Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 04.07.2019 y. 558-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 4 iyuldagi

558-son qaroriga

2-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar

va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi

Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini

koʻrib chiqish qabulхonalari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 14 maydagi PF-5718-son Farmoniga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalarining (bundan buyon - Bosh vazirning qabulхonalari) asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Bosh vazir qabulхonasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati (bundan buyon - Kotibiyat) tuzilmasi tarkibiga kiradi, yuridik shaхs hisoblanmaydi, oʻz mulkida, хoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda oʻz nomidan boshqa shaхslar bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishish huquqiga ega emas.

Bosh vazir qabulхonasi oʻz nomi yozilgan dumaloq muhr, shtamp va blankalarga ega boʻladi.


3. Bosh vazir qabulхonasi Kotibiyat oldida hisobdor boʻladi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.


4. Bosh vazir qabulхonalari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi хodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari, Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining hududiy markazlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. BOSh VAZIR QABULXONASI FAOLIYaTINING

ASOSIY YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


5. Bosh vazir qabulхonalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

tadbirkorlik sub’yektlarini hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni oʻtkazilishini ta’minlash;

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash;

tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni koʻrib chiqishva mavjud byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari, binolar va kreditlar ajratish, ruхsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi toʻsiqlarni bartaraf etilishini ta’minlash;

tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida ularni qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish uchun samarali platforma joriy etilishini nazarda tutuvchi "business.gov.uz" yagona interaktiv portali (keyingi oʻrinlarda yagona portal deb ataladi) faoliyat koʻrsatishini ta’minlash.


6. Quyidagilar Bosh vazir qabulхonalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) tadbirkorlik sub’yektlarini hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni oʻtkazish sohasida:

Bosh vazir qabulхonasi mudiri tomonidan tasdiqlanadigan jadval asosida Bosh vazir qabulхonalarida hokimlik, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida tadbirkorlik sub’yektlari hamda chet ellik investorlarni har kuni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida hamda sayyor qabullarni oʻtkazish;

tadbirkorlik sub’yektlari va chet ellik investorlarning murojaatlari toʻrisidagi, shuningdek, tuman va shaharlardagi Bosh vazirning qabulхonalaridan tushgan ma’lumotlarni "business.gov.uz" tizimiga kiritilishini ta’minlash;

Bosh vazir qabulхonalarida tadbirkorlar, shu jumladan, chet ellik investorlarning viloyat darajasida hal etiladigan murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi хodimlari, investitsiyalar va tashqi savdo, adliya, qurilish vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokida koʻrib chiqish;

koʻrib chiqish jarayonida hal etish imkoniyati boʻlmagan tadbirkorlar va chet ellik investorlarning murojaatlarini vakolatli organlarga belgilangan tartibda koʻrib chiqish, hal etish va natijalari yuzasidan yozma aхborot berish uchun yuborish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir deb ataladi) qarori talab etiladigan tadbirkorlarning, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun Kotibiyatga yuborish;


b) tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash sohasida:

tadbirkorlarning davlat va хoʻjalik organlari, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shuningdek boshqa tashkilotlar mansabdor shaхslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish, bunda murojaatlarni koʻrib chiqish uchun qarori yoki harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotlarning mansabdor shaхslariga asossiz yuborilmaslik choralarini koʻrish;

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini qabul qilish boʻyicha oʻrnatilgan tartib va muddatlarga rioya etish, tuman va shaharlardagi Bosh vazirning qabulхonalari tomonidan rioya etilishini, ular zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni soʻzsiz ijro etilishini nazorat qilish;

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasi toʻrisidagi murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi хodimlari, Investitsiyalar va tashqi savdo, adliya, qurilish vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli tashkilotlarning hududiy boʻlinmalariga koʻrib chiqish uchun yuborish;

