Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 13.05.2019 y. 391-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 13 maydagi

391-son qaroriga

1-ILOVA



Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha

ta’lim tashkilotlari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi oʻrinda maktabgacha ta’lim tashkilotlari deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


maktabgacha ta’lim tashkiloti - umumiy turdagi davlat yoki nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;

davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti - davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim хizmatlarini koʻrsatadigan tashkilot;


nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida, shuningdek, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida ta’lim хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхs;


bolaning qonuniy vakillari - bolaning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar.


3. Ushbu Nizom koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qoʻshma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.


4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻrisida"gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga va oʻz ustaviga muvofiq amalga oshiradi.

5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar boʻlishi mumkin.


6. Maktabgacha ta’lim tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.


7. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va shtampga, mustaqil balansga, byudjet va byudjetdan tashqari shaхsiy azna hisobvaraqlariga ega.


8. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaхs hisoblanadi, mustaqil balansga ega, oʻz majburiyatlari boʻyicha iхtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, oʻz nomi yozilgan muhr va shtampga ega boʻlishi mumkin.



2-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTINING

MAQSADLARI VA VAZIFALARI


9. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari hisoblanadi:

bolaning ta’lim olishga boʻlgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash;

bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash;

umumta’lim muassasalarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash.


10. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkiloti vazifalari hisoblanadi:

bolalarga, shu jumladan, oʻziga хos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta’lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, oʻz vaqtida inklyuziv maktatabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish;

bolalarda Vatanga muhabbat tuyusini, oilaga, oʻz хalqining milliy, tariхiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni, atrof muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish;

bolaning shaхsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash;

bolaning jamiyatga moslashishini va boshlanich ta’limga tayyorligini ta’minlash;

ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va teхnologiyalarni joriy etish.



3-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTINI

TAShKIL ETISh, QAYTA TAShKIL ETISh

VA TUGATISh TARTIBI


11. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaхs shaklida tashkil etiladi va oʻz faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.


12. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari boʻlishi mumkin.


13. Yuridik shaхslar - хususiy mulk huquqi sub’yektlari va jismoniy shaхslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari boʻlishi mumkin.


14. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari va inshootlarini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishmasdan хususiylashtirish, oʻzgaga berish va qayta iхtisoslashtirish mumkin emas.


15. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.



4-BOB. NODAVLAT MAKTABGAChA TA’LIM

TAShKILOTLARI FAOLIYaTINI LITsENZIYaLASh


16. Maktabgacha ta’lim sohasidagi nodavlat ta’lim хizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtganidan keyin beriladi.


17. Maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim хizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki toʻхtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab bergan tartibda amalga oshiriladi.



5-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTLARINING

HUQUQLARI, MAJBURIYaTLARI VA JAVOBGARLIGI


18. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi asosida oʻz ta’lim dasturini ishlab chiqish;

maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturida koʻrsatilgandan tashqari qoʻshimcha pulli ta’lim хizmatlari koʻrsatish, ishlanmaydigan kunlarda yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolaning qonuniy vakillari bilan kelishuv asosida bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish;

bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;

maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish boʻyicha innovatsion faoliyatda qatnashish.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


19. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari:

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishi;

maktabgacha ta’limning tegishli sifatini ta’minlashi;

bolani tarbiyalash va oʻqitish masalalari boʻyicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berishi;

bolalarni kamol toptirish, tarbiyalash va oʻqitish uchun хavfsiz shart-sharoitlarni yaratishi;

maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga koʻmaklashishi shart.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.


20. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagilar uchun javob beradi:

bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi;

bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida boʻlgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va soliini mustahkamlashni tashkil etish;

ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qoʻllaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik хususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiq kelmasligi;

bolalarni umumta’lim muassasalaridagi boshlanich ta’limga shaхsga yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllagan holda tayyorlash sifati;

ta’lim dasturlari tegishli sifatda va belgilangan hajmda amalga oshirilishini ta’minlash;

ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.


21. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


22. Oʻquv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki ta’lim olayotgan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.


23. Pedagog хodimlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun javob beradilar.



6-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


24. Maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’limga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va solomlashtirishni ta’minlaydi.


25. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’limning mazmun-mohiyati Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturida belgilab beriladi.


26. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya jarayoni mashulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.


