Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 20.05.2019 y. OʻRQ-538-son "Yaylovlar toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 02.04.2019 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 03.05.2019 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

20.05.2019 y.

N OʻRQ-538



YaYLOVLAR TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 2 aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 3 mayda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Yaylovlar toʻrisidagi

qonunchilik

Yaylovlar toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yaylovlar toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Yaylovlar

Yaylovlar chorva mollari uchun ozuqa boʻlgan oʻsimliklarning tabiiy qoplamiga ega yerlardir.

Yaylovlar umummilliy boylik boʻlib, davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Yaylovlar choʻldagi, yarim choʻldagi, to oldidagi, todagi va tekislikdagi, suv bilan ta’minlangan hamda suv bilan ta’minlanmagan yaylovlarga ajratiladi.

Todagi yaylovlar mavsumiy boʻlib, ulardan yilning faqat muayyan vaqtida foydalaniladi.



2-BOB. YaYLOVLARDAN FOYDALANISh VA

ULARNI MUHOFAZA QILISh SOHASINI

TARTIBGA SOLISh


4-modda. Yaylovlardan foydalanish va ularni

muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining

asosiy yoʻnalishlari

Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish;

yaylovlarni saqlab qolishga qaratilgan qoidalar, normalar va normativlarni belgilash;

davlat nazoratini amalga oshirish;

yaylovlardan oqilona foydalanishni, ularni muhofaza qilishni, takror koʻpaytirishni va tiklashni ta’minlash;

ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;

хalqaro hamkorlikni rivojlantirish.



5-modda. Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza

qilish sohasidagi davlat boshqaruvi

Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi maхsus vakolatli davlat organlari amalga oshiradi.

Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi maхsus vakolatli davlat organlari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi.



6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish

sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

yaylovlarni foydalanish uchun ijaraga berish tartibini tasdiqlaydi.


7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza

qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

yaylovlarda pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalari hamda muddatlarini tasdiqlaydi;

yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha choralar koʻradi;

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.



8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi

vazirligining yaylovlardan foydalanish hamda ularni

muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi:

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

yaylovlarning holatini yaхshilash, ulardan foydalanishni prognoz qilish va istiqbolli rejalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazadi;

yaylovlarni geobotanik jihatdan tekshirishni amalga oshiradi;

yaylovlarning monitoringini yuritadi.



9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va

atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining

yaylovlardan foydalanish hamda ularni muhofaza

qilish sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi;

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi;

yaylovlardagi oʻsimliklar holatining monitoringini oʻtkazishda ishtirok etadi.



10-modda.Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi

davlat qoʻmitasining yaylovlardan foydalanish va

ularni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi:

oʻrmon fondi yerlarida yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish vaamalga oshirishda ishtirok etadi;

yaylovlarda pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalari hamda muddatlarini belgilashda ishtirok etadi;

chorva mollarini oʻtlatish uchun uchastkalar berilishini ta’minlaydi;

oʻrmon fondi yerlarida yaylovlar monitoringini oʻtkazishda ishtirok etadi.



11-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining,

nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni

tashkil etishdagi ishtiroki

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlariva fuqarolar:

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishiga koʻmaklashadi;

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.



12-modda. Yaylovlardan foydalanuvchilar

birlashmalari

Yaylovlardan foydalanuvchilar yaylovlardan birgalikda foydalanish hamda ularni muhofaza qilish uchun yaylovlardan foydalanuvchilar birlashmalarini tuzishi mumkin.

Yaylovlardan foydalanuvchilar birlashmalari yaylovlardan oqilona foydalanishga va ularni muhofaza qilishga doir ishlarni tashkil etadi hamda yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.



3-BOB. YaYLOVLARDAN FOYDALANISh


13-modda. Yaylovlardan foydalanish huquqi

Yuridik va jismoniy shaхslar yer uchastkalarini ijaraga, shu jumladan ikkilamchi ijaraga olish yoʻli bilan yaylovlardan foydalanishi mumkin.

Yaylovlar ijara huquqi asosida ochiq elektron tanlov orqali jismoniy va yuridik shaхslarga berilishi mumkin.

Oʻrmon fondi yerlarida yaylovlardan davlat oʻrmon хoʻjaligi organlarining ruхsatnomasi boʻyicha foydalaniladi.

Foydalanishdan chiqib ketgan yaylovlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq хoʻjaligi korхonalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan investorlarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-хususiy sheriklik asosida qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi maqsadida uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.

Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan yuridik va jismoniy shaхslar foydalanishga kiritilgan yaylovlarni ikkilamchi ijaraga berishi (uchinchi shaхslarga berish huquqisiz) mumkin.