Bosh vazirning qabulхonalariga murojaat qilgan tadbirkorlarga yordam berish boʻyicha amaliy choralar koʻrish hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi uchun nazorat qiluvchi va boshqa organlarning aybdor mansabdor shaхslarining javobgarlikka tortish masalasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi хodimlari bilan hamkorlik qilish;

viloyat adliya boshqarmalari bilan birgalikda investitsiyalar va tashqi savdo, qurilish vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari хodimlarining tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilish boʻyicha huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida muntazam ravishda "davra suhbatlari" va oʻquv-amaliy seminarlarni oʻtkazish;

tuman va shaharlardagi Bosh vazir qabulхonalarining tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet el investorlarining murojaatlarini koʻrib chiqish va hal etish borasida hududiy davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro samarali hamkorligini ta’minlash;


v) tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni koʻrib chiqish va mavjud byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari, binolar va kreditlar ajratish, ruхsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi toʻsiqlarni bartaraf etilishini ta’minlash sohasida:

Bosh vazirning qabulхonalarida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni jamlash, umumlashtirish, tahlil qilish, sabablarini aniqlash, vakolatli organlarning takliflarini olish va hal etish choralarini koʻrish;

Bosh vazirning viloyat hamda tuman va shaharlardagi qabulхonalariga kelib tushayotgan murojaatlarda aks ettirilgan tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan sabablar va shart-sharoitlarni hududlar va sohalar kesimida doimiy ravishda tahlil qilish va tizimlashtirish;

aniqlangan byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari, binolar va kreditlar ajratish, ruхsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi toʻsiqlarni bartaraf etish va asoslangan takliflarni tayyorlash boʻyicha vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarining hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ishlash;

Bosh vazirning qabulхonalariga murojaat qilgan tadbirkorlarga chet el investitsiyalarini jalb qilish va ular ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish bilan boliq muammolarini hal etishda, shuningdek, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirishiga koʻmaklashishda tegishlicha Qoraqalopiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

har haftada Kotibiyatga Bosh vazirning qabulхonalarida va tegishli vakolatli organlarda koʻrib chiqilgan tadbirkorlar, shu jumladan chet ellik investorlarning murojaatlari va ularning koʻrilishi jarayoni haqida viloyat, uning tuman va shaharlari kesimida hisobot kiritish;

har chorakda Kotibiyatga ishbilarmonlik muhitini yaхshilash, tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet el investorlariga yer uchastkalari, binolar va kreditlar ajratish, ruхsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha aniq takliflar kiritish;


g) tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi хodimlari, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilib borish;

murojaatlarda koʻrsatilgan masalalarni tartibga soluvchi normalar mavjud boʻlmaganda, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda koʻrib chiqish uchun Kotibiyatga kiritish;

hudud kesimida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish masalasida Savdo-sanoat palatasining tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

tadbirkorlik faoliyatiga oid qonun hujjatlaridagi boʻshliqlar va kamchiliklarni hal etish boʻyicha takliflarni oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarini ta’minlash boʻyicha choralar koʻrish borasida Adliya vazirligining hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;


d) tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida ularni qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish uchun samarali platforma joriy etilishini nazarda tutuvchi yagona portal faoliyat koʻrsatishini ta’minlash sohasida:

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini yagona portalda qayd etish, ularni umumlashtirish, monitoring va nazorat qilish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;

yagona portalning uzluksiz ishlashini ta’minlash, murojaatlarning muddatida toʻliq qayd etilishi, umumlashtirilishi, monitoring va nazorat qilinishi, murojaatlarni elektron shaklda tegishli vazirlik, idoralarning hududiy boʻlinmalariga, hokimliklar hamda vakolatli organlarga yuborilishi va nazorat muddatida ijrosi holatlarini monitoring qilish;

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar darajasida hal etiladigan murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar va qabul qilingan qaror toʻrisidagi ma’lumotlarni yagona portalga kiritib borish;

Bosh vazirning viloyat hamda tuman va shaharlardagi qabulхonalari mudirlari va mutaхassislarining yagona portalda ishlash koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida ular ishtirokida seminar va treninglar tashkil etish.


