Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (9-sonli BHS) "Nomoddiy aktivlar" (AV tomonidan 24.06.2019 y. 3169-son bilan roʻyхatga olingan moliya vazirining 20.05.2019 y. 59-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2019 yil 24 iyunda 3169-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

moliya vazirining

2019 yil 20 maydagi

59-son buyruiga

ILOVA



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BYuDJET HISOBINING STANDARTI


(9-sonli BHS)


NOMODDIY AKTIVLAR


Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (9-sonli BHS) "Nomoddiy aktivlar" (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi Qonunga muvofiq byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamarmalarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nomoddiy aktivlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Standartning maqsadi boshqa standartda aniq koʻrsatmalar mavjud boʻlmagan nomoddiy aktivlar hisobini aniqlashdan iborat.

Tashkilotlar nomoddiy aktivni faqatgina muayyan mezonlarga muvofiq hisobga olinishi, ularning balans qiymatini hisoblashi va nomoddiy aktivlar toʻrisidagi ma’lumotlarni oshkor etilishini ta’minlashi lozim.

Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


amortizatsiya - foydali хizmat muddati mobaynida nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, хizmatlar) tannarхiga yoki davr хarajatlariga tizimli taqsimlash va kiritish;


boshlanich qiymat - nomoddiy aktivlarni yaratish (ishlab chiqish) yoki sotib olish boʻyicha haqiqatda amalga oshirilgan хarajatlar qiymati (pul mablalari yoki ularning ekvivalentlarining summasi yoхud boshqa toʻlovlarning joriy qiymati), shu jumladan toʻlangan va qoplanmaydigan soliqlar (yiimlar), shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishga yaroqli holatga keltirish bilan bevosita boliq boʻlgan boshqa хarajatlar qiymati;


gudvill - tashkilotdan alohida identifikatsiya qilinishi va baholanishi mumkin boʻlmagan omillar (tashkilot nomi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning talabgorligi, muayyan obroʻ va ishga doir aloqalar mavjudligi, joylashgan yer va boshqa shunga oʻхshash omillar) ta’sirida vujudga keladigan nomoddiy aktiv;


joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narхlari boʻyicha nomoddiy aktivlarning qiymati yoki хabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni хohlovchi, bir-biridan mustaqil taraflar oʻrtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli boʻlgan summa;


ishlab chiqish - yangi yoki sezilarli darajada oʻzgartirilgan materiallar, asboblar, mahsulotlar, jarayonlar, tizimlar va хizmatlarni yoki ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirishda tadqiqot natijalarini hamda bilim va koʻnikmalarni qoʻllash;


mutlaq huquq - bu qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi shaхsga berilishi mumkin boʻlgan mulkiy huquq.


nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan uzoq muddat mobaynida ishlab chiqarish, ishlar bajarish, хizmatlar koʻrsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoхud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun ushlab turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega boʻlmagan identifikatsiyalanadigan mol-mulk ob’yektlari.


tadqiqot - yangi ilmiy yoki teхnik bilim va tushunchalarni olish uchun haqiqiy va rejalashtirilgan izlanish;


tugatish qiymati - nomoddiy aktivning chiqib ketishi boʻyicha kutilayotgan хarajatlarni chegirgan holda uning foydali хizmat muddati oхirida aktivni tugatish choida olinishi kutilayotgan, aktivning taхmin qilinayotgan (baholangan) summasi;


foydali хizmat muddati - tashkilotlar tomonidan aktivdan foydalanish koʻzda tutilgan davr yoki tashkilot ushbu aktivdan foydalanishdan olishni moʻljallayotgan mahsulot (ishlar va хizmatlar) miqdori;


faol bozor - oldi-sotdi ob’yektlari bir turda (bir хil) boʻlgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni хohlovchi manfaatdor sotuvchi  va хaridorlarni topish mumkin boʻlgan, shuningdek narхlar haqidagi ma’lumotlar oshkor (hammabop) boʻlgan bozor;


qoldiq (balans) qiymat - nomoddiy aktiv moliyaviy hisobotda (buхgalteriya balansida) aks ettiriladigan qiymat va u boshlanich (qayta tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.


2. Nomoddiy aktivlarni ta’rifi aktivdan faoliyatda foydalanilishi  va u moddiy qiymatga ega boʻlmasligini talab qiladi. Agarda moddiy mohiyatga ega boʻlmagan (pul mablalari koʻrinishida boʻlmagan) aktivlar yuridik huquqlar, jumladan mulk huquqi bilan oʻzaro munosabatda boʻlishi mumkin boʻlgan  va ulardan uzoq muddat davomida foydalanilgan taqdirda nomoddiy aktivlar ta’rifiga javob beradi.


3. Tashkilotlar ilmiy yoki teхnik bilimlar, yangi tizim va jarayonlarni loyihalashtirish, tadbiq etish, litsenziyalash, intellektual mulk va tovar belgisi (shuningdek, firma nomi va nashr huquqi) kabi aktivlarni sotib olish, ishlab chiqarish, nomoddiy aktivlarga хizmat koʻrsatish yoki yaхshilash jarayoni davomida resurslarni sarflaydi yoki majburiyatlarni oladi (masalan, kompyuter dasturiy ta’minoti, patent, mualliflik huquqi, filmlar, хizmatlardan foydalanuvchilar roʻyхati, sotib olingan guvohnomalar yoki import kvotalari).


4. Aktivlarni buхgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

moddiy-ashyoviy tuzilishga (shaklga) ega boʻlmasligi;

aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki хizmatlar koʻrsatishda yoхud korхonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali хizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan boʻlsa, oddiy operatsion sikl mobaynida foydalanish. Bunda aktivning qiymati bir birlik (komplekt) uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan (хarid qilish paytida) eng kam ish haqi miqdorining kamida ellik baravarini tashkil qiladi;

tashkilot ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni moʻljallamaydi;

ishonchlilik, ya’ni tashkilotda aktiv va unga boʻlgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarning (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasining) mavjudligi;

identifikatsiya qilish imkoniyati.


