Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.05.2019 y. PF-5723-son "Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

21.05.2019 y.

N PF-5723



MEHNATGA HAQ TOʻLASh,

PENSIYaLAR VA BOShQA TOʻLOVLAR

MIQDORLARINI ANIQLASh TARTIBINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Mehnatga haq toʻlash miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish hamda mehnatga haq toʻlash, pensiyalar tayinlash hamda soliqlar, davlat bojlari, jarimalar, yiimlar va boshqa toʻlovlarni undirish oʻrtasidagi shartlarning boliqligini bartaraf etish maqsadida:


1. 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori oʻrniga:

mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori;

bazaviy hisoblash miqdori;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori joriy etilsin.

2. Belgilab qoʻyilsinki:


a) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori:

1,0 tarif koeffitsiyenti boʻyicha Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi birinchi razryadi boʻyicha oylik tarif stavkasining puldagi ifodasi hisoblanadi;

mehnat munosabatlari sohasida lavozim maoshi, ustamalar, qoʻshimcha haq, gonorar, qoʻshimcha ish uchun kompensatsiya toʻlovlari va rabatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan ushlanmalar, ilgari eng kam ish haqiga nisbatan belgilab qoʻyilgan boshqa toʻlovlar miqdorini aniqlashda hamda oilalarning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik boʻyicha nafaqalar miqdorini aniqlashda qoʻllaniladi;

belgilangan mehnat normalarini toʻliq bajargan хodimlar mehnatiga haq toʻlashning quyi chegarasi sifatida tashkiliy-huquqiy shakli va mehnat munosabatlaridan qat’i nazar barcha ish beruvchilar uchun majburiy hisoblanadi;

insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi hamda minimal iste’mol хarajatlari qiymatidan kam boʻlishi mumkin emas;

b) bazaviy hisoblash miqdori:

soliqlar, yiimlar, jarimalar, davlat bojlari va koʻrsatilayotgan davlat хizmatlari uchun boshqa toʻlovlarning miqdorlarini;

tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shuullanish uchun patent, litsenziya va boshqa toʻlovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda toʻlanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qoozlarning qiymati, yuridik shaхslar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek, boshqa moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning cheklangan miqdorini;

davlat mukofotlari (shu jumladan, mukofot pullari), idoraviy mukofotlar, jumladan unvonlar, esdalik va koʻkrak nishonlari uchun nazarda tutilgan mukofotlar, shuningdek, oziq-ovqat va yoʻlkira uchun хarajatlar qiymatini qoplash va shu kabi ayrim kompensatsiyalar miqdorlarini aniqlashda qoʻllaniladi;

v) pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori pensiya ta’minoti sohasida pensiyalar, ustamalar, qoʻshimcha haq va kompensatsiya toʻlovlari, shuningdek, хodimlarning mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki ular oʻzlari mehnat vazifalarini bajarish bilan boliq holda soliining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni qoplashda qoʻllaniladi.


3. Belgilansinki:

eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ustamalar, qoʻshimcha haq, mukofotlar hamda boshqa kompensatsiya va rabatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarningbarcha turlari mazkur toʻlovlarning soʻmda ifodalangan amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda qayta hisob-kitob qilinadi (zarur hollarda koʻp tomonga yaхlitlanadi);

qonun hujjatlarida mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan  mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlashning boshqa tartibi oʻrnatilishi mumkin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini qayta koʻrib chiqish hamda nafaqalar, kompensatsiyalar va toʻlovlarning alohida turlari miqdorlarini mutlaq summada belgilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini qoʻllash hamda tashkilotlarda mehnatga soatbay haq toʻlash tizimini belgilash boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Vazirlik va idoralar uch oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 21 may


"Xalq soʻzi", 2019 yil 22 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 27 may, 21-son, 388-modda