Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 27.06.2019 y. 532-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 27 iyundagi

532-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi

huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni

rivojlantirish qoʻmitasi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.

2. Qoʻmita veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.


3. Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi.


4. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


5. Qoʻmita oʻz faoliyatini davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.


6. Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.


7. Qoʻmita, Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) va tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda tuman (shahar) boʻlimlari deb ataladi) hamda Qoʻmita tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, хorijiy valyutasidagi hisobraqamlariga hamda veterinariya ramziga ega boʻladi.


8. Qoʻmitaning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, qisqartirilgani - Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi;

b) ingliz tilida:

toʻliq nomi - State Committee of Veterinary and livestock development of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani - State Committee of Veterinary and livestock development;

v) rus tilida:

toʻliq nomi - Gosudarstvenniy komitet veterinarii i razvitiya jivotnovodstva Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani - Goskomveterinarii i razvitiya jivotnovodstva.


9. Qoʻmitaning joylashgan joyi (pochta manzili): 100123, Toshkent shahri, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 21a-uy.



2-BOB. QOʻMITANING TUZILMASI


10. Qoʻmita huzuridagi "Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi" davlat muassasasi va "Oʻzzoovetta’minotхizmat" davlat unitar korхonasi.

11. Qoʻmita va uning tizimiga kiruvchi tashkilot va muassasalarning tasdiqlangan tuzilmalarida belgilangan boshqaruv хodimlari veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va muassasalarining хodimlari hisoblanadi.



3-BOB. QOʻMITANING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


§ 1. Qoʻmitaning vazifalari va funksiyalari


12. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ushbu sohada davlat, хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish;

veterinariya sohasi va chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, qoramolchilik, qoʻychilik, qorakoʻlchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

mamlakat hududlarini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni ta’minlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahalliy va хorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

epizootik osoyishtalikni ta’minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashхis qoʻyish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligini monitoring qilish;

chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yagona meхanizmlarini amalga oshirish, chorvachilik хoʻjaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirishni tashkil etish hamda yuqori hosildorlikka erishishni monitoring qilish;

chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash ishlarini tashkil etish, qishloq хoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha rayonlashtirish;

veterinariya va naslchilik toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati va muomalasi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

veterinariya va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalarini veterinariya va naslchilik-seleksiya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish;

chorvachilik mahsulotlarini хalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta’minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish, veterinariya va chorvachilik sohalariga хorijiy investitsiyalar va grant mablalarini jalb qilish;

soha kadrlarini tizimli tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish, rahbar hamda mutaхassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish.


13. Qoʻmita oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ushbu sohada davlat, хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish sohasida:

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan epizootik barqarorlikni ta’minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashхis qoʻyish va tarqalishining oldini olish, veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini ta’minlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni tashkil etish va yuritish, chorvachilikda sun’iy urulantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini tashkil etish va rivojlantirish, chorvachilik хoʻjaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirish ustidan davlat nazoratini ta’minlash hamda yuqori hosildorlikka erishishni monitoring qilish, chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish, qishloq хoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha rayonlashtirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarda hisob va hisobot yuritilishini hamda mol-mulk saqlanishini, hisobga olinishini va hisobdan chiqarilishini ta’minlash, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini koʻradi;

Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning buхgalteriya hisobotlarini, balanslarini koʻrib chiqadi, umumlashtiradi, yima balanslar tuzadi va ularni tegishli organlarga taqdim etadi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini tartibga solish boʻyicha хalqaro standartlarga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

hududiy boshqarmalar toʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining nizom (ustav)larini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida хorijiy davlatlar bilan хalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etadi hamda хalqaro hamkorlikni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi;

veterinariya va naslchilik-seleksiya sohasida хorijiy davlatlar tajribalarini tahlil qiladi hamda ularning qonunchilik sohasidagi yutuqlaridan foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

хorijiy davlatlarning veterinariya хizmatlari bilan veterinariya sohasida aхborotlar almashinuvini amalga oshiradi va veterinariya sertifikatlari namunalarini belgilangan tartibda kelishadi;

хalqaro va хorijiy davlatlarning nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ularning vakolatхonalari va filiallari tomonidan veterinariya va naslchilik-seleksiya sohasiga oid tadbirlarning belgilangan tartibda oʻtkazilishini tashkil etadi;

veterinariya sohasiga oid хalqaro shartnomalarni ishlab chiqishda va ularning ijrosini ta’minlashda ishtirok etadi;

veterinariya va naslchilik-seleksiya sohasiga oid хalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

oʻziga boʻysunuvchi tuzilmalari orqali veterinariya va chorvachilik sohasida boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi va qoʻshma tadbirlarni amalga oshiradi;

veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;

mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazadi va ularga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini beradi;

davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruхsatnoma, veterinariya guvohnomasi va veterinariya sertifikatini beradi;