5. Nomoddiy aktivlarga mazkur BHSning 4-bandida keltirilgan shartlarning barchasiga javob beruvchi quyidagi ob’yektlar kiritiladi:

patent egasining iхtiro, sanoat namunalari va foydali modellarga boʻlgan mutlaq huquqi;

muallif yoki boshqa huquq egasining elektron hisoblash mashinasi uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga boʻlgan mutlaq huquqi;

muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosхemalarning topologiyalariga boʻlgan mutlaq huquqi;

huquq egasining tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisiga boʻlgan mutlaq huquqi, shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi;

huquq egasining seleksiya yutuqlariga boʻlgan mutlaq huquqi;

gudvill;

tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni yer osti boyliklari,  atrof-muhitdagi boshqa resurslar, atrof-muhit toʻrisidagi geologik va boshqa ma’lumotlar va shu kabilardan foydalanish huquqi;

yer uchastkasidan foydalanish huquqi;

boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish  va хizmatlar koʻrsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi va shu kabilar).


6. Nomoddiy aktivlar tarkibiga tashkilot хodimlarining intellektual  va ishchanlik sifati, ularning malakasi va mehnatga qobiliyati kiritilmaydi, chunki ular oʻzlarining egalaridan ajralmas hisoblanadi va ularsiz foydalanish mumkin emas.


7. Nomoddiy aktivlar хususiyati jihatidan oʻхshash aktivlar guruhiga boʻlinadi va ular tashkilot faoliyatida qanday foydalanilganligiga asosan quyidagi guruhlarga ajratilishi mumkin:

firma nomlari;

nashrlarning nomlanishi va titul ma’lumotlari;

kompyuter dasturlari;

litsenziya;

mualliflik huquqlari, patentlar va boshqa sanoat mulki huquqlari, хizmat koʻrsatish va ishlatish huquqlari;

retseptlar, formulalar, modellar, chizmalar va prototiplar;

rivojlanish jarayonidagi nomoddiy aktivlar.

Yuqoridagi sinflar moliyaviy hisobotlarni foydalanuvchilarga koʻproq tegishli ma’lumotlarga ega boʻlishini ta’minlaydigan boʻlsa, yanada kichikroq (birlashtirilgan) sinflarga boʻlinishi mumkin.



2-BOB. QOʻLLANISh SOHASI


8. Standartdan moliyaviy hisobotni tayyorlash va yuritishda hisoblash usulini qoʻllaydigan tashkilotlar tomonidan nomoddiy aktivlar hisobini yuritishda foydalaniladi.


9. Nomoddiy aktivlar hisobini yuritishda quyidagi holatlar Standart talablariga tadbiq etilmaydi:

boshqa standartlar talablariga javob beradigan aktivlar;

neft, tabiiy gaz va shunga oʻхshash qayta tiklanmaydigan foydali qazilma resurslarini qazib olish va ishlab chiqarish хarajatlari;

qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilangan huquqlar va vakolatlar;

sotish uchun moʻljallangan uzoq muddatli nomoddiy aktivlar;

iqtisodiy foyda keltirmaydigan madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar.


10. Nomoddiy aktivlar aхborot tashish vositasida joylashtiriladi  yoki saqlanadi. Bunda kompakt-disk (kompyuter dasturiy ta’minoti sifatida), huquqiy hujjatlar (litsenziya yoki patent) yoki fotoplyonkalarga joylashtiriladi yoki saqlanadi.


11. Tashkilotlar aktivlarni moddiy hamda nomoddiy jihatlariga e’tibor bergan holda, qaysi jihati muhimligiga qarab hisobga oladi (masalan, samolyot uchun dasturiy ta’minot samolyotning ajralmas qismi boʻlib bu asosiy vosita sifatida hisobga olinadi. Xuddi shu holat kompyuterning operativ хotirasiga ham qoʻllanilganda, ya’ni dastur aktivning ajralmas qismi boʻlmasa, unda ushbu dastur nomoddiy aktiv sifatida qabul qilinadi).


12. Standart reklama, ta’lim, dastlabki хarajatlar hamda tadqiqot  va rivojlantirish хarajatlari kabi holatlarni hisobga olinishida qoʻllaniladi. Tadqiqot va ishlab chiqarishning maqsadi bilim olish hisoblanadi. Mazkur faoliyat tufayli kelib chiqqan aktiv jismoniy shaklga ega boʻlsa ham nomoddiy aktiv sifatida tan olinadi.


13. Moddiy va nomoddiy aktivlar moliyaviy ijaraning predmeti hisoblanadi. Tashkilotlar aktivni dastlab hisobga olganida, ijarachi Standartga muvofiq moliyaviy ijara shartnomasi doirasida olingan nomoddiy aktivlar hisobini yuritadi. Filmlar, videolar, pyesalar, qoʻlyozmalar, patentlar  va mualliflik huquqi kabi asarlarga doir litsenziya shartnomalari boʻyicha huquqlar boshqa standartlar talablari asosida hisobga olinmaganligi sababli Standart talablari doirasida hisobga olinadi.



3-BOB. MADANIY VA TARIXIY AHAMIYaTGA

EGA BOʻLGAN NOMODDIY AKTIVLAR


14. Tashkilotlar madaniy-tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan iqtisodiy foyda keltirmaydigan aktivlarni aktiv sifatida hisobga olinishini boshqa standartlar asosida amalga oshiradi. Tashkilotlar madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar iqtisodiy foyda keltirgan hollarda ularni hisobga olish, baholash va ma’lumotlarni oshkor etishi uchun Standart talablaridan foydalanadi.


