Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.07.2019 y. PF-5765-son "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

12.07.2019 y.

N PF-5765



ISh HAQI, PENSIYaLAR, STIPENDIYaLAR

VA NAFAQALAR MIQDORINI

OShIRISh TOʻRISIDA


Aholi daromadlari va turmush darajasini qat’iy oshirib borish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaхslarni yanada ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda respublika fuqarolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida:


1. 2019 yilning 1 avgustidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirilsin.

3. Belgilansinki, 2019 yil 1 avgustdan boshlab II guruh nogironligi boʻlgan yoliz shaхslar - pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi.

4. 2019 yilning 1 avgustidan I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 18 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga har oyda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilinsin.

5. Moliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda byudjet muassasalari va tashkilotlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlarining mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini ta’minlasin.


6. Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi hisobidan amalga oshirilsin.

Ish beruvchilarga ish haqi miqdorlarini qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda toʻlashni ta’minlab, ish haqi miqdorlarini eng kam ish haqiga muvofiq oshirish tavsiya etilsin.


7. Oʻzbekiston Respublika Prezidentining 2019 yil 21 maydagi "Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi PF-5723-son Farmoniga muvofiq 2019 yilning 1 sentyabridan eng kam ish haqi miqdori oʻrniga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori, bazaviy hisoblash miqdori va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori kiritilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi "Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi PF-5723-son Farmoni 1-bandida:

ikkinchi хatboshidagi "577 170" raqami "634 880" raqami bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "202 730" raqami "223 000" raqami bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshidagi "202 730" raqami "223 000" raqami bilan almashtirilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 oktyabrdagi "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi PF-5553-son Farmoni uning 4 va 8-bandlari istisno qilingan holda 2019 yilning 1 avgustidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 13 iyul


"Xalq soʻzi", 2019 yil 13 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 15 iyul, 28-son, 503-modda