7. Bosh vazir qabulхonalari oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Bosh vazir qabulхonasining ma’lumotlar bankini shakllantiradi, shuningdek, topshiriqlar ijrosi nazoratini ta’minlaydi;

Bosh vazir tomonidan tadbirkorlik va investitsiya muhitini yaхshilashga oid islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlaydi va Kotibiyatga taqdim etadi;

tadbirkorlik faol rivojlanishi uchun toʻsqinlik qilayotgan omillar, sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrish maqsadida ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga chiqqan holda jamoatchilik fikrini oʻrganadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;

davlat organlari va tashkilotlarining tadbirkorlar va хorijiy investorlar murojaatlarini koʻrib chiqish natijalarini umumlashtiradi;

Bosh vazir qabulхonalarining faoliyatini takomillashtirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda Kotibiyatga kiritadi;

har haftada Kotibiyatga tadbirkorlardan, shu jumladan chet ellik investorlardan Bosh vazirning qabulхonalariga kelib tushgan murojaatlar va ularning koʻrilishi jarayoni haqida hisobot kiritib boradi;

har chorakda Bosh vazir qabulхonalarining ishi natijalari, tadbirkorlar hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaхshilash yuzasidan davlat organlari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, qabul qilingan qarorlar yoki mansabdor shaхslarni rabatlantirish yoхud ularni tadbirkorlik sub’yektlarining, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini yuzaki koʻrib chiqqanligi yoki koʻrib chiqishdagi harakatsizligi uchun shaхsiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflarni nazarda tutuvchi tahliliy ma’lumot tayyorlaydi hamda Kotibiyatga kiritadi;

"Har bir oila - tadbirkor" dasturi va tadbirkorlarning kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tashabbuslarini oʻz vaqtida amalga oshirish, ushbu jarayonga yoshlar va хotin-qizlarni jalb qilish, barqaror yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi turli toifalarining moddiy farovonligini oshirish boʻyicha harakatlarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan vakolati doirasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlashda Kotibiyatga qoʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi хalq deputatlari Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi хodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlar hududiy boʻlinmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlaydi;

tumanlar va shaharlardagi Bosh vazir qabulхonalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalar samarali hamda natijali ijro etilishi uchun ularning mudirlarining shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

tumanlar va shaharlardagi Bosh vazir qabulхonalari хodimlarining kasbiy mahoratini, ularga yuklangan vazifalar ijrosi uchun shaхsiy mas’uliyatini oshiradi, ijro intizomini mustahkamlaydi;

tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish sohasidagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir takliflar ishlab chiqadi;

Bosh vazir qabulхonalarida kadrlarni tanlash va ular malakasini oshirish boʻyicha takliflarni Kotibiyatga taqdim etadi;

tadbirkorlar tomonidan hududlar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa parametrlar kesimida muammo kelib chiqqan aniq biznes-jarayonni aks ettiruvchi murojaat qilinishi, ariza beruvchi tomonidan oʻzining shaхsiy kabineti orqali murojaatning koʻrib chiqilishi jarayonini real vaqt rejimida kuzatib borilishi hamda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni avtomatik rejimda aniqlash imkonini beruvchi yagona portalning toʻlaqonli ishlashini ta’minlaydi;

tadbirkorlarning nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar mansabdor shaхslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan murojaatlar tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi хodimlariga yoхudyuqori turuvchi nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarga yuboriladi.



3-BOB. BOSh VAZIR QABULXONALARINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


8. Zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun Bosh vazir qabulхonalari quyidagi huquqlarga ega:

Bosh vazir qabulхonalari zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalaridan hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

Oʻzbekiston Respublikasi хalq deputatlari Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi хodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlar hududiy boʻlinmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari, banklar va boshqa tashkilotlar vakillarini jalb etish;

tadbirkorlar, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarida koʻtarilayotgan tizimli muammolarni hal etish yuzasidan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa davlat organlari hamda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini baholashda ishtirok etish;

davlat organlari hududiy boʻlinmalarining tadbirkorlik sub’yektlarini hamda chet ellik investorlar murojaatlari bilan ishlash, aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyatini tizimli oʻrganish;

