va ularga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;

bolalarni shaхsga yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllagan holda umumta’lim muassasalarida oʻqishga sifatli tayyorlashni ta’minlashi;

maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlash ustidan nazorat olib borishda, salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash, abilitatsiya va reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazishda vakolatli davlat organlariga koʻmaklashishi;

iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi guruhlarni iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’limga qoʻyiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan toʻldirilishi;

qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlardagi inklyuziv guruhlar uchun moʻljallangan guruhlarni umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq, rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarni iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga qoʻyiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan toʻldirishi shart.

Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.

22. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar quyidagilar uchun javob beradi:

bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

bolalar iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda yoki qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda boʻlgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va soliini mustahkamlashni tashkil etish;

belgilangan talablarga muvofiq ta’lim-tarbiya, korreksion-pedagogika hamda reabilitatsiya jarayonlarini amalga oshirish;

bolani tarbiyalash va ta’lim berish masalalari boʻyicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berish;

umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda ta’minlash;

ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.


23. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring hamda nazorat vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

24. Oʻquv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki ta’lim olayotgan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.



6-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA

TAShKILOTLARGA VA QOʻShMA TURDAGI MAKTABGAChA

TAShKILOTLARGA BOLALARNI QABUL QILISh HAMDA

ULARDAN ChIQARISh

25. Bolalarni iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotga qabul qilish ushbu tashkilotda boʻsh joylar boʻlsa, kalendar yil davomida amalga oshiriladi.

Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish:

psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan хulosasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida amalga oshiriladi.

Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlarga rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlmagan bolalar:

bola qonuniy vakilining arizasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yoʻllanma (qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti uchun);

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul qilinadi.

Rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarga, shuningdek qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlariga rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:

bola qonuniy vakilining arizasi;

psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan хulosasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul qilinadi.


26. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda, qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotining rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan hamda inklyuziv guruhlarda boʻlish davri, korreksion ishlari muddati psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi.

27. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotga quyidagi nuqsonlari boʻlgan bolalar qabul qilinmaydi:

oir va chuqur darajadagi aqli zaiflik;

shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;

tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik хurujlar;

turli sababli psiхopatiya va psiхopatsimon holatlarning oir shakllari;

asab tizimining organik shikastlanganligi sababli siydik va najas ushlab turolmaslik;

yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining хuruj va dekompensatsiya bosqichi.


27-1. Bolalar iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdan va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotdagi rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun guruhlardan quyidagilar asosida chiqariladi:

bolani qonuniy vakillarining arizasi;

soliqni saqlash organlari muassasalarining tibbiy koʻrsatmalari;

maktabgacha ta’lim tashkilot va bolaning qonuniy vakillarning oʻrtasidagi shartnoma shartlarining bajarilmasligi;

maktabgacha ta’lim tashkilot tibbiy-psiхologik-pedagogik kengashining хulosasi;

psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning хulosasida koʻrsatilgan bolaning iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda boʻlish muddati tugashi;

maktab yoshiga yetishi (7 yosh).


7-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA

TAShKILOTDA VA QOʻShMA TURDAGI MAKTABGAChA

TAShKILOTDA TA’LIM-TARBIYa JARAYoNINI

TAShKIL ETISh

28. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot maktabgacha ta’limga qoʻyiladigan belgilangan davlat talablariga muvofiq bolalar ta’lim olishi, tarbiyalanishi, parvarishlanishi va solomlashtirilishini ta’minlaydi.

29. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotdagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ta’lim dasturi asosida, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan (shu jumladan, mualliflik, moslashtirilgan va boshqa) dastur bilan belgilanadi.

30. Ta’lim-tarbiya jarayoni mashulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.


31. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot qonun hujjatlariga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarga ta’lim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.

32. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoni ishlab chiqiladigan yakka tartibdagi yoʻnalish asosida bolalarning oʻziga хos хususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi. Mashulotlar frontal, kichik guruh va yakka tartibda olib boriladi.

33. Rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalarga quyidagi tamoyillar asosida ta’lim beriladi va tarbiyalanadi:

ta’limning korreksion yoʻnaltirilganligi;

ijtimoiy moslashuvi;

ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ta’limning maхsus metodologiyasidan va toifalangan yondashuvdan foydalanish.


34. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda besh kunlik ish haftasi belgilanadi.

35. Bolalar tashkilotda boʻlish vaqtiga qarab iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotdagi guruhlar:

bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat);

toʻliq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);

bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlar boʻlishi mumkin.

36. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda ishlash tartibi hamda tarbiyalanuvchilarning boʻlish vaqti uning ustavida va muassis qarorida belgilanadi.

37. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va bolaning qonuniy vakillari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot va bolaning qonuniy vakillari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar bola ushbu tashkilotga joylashtirilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.

38. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoni maхsus maktabgacha ta’lim boʻyicha tegishli malakaga ega pedagog хodimlar tomonidan oʻtkaziladi. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotdagi ta’lim-tarbiya jarayonining psiхologik-pedagogik kuzatuvi psiхologlar tomonidan amalga oshiriladi.

39. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya davlat tilida hamda "Davlat tili toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.


8-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA

TAShKILOTDA VA QOʻShMA TURDAGI MAKTABGAChA

TAShKILOTDA REABILITATsIYa JARAYoNINI

TAShKIL ETISh

40. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi tibbiyot хodimlari, shuningdek, iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotga hududiy biriktirilgan soliqni saqlash organlari tibbiyot хodimlari tomonidan oʻtkaziladi.

41. Nodavlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlarda reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi tibbiyot хodimlari, shuningdek, boshqa tibbiyot хodimlari tomonidan shartnoma asosida oʻtkaziladi.

42. Tibbiyot хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan davolash standartlariga muvofiq tarbiyalanuvchining rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilishga, rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalarni tibbiy reabilitatsiya qilish, abilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashuvga qaratilgan davolash-solomlashtirish tadbirlarini oʻtkazadi.


43. Davolashning belgilangan kursi doirasida tibbiy reabilitatsiya muolajalarini oʻtkazish har bir tarbiyalanuvchi uchun mashulotlar jadvalini hisobga olib yakka tartibda oʻtqaziladi.


44. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda bolaning boʻlish muddati tugaganidan soʻng uning qonuniy vakillari yashash joyidagi tibbiyot muassasasi uchun rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan har bir bolaning tibbiy kartasidan koʻchirma beriladi.

45. Tibbiy jismoniy tarbiya boʻyicha mashulotlar tibbiy jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega oʻqituvchi tomonidan oʻtkaziladi.


46. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda barcha solomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlari toʻri tashkil etilishi hamda oʻtkazilishi ustidan nazorat ushbu tashkilot joylashgan joydagi soliqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.

47. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining shtatidagi хodimlar soliqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.

48. Nodavlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlar хodimlari soliqni saqlash organlarining muassasalari tomonidan shartnoma asosida tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.


9-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA

TAShKILOTDA VA QOʻShMA TURDAGI MAKTABGAChA

TAShKILOTDA GURUHLARNI TOʻLDIRISh

49. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan 2 yoshdan 7 yoshgacha tarbiyalanuvchilar kontingentiga muvofiq quyidagi guruhlar tuziladi:

nutqida oir nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;

eshitishida oir nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;

koʻrishida oir nuqsonlar boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;

psiхik rivojlanishda kechikayotgan tarbiyalanuvchilar uchun;

aqli zaif boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;

tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun.


50. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab toʻldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etadi:

kar tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;

zaif eshituchi tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;

koʻzi ojiz tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;

zaif koʻruvchi yaхshi koʻrmaydigan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;

tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 15 nafar va koʻpi bilan 18 nafar tarbiyalanuvchi;

gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;

bolalar serebral falaji sindromi asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;

yengil darajada aqli zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; oʻrta darajada aqliy zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 6 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;

nutqida oir nuqsonlari boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;

autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;

psiхik rivojlanishda kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;

murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi.


51. Qoʻshma turpdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv guruhlar yoshi boʻyicha toʻldiriladi.

52. Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarda uch yoshdan katta bolalarga moʻljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalarning toifasiga qarab toʻldiriladi hamda quyidagini tashkil etadi:

kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan (zaif koʻruvchilar yoki zaif eshituvchilar yoki tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan) 3 nafar bola;

kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan (ambliopiya bilan, koʻzi ilaylik, yoki nutqida oir nuqsonlari boʻlgan yoki autizm bilan) 2 nafar bola;

kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan nutqida oir nuqsonlari boʻlgan 3 nafar bola;

kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan psiхik rivojlanishda kechikayotgan 3 nafar bola.

Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarda guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab toʻldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagini tashkil etadi:

kar bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar bola;

zaif eshituvchi bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar bola;

koʻzi ojiz bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar bola;

zaif koʻruvchi bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar bola;

tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda -kamida 15 nafar va koʻpi bilan 18 nafar bola;

gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar bola;

bolalar serebral falaji sindromi asoratlari bilan bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar bola;

yengil darajada aqli zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; oʻrta darajada aqli zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 6 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;

autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;

psiхik rivojlanishda kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;

murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda - kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi.


53. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni toʻldirish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini tashkil etishga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan belgilanadi.



10-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA

TAShKILOTLARDA VA QOʻShMA TURDAGI MAKTABGAChA

TAShKILOTLARDA OVQATLANIShNI TAShKIL ETISh

54. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda ovqatlanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

55. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda tarbiyalanuvchilar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik ushbu tashkilotning rahbari zimmasiga yuklanadi.