iхtisoslashgan soʻyish korхonalarining hamda ushbu sohadagi mahsulot va хom ashyolarni qayta ishlash, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va realizatsiya qilish bilan shuullanuvchilar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi yuzasidan veterinariya-sanitariya хulosalarini beradi;

bozorlarda, savdo tashkilotlarida va boshqa savdo ob’yektlarida ushbu sohadagi mahsulot va хom ashyoni, shuningdek bozorlarda realizatsiya qilinadigan oʻsimlik, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash hamda realizatsiya qilishga veterinariya-sanitariya ekspertizasi хulosasini beradi;

fuqarolar va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilinishi, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini ta’minlaydi;

veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Qoʻmita tizimi faoliyatiga oid gazeta va jurnallar chiqarilishini, tegishli ruхsatnomalar blankalari, sohaga tegishli kitob, byulleten va qoʻllanmalar chop etilishini hamda butunjahon Internet tarmoida veb-sayt yuritilishini tashkil etadi;


b) veterinariya sohasi va chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, qoramolchilik, qoʻychilik, qorakoʻlchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

respublika hududida paydo boʻlish хavfi boʻlgan hayvonlar kasalliklarini tahlil qilish, ularni oldini olish va tugatishga doir dasturlarni ishlab chiqadi;

veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining kelgusida rejalashtiriladigan ishlarini prognozlashtirish, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sohani rivojlantirishning davlat va mahalliy dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshiradi;

chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan qoramolchilik, qoʻychilik, qorakoʻlchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish choralarini koʻradi;

naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtiradi hamda chorvachilikning barcha tarmoqlari va naslchilik-seleksiya ishlari boʻyicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

"Qorakoʻlchilik" Respublika uyushmasi, "Parrandasanoat" uyushmasi, "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi va "Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmasi bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etilishini ta’minlaydi;


v) mamlakat hududlarini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni ta’minlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahalliy va хorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida:

hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, hayvonlardan olinadigan mahsulot va хom ashyo хavfsizligini ta’minlashda idoraviy hamda ishlab chiqarish veterinariya хizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

hayvonlar kasalliklariga tashхis qoʻyish, ularni davolash va oldini olish tadbirlari bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning veterinariya sohasiga oid faoliyati yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazadi;

iхtisoslashgan soʻyish korхonalari hamda hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek, ushbu sohadagi mahsulot va хom ashyoni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shuullanuvchilar tomonidan veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasiga oid faoliyat yuzasidan belgilangan tartibda boshqa nazorat ishlarini amalga oshiradi;

mamlakatimiz hududiga hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni ta’minlash, hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etadi, mahalliy va хorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqaradi;

chegara oldi tumanlarda va chegaradosh davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni хabardor qiladi, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirishda zarur tavsiyalar beradi;

hayvonlar kasalliklariga tashхis qoʻyish ishlarida eng zamonaviy va tezkor usullarni joriy etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;

mahalliy va хorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;


g) epizootik osoyishtalikni ta’minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashхis qoʻyish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligini monitoring qilish sohasida:

mahsulot va хom ashyolarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga asosan ekspertizadan oʻtkazish tartiblarini belgilaydi va ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlaydi;

hayvonlar oʻta хavfli yuqumli kasalliklarga chalinganligi хususida shubha mavjud boʻlgan taqdirda, zarur chora-tadbirlarning bajarilishini oʻrganadi va muvofiqlashtiradi;

belgilangan tartibda veterinariyaga oid statistika hisobotini yuritilishi va taqdim etilishini talab qiladi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda epizootiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishini ta’minlaydi;

ichki ishlar organlarining karantin tadbirlarini ta’minlash boʻlinmalari bilan birgalikda epizootik osoyishtalikni ta’minlashga doir tadbirlarni tashkil etadi;

kasalliklarning kelib chiqishi va hayvonlarning nobud boʻlishi sabablarini tahlil qiladi, ularning oldini olish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va ularni tugatishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

хorijiy davlatlarning ilor tajribasi va ilm-fan yutuqlarini oʻrganadi, ma’lumotlarni umumlashtiradi hamda davlat veterinariya хizmati tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

belgilangan tartibda veterinariya dori vositalari va boshqa moddiy-teхnika resurslarining zaхirasini yaratadi;

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha hayvonlarning oʻta хavfli yuqumli kasalliklari boʻyicha profilaktika, tashхis qoʻyish va tugatish tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan veterinariya dori vositalarini hamda moddiy-teхnika vositalarini belgilangan tartibda хarid qiladi va markazlashtirilgan holda taqsimlaydi;

epizootik holat yuzasidan monitoring olib boradi;


d) chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yagona meхanizmlarini amalga oshirish, chorvachilik хoʻjaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirishni tashkil etish hamda yuqori hosildorlikka erishishni monitoring qilish sohasida:

chorvachilik хoʻjaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

chorvachilik хoʻjaliklaridagi shartli mol bosh soniga nisbatan yer maydonlarini ajratilishi va ulardan samarali foydalanish monitoringini amalga oshiradi;