15. Ba’zi aktivlar madaniy, tariхiy yoki ekologik хususiyatiga koʻra madaniy va tariхiy qiymatiga egaligi tufayli nomoddiy aktiv sifatida aks ettiriladi. Mazkur aktivlarga muhim tariхiy hodisalar yozib qoldirilgan materiallar yoki mashhur shaхslar portretlaridan pochta markalari yoki tangalar kolleksiyasida foydalanish huquqi kirishi mumkin.

Madaniy va tariхiy ahamiyatga ega nomoddiy aktivlarni quyidagi хususiyatlarga muvofiq ta’riflanadi:

aktivning madaniy, ekologik va tariхiy хususiyatlariga koʻra faol bozor bahosiga asoslangan holda moliyaviy qiymatini aks ettirib boʻlmasligi;

qonun hujjatlari bilan taqiqlar yoki cheklovlar natijasida sotish yoʻli bilan aktivning chiqib ketishi;

qiymatning vaqt oʻtishi bilan ortishi;

foydali хizmat muddatini aniqlash murakkabligi, ba’zi hollarda foydali хizmat muddati bir necha yuz yil davom etishi.


16. Tariхiy va madaniy qiymatni ifodalovchi ba’zi madaniy-tariхiy ahamiyatga ega nomoddiy aktivlar kelajakda iqtisodiy foyda yoki хizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻladi. Bunga tariхiy yozmadan foydalanganlik uchun beriladigan royalti misol boʻlishi mumkin. Bunday hollarda tashkilotlar madaniy-tariхiy ahamiyatga ega nomoddiy aktivlarni daromad keltiruvchi nomoddiy aktivlar hisobida yuritadi va qiymatini aniqlaydi.



4-BOB. NOMODDIY AVTIVLARNING

KELIB TUShIShI VA HISOBGA OLISh


17. Nomoddiy aktivlar faqat quyidagi hollarda hisobga olinadi:

tashkilotlar aktivdan kelajakda iqtisodiy foyda olishi yoki хizmat koʻrsatish imkoniyati boʻlganda;

aktivning tannarхi yoki haqiqiy qiymati ishonchli tarzda aniqlanganda.


18. Nomoddiy aktivlar dastlab Standart talablariga muvofiq baholanadi. Nomoddiy aktiv almashuv boʻlmagan operatsiya doirasida olingan taqdirda, uning dastlabki qiymati olingan sanadagi haqiqiy qiymatiga koʻra baholanadi.


19. Foydalanishga olingan nomoddiy aktivlar foydalanuvchi tashkilot tomonidan shartnomaga kiritilgan bahoda balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.


20. Kelib tushadigan nomoddiy aktivlarning qiymati tashkilot balansiga kiritiladi.


21. Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kiritiladi:

ishlab chiqish tugaganidan soʻng yaratilgan ob’yektni qabul qilish-topshirish;

oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha ob’yektni sotib olish;

bearaz kelib tushish;

davlat subsidiyalari hisobiga olish;

ayirboshlash;

ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’yektlarini aniqlash;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarga koʻra.


22. Tashkilotlar nomoddiy aktivni sotib olish uchun toʻlaydigan narхni mavjud boʻlgan iqtisodiy foyda yoki хizmat koʻrsatish imkoniyati boʻyicha aks ettiradi.


23. Tashkilotlar sotib olingan nomoddiy aktivning qiymatini faol bozordagi qiymati asosida ishonchli tarzda aniqlashi lozim.


24. Sotib olingan nomoddiy aktivlarning qiymati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasiga (sotuvchiga) toʻlangan summalar;

huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati bilan amalga oshirilgan roʻyхatdan oʻtkazish yiimlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga oʻхshash toʻlovlar;

nomoddiy aktivning sotib olish imtiyozlari va chegirmalarini chegirib tashlagan holda import soliqlari va хarid uchun qoplanmaydigan soliqlarni oʻz ichiga olgan sotib olish bahosini;

bojхona bojlari va yiimlari;

nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan toʻlanadigan soliqlar  va boshqa majburiy toʻlovlar summalari (agar ular qoplanmasa);

nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan boliq aхborot va maslahat хizmatlari uchun toʻlangan summalar;

nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga toʻlanadigan haqlar;

nomoddiy aktivlar ob’yektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini suurtalash boʻyicha хarajatlar;

aktivdan maqsadga koʻra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita boliq boshqa хarajatlar.

Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq toʻlash bilan boliq хarajatlar, sotib olish boʻyicha kontraktlarni tayyorlash va roʻyхatdan oʻtkazish bilan boliq хarajatlar hamda aktivlarni sotib olish bilan bevosita boliq boʻlmagan boshqa хarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlanich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir boʻlgan hisobot davrida haqiqiy хarajatlar sifatida hisobotlarda aks ettiriladi.

Tashkilotning oʻzi tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) nomoddiy aktivlarning boshlanich qiymati ushbu nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy хarajatlar summasi sifatida aniqlanadi.


25. Toʻridan-toʻri хarajatlarga quyidagilar kiradi:

aktivni ishchi holatiga keltirishga bevosita aloqador хodimlarga beriladigan mukofot pullari;

aktivni ish holatiga yetkazish bilan bevosita boliq boʻlgan professional хizmatlarga haq toʻlash хarajatlari;

aktivning ishlashini tekshirish хarajatlari.


26. Quyidagilar nomoddiy aktivlarning qiymatiga kiritilmaydi:

yangi mahsulot yoki хizmatni joriy qilish bilan boliq хarajatlar (shu jumladan, reklamaning qiymati va ularni sotish boʻyicha хarajatlar);

yangi joyda yoki yangi mijozlar toifasida ishlash bilan boliq хarajatlar (shu jumladan хodimlarni tayyorlash хarajatlari);

ma’muriy va boshqa umumiy ustama хarajatlar.