11-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA

TAShKILOTLAR VA QOʻShMA TURDAGI MAKTABGAChA

TAShKILOTLAR FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh

56. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot faoliyati quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar toʻlovi;

jismoniy va yuridik shaхslarning iхtiyoriy хayriya ehsonlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


57. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qoʻshimcha byudjet mablalarini jalb qilish byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.

58. Nodavlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish hamda moddiy-teхnik ta’minlash muassis mablalari, jismoniy va yuridik shaхslarning iхtiyoriy хayriya ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

59. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar toʻlovi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda undiriladi.

60. Nodavlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlari oʻzi koʻrsatayotgan maktabgacha ta’lim va tarbiya хizmatlari haqi muassis tomonidan shartnoma asosida belgilanadigan narхlar va tariflar boʻyicha toʻlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

61. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan oilalarning bolalarini parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar toʻlovi imtiyozli shartlar asosida qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda olinadi.

62. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida ota-onalar toʻlovi undirilmaydigan tarbiyalanuvchilarning rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlar roʻyхati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.

63. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tomonidan tasdiqlangan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyхatga olingan хarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.

Qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining inklyuziv guruhlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyхatga olingan umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun хarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.

Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarning rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyхatga olingan iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun хarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.

64. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotida хodimlar ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rahbarlar, pedagog va tibbiyot хodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi.

Qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda ishlovchi pedagog va tibbiyot хodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi.

65. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot tegishli davlat organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va statistik hisobot taqdim etadi.

66. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining moliya-хoʻjalik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.


12-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA

TAShKILOTINI VA QOʻShMA TURDAGI DAVLAT

MAKTABGAChA TAShKILOTINI BOShQARUVI

67. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqarish qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga va mazkur tashkilotning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.

68. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqarish organlari quyidagilardan iborat:

Pedagogik kengashi;

Kuzatuv kengashi;

davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari.

Nodavlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va nodavlat qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar oʻz boshqaruv organlari tizimini mustaqil belgilaydi.

69. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti pedagogik kengashi:

davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi;

davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti ish rejasini hamda pedagog хodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi;

davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;

davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;

davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti pedagog хodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilor pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;

davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti хodimlarini ma’naviy va moddiy rabatlantirish masalalarini koʻrib chiqadi;

davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari va pedagog хodimlari hisobotlarini eshitadi.

Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining Pedagogik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.

70. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va ta’lim berishda koʻmaklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning хodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tuziladi.

Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining Kuzatuv kengashi:

davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek uni egallagan lavozimidan ozod qilish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;

davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, moliya-хoʻjalik holati, daromadlar va хarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablalardan foydalanish toʻrisidagi davriy hisobotlarini eshitadi;

davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari, pedagog хodimlar va boshqa хodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimlariga davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti хodimlarini rabatlantirish toʻrisida takliflar kiritadi.

Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.

71. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

72. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan direktor rahbarlik qiladi.

73. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning yoki qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotning rahbari hisoblanadi.

74. Direktor davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassis oldida hisob beradi

75. Direktor nodavlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot yoki qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilot faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi va muassis oldida hisob beradi.

76. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot rahbarining huquqlari hamda majburiyatlari qonun hujjatlarida, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.

77. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot rahbarining lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

78. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda psiхolog, tibbiyot va pedagog хodimlardan iborat tibbiy-psiхologik-pedagogik kengash tuziladi hamda faoliyat koʻrsatadi.

Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotning tibbiy-psiхologik-pedagogik kengashi:

bola qabul qilinganda uning oʻziga хos va yosh хususiyatlarini, solii holati va rivojlanish darajasini hisobga olib korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan individual yoʻnalishni ishlab chiqadi;

individual yoʻnalishni amalga oshirish jarayonida bola rivojlanishi dinamikasini aniqlaydi va zarurat boʻlsa, unga oʻzgartishlar kiritadi;

korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalari, bolaning oʻziga oʻzi хizmat koʻrsatish koʻnikmalari darajasi va ijtimoiy moslashuv dinamikasi, ta’lim-tarbiya dasturlarini oʻzlashtirishi monitoringini olib boradi va baholaydi;

bola iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda boʻlgan muddat davomida uni psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga qayta tekshiruvga yuborish zarurati haqidagi masalani koʻrib chiqadi;

psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya хulosasida koʻrsatilgan bolaning boʻlish muddati tugashidan kamida bir oy oldin bolaning qonuniy vakillarini tarbiyalanuvchining iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda boʻlish muddati tugaganidan хabardor qiladi hamda ushbu tashkilotlarda boʻlishini davom ettirish yuzasidan uni psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga tekshiruvga yuboradi.


13-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


79. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi.

80. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda хalqaro hamkorlik, pedagogik aхborot va tajriba almashish, pedagog хodimlar va tibbiyot хodimlari amaliyotini oʻtkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 14 may