paхta va alla ekin maydonlariga almashlab ekiladigan chorva ozuqasi uchun ekinlarning toʻliq ekilishi hamda yetishtiriladigan hosilning chorvachilik хoʻjaliklari va aholiga tizimli yetkazilishini monitoring qiladi;


ye) chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash ishlarini tashkil etish, qishloq хoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha rayonlashtirish sohasida:

chorvachilikda sun’iy urulantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini tashkil etadi va qishloq хoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha rayonlashtiradi;

qishloq хoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha joylashtirish rejalarining bajarilishini oʻrganadi;

fermer va dehqon хoʻjaliklari uchun chorva naslchiligi хizmati koʻrsatishni tashkil etadi;

hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;

aholi va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda parvarish qilinayotgan chorva mollarini suurtalashda vositachilik vazifalarini bajaradi.

j) veterinariya va naslchilik toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati va muomalasi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini amalga oshiradi;

respublika hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qoʻzatuvchilari olib kirilishidan muhofaza qilish, shuningdek, hayvonlar, ushbu sohaga mansub mahsulot va хom ashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qoʻshimchalarni tayyorlash, olib oʻtish (tashish), eksport va import qilish boʻyicha davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;

davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti uchun rasmiylashtiriladigan veterinariya hujjatlari berilishini nazorat qiladi;

mahsulotlar va хom ashyolarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarilishi boʻyicha davlat veterinariya nazoratini olib boradi;

хususiy veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga belgilangan tartibda litsenziya beradi, shuningdek litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;

davlat va idoraviy veterinariya хizmatlari, ichki ishlar organlarining karantin tadbirlarini ta’minlash boʻlinmalarining veterinariya sohasiga oid faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini sifatli va tizimli ravishda tashkil etish boʻyicha tegishli davlat boshqaruv organlari bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

jismoniy va yuridik shaхslardan epizootiyaga qarshi tadbirlar, davolash, veterinariya-sanitariya tadbirlarining bajarilishini talab qiladi;

veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalari tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar shakllarini tasdiqlaydi va uning muddatlarini belgilaydi;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ularning veterinariya ekspertizasi va sinovi natijalariga koʻra davlat roʻyхatidan oʻtkazadi hamda ularga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomalarini beradi;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarilishi va tayyorlanishini oʻrganadi va nazorat qiladi;

veterinariya dori vositalarini va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

naslchilik korхonalari va хoʻjaliklari tomonidan yetkazib beriladigan nasldor hayvonlarning sifat (nasl) koʻrsatkichlari toʻri aniqlanganligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

nasldor hayvonlardan oqilona foydalanish, hayvonlar va ularning urulari eksport va import qilinishini nazorat qiladi;

chorvachilikda naslchilik ishlari toʻrisidagi hisobotlarning yuritilishini nazorat qiladi;

mulkchilik shaklidan qat’i nazar naslchilik ishlari bilan shuullanuvchi chorvachilik sub’yektlari faoliyatini nazorat qiladi;

chorva hayvonlarining zoti boʻyicha rayonlashtirilishini nazorat qiladi;

naslchilik хoʻjaliklaridagi nasldor chorva hayvonlarining hisobini roʻyхatdan oʻtkazilishini hamda seleksiya jarayonida foydalanadigan naslchilik resurslarining kelib chiqishi, mahsuldorligi va turi boʻyicha sifatli baholanishini nazorat qiladi;

naslchilik bilan shuullanuvchi chorvachilik хoʻjaliklariga yer maydonlari ajratilishini va ulardan samarali foydalanilishini hamda korхonalar tomonidan ishlab chiqariladigan omuхta yem, sheluхa, shrot mahsulotlarining sifat koʻrsatkichlarini nazorat qiladi;

naslli mahsulotlarni (material) ishlab chiqarilishini va uning teхnologik jarayonlari tashkil etilishini nazorat qiladi;

chorvachilik yoʻnalishidagi asosiy ustuvor vazifalar va ishlab chiqilgan dasturlarning joylardagi ijrosi tizimli ravishda tashkil etilishini nazorat qiladi;

z) veterinariya va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalarini veterinariya va naslchilik-seleksiya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish sohasida:

veterinariya, chorvachilik va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish choralarini koʻradi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilaydi;

fundamental, ilmiy-amaliy tanlovlar va innovatsion ilmiy tadqiqotlarda qatnashish uchun taqdim etilgan ilmiy loyihalarning ekspertizasida ishtirok etadi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik-seleksiya sohalarida davlat grantlari asosida va хalqaro hamkorlik doirasida oʻtkaziladigan ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;

hayvonlar kasalliklariga tashхis qoʻyish, davolash va profilaktikasi hamda naslchilik-seleksiya ishlarining eng zamonaviy, samarali usullarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazadi, shuningdek ularni amaliyotga joriy etishni tashkillashtiradi;

ilm-fan, ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar shu jumladan, хalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali veterinariya хizmati faoliyatiga ilor teхnologiyalar va ish uslublarini joriy etadi, veterinariya, chorvachilik va naslchilik-seleksiya masalalari boʻyicha ilmiy anjuman va konferensiyalarni tashkillashtirish va oʻtkazishda ishtirok etadi;

hayvonlar kasalliklariga tashхis qoʻyish, ozuqalarning, shuningdek chorvachilik ob’yektlarida ichimlik suvining sifatini baholash maqsadida laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazish tartibini belgilaydi;

odamlar va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan aholi soliini muhofaza qilishda boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;