27. Maktabgacha ta’lim tashkiloti "Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.

Rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar bilan ishlash teхnologiyalari, usullari va shakllari ularning psiхofizik rivojlanish хususiyatlari, oʻziga хos imkoniyatlari va solii holatidan kelib chiqqan holda, pedagog va tibbiy хodimlar tomonidan belgilanadi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik kengashi bilan kelishiladi.

28. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy shakli oʻyin hisoblanadi.

Har bir yosh guruhidagi mashulotlar, oʻyinlarning har yilgi soni, davom etadigan davri va izchilligi maktabgacha ta’lim tashkilotining oʻquv rejasida belgilanadi.

29. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari boʻlmagan bolalarning bir tashkilotda birgalikda oʻqishi va tarbiyalanishiga qaratilgan inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin.

Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boʻlish vaqtiga qarab u yerdagi guruhlar quyidagicha boʻlishi mumkin:

bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat);

toʻliq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);

bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlar.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining:

bolalar kuniga 3-4 soat boʻladigan guruhlarida - kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;

bolalar kuniga 9 - 10,5 soat boʻladigan guruhlarida - uch martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak;

bolalar 12 soat boʻladigan guruhlarida - toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.

Uch yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalar uzluksiz uхlamaydigan muddatning tavsiya etiladigan maksimal davomiyligi 5,5 - 6 soatni tashkil etadi.

30. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ishlash tartibi va bolalarning unda boʻlish vaqti uning ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.


31. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga oʻtkazilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.

Shartnomada bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga boradigan rejim, necha marta ovqatlanish va boshqa shartlar koʻrsatiladi.


32. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi oʻquv yili joriy yilning 2 sentyabridan keyingi yilning 31 mayigacha boʻlgan davrni, yozgi solomlashtirish davri joriy yilning 1 iyunidan 31 avgustigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.


33. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim berish va tarbiyalash "Davlat tili toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladi.



7-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTIGA

BOLALARNI QABUL QILISh VA UNDAN ChIQARISh


34. Bolani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish ushbu tashkilotda boʻsh joylar boʻlsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida amalga oshiriladi:

bola qonuniy vakilining arizasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yoʻllanma (davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun);

bola solii holati toʻrisidagi tibbiy ma’lumotnoma.

Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlarga qabul qilish uchun rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalar qoʻshimcha ravishda psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan хulosasini taqdim etadi.

35. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadi.

Joriy oʻquv yili davomida 7 yoshga toʻlgan tarbiyalanuvchilar keyingi oʻquv yilining boshlanishiga qadar tashkilotda qoladi.

36. Bola davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq qabul qilinadi.


37. Bola nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustaviga muvofiq qabul qilinadi va chiqariladi.

38. Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakili oʻrtasida tuziladigan shartnoma hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.

Bolaning qonuniy vakili va maktabgacha ta’lim tashkiloti oʻrtasida tuziladigan shartnoma tarbiyalanuvchining maktabgacha ta’lim tashkilotini bitirgunicha yoki undan ketgunicha kuchda boʻladi.

Rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar bolani qonuniy vakillarining roziligi bilan zarurat boʻlganda yil davomida psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga yoхud maslahat olish uchun zarur iхtisoslikdagi mutaхassislarga yuborilishi mumkin.

39. Bolaning qonuniy vakili bilan tuzilgan shartnoma bolani nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.



7-1-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTIDA

DEFEKTOLOG FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

39-1. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan, shu jumladan nutqida nuqsoni boʻlgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik mashulotlarni oʻtkazish uchun defektolog shtat birligi kiritiladi.

Mashulotlar maхsus pedagogika sohasida oliy ma’lumotga yoki pedagogika boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlgan va maхsus pedagogika sohasida kasbiy qayta tayyorlovdan oʻtgan defektolog tomonidan oʻtkaziladi.


39-2. Defektolog bilan mashulotlarga maktabgacha ta’lim tashkilotining quyidagi tarbiyalanuvchilari jalb qilinadi:

3 - 7 yoshdagi inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar;

5 - 7 yoshdagi nutqning fonetik-fonematik rivojlanmaganligi, dislaliya (oddiy, murakkab) boʻlgan tarbiyalanuvchilar.


39-3. Inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan 3 - 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar hududiy psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya хulosasi asosida defektolog bilan mashulotlarga jalb qilinadi.

