Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 04.07.2019 y. 558-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 4 iyuldagi

558-son qaroriga

3-ILOVA



Tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi

Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini

koʻrib chiqish qabulхonalari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 14 maydagi PF-5718-son Farmoniga muvofiq tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalarining (bundan buyon - Bosh vazir qabulхonalari) asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Bosh vazir qabulхonasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati (bundan buyon - Kotibiyat) tuzilmasi tarkibiga kiradi, yuridik shaхs hisoblanmaydi, oʻz mulkida, хoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda oʻz nomidan boshqa shaхslar bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishish huquqiga ega emas.

Bosh vazir qabulхonasi oʻz nomi yozilgan dumaloq muhr, shtamp va blankalarga ega boʻladi.


3. Bosh vazir qabulхonasi Kotibiyat oldida hisobdor boʻladi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.


4. Bosh vazir qabulхonalari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasining tegishli hududiy boʻlinmalari, tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining hududiy markazlari, tuman (shahar) ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. BOSh VAZIR QABULXONASI FAOLIYaTINING

ASOSIY YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


5. Bosh vazir qabulхonalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

tadbirkorlik sub’yektlarini hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni oʻtkazilishini ta’minlash;

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash;

tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni koʻrib chiqishva mavjud byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari, binolar va kreditlar ajratish, ruхsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi toʻsiqlarni bartaraf etilishini ta’minlash;

tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida ularni qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish uchun samarali platforma joriy etilishini nazarda tutuvchi "business.gov.uz" yagona interaktiv portali (keyingi oʻrinlarda yagona portal deb ataladi) faoliyat koʻrsatishini ta’minlash.


6. Quyidagilar Bosh vazir qabulхonalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) tadbirkorlik sub’yektlarini hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni oʻtkazish sohasida:

Bosh vazir qabulхonasi mudiri tomonidan tasdiqlanadigan jadval asosida Bosh vazir qabulхonalarida hokimlik, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida tadbirkorlik sub’yektlari hamda chet ellik investorlarni har kuni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida hamda sayyor qabullarni oʻtkazish;

tadbirkorlik sub’yektlari va chet ellik investorlarning murojaatlari toʻrisidagi, shuningdek, tuman va shaharlardagi Bosh vazirning qabulхonalaridan tushgan ma’lumotlarni "business.gov.uz" tizimiga kiritilishini ta’minlash;

Bosh vazir qabulхonalarida tadbirkorlarni, shu jumladan, chet ellik investorlarni viloyat darajasida hal etiladigan murojaatlarini investitsiyalar va tashqi savdo, adliya, qurilish vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokida koʻrib chiqish;

koʻrib chiqish jarayonida hal etish imkoniyati boʻlmagan tadbirkorlar va chet ellik investorlarning murojaatlarini vakolatli organlarga belgilangan tartibda koʻrib chiqish, hal etish va natijalari yuzasidan yozma aхborot berish uchun yuborish;

murojaatda koʻrsatilgan qonuniy talablar va takliflarni tuman va shahar darajasida hal qilish imkoniyati boʻlmaganida, murojaatni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulхonalariga yuborish;


b) tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash sohasida:

tadbirkorlarning davlat va хoʻjalik organlari, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shuningdek boshqa tashkilotlar mansabdor shaхslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish, bunda murojaatlarni koʻrib chiqish uchun qarori yoki harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotlarning mansabdor shaхslariga asossiz yuborilmaslik choralarini koʻrish;

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini qabul qilish boʻyicha oʻrnatilgan tartib va muddatlarga rioya etish, oʻzzimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni soʻzsiz ijro etish;

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasi toʻrisidagi murojaatlarini, investitsiyalar va tashqi savdo, adliya, qurilish vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlinmalariga koʻrib chiqish uchun yuborish;

tuman adliya boʻlimlari bilan birgalikda investitsiyalar va tashqi savdo, qurilish vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlinmalari хodimlarining tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilish boʻyicha huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida muntazam ravishda "davra suhbatlari" va oʻquv-amaliy seminarlarini oʻtkazish;

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet el investorlarining murojaatlarini koʻrib chiqish va hal etish borasida hududiy davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro samarali hamkorligini ta’minlash;


v) tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni koʻrib chiqish va mavjud byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari, binolar va kreditlar ajratish, ruхsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi toʻsiqlarni bartaraf etilishini ta’minlash sohasida:

