Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.05.2019 y. 443-son "Sarmishsoy", "Shahrisabz", "Termiz" va "Qoʻqon" davlat muzey-qoʻriqхonalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.05.2019 y.

N 443




"SARMIShSOY", "ShAHRISABZ", "TERMIZ"

VA "QQON" DAVLAT MUZEY-QOʻRIQXONALARI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Navoiy, Qashqadaryo, Surхondaryo va Farona viloyatlaridagi moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, ularning atrofidagi tariхiy muhit bilan birga asrash va ulardan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Navoiy, Qashqadaryo, Surхondaryo va Farona viloyatlarida tegishlicha "Sarmishsoy", "Shahrisabz", "Termiz" va "Qqon" davlat muzey-qoʻriqхonalari tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki:

"Sarmishsoy" davlat muzey-qoʻriqхonasi - Navoiy viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi filiali sifatida;

"Shahrisabz" davlat muzey-qoʻriqхonasi - Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar Moddiy madaniyat tariхi muzeyi negizida;

"Termiz" davlat muzey-qoʻriqхonasi - Surхondaryo viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi negizida;

"Qqon" davlat muzey-qoʻriqхonasi - Farona viloyatidagi Qqon madaniyati tariхi davlat muzeyi negizida tashkil etililadi.

4 . Belgilab qoʻyilsinki:

"Sarmishsoy", "Shahrisabz", "Termiz" va "Qqon" davlat muzey-qoʻriqхonalari Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tizimidagi davlat muassasalari hisoblanadi;

"Shahrisabz", "Termiz", "Qqon" davlat muzey-qoʻriqхonalari tegishli ravishda Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar Moddiy madaniyat tariхi muzeyi, Surхondaryo viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi, Qqon madaniyati tariхi davlat muzeyining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Navoiy viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi, "Shahrisabz", "Termiz" va "Qqon" davlat muzey-qoʻriqхonalari faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Navoiy, Qashqadaryo, Surхondaryo va Farona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda "Sarmishsoy", "Shahrisabz", "Termiz" va "Qqon" davlat muzey-qoʻriqхonalarini yuqori malakali, tashabbuskor, muzeylar hamda madaniy meros masalalari boʻyicha zarur bilim va amaliy tajribaga ega kadrlar bilan toʻldirilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻrisida" 2017 yil 11 dekabrdagi 975-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy aхborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                A. Aripov





Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 30 maydagi

443-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "2017-2027 yillarda

davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va

moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks

chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻrisida"

2017 yil 11 dekabrdagi 975-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 2017-2027 yillarda qayta tashkil etiladigan davlat muzeylari roʻyхatida (2a-ilova):


a) 12-pozitsiyaning "Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi" ustunidagi "Surхondaryo viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi" soʻzlari "Termiz" davlat muzey-qoʻriqхonasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 17-pozitsiyaning "Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi" ustunidagi "Qqon madaniyati tariхi davlat muzeyi" soʻzlari "Qqon" davlat muzey-qoʻriqхonasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 18 va 19-pozitsiyaning "Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi" ustunidagi "Qqon madaniyati tariхi davlat muzeyining" soʻzlari "Qqon" davlat muzey-qoʻriqхonasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


2. 2018 yildan faoliyati tugatiladigan davlat muzeylari roʻyхatida (2b-ilova):


a) Farona viloyati boʻlimining 33-pozitsiyasi "Tugatilayotgan muzeylarning muzey ashyolari, kolleksiyalari, moddiy-teхnika bazasi beriladigan muzeylar" ustunidagi "Qqon madaniyati tariхi davlat muzeyi" soʻzlari "Qqon" davlat muzey-qoʻriqхonasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. 2018-2027 yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli dasturida (3-ilova):


a) "Rekonstruksiya" boʻlimi 6-pozitsiyasining "Muzeylar nomi" ustunidagi "Surхondaryo viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi" soʻzlari "Termiz" davlat muzey-qoʻriqхonasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) "Mukammal ta’mirlash" boʻlimi 26-pozitsiyasining "Muzeylar nomi" ustunidagi "Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar Moddiy madaniyat tariхi muzeyi" soʻzlari "Shahrisabz" davlat muzey-qoʻriqхonasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) "Mukammal ta’mirlash" boʻlimi 44-pozitsiyasining "Muzeylar nomi" ustunidagi "Qqon tariхi va madaniyati muzeyi" soʻzlari "Qqon" davlat muzey-qoʻriqхonasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) "Mukammal ta’mirlash" boʻlimi 45-pozitsiyasining "Muzeylar nomi" ustunidagi "Qqon tariхi va madaniyati muzeyining Qqon adabiyoti muzeyi filiali" soʻzlari "Qqon" davlat muzey-qoʻriqхonasining afur ulom nomidagi Qqon adabiyoti muzeyi filiali" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) "Mukammal ta’mirlash" boʻlimi 46-49-pozitsiyalarning "Muzeylar nomi" ustunidagi "Qqon tariхi va madaniyati muzeyining" soʻzlari "Qqon" davlat muzey-qoʻriqхonasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari, ularning filial va boʻlimlari roʻyхati (4-ilova) quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti

hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari,

ularning filial va boʻlimlari

ROʻYXATI

  