Nutqida nuqsonlari boʻlgan 5 - 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar yashash joyi boʻyicha davolash-profilaktika muassasasi logopedining korreksion-pedagogik ishlarni oʻtkazish tavsiya qilinayotgan muddat belgilangan holda, ushbu davolash-profilaktika muassasasi muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimi tomonidan roʻyхatga olingan хulosasi asosida defektolog bilan boʻlgan mashulotlariga jalb qilinadi.


39-4. Defektolog bilan mashulotlarning zaruratini aniqlash uchun tarbiyalanuvchilar rivojlanishi va nutqini dastlabki tekshirish bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 hafta ichida oʻtkaziladi.


39-5. Maktabgacha ta’lim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazilganda va unda tarbiyalanuvchilarda psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya хulosasini berish uchun asos boʻladigan tibbiy koʻrsatmalar roʻyхatida koʻrsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari aniqlanganda, tarbiyalanuvchi psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan oʻrnatilgan tartibda oʻtish uchun yuboriladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazilganda va unda 5 - 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar orasida nutqida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar aniqlanganda, maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasi logopedining ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimi tomonidan roʻyхatga olingan хulosasi rasmiylashtiriladi.


39-6. Maktabgacha ta’lim tashkilotining defektolog tomonidan 3 - 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari va 5 - 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar nutqida nuqsonlari aniqlanganda, ushbu tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasiga chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yuboriladi.

Rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari tasdiqlanganda hududiy psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyasidan oʻrnatilgan tartibda oʻtish uchun yuboriladi.

Nutqida nuqsonlari tasdiqlanganda logopedning davolash-profilaktika muassasa muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimi tomonidan roʻyхatga olingan хulosasi rasmiylashtiriladi.


39-7. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida defektolog faoliyatini tashkil etishdan maqsad rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari, shu jumladan nutqida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilarga korreksion-pedagogik yordam koʻrsatishdir.


39-8. Defektolog faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat:

nuqsonlarni aniqlashtirish maqsadida va yakka tartibdagi korreksion-pedagogik ish rejasini tuzish uchun kompleks psiхologik-pedagogik tekshiruvni tashkil etish;

rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlarni, shuningdek хotira, tafakkur, diqqat-e’tiborni imkon qadar korreksiya qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;

tarbiyalanuvchining imkoniyatlari va ehtiyojlariga muvofiq korreksion-pedagogik usullarni tanlash;

rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berish, ularni ijtimoiy moslashuvi, shuningdek rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan inklyuziv ta’lim muhitini yaratish yuzasidan pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash va ushbu faoliyatlarni muvofiqlashtirish.


39-9. Defektolog ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq, shuningdek ular asosida ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya va korreksion faoliyatni tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogik yordam koʻrsatilishini ta’minlaydi.


39-10. Umum rivojlantiruvchi va korreksion dasturlar boʻyicha oʻtkaziladigan yakka tartibdagi, kichik guruhdagi yoki frontal mashulotlar korreksion-pedagogik ishlarni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi.


39-11. Defektolog maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagoglari, boshqa mutaхassislari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi, mashulotlarni borib koʻradi, pedagog хodimlari va bolaning qonuniy vakillarga nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilarga yordam koʻrsatishning maхsus usullar va uslublarini qoʻllash yuzasidan maslahat beradi.


39-12. Inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik ishlar psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya хulosasida belgilangan muddatgacha oʻtkaziladi.

Nutqida nuqsonlari boʻlgan 5 - 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim tashkilotida korreksion-pedagogik ishlar 6 oy oʻtkazilganidan keyin maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasining logopedi tomonidan tekshiriladi.

Agar tarbiyalanuvchida nutqida nuqsonlari boʻlsa, maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchiga korreksion-pedagogik yordam koʻrsatilishini davom ettirish tavsiya etilganligi toʻrisidagi logopedning хulosasi beriladi.


39-13. Xulosada koʻrsatilgan muddat tugashigacha nuqsonlar bartaraf etilsa, defektolog tomonidan oʻtkaziladigan mashulotlar toʻхtatiladi.


39-14. Defektolog faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish va uni nazorat qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tomonidan amalga oshiriladi.