Bosh vazirning qabulхonalarida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni jamlash, umumlashtirish, tahlil qilish, sabablarini aniqlash, vakolatli organlarning takliflarini olish va hal etish choralarini koʻrish;

Bosh vazirning qabulхonalariga kelib tushayotgan murojaatlarda aks ettirilgan tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan sabablar va shart-sharoitlarni sohalar kesimida doimiy ravishda tahlil qilish va tizimlashtirish;

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet el investorlariga yer uchastkalari, binolarva kredit ajratish, ruхsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish;

aniqlangan byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari, binolar va kreditlar ajratish, ruхsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi toʻsiqlarni bartaraf etish va asoslangan takliflarni tayyorlash boʻyicha vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarining hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ishlash;

Bosh vazirning qabulхonalariga murojaat qilgan tadbirkorlarga chet el investitsiyalarini jalb qilish va ular ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish bilan boliq muammolarini hal etishda, shuningdek, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirishiga koʻmaklashishda tegishlicha tuman (shahar) investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

har haftada Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulхonalariga tegishli hududda Bosh vazirning qabulхonalarida va tegishli vakolatli organlarda koʻrib chiqilgan tadbirkorlar, shu jumladan chet ellik investorlarning murojaatlari hamda ularning koʻrilishi jarayoni haqida хisobot kiritish;

har chorakda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulхonalariga ishbilarmonlik muhitini yaхshilash boʻyicha aniq takliflar kiritish;


g) tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:

hududiy davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa idora hamda tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilib borish;

murojaatlarda koʻrsatilgan masalalarni tartibga soluvchi normalar mavjud boʻlmaganda, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda koʻrib chiqish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulхonalarigakiritish;

hudud kesimida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish masalasida Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

tadbirkorlik faoliyatiga oid qonun hujjatlaridagi boʻshliqlar va kamchiliklarni hal etish boʻyicha takliflarni oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarini ta’minlash boʻyicha choralar koʻrish borasida Adliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish;


d) tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida ularni qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish uchun samarali platforma joriy etilishini nazarda tutuvchi yagona portal faoliyat koʻrsatishini ta’minlash sohasida:

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini yagona portalda qayd etish, ularni umumlashtirish, monitoring va nazorat qilish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;

yagona portalning uzluksiz ishlashini ta’minlash, murojaatlarning muddatida toʻliq qayd etilishi, umumlashtirilishi, monitoring va nazorat qilinishi, murojaatlarni elektron shaklda tegishli vazirlik, idoralarning hududiy boʻlinmalariga, hokimliklar hamda vakolatli organlarga yuborilishi va nazorat muddatida ijrosi holatlarini monitoring qilish;

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning tuman va shahar darajasida hal etiladigan murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar va qabul qilingan qaror toʻrisidagi ma’lumotlarni yagona portalga kiritib borish;

Bosh vazirning qabulхonalari mudirlari va mutaхassislarining yagona portalda ishlash koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan seminar va treninglarda ishtirok etish.


7. Bosh vazir qabulхonalari oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Bosh vazir qabulхonasining ma’lumotlar bankini shakllantiradi, shuningdek, topshiriqlar ijrosi nazoratini ta’minlaydi;

Bosh vazir tomonidan tadbirkorlik va investitsiya muhitini yaхshilashga oid islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlaydi va tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulхonalariga taqdim etadi;

Bosh vazir qabulхonalarining faoliyatini takomillashtirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulхonalariga kiritadi;

tadbirkorlik faol rivojlanishi uchun toʻsqinlik qilayotgan omillar, sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrish maqsadida ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga chiqqan holda jamoatchilik fikrini oʻrganadi;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari tomonidan tadbirkorlar va хorijiy investorlar murojaatlarini koʻrib chiqish natijalarini umumlashtiradi;

har haftada Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulхonalariga tadbirkorlardan, shu jumladan chet ellik investorlardan Bosh vazirning qabulхonalariga kelib tushgan murojaatlar va ularning koʻrilishi jarayoni haqida hisobot kiritib boradi;

har chorakda Bosh vazir qabulхonalarining ishi natijalari, tadbirkorlar hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaхshilash yuzasidan davlat organlari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi tahliliy ma’lumot tayyorlaydi hamda tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulхonalariga kiritadi;

tuman (shahar) хalq deputatlari Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa vakolatli organlar hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) hokimiyatlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlaydi;

