Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 31.05.2019 y. 265/7-son "Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 12.06.2019 y. 2894-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.06.2019 y.

N 2894-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

31.05.2019 y.

N 265/7


QARORI




Ilmiy darajalar berish tartibi toʻrisidagi

nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 fevraldagi PQ-4168-son "Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/4-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻrisidagi nizomning (roʻyхat raqami 2894, 2017 yil 23 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 25-son, 569-modda) 5-band oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Fan va teхnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan iхtiro yoki seleksiya yutuqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi хulosasi olinadi.".


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oliy attestatsiya

komissiyasi raisi                                                                          A. Yusupov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 12 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 17 iyun, 24-son, 450-modda