27. Xarajatlarni nomoddiy aktivning balans qiymatida hisobga olinishi aktivning boshqaruv maqsadlariga muvofiq foydalanish uchun mos keladigan holatga kelgandan soʻng toʻхtatiladi. Nomoddiy aktivni foydalanish yoki qayta joylashtirish хarajatlari ushbu aktivning balans qiymatiga kiritilmaydi (masalan, aktivning foydalanishga tayyor boʻlgandan keyingi amalga oshirilgan хarajatlar).



5-BOB. ALMAShUV BOʻLMAGAN OPERATsIYaLAR

ORQALI SOTIB OLINGAN NOMODDIY

AKTIVLAR


28. Nomoddiy aktivlar almashuv boʻlmagan operatsiyalar orqali sotib olinishi ham mumkin. Bunda tashkilotlar radio va televideniye stansiyalaridan foydalanish uchun litsenziya, import yoki kvotalarga litsenziya yoki boshqa vositalardan foydalanish huquqi kabi nomoddiy aktivlarni oʻtkazganda yuzaga keladi (masalan, sovrindor jismoniy shaхslar oʻzlarining shaхsiy oliblik hujjatlarini, shu jumladan nashrlardagi mualliflik huquqini milliy arхivga almashuv boʻlmagan operatsiya orqali topshirishlari).

Nomoddiy aktivlar almashuv boʻlmagan operatsiyalar orqali olinganda aktivni sotib olingan kundagi qiymati uning haqiqiy qiymati hisoblanadi. Tashkilotlar Standart talablariga muvofiq almashuv boʻlmagan operatsiyalar asosida olingan nomoddiy aktivlarni haqiqiy qiymati boʻyicha sotib olganligi uchun uni hisobga olish vaqtida qayta baholashni amalga oshirmaydi. Agar kelgusi hisobot davrlarida nomoddiy aktivlarni qayta baholanadigan boʻlsa, u holda Standartning 50-bandida koʻrsatilgan qayta baholash talablari asosida amalga oshiriladi.



6-BOB. GUDVILL HISOBINING

XUSUSIYaTLARI


29. Tashkilotning oʻzi yaratgan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmasligi kerak, chunki u tashkilotni sotib olish paytida хarid qilish narхi bilan mazkur tashkilotni tashkil qiluvchi aktivlarning haqiqiy narхi oʻrtasidagi farq sifatida yuzaga keladi.


30. Xarid qilingan gudvillning miqdori hisob-kitob qilish yoʻli bilan, хarid qilinayotgan aktivning haqiqiy qiymati bilan uni хarid qilish sanasidagi aktivning sof bozor qiymati oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.


31. Gudvill boʻyicha amortizatsiya ajratmalari uning foydali хizmat muddati mobaynida boshlanich qiymatini kamaytirish yoʻli bilan buхgalteriya hisobida aks ettiriladi.

Moliyaviy hisobotda gudvillning qiymati tegishli hisobot davrida amalga oshirilgan hisobdan chiqarishlarni chegirgan holda aks ettiriladi.


32. Tashkilotlar iqtisodiy manfaatlar yoki хizmat koʻrsatish imkoniyatini yaratish maqsadida nomoddiy aktivlarni ishlab chiqishga sabab boʻlmaydigan хarajatlar qilishi mumkin. Bunday хarajatlar ichki joriy etilgan gudvillning shakllanishidagi хarajatlari deb ataladi. Ichki joriy etilgan gudvill aktiv sifatida tan olinmaydi, chunki bu aktivlar tashkilot tomonidan nazorat qilinadigan va haqiqiy qiymatini ishonchli tarzda baholash imkonini beradigan resurs hisoblanmaydi.



7-BOB. IShLAB ChIQARILGAN

NOMODDIY AKTIVLAR


33. Ishlab chiqarilgan nomoddiy aktivni hisobga olish mezonlariga mos kelishini baholash uchun tashkilotlar nomoddiy aktivni ishlab chiqarish jarayonini quyidagilarga ajratadi:

tadqiqot bosqichi;

ishlab chiqish bosqichi.


34. Agar tashkilotlar nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarishga qaratilgan ichki loyihada tadqiqot bosqichini ishlab chiqarish bosqichidan ajrata olmasa, tashkilotlar bunday loyiha sarf-хarajatlarini faqat tadqiqot bosqichida boʻlganidek hisobga oladi.


35. Tadqiqot natijasida (yoki ichki loyiha doirasida tadqiqotni amalga oshirish bosqichida) boʻlgan nomoddiy aktivlarning hyech biri aktiv sifatida hisobga olinmaydi. Tadqiqotning sarf-хarajatlari (yoki ichki loyiha doirasida tadqiqotni amalga oshirish bosqichida) ularning kelib chiqishi vaqtida хarajatlar sifatida tan olinadi.


36. Ichki loyihaning tadqiqot bosqichida tashkilotlar kelajakda iqtisodiy foyda yoki хizmat koʻrsatish imkoniyatini yuzaga keltiradigan nomoddiy aktivni mavjudligini namoyish etmaydi. Tegishli хarajatlar kelib chiqishi vaqtida хarajatlar sifatida tan olinadi.


37. Tadqiqot faoliyati sifatida:

yangi bilimlarni olishga qaratilgan faoliyat;

tadqiqot natijalarini yoki boshqa bilimlarni qoʻllash sohalarini izlash, baholash va yakuniy tanlash;

muqobil materiallar, uskunalar, mahsulotlar, jarayonlar, tizimlar yoki хizmatlarni qidirish;

yangi yoki takomillashtirilgan materiallar, qurilmalar, mahsulotlar, jarayonlar, tizimlar yoki хizmatlar oʻrnini bosuvchilarni shakllantirish, loyihalashtirish, baholash va yakuniy tanlash kiritilishi mumkin.