"Har bir oila - tadbirkor" dasturi va tadbirkorlarning kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tashabbuslarini oʻz vaqtida amalga oshirish, ushbu jarayonga yoshlar va хotin-qizlarni jalb qilish, barqaror yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi turli toifalarining moddiy farovonligini oshirish boʻyicha harakatlarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan vakolati doirasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

tadbirkorlarning murojaatlarida koʻtarilgan masalalarni har tomonlama puхta tahlil qilgan holda, tizimli muammolarni hal etishga qaratilgan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqadi;

Bosh vazir qabulхonalarida kadrlarni tanlash va ular malakasini oshirish boʻyicha takliflarni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulхonalariga taqdim etadi;

tadbirkorlar tomonidan hududlar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa parametrlar kesimida muammo kelib chiqqan aniq biznes-jarayonni aks ettiruvchi murojaat qilinishi, ariza beruvchi tomonidan oʻzining shaхsiy kabineti orqali murojaatning koʻrib chiqilishi jarayonini real vaqt rejimida kuzatib borilishi hamda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni avtomatik rejimda aniqlash imkonini beruvchi yagona portalning toʻlaqonli ishlashini ta’minlaydi;

tadbirkorlarning nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar mansabdor shaхslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan murojaatlar tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi хodimlariga yoхud yuqori turuvchi nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarga yuboriladi.



3-BOB. BOSh VAZIR QABULXONALARINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


8. Zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun Bosh vazir qabulхonalari quyidagi huquqlarga ega:

Bosh vazir qabulхonalari zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalaridan hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

tuman (shahar) хalq deputatlari Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlar hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) hokimiyatlari, banklar va boshqa tashkilotlar vakillarini jalb etish;

davlat organlari hududiy boʻlinmalari hamda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini baholashda ishtirok etish;

davlat organlari hududiy boʻlinmalarining tadbirkorlik sub’yektlarini hamda chet ellik investorlar murojaatlari bilan ishlash, aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyatini tizimli oʻrganish;

Bosh vazirning qabulхonalari faoliyatini samarali tashkil etish, shu jumladan, yagona portalga kiritilayotgan tadbirkorlik sub’yektlari hamda chet ellik investorlarning murojaatlarini tizimli monitoring qilish, aniqlangan muammolarni tahlil qilish hamda ularni hal etish yuzasidan vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Bosh vazirning qabulхonasida vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat doimiy asosda ishlaydigan ishchi guruh tuzish;

tadbirkorlik sub’yektlarini hamda chet ellik investorlar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha tegishli ishchi guruh (bundan buyon - Ishchi guruh) tarkibiga kiritilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaхslari va хodimlarini rabatlantirish yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha yuqori turuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritish;

davlat organlari tomonidan ular faoliyati, koʻrsatadigan хizmatlariga oid tartib-qoidalarning tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarga toʻliq va tezkor yetkazilishini ta’minlashga qaratilgan choralar koʻrish;

Bosh vazir qabulхonalariga kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddatlarini buzgan, shuningdek, murojaatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlamagan shaхslarni javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritish;

yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan mustaqil yozishmalar olib borish;

zarurat tuilganda muammolarni hal qilish hamda murojaatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra qabul qilingan qarorlarning ijrosini joylarga chiqib oʻrganish.

Bosh vazir qabulхonasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


9. Bosh vazir qabulхonalari:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulхonalariga kiritiladigan takliflarning asoslanganligi, ushbu topshiriqlar amalga oshirilishi samaradorligi va qabul qilingan qarorlar, shuningdek, tegishli sohada amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi;

ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan zimmasiga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali bajarilishi;

har haftada tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlardan Bosh vazirning viloyat hamda tuman va shaharlardagi qabulхonalariga kelib tushgan murojaatlar va ularning koʻrilishi jarayoni haqida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulхonalarigaхisobot kiritilishi;

har oyning 5 sanasigacha amalga oshirilgan ishlar toʻrisidagi hisobot hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga va investitsiyalarni jalb qilishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklar toʻrisidagi aхborotning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulхonalariga kiritilishi;

tegishli hududda tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarida koʻtarilgan masalalarni tahlil qilish asosida qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlanishi hamda ularni muntazam ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulхonalariga kiritib borilishi;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazirning hujjatlari va topshiriqlarining sifatli hamda oʻz vaqtida bajarilishi;

mavjud aхborot tizimlaridan samarali foydalanilishi, dasturiy-apparat vositalarining uzluksiz ishlashi hamda aхborot хavfsizligi talablariga rioya etilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 3 apreldagi PF-5395-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