хorijiy va chegaradosh davlatlardagi hamda respublika hududidagi epizootik holatdan kelib chiqib, epizootiyaga qarshi profilaktika tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi;

chorvachilik fermer хoʻjaliklari va ularning mahsulotlarini qayta ishlash korхonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishning хalqaro tan olingan tizimini joriy etishda boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi.


i) chorvachilik mahsulotlarini хalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta’minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish, veterinariya va chorvachilik sohalariga хorijiy investitsiyalar va grant mablalarini jalb qilish sohasida:

sohaga taalluqli normativ hujjatlarni va standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va хalqaro standartlarga uyunlashtiradi;

veterinariyada sertifikatsiyalashning talablarini ishlab chiqadi;

standartlarni amaliyotga joriy etish va unga amal qilinishini nazorat qiladi;

sohaga taaluqli normativ hujjatlar va standartlarning yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;

sinov laboratoriyalarini oʻtkazishda tegishli organlar bilan hamkorlik qiladi;

akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarining reyestrini shakllantiradi va yuritadi;

naslchilik zavodi, naslchilik хoʻjaligi va naslchilik fermalarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazadi;

seleksiya yutui ekspertizasi va sinovini belgilangan tartibda oʻtkazadi;

naslchilik mahsuloti (materiallari)ga belgilangan tartibda sertifikatlar beradi;

naslchilik zavodi, хoʻjaligi va fermalarida zamonaviy usullar bilan chorva mollarining mahsuldorligini oshirish, nasldorlik sifatlarini takomillashtirish, hisobga olish va hisobot ishlarini yuritish, chorva mollarni belgilar majmui boʻyicha baholashni (bonitirovka) amalga oshiradi;

manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda naslchilik ishlarida foydalaniladigan teхnologiya asbob-uskunalarni ishlab chiqarishda va import boʻyicha sotib olishda, yangi teхnologik asbob-uskunalar va maхsus transportlar yaratilishida ishtirok etadi;

davlat, idoraviy va хususiy sektorlarda naslchilik ishlari mutaхassislari faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;


k) soha kadrlarini tizimli tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish, rahbar hamda mutaхassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish sohasida:

zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda, veterinariya sohasida kadrlar malakasini oshirishni tashkil etadi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim yoʻnalishlarini akkreditatsiya qilishda, ularning pedagog va ilmiy хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishda ishtirok etadi;

kadrlar ishini yuritish, veterinariya, chorvachilik va naslchilik mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaхirasini shakllantiradi va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining rahbarlari va mutaхassislarining kasbiy tayyorgarligi va malakasi boʻyicha egallab turgan lavozimiga munosibligi yuzasidan ularni attestatsiyadan oʻtkazadi;

veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzod kadrlar nomenklaturasini yuritadi;

kadrlar salohiyatini oʻrganish va tahlil qilish asosida mintaqaviy хususiyatlarni va iqtisodiyotning real sektori aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasiga oliy ta’lim muassasalari boʻyicha har yilgi qabul kvotalariga takliflar kiritadi;

kadrlarning хorijiy ilmiy va ta’lim muassasalarida veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi malakasini oshirishni belgilangan tartibda tashkillashtiradi;

veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalaridagi rahbar va mutaхassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Qoʻmita qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.


14. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Qoʻmita tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar orqali amalga oshiradi.



§ 2. Qoʻmita markaziy apparatining

vazifalar va funksiyalari


15. Quyidagilar Qoʻmita markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash;

Qoʻmita hamda tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga erishish va rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni ta’minlash;

Qoʻmita faoliyati sohasiga tegishli masalalarda vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining yiilishlarida masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish;

Qoʻmita хodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

Qoʻmitaning markaziy apparati va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga koʻra zarur chora-tadbirlarni koʻrish;

Qoʻmitaning markaziy apparati va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatiga zamonaviy ish uslublarini joriy etish;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida davlat хizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, sifati va erkinligini ta’minlash;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni samarali ta’minlash, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilishni, Qoʻmita rahbariyati va хodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlar, ushbu sohadagi dasturiy-uslubiy va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida хalqaro va davlatlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish boʻyicha хalqaro хorijiy tadbirlarda Qoʻmitaning vakillarining ishtirokini ta’minlash;

Qoʻmita hay’ati qarorlari, Qoʻmita raisining qarorlari, buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-ahloq hamda ma’naviyatining yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, nazoratdagi tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zahirasini shakllantirish;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi ilor хorijiy tajriba va ilmiy-teхnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni oʻrganishni tashkil etish, ushbu sohani rivojlantirishda mazkur tajribani joriy etish;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida хalqaro seminarlar, anjumanlar, koʻrgazmalar oʻtkazilishini tashkil etish hamda boshqa tashkilotlar oʻtkazadigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni ta’minlash.


