Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.06.2019 y. 474-son "Alkogol va tamaki bozorini samarali tartibga solishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.06.2019 y.

N 474



ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI

SAMARALI TARTIBGA SOLIShNI

TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 5 fevraldagi PF-5656-son Farmoni hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4162-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining byudjetdan tashqari jamarmasi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Iste’mol etil spirtini alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida taqsimlash tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

ikki oy muddatda Iste’mol etil spirti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda joylashgan etil spirtining sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalar toʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorining loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 iyun