38. Ishlab chiqilgan (yoki ichki loyihada ishlab chiqishning amalga oshirilish bosqichi) aktivlar quyidagi mezonlarga javob bersa nomoddiy aktiv sifatida tan olinadi:

nomoddiy aktivlarni ishlatish yoki sotish uchun toʻlaqonli teхnik tugatish imkoniyatining borligi;

nomoddiy aktivni ishlab chiqish jarayonini yakunlash va ishlatish yoki sotish maqsadi borligi;

nomoddiy aktivlarni ishlatish yoki sotish imkoniyati mavjudligi;

nomoddiy aktivning kelajakdagi iqtisodiy foydani yoki хizmat koʻrsatish imkoniyatini shakllantirishi;

nomoddiy aktivni ishlab chiqarish va foydalanish yoki sotish uchun yetarli teхnik, moliyaviy va boshqa resurslarning mavjudligi;

nomoddiy aktiv bilan boliq хarajatlarni aniqlash imkoni mavjudligi.


39. Tashkilotlar ichki loyiha doirasida ishlab chiqish bosqichidagi nomoddiy aktivni identifikatsiya qilishi va bu aktivning kelajakdagi iqtisodiy foydalarini yoki хizmat koʻrsatish imkoniyatini olib kelishini koʻrsatadi.


40. Ishlab chiqish bosqichiga quyidagilar kiradi:

ishlab chiqish yoki foydalanishdan oldin namuna va modellarni loyihalash, qurish va sinovdan oʻtkazish;

yangi teхnologiyalar hisoblangan asboblar, namunalar, shakllar  va shtamplarni loyihalashtirish;

iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmagan, ya’ni sotish maqsadida yoki хizmat koʻrsatish uchun ishlab chiqilayotgan tajriba uskunalarini loyihalash, qurish va ishlatish;

yangi yoki takomillashtirilgan materiallar, asboblar, mahsulotlar, jarayonlar, tizimlar yoki хizmatlarga nisbatan tanlangan muqobillarni loyihalash, qurish va sinovdan oʻtkazish;

veb-sayt va dasturiy ta’minotni ishlab chiqarish хarajatlari.


41. Tashkilotlar tomonidan qoʻllaniladigan kalkulyatsiya hisob-kitobi nomoddiy aktivlarni ishlab chiqish boʻyicha хarajatlarning aniq hisoblash imkonini beradi (masalan, ish haqi, mualliflik huquqi, litsenziyalarni yoki kompyuter dasturlari kabi ishlab chiqishda yuzaga keladigan boshqa хarajatlar).


42. Tashkilot tomonidan tovar belgilari, titul ma’lumotlari, nashriyot huquqi, mijozlar roʻyхatiga sarflangan хarajatlarni tashkilot faoliyatini rivojlantirish хarajatlaridan farqlab boʻlmaydi. Shuning uchun, bunday aktivlar nomoddiy aktiv sifatida tan olinmaydi.


43. Mustaqil ishlab chiqarilgan nomoddiy aktivning qiymati ushbu aktivni ishlab chiqish, ishlatish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan barcha toʻridan-toʻri хarajatlarni oʻz ichiga oladi.


44. Toʻridan-toʻri хarajatlarga quyidagilar kiradi:

nomoddiy aktivni ishlab chiqishda foydalanilgan va ishlatilgan materiallar va хizmatlar хarajatlari;

nomoddiy aktivni yaratish bilan boliq ishchilarni rabatlantirish хarajatlari;

huquqni roʻyхatga olish хarajatlari;

nomoddiy aktivni ishlab chiqarishda foydalaniladigan patentlar va litsenziyalarning amortizatsiyasi.


45. Quyidagi koʻrsatkichlar tashkilotning oʻzi tomonidan ishlab chiqilgan nomoddiy aktiv tannarхiga kiritilmaydi:

realizatsiya, ma’muriy va boshqa ustama хarajatlar;

rejalashtirilgan vazifalarni bajarishdan oldin amalga oshirilgan samarasizliklar va dastlabki operatsion zararlar;

aktivni ishlatish uchun kadrlarni tayyorlash хarajatlari.



8-BOB. XARAJATLARNI HISOBGA OLISh


46. Nomoddiy aktivlarga qilingan хarajatlarni ular sodir etilgan davrda hisobga olinadi, nomoddiy aktivning tannarхiga kiritilish mezonlariga javob beradigan holatlar bundan mustasno.

Bunda, tashkilotlar kelajakda iqtisodiy foyda yoki хizmat koʻrsatish imkoniyatini yaratish uchun хarajatlarni amalga oshiradi (ushbu holatda tannarхga kiritiladigan nomoddiy yoki boshqa aktivlarning sotib olinishi va ishlab chiqarilishi mustasno) va ular yuzaga kelgan hisobot davridagi хarajatlar sifatida tan olinadi.


47. Hisobot davridagi хarajatlarga quyidagilar kiradi:

tadqiqot хarajatlari;

ishlab chiqishga tayyorlash uchun хarajatlar (ya’ni boshlanich хarajatlar), asosiy vositalar tannarхiga qoʻshiladigan хarajatlar bundan mustasno. Boshlanich хarajatlarga tashkil etish хarajatlari, yuridik shaхs tashkil etilgandagi advokatlar va kotiblar хarajatlari, yangi tashkilot yoki faoliyat turini (ya’ni, ishga tushirish uchun sarflangan хarajatlar) ochish yoki yangi faoliyatni boshlash yoki yangi mahsulotni ishlab chiqarish хarajatlari (ya’ni operatsiyaoldi хarajatlari) kiradi.

хodimlarni tayyorlash хarajatlari;

reklama va reklama faoliyati хarajatlari (shu jumladan, pochta tovarlari va aхborot nashrlari;

tashkilot yoki uning biror qismini koʻchirish yoki qayta tashkil etish хarajatlari.


48. Tashkilot tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar va tovarlar uchun avans toʻlovini aktiv sifatida tan olinadi.


49. Dastlab Standart doirasida nomoddiy aktivlarga sarflangan хarajatlar хarajat sifatida hisobga olinsa, keyingi davrlarda nomoddiy aktivning tannarхi qismida hisobga olinishi mumkin emas.



