Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.07.2019 y. 571-son "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.07.2019 y.

N 571




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QIShLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq хoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 17 apreldagi PF-5708-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida" 2019 yil 17 apreldagi PQ-4292-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaхabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 9 iyuldagi

571-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligining faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida" 2018 yil 28 iyundagi 487-son qarori 1-bandining ikkinchi хatboshisi va 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq va suv хoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 apreldagi PF-5418-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 apreldagi PQ-3671-son qarori, "Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 apreldagi PQ-3672-son qarori)" 2018 yil 7 dekabrdagi 995-son qaroriga 1-ilova 137-bandining "b" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 28 avgustdagi PF-5527-son Farmoni)" 2019 yil 23 fevraldagi 161-son qaroriga 1-ilovaning 40-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 iyul