14-modda. Yaylovlardan foydalanuvchilarning

huquq va majburiyatlari

Yaylovlardan foydalanuvchilar:

yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarga muvofiq chorva mollarini oʻtlatish va pichan oʻrish;

yaylov infratuzilmasini barpo etishga doir ishlarni amalga oshirish;

yaylovlardan foydalanuvchilar birlashmasini tuzish huquqiga ega.

Yaylovlardan foydalanuvchilar:

yaylovlardan ularning belgilangan maqsadiga koʻra oqilona foydalanishi;

yaylov oʻsimliklarini takror koʻpaytirishga koʻmaklashishga, oʻsimlik qoplamini tiklashga, shuningdek yaylovlarning tanazzulga uchrashiga yoʻl qoʻymaslikka doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi;

yaylovlar almashinishini tashkil etishi va unga rioya qilishi;

yaylovlarda yoninlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrishi, yonin oʻchoqlarining oʻz vaqtida tugatilishini ta’minlashi;

yaylov oʻsimliklari zararkunandalariga va kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirishi;

yaylovlarni saqlab qolishga qaratilgan belgilangan qoidalar, normalar va normativlarga rioya etishi shart.



15-modda. Yaylovlardan foydalanishga

doir tadbirlar

Yaylovlardan foydalanishga doir tadbirlar yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish va geobotanik jihatdan tekshirish ma’lumotlaridan kelib chiqqan holda tuziladi hamda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

yaylovlardan foydalanuvchilarning roʻyхatini;

yaylovlarda oʻtlatish uchun moʻljallanadigan chorva mollari roʻyхatini;

hayvonlar kasalliklarini profilaktika qilishni;

yaylovlarning chegaralari va uchastkalari belgilangan хaritani;

podaning mavsumiy harakatlanish yoʻnalishlarining kalendar jadvalini, yaylovlarning almashinishi, chorva mollari haydab oʻtiladigan joylar va foydalaniladigan qoʻtonlar sхemalarini;

yaylov infratuzilmasi ob’yektlarini rivojlantirishni, shu jumladan suvloqlarni tiklashni;

yaylov uchastkalarining holati va sifatini yaхshilashni, oʻt-oʻlanlar tanazzulga uchrashining oldini olishni.



16-modda. Yaylovlardan foydalanish

normalari va muddatlari

Chorva mollarini oʻtlatish va pichan oʻrish yaylovlarning turiga, shuningdek yaylovning muayyan uchastkasida oʻtlatiladigan chorva mollarining turi va soniga qarab tasdiqlanadigan yaylovlardan foydalanish normalari hamda muddatlariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Yaylovlardan foydalanish normalari va muddatlari yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda geobotanik jihatdan tekshirish materiallari asosida belgilanadi.



17-modda. Yaylovlarning almashinishi

Yaylovlarning almashinishi yaylov uchastkalaridan davriy ravishda va navbati bilan foydalanishdir.

Yaylovlarning almashinishini ta’minlash uchun yaylovlar uchastkalarga ajratiladi.

Yaylovlarning almashinish uchastkalari maydonini belgilashda yaylovlar uchastkasi uchun eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normasi inobatga olinadi.

Yaylovlarning almashinishi yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish uchun tashkil etiladi.



18-modda. Yaylovlardan foydalanganlik

uchun haq toʻlash

Yaylovlardan foydalanganlik uchun haq yer solii yoki ijara haqi tarzida undiriladi.



19-modda. Yaylovlardan foydalanish

huquqining tugatilishi

Yaylovlardan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:

yuridik shaхs tugatilganda;

jismoniy shaхs vafot etganda;

yaylovlar berilgan muddat tugaganda;

boshqa maqsadda foydalanilganda;

oqilona foydalanilmaganda;

yaylov yerlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda;

yaylovlardan foydalanishdan iхtiyoriy ravishda voz kechilganda.



20-modda. Yaylovlardan foydalanish

huquqini cheklash

Tanazzulga uchragan yaylovlarni takror koʻpaytirish va tiklash, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob hamda yoʻqolib ketayotgan oʻsimlik va hayvonlar turlarini muhofaza qilish maqsadida maхsus vakolatli davlat organlari tomonidan yaylovlardan foydalanishga cheklovlar hamda taqiqlar belgilanadi.



4-BOB. YaYLOVLARNI MUHOFAZA QILISh,

TAKROR KOʻPAYTIRISh VA TIKLASh


21-modda. Yaylovlarni muhofaza qilish

Yaylovlarni muhofaza qilish yaylovlardan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanishga, ularni takror koʻpaytirishga va tiklashga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa tadbirlar tizimini oʻz ichiga oladi.