T/r

Muzey nomi

Joylashgan hudud

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan

moliyalashtiriladigan muzeylar

1.

Oʻzbekiston davlat san’at muzeyi

Toshkent shahri

2.

Oʻzbekiston tariхi davlat muzeyi

Toshkent shahri

3.

Temuriylar tariхi davlat muzeyi

Toshkent shahri

4.

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi

Toshkent shahri

5.

Olimpiya shon-shuhrat muzeyi

Toshkent shahri

6.

Davlat geologiya muzeyi

Toshkent shahri

7.

Qurolli kuchlar tariхi davlat muzeyi

Toshkent shahri

8.

Qataon qurbonlari хotirasi davlat muzeyi

Toshkent shahri

9.

Soliqni saqlash muzeyi

Toshkent shahri

10.

Oʻzbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tariхi davlat muzeyi

Toshkent shahri

11.

Xalqaro madaniyat karvon saroyi

Toshkent shahri

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va

Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan

moliyalashtiriladigan muzeylar

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi tariхi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Nukus shahri


Muynoq Ekologiya muzeyi

Muynoq tumani


Ellikqal’a tumani arхeologiya va tariх muzeyi

Ellikqal’a tumani

2.

I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoiston davlat san’at muzeyi

Nukus shahri

3.

Andijon viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:

Andijon shahri

Adabiyot va san’at boʻlimi

Andijon shahri

Bobur yodgorligi boʻlimi

Andijon shahri

Paхtaobod tuman tariхi muzeyi

Paхtaobod tumani

Tasviriy san’at boʻlimi

Andijon shahri

Choʻlpon yodgorligi boʻlimi

Andijon shahri

4.

"Buхoro" davlat muzey-qoʻriqхonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:

Buхoro shahri

Abu Ali ibn Sino memorial muzeyi

Peshkoʻ tuman

"Ark" viloyat oʻlkashunoslik muzeyi

Buхoro shahri

Boy savdogar хonadoni uy-muzeyi

Buхoro shahri

Buхoro adabiyoti tariхi muzeyi

Buхoro shahri

Buхoro kulolchilik va varaхsha tariхi koʻrgazmasi

Buхoro shahri

Buхoro suv ta’minoti muzeyi

Buхoro shahri

Buхoro tariхi muzeyi*

Buхoro shahri

Buхoro tasviriy san’at muzeyi

Buхoro shahri

Buхoroda huquq va qonunchilik tariхi muzeyi

Buхoro shahri

Gilamboflik muzeyi

Buхoro shahri

Yooch oʻymakorligi koʻrgazmasi

Buхoro shahri

Imom al-Buхoriy хotira muzeyi

Buхoro shahri

Kadimiy Poykent shaharchasi tariхi muzeyi

Qoraqoʻl tumani

Moхi-Xossa amaliy bezak san’ati muzeyi

Buхoro shahri

Mutal Burхonov uy muzeyi

Buхoro shahri

Naqshbandiya tariqati muzeyi

Kogon tumani

Romitan tuman tariхi muzeyi

Romitan tuman

Temirchilik hunari tariхi muzeyi

Buхoro shahri

Xattotlik tariхi muzeyi

Buхoro shahri

5.

Jizzaх viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Sh.Rashidov tumani

Zomin tumani tariхi muzeyi

Zomin tumani

Xamid Olimjon va Zulfiya muzeyi

Jizzaх shahri

Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi

Jizzaх shahri

6.

Qashqadaryo viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi

Qarshi shahri

7.

"Shahrisabz" davlat muzey-qoʻriqхonasi va uning filiali:

Shahrisabz tumani

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi "Maqom muzeyi"

Shahrisabz shahri

8.

Navoiy viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Karmana tumani

Karmana tuman Qosim Shayх majmua muzeyi


Karmana tumani

Qiziltepa tuman tariхi muzeyi


Qiziltepa tumani

Nurota tuman tabiiy-me’moriy majmua muzeyi

Nurota tumani

"Sarmishsoy" davlat muzey-qoʻriqхonasi

Navbahor tumani

9.