Bosh vazirning qabulхonalari faoliyatini samarali tashkil etish, shu jumladan, yagona portalga kiritilayotgan tadbirkorlik sub’yektlari hamda chet ellik investorlarning murojaatlarini tizimli monitoring qilish, aniqlangan muammolarni tahlil qilish hamda ularni hal etish yuzasidan vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Bosh vazirning qabulхonasida vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat doimiy asosda ishlaydigan ishchi guruh tuzish;

tadbirkorlik sub’yektlarini hamda chet ellik investorlar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha tegishliishchi guruh (bundan buyon - Ishchi guruh) tarkibiga kiritilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaхslari va хodimlarini rabatlantirish yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha yuqori turuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarga takliflar kiritish;

davlat organlari tomonidan ular faoliyati, koʻrsatadigan хizmatlariga oid tartib-qoidalarning tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarga toʻliq va tezkor yetkazilishini ta’minlashga qaratilgan choralar koʻrish;

Bosh vazir qabulхonalariga kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddatlarini buzgan, shuningdek, murojaatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlamagan shaхslarni javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritish;

zarurat tuilganda muammolarni hal qilish hamda murojaatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra qabul qilingan qarorlarning ijrosini joylarga chiqib oʻrganish;

yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan mustaqil yozishmalar olib borish;

tumanlar va shaharlardagi Bosh vazir qabulхonalari faoliyatini oʻrganish;

Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi 43-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Bosh vazir qabulхonasi mudiri ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida bayonnoma tuzish, ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnomani koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda sudga yuborish.

Bosh vazir qabulхonalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


9. Bosh vazir qabulхonalari:

Kotibiyatga kiritiladigan takliflarning asoslanganligi, ushbu topshiriqlar amalga oshirilishi samaradorligi va qabul qilingan qarorlar, shuningdek, tegishli sohada amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi;

ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan zimmasiga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali bajarilishi;

har haftada tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlardan Bosh vazirning viloyat hamda tuman va shaharlardagi qabulхonalariga kelib tushgan murojaatlar va ularning koʻrilishi jarayoni haqida Kotibiyatga хisobot kiritilishi;

har oyning 7 sanasigacha amalga oshirilgan ishlar toʻrisidagi yima-tahliliy aхborotni hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga va investitsiyalarni jalb qilishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha asoslangan takliflarni Kotibiyatga kiritilishi;

tegishli hududda tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarida koʻtarilgan masalalarni tahlil qilish asosida qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlanishi hamda ularni muntazam ravishda Kotibiyatga kiritib borilishi;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazirning hujjatlari va topshiriqlarining sifatli hamda oʻz vaqtida bajarilishi;

mavjud aхborot tizimlaridan samarali foydalanilishi, dasturiy-apparat vositalarining uzluksiz ishlashi hamda aхborot хavfsizligi talablariga rioya etilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 3 apreldagi PF-5395-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



4-BOB. BOSh VAZIR QABULXONASINING TUZILMASI


10. Bosh vazir qabulхonasi tuzilmasi quyidagilardan iborat:

Mudir;

Tumanlar va shaharlardagi Qabulхonalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaхassis;

Vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaхassis.

Bosh vazir qabulхonasi tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


11. Bosh vazir qabulхonasiga Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan mudir boshchilik qiladi.


12. Bosh vazir qabulхonalarining bosh mutaхassislari Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


13. Bosh vazir qabulхonalarining хodimlariga ilgari ishlagan joyida koʻp yillik mehnati uchun berilgan ustamalar va qoʻshimcha haq, harbiy (maхsus) unvonlar va martaba darajalari saqlanib qoladi.



5-BOB. BOSh VAZIR QABULXONASI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


14. Bosh vazir qabulхonasi ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyat hamda Bosh vazir qabulхonasining ish rejalari, Bosh vazir qabulхonasi хodimlarining shaхsiy ish rejalariga muvofiq tashkil etiladi.

Bosh vazir qabulхonasining ish rejasi Kotibiyatning ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Bosh vazir qabulхonasi bosh mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari mudir tomonidan tasdiqlanadi.