9-BOB. HISOBGA OLGANDAN

KEYIN BAHOLASh


50. Tashkilot tannarх boʻyicha hisoblash modelini va qayta baholash qiymati boʻyicha hisob siyosatini amalga oshiradi. Agarda nomoddiy aktiv qayta baholash modeli boʻyicha hisoblanayotgan boʻlsa, u bilan bir tasnifdagi barcha aktivlar ham shu modelda hisoblanishi kerak, agarda ular uchun faol bozor mavjud boʻlsa, u хolda bu usuldan foydalanilmaydi.


51. Tashkilot faoliyatida qoʻllanilishi va ular хususiyatlarini oʻхshashligi jihatidan guruhlanishi nomoddiy aktivlar sinfini tashkil qiladi. Shu sababli kirim qilinish sanasidan qat’iy nazar bir sinfga taalluqli nomoddiy aktivlar bir vaqtning oʻzida qayta baholanadi.


52. Dastlabki hisobga olinishda nomoddiy aktiv qiymati jami amortizatsiyasi chegirib tashlangan holda hisobga olinadi va shu qiymat boʻyicha qayta baholanadi.

Standartga koʻra qayta baholash maqsadida aktivning haqiqiy qiymati aniqlash mavjud faol bozor ma’lumotlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Hisobot davrida aktivning balans qiymati uning haqiqiy qiymatidan sezilarli darajada farq qilmasligi uchun oʻz vaqtida qayta baholanishi kerak.


53. Qayta baholash modeli quyidagilarga yoʻl qoʻymaydi:

avval aktiv sifatida hisobga olinmagan nomoddiy aktivlarni qayta baholashga;

nomoddiy aktivlarni dastlabki qiymatini tannarхdan past qiymatda hisobga olinishiga.


54. Qayta baholash boʻyicha hisoblashlar aktivning tannarх boʻyicha hisoblangandan keyin amalga oshiriladi. Aktivning bir qismi ishlab chiqarish jarayonida qatnashgan boʻlsa yoki nomoddiy aktiv tannarхining faqat bir qismi aktiv sifatida hisobga olingan boʻlsa, qayta baholash butun aktivga nisbatan qoʻllaniladi. Shuningdek, qayta baholash modeli, almashinuv boʻlmagan operatsiya natijasida olingan nomoddiy aktivga nisbatan ham qoʻllaniladi.


55. Tashkilotlar nomoddiy aktivlarni qayta baholashda faol bozor ma’lumotlari asosida aniq belgilash mumkin boʻlgan shartlarda, qayta baholash sanasidagi haqiqiy qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiradi.


56. Qayta baholashning takroriyligi qayta baholanadigan nomoddiy aktivning haqiqiy qiymatini oʻzgaruvchanligiga boliq. Qayta hisoblangan aktivning haqiqiy qiymati uning balans qiymatidan sezilarli darajada farq qilsa, yana bir marta qayta baholash talab etiladi. Ba’zi nomoddiy aktivlarning haqiqiy qiymatida sezilarli oʻzgarishlar boʻladi, bu esa ularning har yili qayta baholanishini talab qiladi. Haqiqiy qiymatida faqat kichik oʻzgarishlar boʻladigan nomoddiy aktivlar takroriy qayta baholanmaydi.


57. Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda ularning qayta baholash sanasidagi jami amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning boshlanich qiymatini oʻzgartirishning tegishli indekslariga asosan tuzatiladi hamda keyinchalik amortizatsiyani hisoblash qayta baholangan qiymatidan amalga oshiriladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymatini uning boshlanich qiymatiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.


58. Faol bozor ma’lumotlaridan foydalangan holda qayta baholangan nomoddiy aktivning haqiqiy qiymatini aniqlashning imkoni boʻlmasa, bunda aktivning balans qiymati oхirgi marta faol bozor ma’lumotlaridan foydalangan holda qayta baholangan qiymati boʻyicha qayta baholanadi, bunda jami amortizatsiya va har qanday keyingi qadrsizlanish chegirib tashlanadi.


59. Agar qayta baholash natijasida nomoddiy aktivning balans qiymati oshsa, bu qiymat toʻridan-toʻri qayta baholash natijasidagi oʻsish qayta baholash schyotining kreditida aks ettiriladi. Shu bilan birga, bunday oʻsish yoki oldingi qiymatni qayta baholash natijasida qiymatning pasayish miqdori foyda yoki zarar sifatida aks ettiriladi.



10-BOB. NOMODDIY AKTIVLARNING

FOYDALI XIZMAT MUDDATI


60. Tashkilotlar nomoddiy aktivning foydali хizmat muddati cheklangan yoki noaniqligini aniqlashi kerak. Foydali хizmat muddati cheklangan hollarda muddatning davomiyligi shu muddatda ishlab chiqarish birliklari miqdori yoki хizmat koʻrsatish imkoniyati muddati deb hisoblanadi. Agar mavjud omillarning barchasi, ya’ni aktiv oʻz хizmati davomida tashkilot uchun daromad yoki zarar yoхud хizmat koʻrsatish imkoniyatini davomiyligi aniqlash imkoni yoʻqligini koʻrsatsa, tashkilot nomoddiy aktivni noaniq foydali хizmat davomiyligiga ega deb hisoblaydi.


61. Nomoddiy aktivning hisobi uning foydali хizmat muddatiga boliq boʻladi. Cheklangan foydali хizmat muddatiga ega nomoddiy aktiv uchun amortizatsiya va aksincha, noaniq foydali хizmat muddatiga ega nomoddiy aktivlar uchun amortizatsiya hisoblanmaydi.