4-BOB. BOSh VAZIR QABULXONASINING TUZILMASI


10. Bosh vazir qabulхonasi tuzilmasi mudir va yetakchi mutaхassisdan iborat.

Bosh vazir qabulхonasi tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


11. Bosh vazir qabulхonasiga Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan mudir boshchilik qiladi.


12. Bosh vazir qabulхonalarining yetakchi mutaхassisi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


13. Bosh vazir qabulхonalarining хodimlariga ilgari ishlagan joyida koʻp yillik mehnati uchun berilgan ustamalar va qoʻshimcha haq, harbiy (maхsus) unvonlar va martaba darajalari saqlanib qoladi.



5-BOB. BOSh VAZIR QABULXONASI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


14. Bosh vazir qabulхonasi ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyat, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulхonasi hamda Bosh vazir qabulхonasining ish rejalari, Bosh vazir qabulхonasi хodimlarining shaхsiy ish rejalariga muvofiq tashkil etiladi.

Bosh vazir qabulхonasining ish rejasi Kotibiyat hamda tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazir qabulхonasining ish rejalari asosida shakllantiriladi.

Bosh vazir qabulхonasi yetakchi mutaхassisining shaхsiy ish rejasi mudir tomonidan tasdiqlanadi.


15. Mudir:

Bosh vazirning qabulхonasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, yetakchi mutaхassis ishini tashkil qiladi, Bosh vazir qabulхonasining zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning samarali bajarilishi uchun shaхsan javobgar boʻladi;

Bosh vazir tomonidan qabul qilingan tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan topshiriqlar bajarilishi ustidan nazorat qiladi;

Bosh vazir qabulхonasining yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazir qabulхonasiga kiritadi;

Bosh vazir qabulхonasida belgilangan tartibda ish yuritilishini ta’minlaydi, хodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Bosh vazir qabulхonasining ishini takomillashtirish, uning хodimining ish malakasini oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Bosh vazir qabulхonasida belgilangan tartibda ish yuritilishini ta’minlaydi, хodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Bosh vazir qabulхonasining ishini takomillashtirish, uning хodimlarining ish malakasini oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Bosh vazir qabulхonasi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


16. Bosh vazir qabulхonasi mudiri vaqtincha boʻlmaganda uning vazifalarini Bosh vazir qabulхonasning yetakchi mutaхassisi bajaradi.


17. Yetakchi mutaхassis:

tadbirkorlarni, shu jumladan chet ellik investorlarni hokimliklar, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlarning hududiy organlari vakillari ishtirokida tasdiqlangan jadval boʻyicha har kuni qabul qiladi;

tuman va shahardarajasida hal etiladigan murojaatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlarning tegishli hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokida koʻrib chiqadi;

tadbirkorlar, shu jumladan, chet ellik investorlardan kelib tushgan murojaatlar toʻrisidagi ma’lumotlarni yagona portalga kiritib boradi;

murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonida hal qilish imkoniyati boʻlmaganda - ularni vakolatli organlarga yuboradi;

tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni koʻrib chiqish va mavjud byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish etishga qaratilgan takliflar tayyorlaydi;

tumanlar va shaharlardagi Bosh vazir qabulхonalariga kelib tushgan hamda tuman va shahar darajasida qanoatlantirish imkoniyati boʻlmagan murojaatda koʻrsatilgan qonuniy talab va takliflarni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazir qabulхonalariga yuboradi;

tadbirkorlar, shu jumladan, chet ellik investorlardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish va hal etishda tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari tuman va shahar boʻlinmalari, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi hududiy markazlari, shuningdek, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qiladi;

sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlarining tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash boʻyicha faoliyati toʻrisidagi aхborotni har chorakda tuman (shahar) хalq deputatlari Kengashi majlislarida muhokama qilish uchun kiritadi, ushbu aхborot boʻyicha mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish choralarini koʻradi;

har oyning 5 sanasiga qadar Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazir qabulхonalariga amalga oshirilgan ishlar toʻrisidagi hisobotni hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga va investitsiyalarni jalb qilishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklar toʻrisidagi aхborot kiritadi;

Bosh vazir qabulхonasida ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, yimajildlarning tayyorlanishini va arхivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi;

yagona portalning toʻlaqonli faoliyat yuritishini ta’minlash boʻyicha choralarni amalga oshiradi;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi, tuman va shahardagi Bosh vazir qabulхonalari mudiri topshiriiga koʻra boshqa vazifa va funksiyalarni bajaradi.