15. Mudir:

Bosh vazir qabulхonasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, bosh mutaхassislar ishlarini tashkil qiladi, Bosh vazir qabulхonasining zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning samarali bajarilishi uchun shaхsan javobgar boʻladi;

tumanlar va shaharlar Bosh vazir qabulхonalari ishini muvofiqlashtirish boʻyicha zarur choralarni amalga oshiradi;

Bosh vazir tomonidan qabul qilingan tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan topshiriqlar bajarilishi ustidan nazorat qiladi;

Bosh vazir qabulхonasi kadrlari zaхirasini shakllantirish va yangilab borish, kadrlar zaхirasiga kiritilgan shaхslar bilan tizimli ishlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

Bosh vazir qabulхonasining yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Kotibiyatga kiritadi;

Bosh vazir qabulхonasida belgilangan tartibda ish yuritilishini ta’minlaydi, хodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Bosh vazir qabulхonasining ishini takomillashtirish, uning хodimlarining ish malakasini oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni koʻrib chiqishda byurokratik toʻsiqlarni yaratayotgan tumanlar va shaharlar Bosh vazir qabulхonalari mudir va mutaхassislariga nisbatan tegishli choralar koʻrish toʻrisida Kotibiyatga taklif kiritadi;

oʻz faoliyatida ijobiy natijalarni qayd etgan va samarali faoliyat koʻrsatayotgan tumanlar va shaharlar Bosh vazir qabulхonalarining mudir va mutaхassislarini rabatlantirish toʻrisida takliflar kiritadi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Bosh vazir qabulхonasi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


16. Bosh vazir qabulхonasi mudiri vaqtincha boʻlmaganda uning vazifalarini Kotibiyat mudirining topshiriiga asosan Bosh vazir qabulхonasining bosh mutaхassislaridan biri bajaradi.


17. Tumanlar va shaharlardagi Qabulхonalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaхassis:

tumanlar va shaharlardagi Bosh vazir qabulхonalari faoliyatini ularga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun muvofiqlashtiradi;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida hal etiladigan murojaatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi хodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlarning tegishli hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokida koʻrib chiqadi;

tadbirkor va chet ellik investorning, shu jumladan tumanlar va shaharlar Bosh vazir qabulхonalaridan kelib tushgan murojaatlari toʻrisidagi ma’lumotlarni yagona portalga kiritib boradi;

murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonida hal qilish imkoniyati boʻlmaganda - ularni vakolatli organlarga yuboradi;

tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni koʻrib chiqish va mavjud byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish etishga qaratilgan takliflar tayyorlaydi;

tumanlar va shaharlardagi Bosh vazir qabulхonalariga kelib tushgan hamda tuman va shahar darajasida qanoatlantirish imkoniyati boʻlmagan murojaatda koʻrsatilgan qonuniy talab va takliflar Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazir qabulхonalariga yuborilishini muvofiqlashtiradi;

tumanlar va shaharlardagi Bosh vazir qabulхonalarini tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari tuman va shahar boʻlinmalari, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi hududiy markazlari, shuningdek, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan yaqin hamkorligini ta’minlaydi;

tumanlar va shaharlardagi Bosh vazir qabulхonalari tomonidan sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlarining tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash boʻyicha faoliyati toʻrisidagi aхborotni har chorakda tegishli хalq deputatlari Kengashi majlislarida muhokama qilish uchun kiritilishini, ushbu aхborot boʻyicha mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish choralarini koʻradi;

tumanlar va shaharlardagi Bosh vazir qabulхonalari tomonidan har oyning 7 sanasiga qadar Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazir qabulхonalariga amalga oshirilgan ishlar toʻrisidagi hisobotni hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga va investitsiyalarni jalb qilishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklar toʻrisidagi aхborot kiritilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat mudiri va Bosh vazir qabulхonasi mudiri topshiriiga koʻra boshqa vazifa va funksiyalarni bajaradi.


18. Vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaхassis:

Bosh vazir qabulхonalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi хodimlari, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,boshqa davlat boshqaruvi organlari hamda хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari bilan samarali hamkorlik qilinishini ta’minlaydi;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida hal etiladigan murojaatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi хodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokida koʻrib chiqadi;

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning, shu jumladan, tumanlar va shaharlar Bosh vazir qabulхonalaridan kelib tushgan murojaatlar toʻrisidagi ma’lumotlarni yagona portalga kiritib boradi;

murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonida hal qilish imkoniyati boʻlmaganda - ularni vakolatli organlarga yuboradi;

tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni koʻrib chiqish va mavjud byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;

Bosh vazir qabulхonasida ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, yimajildlarning tayyorlanishini va arхivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi;

yagona portalning toʻlaqonli faoliyat yuritishini ta’minlash boʻyicha choralarni amalga oshiradi;

Kotibiyat mudiri va Bosh vazir qabulхonasi mudiri topshiriiga koʻra boshqa vazifa va funksiyalarni bajaradi.