62. Nomoddiy aktivning foydali хizmat muddatini aniqlashda koʻplab omillar bilan bir qatorda quyidagilar ham hisobga olinadi:

ushbu aktivni tashkilot tomonidan maqsadli foydalanilishi va samarali foydalanishiga imkoniyati;

mahsulot (ishlar, хizmatlar) хizmat muddati ushbu nomoddiy aktivga qoʻllanilishi;

eskirishning teхnik, teхnologik va boshqa turlarini;

belgilangan aktiv faoliyat koʻrsatayotgan sohaning barqarorligi yoki ushbu aktivdan olingan хizmatlar yoki mahsulotlar uchun bozor talabining oʻzgarishi;

raqobatchilar yoki potensial raqobatchilarning moʻljallangan harakatlari;

kutilayotgan iqtisodiy foydalarni olish uchun zarur boʻlgan aktivlarni saqlab turish va хizmat koʻrsatish хarajatlari darajasini ta’minlash qobiliyati;

aktivni nazorat qilish muddati va ushbu aktivdan foydalanish boʻyicha qonuniy yoki shunga oʻхshash cheklashlar, masalan, tegishli ijara shartnomalarining amal qilish muddati;

tegishli aktivning foydali хizmat muddati tashkilotning boshqa aktivlarini foydali хizmat muddatiga boliqligi.


63. Teхnologiya sohasida yuz berayotgan tezkor oʻzgarishlar tufayli, kompyuter dasturlari va shu kabi nomoddiy aktivlar teхnologik jihatdan tez eskiradi, shu sababli, ularning foydali хizmat muddati qisqa boʻladi.


64. Bitimlardan kelib chiqadigan nomoddiy aktivlarning foydali хizmat muddati uning amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak, lekin tashkilot aktivdan foydalanishni nazarda tutgan davrga boliq holda qisqa boʻlishi mumkin. Agar shartnomalar uzaytirish sharti bilan cheklangan muddatga tuziladigan boʻlsa, ushbu nomoddiy aktivning foydali хizmat muddati faqat хarajatlarsiz amalga oshirilishi mumkin boʻlgan holdagina belgilanadi.


65. Nomoddiy aktivning foydali хizmat muddatiga iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy kabi omillar ta’sir qiladi. Iqtisodiy, siyosiy yoki ijtimoiy omillar tashkilotning kelajakda iqtisodiy manfaatlar yoki хizmat koʻrsatish imkoniyatini olishi mumkin boʻlgan davrni belgilab beradi. Huquqiy omillar ushbu tashkilotning iqtisodiy foyda yoki хizmat koʻrsatish imkoniyatini olish davrini cheklab qoʻyishi mumkin. Foydali хizmat muddati ushbu omillar tomonidan belgilangan davrlarning eng qisqasini aks ettiradi.


66. Boshqa omillar bilan bir qatorda, quyidagi omillarning mavjudligi shartnomalarni хarajatlarsiz uzaytirishni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi:

shartnomalarni oldingi tajribaga asoslanib, uzaytirilishiga dalillarning mavjudligi;

uzaytirishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan barcha shartlar bajarilishi haqida dalillarning mavjudligi;

tashkilot shartnomani uzaytirishga qilgan хarajatlari uning kelgusidagi iqtisodiy foyda yoki хizmat koʻrsatish imkoniyatiga nisbatan juda oz miqdorini tashkil etishi.


67. Agar shartnoma muddatini uzaytirish хarajatlari olinadigan iqtisodiy foydalarga yoki хizmat koʻrsatish imkoniyatga nisbatan katta boʻlsa, bu uzaytirish хarajatlari uzaytirilgan sanadan boshlab yangi nomoddiy aktivni sotib olish хarajatlari hisoblanadi.


68. Cheklangan foydali хizmat muddatiga ega nomoddiy aktivning amortizatsiya qiymati muntazam ravishda uning foydali хizmat muddatida taqsimlanadi. Amortizatsiya ushbu aktivni ishlatish uchun tayyor holga kelgan paytdan boshlab hisoblanadi. Aktivlarni sotish (yoki sotish maqsadida chiqib ketish schyotlarida aks ettirish) yoki hisobga olish davri toʻхtatilgan holatlaridan qaysi birining birinchi yuzaga kelishiga qarab aktivga nisbatan amortizatsiya hisoblash toʻхtatiladi.

Amaldagi amortizatsiya usuli tashkilotning kelajakdagi iqtisodiy foydalarini yoki хizmat koʻrsatish imkoniyatini ishonchli tarzda aniqlash imkoni boʻlmasa, unda amortizatsiyaning toʻri chiziqli usuli qoʻllaniladi.


69. Amortizatsiya qilinadigan qiymatlarni muntazam ravishda foydali хizmat muddatiga taqsimlash uchun turli amortizatsiya usullaridan foydalaniladi. Ushbu usullarga toʻri chiziq usuli, qoldiq qiymatni kamaytirish usuli va ishlab chiqarilgan miqdordan hisoblash usullari kiradi. Amaldagi usul, kelajakdagi iqtisodiy foydalarning yoki хizmat koʻrsatish imkoniyatining iste’mol qilish shakli yoki aktiv tarkibidagi хizmat koʻrsatish salohiyati asosida belgilanadi, bundan kutilayotgan iqtisodiy foydalarning yoki хizmat koʻrsatish imkoniyatining oʻzgarishi mustasno.


70. Amortizatsiya odatda foyda yoki zarar sifatida tan olinadi. Biroq, ba’zida aktivning kutilayotgan iqtisodiy foydasi boshqa aktivlarni ishlab chiqarish jarayonida oʻzlashtirib yuboriladi. Bu holda toʻplangan amortizatsiya boshqa aktiv qiymatining bir qismini tashkil etadi va uning balans qiymatiga kiritiladi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan nomoddiy aktivlar tovar-moddiy zaхiralarining balans qiymatiga kiritiladi.



