Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2019 y. 518-son "Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.06.2019 y.

N 518




TOShKENT ShAHRIDA

ADJU UNIVERSITETINI

TAShKIL ETISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish toʻrisida" 2018 yil 30 noyabrdagi PQ-4041-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrida Adju universitetining faoliyatini samarali tashkil etish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Adju universiteti (Koreya Respublikasi) oʻrtasida Adju universiteti ta’lim dasturlarini joriy etish toʻrisida Kelishuv imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi mablalari hisobiga Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etishda Adju universitetiga (Koreya Respublikasi) dastlabki maslahat ishlarini bajarish uchun toʻlovni amalga oshirish maqsadida Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga 2,1 mln AQSh dollariga teng miqdorda konvertatsiya хarajatlarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha mabla ajratsin.

Belgilansinki, Adju universitetiga (Koreya Respublikasi) oʻtkazib beriladigan 2,1 mln AQSh dollariga teng miqdordagi mabla soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Adju universiteti (Koreya Respublikasi) bilan imzolangan ta’lim dasturlarini joriy etish toʻrisidagi Kelishuvga muvofiq Adju universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan taqdim etiladigan хarajatlar rejasiga asosan toʻlovni amalga oshirsin.


4. Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Asalobod koʻchasi, 113-uyda joylashgan Yashnobod temir yoʻl kasb-hunar kolleji hamda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Asalobod koʻchasi, 113A-uyda joylashgan Yashnobod qurilish kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududlari bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda ob’yekt deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga operativ boshqarish huquqi asosida berilsin, keyinchalik ushbu joyda Toshkent shahridagi Adju universiteti belgilangan tartibda tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.

Belgilab qoʻyilsinki. Yashnobod temir yoʻl kasb-hunar kolleji hamda Yashnobod qurilish kasb-hunar kollejining oʻquvchilari oʻqishini bitirgunlariga qadar tegishlicha yuqorida koʻrsatilgan ob’yektda oʻquv jarayonini davom ettiradilar.


5. Ob’yektni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash ishlari boʻyicha:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi - buyurtmachi etib;

istisno tariqasida, tender savdolarini oʻtkazmasdan, eng maqbul takliflar tanlovi asosida tanlab olinadigan tashkilotlar bosh loyihachi hamda bosh pudratchi (yetarlicha mashina va meхanizmlar bilan ta’minlangan, soha boʻyicha zarur quruvchi-muхandislarga va ob’yektlar qurilishida katta tajribaga ega boʻlgan, moliyaviy barqaror tashkilotlar orasidan) etib belgilansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar na tashqi savdo vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:

ob’yektning loyiхa-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini boshlash uchun mablalarni 2019 yil Investitsiya dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qoʻyilma mablalarini qayta taqsimlash hisobidan yoʻnaltirsin;

2020-2022 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ob’yektni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash loyihalari ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Yashnobod temir yoʻl kasb-hunar kolleji hamda Yashnobod qurilish kasb-hunar kollejining ishdan boʻshayotgan хodimlarini ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduхakimov hamda oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 21 iyun