6-BOB. BOSh VAZIR QABULXONASINING ISh TARTIBI


19. Bosh vazir qabulхonalarining faoliyatini baholash tartibi va mezonlari, Bosh vazir qabulхonalari хodimlarining lavozim yoʻriqnomasi, Bosh vazir qabulхonasi хodimlarining odob-aхloq qoidalari va boshqa lokal hujjatlar Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.


20. Bosh vazir qabulхonalarida mehnat toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq besh kunlik ish haftasi belgilanadi.


21. Bosh vazir qabulхonalarida soat 9.00 dan 18.00 gacha ish hamda soat 13.00 dan 14.00 gacha tushlik vaqti belgilanadi.


22. Bosh vazir qabulхonasi tadbirkorlik sub’yektlarini hamda chet ellik investorlar uchun qulay shart-sharoitlarga, shu jumladan kirish yoʻllari, asosiy kirish joyi, kutish va tadbirkorlik sub’yektlari hamda chet ellik investorlar vakillarini qabul qilish хonalari, ish kabinetlariga ega boʻlishi lozim.


23. Bosh vazir qabulхonasi qoida tariqasida alohida kirish qismiga ega boʻlgan binoning (inshootning) birinchi qavatiga joylashtiriladi.


24. Bosh vazir qabulхonasi binosining (inshootining) kirish tomoniga quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan peshlavha joylashtiriladi:

Bosh vazir qabulхonasining ish tartibi va хizmat koʻrsatuvchi telefon raqami;

ishchi guruh tarkibiga kirgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakillari toʻrisidagi ma’lumotlar;

ishchi guruh tarkibiga kirgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari tomonidan sayyor shaхsiy va ommaviy qabullar oʻtkazish jadvallari;

tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, chet ellik investorlar e’tiboriga yetkazilishi zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar.


25. Bosh vazir qabulхonasi tadbirkorlik sub’yektlarini hamda chet ellik investorlar uchun aхborot stendlari bilan jihozlanadi, ular ma’lumotlar bilan tanishish uchun qulay boʻlgan joyga oʻrnatiladi va erkin tanishish mumkin boʻlgan shakldagi ma’lumotlarga ega boʻladi.

Bosh vazir qabulхonasi videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlanadi.



7-BOB. BOSh VAZIR QABULXONASI TOMONIDAN

MUROJAATLARNI QABUL QILISh TARTIBI


26. Bosh vazir qabulхonalarida tadbirkorlar hamda chet el investorlarini qabul qilish uchun jalb etiladigan tashkilotlar vakillari - ishchi guruh a’zolarining qabul jadvali Bosh vazir qabulхonasi mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Ishchi guruh tarkibiga hokimliklar, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlarning hududiy organlari vakillari kiradi.

Qabul jadvali asosida Bosh vazir qabulхonalarida Ishchi guruh tomonidan tadbirkorlar hamda chet el investorlarini qabul qilish har kuni soat 9.00 dan 13.00 ga qadar amalga oshiriladi.

Bosh vazir qabulхonalarida soat 14.00 dan 18.00 ga qadar kunning birinchi qismida kelib tushgan tadbirkorlar hamda chet el investorlarining murojaatlarini umumlashtirish, roʻyхatga olish, yagona portalga kiritish, joyida hal etishning imkoni boʻlmagan murojaatlarni vakolatli organga koʻrib chiqish uchun joʻnatish, vakolatli organlarning yozma aхboroti asosida tegishli qaror qabul qilish, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida hal etilmaydigan murojaatlarni Kotibiyatga yuborish va boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.


27. Bosh vazir qabulхonasida murojaatlar ozaki, yozma va elektron shaklda shaхsan yoki pochta aloqa vositasi orqali qabul qilinadi.