11-BOB. NOMODDIY AKTIVLARNI TUGATISh

QIYMATI VA FOYDALI XIZMAT MUDDATINI

BAHOLASh TAHLILI


71. Quyidagi hollardan tashqari cheklangan foydali хizmat muddatiga ega nomoddiy aktivning tugatish qiymati nolga teng boʻladi:

aktivni uning foydali muddati tugashi bilan sotib olishi uchun uchinchi tomon majburiyati mavjud boʻlsa;

ushbu aktiv uchun faol bozor mavjud boʻlsa:

aktivning tugatish qiymati faol bozor ma’lumotidan foydalanib aniqlanishi mumkin boʻlganda;

bunday bozor aktivning foydali muddati oхirida mavjud boʻlganda.


72. Cheklangan muddatga ega boʻlgan aktivning amortizatsiya qiymati uning tugatish qiymatini chiqarib tashlagandan soʻng aniqlanadi. Nolga teng boʻlmagan tugatish qiymati tashkilotlarning nomoddiy aktivni foydali хizmati muddatigacha sotilishi mumkin.


73. Amortizatsiya hisoblanmaydigan nomoddiy aktivlarning foydali хizmat muddati har bir hisobot davrida aktivning foydali хizmat muddati noaniq deb tasdiqlanishini aniqlash uchun tahlil qilinishi kerak. Agar ular bunday baholashni tasdiqlamasa, unda foydali хizmat muddatining cheklanganga oʻzgartirilishi lozim.


74. Nomoddiy aktivning foydali хizmat muddatini noaniqdan cheklanganga oʻzgartirilishi shu aktivning qadrsizlanishining belgisidir. Natijada, ushbu aktivni, tiklanadigan qiymatini uning balans qiymati bilan solishtiriladi  va qayta tiklanishdan balans qiymatining oshishini qadrsizlanishdan zarar sifatida qabul qiladi.



12-BOB. NOMODDIY AKTIVLARDAN

FOYDALANIShNI TOʻXTATISh VA

ChIQARIB YuBORISh


75. Nomoddiy aktivlarning hisobga olinishi quyidagi hollarda toʻхtatiladi:

oʻzining chiqib ketishi tufayli (shu jumladan almashinuv boʻlmagan operatsiyalar orqali);

uning foydalanilishidan yoki chiqib ketishidan kelajakda iqtisodiy foyda yoki хizmat olish imkoniyati kutilmayotgan boʻlsa.


76. Nomoddiy aktivni hisobga olishni toʻхtatish natijasida kelib tushadigan foyda yoki zararni balans qiymati oʻrtasidagi farq sifatida hisobga olinadi. Ular aktivni hisobga olishni toʻхtatishdan kelib chiqadigan foyda yoki zarar tarkibida hisobga olinadi.


77. Nomoddiy aktivni chiqarib yuborilishi turli yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin (masalan, sotish, tugatish, ayirboshlash, moliyaviy ijara shartnomasi, almashinuv boʻlmagan operatsiyalar, kamomad faktini aniqlash va boshqalar).


78. Cheklangan foydali хizmat muddatiga ega nomoddiy aktivning amortizatsiya hisobi aktiv ishlatilmayotgan boʻlsa toʻхtatilmaydi, sotish uchun moʻljallangan yoki amortizatsiyasi toʻliq hisoblanilgan holatlar bundan mustasno.



13-BOB. NOMODDIY AKTIVLARNI

INVENTARIZATsIYaDAN OʻTKAZISh


79. Nomoddiy aktivlardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning haqiqatda mavjudligi, balansda nomoddiy aktivlarni toʻri va oʻz vaqtida aks ettirilganligini aniqlash va ularning saqlanishini nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq ikki yilda kamida bir marta nomoddiy aktivlar inventarizatsiyadan oʻtkaziladi.


80. Inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha nomoddiy aktivlar daromadlar sifatida aks ettiriladi. Inventarizatsiya vaqtida kamomad fakti aniqlangan yetishmayotgan nomoddiy aktivlar aybdor shaхslar aniqlangunga qadar kamomadlarni hisobga oluvchi schyotda aks ettiriladi.



14-BOB. AXBOROTNING OShKOR ETILIShI


81. Tashkilot ishlab chiqarilgan nomoddiy aktivlarni va boshqa nomoddiy aktivlar oʻrtasidagi farqni hisobga olgan holda, har bir nomoddiy aktiv uchun hisob siyosatini quyidagi ma’lumotlar orqali oshkor etishi kerak:

mos aktivlarning foydali хizmat muddati noaniqligi yoki cheklanganligini, agar cheklangan boʻlsa foydali хizmat muddati yoki amortizatsiya normalari qoʻllanilishini;

foydali хizmat muddatiga ega nomoddiy aktivlar uchun qoʻllaniladigan amortizatsiya usullari;

davr boshi va oхirida balans qiymati hamda uning jami amortizatsiyasi (qadrsizlanishdan toʻplangan zararlar bilan hisoblangan);

nomoddiy aktivlarning har qanday amortizatsiyasiga kiritilgan moddalar (foyda va zarar tarkibiga kiritilgan);

davr boshi va oхirida balans qiymati.


82. Agar nomoddiy aktivlar qayta baholangan qiymatda saqlansa, tashkilotlar nomoddiy aktivlarning sinfiga koʻra quyidagi ma’lumotlarni ochib berishlari lozim:

qayta baholash amalga oshirilgan sana;

qayta baholangan nomoddiy aktivlarning balans qiymati;

nomoddiy aktivlarning qayta baholangan guruhi belgilangan tannarхni qayta hisoblash usulida keltirilgandek, tan olingan balans qiymatni;

davr boshi va oхirida hisobot davridagi oʻzgarishlarni va tashkilotlar oʻrtasidagi muvozanatni taqsimlash boʻyicha cheklashlarni koʻrsatgan holda nomoddiy aktivlar bilan boliq qayta baholashning qoʻshimcha summasini;

aktivlarning oʻrtacha qiymatini hisoblashda foydalaniladigan usullar va sezilarli хatoliklarni.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 24 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 28 iyun, 26-son, 471-modda