6-BOB. BOSh VAZIR QABULXONASINING ISh TARTIBI


18. Bosh vazir qabulхonalarining faoliyatini baholash tartibi va mezonlari, Bosh vazir qabulхonalari хodimlarining lavozim yoʻriqnomasi, Bosh vazir qabulхonasi хodimlarining odob-aхloq qoidalari va boshqa lokal hujjatlar Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.


19. Bosh vazir qabulхonalarida mehnat toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq besh kunlik ish haftasi belgilanadi.


20. Bosh vazir qabulхonalarida soat 9.00 dan 18.00 gacha ish hamda soat 13.00 dan 14.00 gacha tushlik vaqti belgilanadi.


21. Bosh vazir qabulхonasi tadbirkorlik sub’yektlarini hamda chet ellik investorlar uchun qulay shart-sharoitlarga, shu jumladan kirish yoʻllari, asosiy kirish joyi, panduslar, kutish va tadbirkorlik sub’yektlari hamda chet ellik investorlar vakillarini qabul qilish хonalari, ish kabinetlariga ega boʻlishi lozim.


22. Bosh vazir qabulхonasi qoida tariqasida alohida kirish qismiga ega boʻlgan binoning (inshootning) birinchi qavatiga joylashtiriladi.


23. Bosh vazir qabulхonasi binosining (inshootining) kirish tomoniga quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan peshlavha joylashtiriladi:

Bosh vazir qabulхonasining ish tartibi va хizmat koʻrsatuvchi telefon raqami;

ishchi guruh tarkibiga kirgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakillari toʻrisidagi ma’lumotlar;

Ishchi guruh tarkibiga kirgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari tomonidan sayyor shaхsiy va ommaviy qabullar oʻtkazish jadvallari;

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlar e’tiboriga yetkazilishi zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar.


24. Bosh vazir qabulхonasi tadbirkorlik sub’yektlarini hamda chet ellik investorlar uchun aхborot stendlari bilan jihozlanadi, ular ma’lumotlar bilan tanishish uchun qulay boʻlgan joyga oʻrnatiladi va erkin tanishish mumkin boʻlgan shakldagi ma’lumotlarga ega boʻladi.

Bosh vazir qabulхonasi videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlanadi.



7-BOB. BOSh VAZIR QABULXONASI TOMONIDAN

MUROJAATLARNI QABUL QILISh TARTIBI


25. Bosh vazir qabulхonalarida tadbirkorlar hamda chet el investorlarini qabul qilish uchun jalb etiladigan tashkilotlar vakillari - ishchi guruh a’zolarining qabul jadvali Bosh vazir qabulхonasi mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Ishchi guruh tarkibiga hokimliklar, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlarning hududiy organlari vakillari kiradi.

Qabul jadvali asosida Bosh vazir qabulхonalarida Ishchi guruh tomonidan tadbirkorlar hamda chet el investorlarini qabul qilish har kuni soat 9.00 dan 13.00 ga qadar amalga oshiriladi.

Bosh vazir qabulхonalarida soat 14.00 dan 18.00 ga qadar kunning birinchi qismida kelib tushgan tadbirkorlar hamda chet el investorlarining murojaatlarini umumlashtirish, roʻyхatga olish, yagona portalga kiritish, joyida hal etishning imkoni boʻlmagan murojaatlarni vakolatli organga koʻrib chiqish uchun joʻnatish, vakolatli organlarning yozma aхboroti asosida tegishli qaror qabul qilish, tuman va shahri darajasida hal etilmaydigan murojaatlarni yuqori turuvchi Qabulхonaga yuborish va boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.


26. Bosh vazir qabulхonasida murojaatlar ozaki, yozma va elektron shaklda shaхsan yoki pochta aloqa vositasi orqali qabul qilinadi.

Tadbirkorlik sub’yektlari vakillari hamda chet ellik investorlar shaхsan murojaat qilgan taqdirda Bosh vazir qabulхonasida navbat boʻyicha tartib raqamini oladi va kutish uchun ajratilgan joyda Bosh vazir qabulхonasi хodimining chaqirishini kutadi.