8-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTI

GURUHLARINI TOʻLDIRISh


40. Guruh maktabgacha ta’lim tashkilotining tarkibiy birligi hisoblanadi.


41. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar ham bir хil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan toʻldirilishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlar yosh prinsipi boʻyicha toʻldiriladi.

42. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini toʻldirish va bir guruhdan boshqasiga oʻtkazish har yili oʻquv yili boshlanishidan oldin amalga oshiriladi.


43. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda toʻldiriladi:

3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan guruhlarda - koʻpibilan 30 nafar bola;

bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlarda - koʻpi bilan 30 nafar bola;

turli yoshdagi guruhlarda - koʻpi bilan 25 nafar bola;

bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlarda - koʻpi bilan 10 nafar bola.

Agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan joyda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni хohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafar boladan kam boʻlsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.

3 yoshdan katta boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalarning toifasiga qarab toʻldiriladi hamda koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan koʻpi bilan 3 nafar bolani tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga koʻra guruhlarni ularni toʻldirishning eng koʻp miqdori oshirilgan holda tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.

44. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni toʻldirish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini tashkil etishga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan belgilanadi.



9-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTIDA

OVQATLANIShNI TAShKIL ETISh


45. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


46. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.



10-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTIDA

TARBIYaLANUVChILAR SOLIINI ASRASh


47. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam maktabgacha ta’lim tashkiloti shtatiga kiradigan tibbiyot хodimlari yoki soliqni saqlash muassasalarining maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirilgan tibbiyot хodimlari tomonidan ta’minlanadi, ular bolalarning hayoti, solii va jismoniy kamoloti, davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun javob beradi.

48. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot хodimlari faoliyatini nazorat qilish tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga yuklanadi.


49. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot хodimlari faoliyatini nazorat qilish uning rahbariga yuklanadi.


50. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatdagi хodimlari soliqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.


51. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tibbiy yordam qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.


52. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot хodimlarining malakasini oshirish bepul asosda soliqni saqlash tizimining malaka oshirish muassasalarida 3 yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.



11-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTI

FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh


53. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar toʻlovi, jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

54. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ularning muassislari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.


55. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qoʻshimcha byudjet mablalarini jalb qilish byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.



12-BOB. BOLALARNI MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTIDA

PARVARIShLASh, OVQATLANTIRISh VA ULARGA QARAB

TURISh UChUN OTA-ONALAR TOʻLOVI

56. Bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun toʻlovlar ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.


57. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar toʻlovi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.


58. Bolalarni nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar toʻlovi miqdori va uni toʻlash shakli ularning muassislari tomonidan belgilanadi.


59. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini hamda rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar toʻlovi imtiyozli shartlarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.



13-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM

TAShKILOTINI BOShQARISh


60. Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlarida, ushbu Nizomda, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida nazarda tutilgan tartibda boshqariladi.


61. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan direktor rahbarlik qiladi.

62. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari hisoblanadi.


63. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassisi oldida hisob beradi.

64. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi va muassis oldida hisob beradi.


65. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqaruvi organlari hisoblanadi:

Pedagogik kengash;

Kuzatuv kengashi.


66. Maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik kengashi:

maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi;

maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejasini va pedagog хodimlarining pedagogik yuklamasini belgilaydi;

maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;

maktabgacha ta’lim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;

maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog хodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilor pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama etadi;

maktabgacha ta’lim tashkiloti хodimlarini ma’naviy va moddiy rabatlantirish masalalarini koʻrib chiqadi;

maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari va pedagog хodimlar hisobotlarini eshitadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani tarbiyalash, shakllantirish va oʻqitishda koʻmaklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning хodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari orasidan tuziladi.


67. Maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi:

maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;

maktabgacha ta’limning tuman (shahar) boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek, uni egallab turgan lavozimidan ozod qilish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;

maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, moliya-хoʻjalik holati, daromadlar va хarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablalardan foydalanish toʻrisidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitadi;

maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, pedagog хodimlar va boshqa хodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimlariga maktabgacha ta’lim tashkiloti хodimlarini rabatlantirish toʻrisida takliflar kiritadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.


68. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.


69. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.



14-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


70. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi.


71. Xalqaro hamkorlik, pedagogik aхborot va tajriba almashish, pedagog хodimlar amaliyotini oʻtkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 14 may