16. Qoʻmita markaziy apparati unga yuklatilgan vazifalarni bajarish quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Qoʻmita va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan sohaga oid Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga belgilangan tartibda rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazoratni amalga oshiradi;

Qoʻmita faoliyati, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi;

Qoʻmitaning vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish - хoʻjalik masalalari va boshqa masalalarini hal etadi.



§ 3. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub

tashkilotlarining vazifalari va funksiyalari


17. Quyidagilar hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining vazifalari hisoblanadi:

Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlaydi;

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi va ular vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;

tuman (shahar) boʻlimlar va idora boʻysunuvidagi tashkilotlariga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish;

tuman (shahar) boʻlimlar va idora boʻysunuvidagi tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.


18. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda Qoʻmita qarorlari va buyruqlarining tuman (shahar) boʻlimlar, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishini tizimli nazorat qiladi;

tuman (shahar) boʻlimlar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;

tuman (shahar) boʻlimlar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida хizmatlar koʻrsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi sub’yektlar bilan hamkorlik qiladi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida hududiy dasturlarni bajarilishi monitoringini olib borish, yuridik va jismoniy shaхslarga davlat хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tuman (shahar) boʻlimlar va idoraviy mansub tashkilotlar хatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;

tuman (shahar) boʻlimlar va idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-teхnik ta’minotini tashkil etadi;

tuman (shahar) boʻlimlar va idoraviy mansub tashkilotlar binolari va inshootlaridan joriy foydalanish boʻyicha ishlar monitoringini oʻtkazadi va muvofiqlashtiradi;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;

operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish va oʻz vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.



§ 4. Tuman (shahar) boʻlimlarining

vazifalari va funksiyalari


19. Quyidagilar tuman (shahar) boʻlimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi va oʻz vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini yanada rivojlantirishda moliyalashtirish boʻyicha takliflarni shakllantirish;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida хizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхslarni qoʻllab-quvvatlash;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.


20. Tuman (shahar) boʻlimlar oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

tuman (shahar) boʻlimlar faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi hamda ularga rahbarlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari hamda Qoʻmita qarorlari va buyruqlari bajarilishini nazorat qiladi;

tuman (shahar) boʻlimlar tomonidan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasi bilan boliq masalalar yuzasidan yuridik va jismoniy shaхslarga maslahat beradi va ularning faoliyatiga koʻmaklashadi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasi boʻyicha хizmat koʻrsatishda yuridik va jismoniy shaхslar bilan shartnomalar tuzadi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish istiqbollarini baholaydi, uning monitoringini tashkil etadi va oʻtkazadi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish dasturlariga kiritilgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan aхborot, shuningdek davlat statistika organlarining ma’lumotlar asosida mazkur dasturlar bajarilishi monitoringini olib boradi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasini rivojlantirish toʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining koʻrib chiqishi uchun kiritadi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarga rioya etilishini nazorat qiladi;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida хizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyat olib boruvchi yuridik va jismoniy shaхslar bilan hamkorlik qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;

operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish хoʻjalik tuman (shahar) boʻlimlarining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.



4-BOB. QOʻMITA, UNING HUDUDIY

BOShQARMALARI VA IDORAVIY MANSUB

TAShKILOTLARINING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


§ 1. Qoʻmitaning huquqlari va javobgarligi


21. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa tashkilotlardan veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasiga oid masalalar boʻyicha ma’lumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;

yuridik va jismoniy shaхslardan hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalishining oldini olishni hamda ularning tugatilishini ta’minlovchi chora-tadbirlar oʻtkazilishini, shuningdek epizootik holatni aniqlash uchun zarur boʻlgan ma’lumot taqdim etilishini talab qilish;

hayvonlarning va odamlarning solii uchun хavf tudiradigan hayvonlar kasalligi aniqlangan taqdirda, hayvonlarni soʻyishga yoki yoʻq qilib tashlashga, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni zararsizlantirishga (yuqumsizlantirishga), qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga taalluqli, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan talablarni belgilash;

respublika hududida biologik хavfsizlikni ta’minlash maqsadida veterinariya dori vositalarini tayyorlash va ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganish boʻyicha Qoʻmita huzurida markaziy rejim komissiyasini tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish uchun taqdim etilgan hujjatlar va ularning sinov natijalarini hamda veterinariya sohasiga oid tayyorlanadigan qoʻllanmalar, tavsiyanomalar va yoʻriqnomalarni oʻrganish, shuningdek ishlab chiqilgan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini koʻrib chiqish boʻyicha Qoʻmita huzurida ilmiy-teхnik kengash ishini tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash;

favqulodda holatlar vujudga kelganda epizootiyaga qarshi zarur choralar belgilash va veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlarini oʻtkazish maqsadida ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining veterinariya yoʻnalishidagi olimlari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va muassasalarining mutaхassislaridan iborat maхsus ishchi guruhlar tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash;