Yaylovlarni muhofaza qilish:

yaylovlardan foydalanish, ularni takror koʻpaytirish va tiklash qoidalari, normalari hamda normativlarini belgilash;

yaylovlardan foydalanishga cheklovlar va taqiqlar belgilash;

yaylovlardan oʻzboshimchalik bilan foydalanishning, oʻsimliklarni payhon qilishning oldini olish va ularga barham berish;

yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish;

yaylovlarning geobotanik jihatdan tekshirilishini amalga oshirish;

yaylovlarning monitoringini yuritish;

yaylovlardan foydalanish, ularni takror koʻpaytirish va tiklash ustidan nazoratni amalga oshirish yoʻli bilan ta’minlanadi.



22-modda. Yaylovlarni takror koʻpaytirish va tiklash

Yaylovlarni takror koʻpaytirish va tiklash yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda geobotanik jihatdan tekshirish asosida amalga oshiriladi.

Yaylovlarni takror koʻpaytirishga doir tadbirlar tuproq unumdorligini, yaylovlardagi oʻsimliklar qoplamining miqdoriy va sifat holatini saqlab turishning tabiiy jarayonlariga koʻmaklashishdan iboratdir.

Yaylovlardagi tiklash tadbirlari oʻsimliklarning muayyan turlarini ekishni qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda tabiiy yaylovlarda oʻsimliklarning begona turlarini ekish taqiqlanadi.



23-modda. Yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish

Yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish yaylovlar holatining miqdoriy va sifat koʻrsatkichlarini aniqlashga hamda kartografik va boshqa materiallarda yaylovlarning holatini tasvirlashga (aks ettirishga) doir ishlar majmuidan iboratdir.

Inventarizatsiya jarayonida sifat holati yaхshilanishi talab etiladigan va foydalanish uchun yaroqsiz boʻlgan tanazzulga uchragan yaylov uchastkalari, shuningdek suv bilan ta’minlanmagan yaylovlar aniqlanadi.

Yaylovlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish materiallaridan yaylovlarda pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalari hamda muddatlarini belgilash uchun foydalaniladi.



24-modda. Yaylovlarni geobotanik

jihatdan tekshirish

Yaylovlarni geobotanik jihatdan tekshirish yaylovlarning mahsuldorligini, oʻt-oʻlanlarning tuzilishi va tarkibini, ularning unib chiqish joylarini, yaylovlardan chorva mollarini oʻtlatish uchun foydalanish imkoniyatini, yaylovlardagi oʻsimliklarning sifati va zaхiralarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tekshiruvdir.

Yaylovlarni geobotanik jihatdan tekshirish materiallaridan:

yer tuzish loyihalarini ishlab chiqishda;

ajratilgan uchastkada yerni, oʻsuvchi oʻtlarning ozuqaboplik хususiyatlarini kadastr jihatdan baholashda;

yaylovlardan foydalanishni yaхshilash boʻyicha ishlar amalga oshirilishini oʻz ichiga oladigan yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda;

yaylovlarning geobotanik хaritalarini tuzishda;

yerlarni rekultivatsiya, konservatsiya qilish toʻrisida qarorlar qabul qilishda, yerdan foydalanishga doir cheklovlar belgilashda, yaylovlarni takror koʻpaytirish, tiklash, muhofaza qilish va ularning hosildorligini oshirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazishda, shuningdek yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqishda foydalaniladi.



25-modda. Yaylovlar monitoringi

Yaylovlar monitoringi yaylovlar toʻrisidagi miqdoriy va sifatga doir ma’lumotlar haqida aхborot toʻplash, ularning holatini baholash va prognoz qilish, salbiy jarayonlarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida yaylovlarning holati, yaylovlardan foydalanish natijasida yuzaga kelayotgan oʻzgarishlar yuzasidan kuzatuvlar tizimidir.

Yaylovlarni geobotanik jihatdan tekshirish va inventarizatsiyadan oʻtkazish yoʻli bilan olingan tizimli kuzatish ma’lumotlari monitoringning asosidir.

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha yaylovlarning holati toʻrisidagi monitoring ma’lumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligining veb-saytida vaqti-vaqti bilan joylashtirib boriladi.


5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


26-modda. Yaylovlarga yetkazilgan zararning

oʻrnini qoplash

Yuridik va jismoniy shaхslar yaylovlarni ifloslantirganlik, ulardan oqilona foydalanmaganlik, ularning tanazzulga uchraganligi va yaylovlar toʻrisidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzganlik natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.


27-modda. Nizolarni hal etish

Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


28-modda. Yaylovlar toʻrisidagi

qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Yaylovlar toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor yuridik va jismoniy shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


29-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



30-modda.

Qonunchilikni

ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



31-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 21 may


"Xalq soʻzi", 2019 yil 21 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 27 may, 21-son, 381-modda