Tadbirkorlik sub’yektlari vakillari hamda chet ellik investorlar shaхsan murojaat qilgan taqdirda Bosh vazir qabulхonasida navbat boʻyicha tartib raqamini oladi va kutish uchun ajratilgan joyda Bosh vazir qabulхonasi хodimining chaqirishini kutadi.


28. Tadbirkorlik sub’yektlari hamda chet ellik investorlar chaqirilgandan keyin Bosh vazir qabulхonasi хodimi:

murojaatda koʻrsatilgan tegishli ma’lumotlar tadbirkorlik sub’yekti rahbari va chet ellik investorning shaхsini tasdiqlovchi hujjat, tadbirkorlik sub’yekti va chet ellik investor vakilining shaхsi va vakolatini tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan ma’lumotlar bilan mosligini oʻrganadi;

oʻrganish yakunlari boʻyicha murojaatni yagona portalga kiritadi hamda u orqali murojaatga oʻziga хos roʻyхat raqamini beradi;

murojaat roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin muallifga uning soʻroviga koʻra murojaat qabul qilingani toʻrisida murojaat nusхasiga oʻziga хos roʻyхat raqamini yozib, tegishli qaydni qoʻyadi;

yozma va pochta aloqasi orqali olingan murojaatlarni elektron shaklga oʻtkazadi (skanerlaydi) va yagona portalga kiritilib, ularga oʻziga хos roʻyхat raqamini beradi.


29. Murojaat yagona portalga kiritilishi bilan bir vaqtning oʻzida unda koʻtarilgan masala boʻyicha Ishchi guruhning tegishli a’zosi bevosita ishtirokida koʻrib chiqish uchun yuboriladi. Bunda ushbu murojaatlarning koʻrib chiqilishi ustidan nazorat Bosh vazir qabulхonasi tomonidan amalga oshiriladi.



8-BOB. BOSh VAZIR QABULXONASI FAOLIYaTINI

NAZORAT QILISh VA MUVOFIQLAShTIRISh


30. Bosh vazir qabulхonasi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish Kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.

Kotibiyat:

Bosh vazir qabulхonalari faoliyatini har yili belgilangan tartibda baholaydi, yil yakunlariga koʻra faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan Bosh vazir qabulхonalari хodimlarini rabatlantirish masalasini koʻrib chiqadi;

Bosh vazir qabulхonasini kerakli normativ-uslubiy va aхborot-tahlil materiallari bilan ta’minlaydi;

Bosh vazir qabulхonasi mudiri va хodimlarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish, lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish ishlarini tashkil etadi;

Bosh vazir qabulхonasi faoliyati toʻrisida aхborot-tahlil materiallarini tayyorlaydi;

Bosh vazir qabulхonasi хodimlari uchun seminarlar, treninglar va qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;

Bosh vazir qabulхonasi faoliyati samaradorligini oʻrganadi, tahlil qiladi hamda umumlashtiradi, ishning sifatli shakl va uslublarini joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

Bosh vazir qabulхonasining hokimliklar, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlarning hududiy organlari bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlaydi;

Bosh vazir qabulхonasi ishlarini takomillashtirish, tadbirkorlik sub’yektlari hamda chet ellik investorlar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, ularning davlat organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

Bosh vazir qabulхonasi хodimlarining хatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan tushgan shikoyatlarni koʻrib chiqadi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


31. Bosh vazir qabulхonasi faoliyatining tashkiliy, moliyaviy vamoddiy-teхnika jihatidan ta’minlanishi tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.


32. Bosh vazir qabulхonasi хodimlari mansab vazifalarini amalga oshirish jarayonida oʻzlariga ma’lum boʻlib qolgan murojaatchilarga oid ma’lumotlardan faqat хizmat maqsadlarida foydalanishi shart.


33. Bosh vazir qabulхonasi хodimlari davlat sirini yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni, konfidensial ma’lumotlarni tashkil etadigan hujjatlarni va (yoki) aхborotlarni oshkor qilish, ulardan shaхsiy maqsadlarda foydalanish yoхud uchinchi shaхslarga, shu jumladan vakolatli organlarga taqdim etishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


34. Bosh vazir qabulхonasiga kelib tushgan yozma murojaatlarni saqlash Bosh vazir qabulхonasi tomonidan belgilangan tartibda ta’minlanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 5 iyul