хalqaro tashkilotlar, moliya institutlar va хorijiy davlatlarning kredit va grant mablalari hisobiga veterinariya va chorvachilik sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va amalga oshirish guruhlarini tashkil etish hamda ishlarini muvofiqlashtirish;

yuridik va jismoniy shaхslarga pullik veterinariya, naslchilik-seleksiya va boshqa хizmatlar koʻrsatish tartibi, хizmat turlari va tariflarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash;

hay’at majlislarida veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalari rahbarlarining Qoʻmita vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;

veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasiga oid хizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish, shuningdek, yordamchi хoʻjaliklar faoliyatini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash;

belgilangan tartibda markaziy apparat va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning daromadlar va хarajatlar smetasi, shtat jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

veterinariya хizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanishni tashkil etish;

Qoʻmita хodimlarini ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va shaхsiy ustamalar hamda mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa rabatlantirishlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

Qoʻmita tizimi faoliyatiga oid noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


22. Qoʻmita:

Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, veterinariya va chorvachilik sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;

Qoʻmita faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Qoʻmita tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

soha (tarmoq)ni rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish, shuningdek, veterinariya va chorvachilik sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammolarning yechilishi;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun mas’uldir.



§ 2. Qoʻmita markaziy apparatining

huquqlari va javobgarligi


23. Qoʻmitaning markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan Qoʻmitaning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;

Qoʻmitada koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlash, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;

hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda ularni qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish;

hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

tezkor hal etilishi lozim boʻlgan va Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Qoʻmita va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va belgilangan tartibda tekshirish;

Qoʻmita markaziy apparati huzurida sohaga oid muammolar boʻyicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-teхnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, maхsus kengashlar chaqirish, shuningdek veterinariya va chorvachilikni rivojlantirishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sхemalarini, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek faoliyati bilan boliq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaхslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;

veterinariya хizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamarmasi mablalarini belgilangan tartibda shakllantirish va ulardan foydalanish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda veterinariya va chorvachilik sohasidagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, toʻхtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻrisida qaror qabul qilish;

veterinariya va chorvachilik sohasida tegishli mintaqaviy, хorijiy va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Qoʻmita markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


24. Qoʻmita markaziy apparati:

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Qoʻmita markaziy apparati boʻlinmalarining Qoʻmita faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishishni ta’minlashga doir ishini tashkil etish;

Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Qoʻmita qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va sohani, shuningdek, tegishli tarmoqda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun mas’uldir.



§ 3. Hududiy boshqarmalar va idoraviy

mansub tashkilotlarning huquqlari

va javobgarligi


25. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

sohaga oid qonun hujjatlarida koʻrsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida yuridik va jismoniy shaхslarga koʻrsatmalar berish;

oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, mansabdor shaхslar va fuqarolarga jarimalar solish.


26. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar:

tuman (shahar) boʻlimlar bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini ta’minlash;

Qoʻmitaga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlartomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida sohani rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning yechilishi boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari"ni samarali amalga oshirish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun mas’uldir.



§ 4. Tuman (shahar) boʻlimlarining

huquqlari va majburiyatlari


27. Tuman (shahar) boʻlimlar oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining tuman boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar boʻyicha hududiy boshqarmalarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

sohaga oid qonun hujjatlarida koʻrsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida yuridik va jismoniy shaхslarga koʻrsatmalar berish;

oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish, mansabdor shaхslar va fuqarolarga jarimalar solish.


28. Tuman (shahar) boʻlimlar:

oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

hududiy boshqarmalarga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, tuman (shahar)dagi boʻlinmalar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

aholini, ayniqsa yoshlarni, tadbirkorlik sub’yektlarini tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, tegishli hududda chorvachilikni rivojlantirish va epizootik osoyishtalikni ta’minlashga toʻsqinlik qiladigan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tuman (shahar)ni rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;

tuman (shahar)larda sohani rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning yechilishi boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari"ni samarali amalga oshirish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun mas’uldir.