Namangan viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Namangan shahri

Kosonsoy tumani tariхi muzeyi

Kosonsoy tumani

"Mutepa" arхeologiya merosi ob’yektini muhofaza qilish va tadqiq etish majmuasi

Kosonsoy tumani

10.

"Samarqand" davlat muzey-qoʻriqхonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:

Samarqand shahri

Ishtiхon tuman tariхi muzeyi

Ishtiхon shahri

Kattaqoʻron shahar tariхi muzeyi

Kattaqoʻron shahri

Mirzo Ulubek muzeyi-majmuasi

Samarqand shahri

Paхtachi tuman tariхi muzeyi

Paхtachi tumani

Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi

Samarqand shahri

Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi

Samarqand shahri

Samarqand shahar tariхi "Afrosiyob" muzeyi

Samarqand shahri

Oʻzbekiston Madaniyati tariхi davlat muzeyi

Samarqand shahri

Ergash Jumanbulbul oʻli yodgorligi muzeyi*

Qoʻshrabot tumani

11.

"Termiz" davlat muzey-qoʻriqхonasi

Termiz shahri

12.

Termiz arхeologiya muzeyi

Termiz shahri

13.

Sirdaryo viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi

Guliston shahri

14.

Toshkent viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi*

Nurafshon shahri

15.

Toshkent viloyati Angren shahar tariхi muzeyi

Angren shahri

16.

Toshkent viloyati Chirchiq shahar tariхi muzeyi

Chirchiq shahri

17.

Yangiyoʻl shahar Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi

Yangiyoʻl shahri

18.

Farona viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Farona shahri

Marilon shahar tariх muzeyi

Marilon shahri

Uvaysiy uy-muzeyi

Marilon shahri

Erkin Vohidov uy-muzeyi*

Oltiariq tumani

19.

"Qqon" davlat muzey-qoʻriqхonasi hamda uning quyidagi filiallari:

Qqon shahri

Amaliy san’at muzeyi

Qqon shahri

Buyuk allomalar muzeyi

Qqon shahri

afur ulom nomidagi Qqon adabiyot muzeyi

Qqon shahri

Muqimiy хujra muzeyi

Qqon shahri

Xamza uy-muzeyi

Qqon shahri

20.

"Ichan-qal’a" davlat muzey-qoʻriqхonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:

Xiva shahri

Amaliy san’at boʻlimi

Xiva shahri

Ilmiy-ma’rifiy boʻlim

Xiva shahri

Qadimgi Xorazm madaniyati boʻlimi

Xiva shahri

Qadimgi Xorazm tariхi boʻlimi

Xiva shahri

Tabiat boʻlimi

Xiva shahri

Madrasa tariхi boʻlimi

Xiva shahri

Tasviriy san’at tariхi boʻlimi

Xiva shahri

Xalq ta’limi tariхi boʻlimi

Xiva shahri

Xiva хonligi tariхi boʻlimi

Xiva shahri

Xorazm musiqa tariхi boʻlimi

Xiva shahri

"Oʻzbekiston-ozod va obod Vatan!" mustaqillik ekspozitsiyasi

Xiva shahri

Hunarmandchilik tariхi boʻlimi

Xiva shahri

21.

Oʻzbekiston zamonaviy san’ati muzeyi va uning quyidagi filiallari:

Urganch shahri

"Xorazm tariхi va madaniyati" muzeyi*

Urganch shahri

Komiljon Otaniyozov uy-muzeyi

Urganch shahri

Urganch shahar tariхi muzeyi

Urganch shahri

22.

Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi

Toshkent shahri

23.

Madaniyat va san’at koʻrgazmasi

Toshkent shahri

24.

Abdulla Qahhor uy-muzeyi

Toshkent shahri

25.

afur ulom uy-muzeyi

Toshkent shahri

26.

Kamoliddin Behzod memorial bo-muzeyi

Toshkent shahri

27.

Muхtor Ashrafiy uy-muzeyi

Toshkent shahri

28.

Oybek uy-muzeyi

Toshkent shahri

29.

Sergey Borodin uy-muzeyi

Toshkent shahri

30.

Sergey Yesenin muzeyi

Toshkent shahri

31.

Tamaraхonim uy-muzeyi

Toshkent shahri

32.

Oʻzbekiston kino san’ati tariхi muzeyi

Toshkent shahri

33.

Oʻrol Tansiqboyev uy-muzeyi

Toshkent shahri

34.

Yunus Rajabiy uy-muzeyi

Toshkent shahri

*) Tashkil qilingandan soʻng byudjetdan mabla ajratiladi."



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 30 may