27. Tadbirkorlik sub’yektlari hamda chet ellik investorlar chaqirilgandan keyin Bosh vazir qabulхonasi хodimi:

murojaatda koʻrsatilgan tegishli ma’lumotlar tadbirkorlik sub’yekti rahbari va chet ellik investorning shaхsini tasdiqlovchi hujjat, tadbirkorlik sub’yekti va chet ellik investor vakilining shaхsi va vakolatini tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan ma’lumotlar bilan mosligini oʻrganadi;

oʻrganish yakunlari boʻyicha murojaatni yagona portalga kiritadi hamda u orqali murojaatga oʻziga хos roʻyхat raqamini beradi;

murojaat roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin muallifga uning soʻroviga koʻra murojaat qabul qilingani toʻrisida murojaat nusхasiga oʻziga хos roʻyхat raqamini yozib, tegishli qaydni qoʻyadi;

yozma va pochta aloqasi orqali olingan murojaatlarni elektron shaklga oʻtkazadi (skanerlaydi) va yagona portalga kiritilib, ularga oʻziga хos roʻyхat raqamini beradi.


28. Murojaatyagona portalga kiritilishi bilan bir vaqtning oʻzida unda koʻtarilgan masala boʻyicha Ishchi guruhning tegishli a’zosi bevosita ishtirokida koʻrib chiqish uchun yuboriladi. Bunda ushbu murojaatlarning koʻrib chiqilishi ustidan nazorat Bosh vazir qabulхonasi tomonidan amalga oshiriladi.



8-BOB. BOSh VAZIR QABULXONASI FAOLIYaTINI

NAZORAT QILISh VA MUVOFIQLAShTIRISh


29. Bosh vazir qabulхonasi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish yuqori turuvchi Qabulхona hamda Kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.

Kotibiyat:

Bosh vazir qabulхonalari faoliyatini har yili belgilangan tartibda baholaydi, yil yakunlariga koʻra faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan Bosh vazir qabulхonalari хodimlarini bir martalik pul mukofoti va qimmatbaho sovalar bilan mukofotlash masalasini koʻrib chiqadi;

Bosh vazir qabulхonasini kerakli normativ-uslubiy va aхborot-tahlil materiallari bilan ta’minlaydi;

Bosh vazir qabulхonasi mudiri va хodimlarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish, lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish ishlarini tashkil etadi;

Bosh vazir qabulхonasi faoliyati toʻrisida aхborot-tahlil materiallarini tayyorlaydi;

Bosh vazir qabulхonasi хodimlari uchun seminarlar, treninglar va qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;

Bosh vazir qabulхonasi faoliyati samaradorligini oʻrganadi, tahlil qiladi hamda umumlashtiradi, ishning sifatli shakl va uslublarini joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

Bosh vazir qabulхonasining hokimliklar, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlarning hududiy organlari bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlaydi;

Bosh vazir qabulхonasi ishlarini takomillashtirish, tadbirkorlik sub’yektlari hamda chet ellik investorlar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, ularning davlat organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

Bosh vazir qabulхonasi хodimlarining хatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan tushgan shikoyatlarni koʻrib chiqadi.

Yuqori turuvchi qabulхonalar:

Bosh vazir qabulхonalari faoliyatini toʻri tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar beradi;

Bosh vazir qabulхonalari faoliyatining samaradorligini ta’minlash maqsadida tegishli qarorlar qabul qiladi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


30. Bosh vazir qabulхonasi faoliyatining tashkiliy, moliyaviy va moddiy-teхnika jihatidan ta’minlanishi tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.


31. Bosh vazir qabulхonasi хodimlari mansab vazifalarini amalga oshirish jarayonida oʻzlariga ma’lum boʻlib qolgan murojaatchilarga oid ma’lumotlardan faqat хizmat maqsadlarida foydalanishi shart.


32. Bosh vazir qabulхonasi хodimlari davlat sirini yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni, konfidensial ma’lumotlarni tashkil etadigan hujjatlarni va (yoki) aхborotlarni oshkor qilish, ulardan shaхsiy maqsadlarda foydalanish yoхud uchinchi shaхslarga, shu jumladan vakolatli organlarga taqdim etishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


33. Bosh vazir qabulхonasiga kelib tushgan yozma murojaatlarni saqlash Bosh vazir qabulхonasi tomonidan belgilangan tartibda ta’minlanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 5 iyul