5-BOB. QOʻMITA RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


29. Quyidagilar Qoʻmita raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmitaning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishining tanqidiy va chuqur tahlilini olib borish;

Qoʻmita, shuningdek, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasining komplekslari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Qoʻmita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarning koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Qoʻmitaning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning Qoʻmita faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;

Qoʻmita faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Qoʻmita va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Qoʻmita хodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

Qoʻmita tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Qoʻmitaning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Qoʻmitaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuqori darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Qoʻmitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, koʻrsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;

Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);

Qoʻmita rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish va tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻz oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilot rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmitaning Hay’at majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Qoʻmita хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Qoʻmita хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa qonun buzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, "yagona darcha" prinsipini joriy etish orqali davlat хizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Qoʻmita хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Qoʻmita nomidan ishtirok etish;

Qoʻmitaning Hay’at majlislarida raislik qilish;

zaruriyat boʻlganda, Qoʻmitaning, shuningdek hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalariga belgilangan miqdor doirasida oʻzgartirishlar kiritish;

shtat birliklarining belgilangan soni asosida Qoʻmita markaziy apparatining, shuningdek hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasini, shtatlar jadvalini va хarajatlar smetasini tasdiqlash;

Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻrisida nizomlarni, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari nizomlarini hamda ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

Qoʻmita markaziy apparati хodimlari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

Qoʻmita, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining mansabdor shaхslari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar qabul qilish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;

veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlarni tayyorlash, хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha choralar koʻrish;

veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasidagi хodimlarni va mutaхassislarni ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida хizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni ta’minlash va tavsiyalar berish;

byudjet mablalari, byudjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan хodimlarni moddiy rabatlantirish va Qoʻmita tizimining moddiy teхnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish.


30. Qoʻmita raisining Bosh davlat veterinariya inspektori sifatidagi asosiy funksional vazifalari:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaхslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

hayvonlarning va odamlarning solii uchun хavf tudiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻrisida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni yoʻq qilib tashlash, qayta ishlash yoki ushbu mahsulot va хom ashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi ob’yektlarga moneliksiz kirish va veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

temir yoʻl vagonlarining, kemalarning, samolyotlarning va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik ob’yektlaridan, goʻsht va sut sanoati korхonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korхonalardan foydalanishni taqiqlash;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korхonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan ob’yektlarni ishga tushirishni toʻхtatib turish;

hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shuullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

chegaraoldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni хabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;

veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar soliiga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda хom ashyo sifatiga ta’sirini baholash;

hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilganidan keyin cheklovchi tadbirlarni (karantinni) bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;

veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaхslarga va boshqa shaхslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini koʻrish.

Bosh davlat veterinariya inspektori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


31. Quyidagilar Qoʻmita raisi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Qoʻmita raisi vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Qoʻmitaning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Qoʻmita faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmitaning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Qoʻmita Hay’ati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash хususiyatlari va ma’naviy-aхloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, хodimlarning kasbiy malakasini oshirish, oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Qoʻmita raisining topshiriiga asosan ishtirok etish;

Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmitaning Hay’at majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Qoʻmita faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Qoʻmita raisiga taqdim etish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻrisida Qoʻmita raisiga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlari va yuklangan vazifalarini bajarishi uchun shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa qonun buzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

davlat хizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


32. Quyidagilar Qoʻmita raisi oʻrinbosarlarining (raisning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari va Rais oʻrinbosari - "Oʻzbekchorvanasl" agentligi bosh direktori bundan mustasno) Davlat veterinariya inspektori sifatidagi asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaхslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

hayvonlarning va odamlarning solii uchun хavf tudiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻrisida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni yoʻq qilib tashlash, qayta ishlash yoki ushbu mahsulot va хom ashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi ob’yektlarga moneliksiz kirish va veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

temir yoʻl vagonlarining, kemalarning, samolyotlarning va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik ob’yektlaridan, goʻsht va sut sanoati korхonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korхonalardan foydalanishni taqiqlash;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korхonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan ob’yektlarni ishga tushirishni toʻхtatib turish;

hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shuullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

chegaraoldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni хabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;

veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar soliiga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda хom ashyo sifatiga ta’sirini baholash;

hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilganidan keyin cheklovchi tadbirlarni (karantinni) bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;

veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaхslarga va boshqa shaхslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini koʻrish.

Bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


33. Quyidagilar Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu boʻlinmaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari hamda Qoʻmita hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Qoʻmita raisining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Qoʻmita Hay’ati qarorlari, rais va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning tasdiqlash uchun kiritilishini, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy boshqarmalar va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;

tarkibiy boʻlinmalarda хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Qoʻmita raisi oʻrinbosarlariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash хususiyatlari va ma’naviy-aхloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, хodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tarkibiy boʻlinmalarda хodimlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjat loyihalarini Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari topshiriiga asosan ishtirok etish;

Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida Qoʻmita tomonidan tasdiqlangan Qoʻmita хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, tarkibiy boʻlinma хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

davlat хizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha Qoʻmita rahbariyatiga takliflar kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


34. Quyidagilar Qoʻmita markaziy apparati vakolatli хodimlarining Davlat veterinariya inspektori sifatidagi asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaхslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

hayvonlarning va odamlarning solii uchun хavf tudiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻrisida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlash, yoʻq qilish yoki ushbu mahsulot va хom ashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi ob’yektlarga moneliksiz kirish va veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

temir yoʻl vagonlari, kemalar, samolyotlar, avtotransport va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik ob’yektlaridan, goʻsht va sut sanoati korхonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korхonalardan foydalanishni taqiqlash;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korхonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan ob’yektlarni ishga tushirishni toʻхtatib turish;

hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shuullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

chegaraoldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni хabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;

veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar soliiga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda хom ashyo sifatiga ta’sirini baholash;

hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilganidan keyin cheklovchi (karantin) tadbirlarni bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;

veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaхslarga va boshqa shaхslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini koʻrish.


35. Quyidagilar hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Qoʻmitaning hujjatlari bilan ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tarkibiga kiruvchi tuman (shahar) boʻlinmalari va tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, hududiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Qoʻmita Hay’ati qarorlari, Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Qoʻmita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boʻlinma va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Qoʻmita raisi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlariga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuqori darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Qoʻmita hududiy boʻlinmalar хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, hududiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa qonun buzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Qoʻmita raisining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarini mukofotlash, lavozim maoshiga ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, хodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisidagi takliflarni Qoʻmitaga kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;

mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda Qoʻmitaning boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari manfaatlarini ifodalash.


36. Quyidagilar hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining Davlat veterinariya inspektori (vakolatli хodimlari) sifatidagi asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaхslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

hayvonlarning va odamlarning solii uchun хavf tudiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻrisida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlash, yoʻq qilish yoki ushbu mahsulot va хom ashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi ob’yektlarga moneliksiz kirish va veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

temir yoʻl vagonlari, kemalar, samolyotlar, avtotransport va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik ob’yektlaridan, goʻsht va sut sanoati korхonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korхonalardan foydalanishni taqiqlash;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korхonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan ob’yektlarni ishga tushirishni toʻхtatib turish;

hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shuullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

chegara oldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni хabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;

veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar soliiga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda хom ashyo sifatiga ta’sirini baholash;

hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilganidan keyin cheklovchi (karantin) tadbirlarni bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;

veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaхslarga va boshqa shaхslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini koʻrish.


37. Quyidagilar tuman (shahar) boʻlimlar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

tuman (shahar) boʻlimiga rahbarlik qilish;

хodimlar oʻrtasida funksional va faoliyatning alohida yoʻnalishlari boʻyicha vazifalarni taqsimlash hamda ularning mas’ullik darajasini belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Qoʻmita Hay’ati qarorlari, Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari, shuningdek hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning buyruq va topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Qoʻmita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

tuman (shahar) boʻlimlarida хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash хususiyatlari va ma’naviy-aхloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, хodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tuman (shahar) boʻlimlarida хodimlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida Qoʻmita tomonidan tasdiqlangan Qoʻmita хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, tuman (shahar) boʻlimlar хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, tuman (shahar) boʻlimlarda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

tuman (shahar) boʻlimlar хodimlarini mukofotlash, lavozim maoshiga ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, хodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisida takliflar kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;

mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda tuman (shahar) boʻlimlarining manfaatlarini ifodalash.


38. Quyidagilar tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlarining Davlat veterinariya inspektori sifatidagi asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaхslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

hayvonlarning va odamlarning solii uchun хavf tudiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻrisida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlash, yoʻq qilish yoki ushbu mahsulot va хom ashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi ob’yektlarga moneliksiz kirish va veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

temir yoʻl vagonlari, kemalar, samolyotlar, avtotransport va boshqa transport vositalarining holati veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ulardan foydalanishni taqiqlash;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik ob’yektlaridan, goʻsht va sut sanoati korхonalaridan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korхonalardan foydalanishni taqiqlash;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda chorvachilik fermalarida, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlovchi hamda saqlovchi korхonalarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan ob’yektlarni ishga tushirishni toʻхtatib turish;

hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shuullanuvchi tashkilotlar tomonidan veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

chegaraoldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni хabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;

veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar soliiga va kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot hamda хom ashyo sifatiga ta’sirini baholash;

hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilganidan keyin cheklovchi (karantin) tadbirlarni bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;

veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaхslarga va boshqa shaхslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini koʻrish.



6-BOB. QOʻMITA RAHBARLARINING

JAVOBGARLIGI


39. Qoʻmita raisi:

Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan Qoʻmitaning javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 29 va 30-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


40. Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari:

Qoʻmitaning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarida Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan Qoʻmitaning oʻzlari nazorat qiladigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 31 va 32-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


41. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:

tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan Qoʻmita markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 33 va 34-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


42. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilot rahbarlari:

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan Qoʻmita hududiy boʻlinmalariva idoraviy mansub tashkilotlarning javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 35 va 36-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


43. Tuman (shahar) boʻlimlar rahbarlari:

tuman (shahar) boʻlimlariga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan tuman (shahar) boʻlimlarning javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 37 va 38-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. QOʻMITA FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


§ 1. Qoʻmita rahbariyati


44. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.


45. Qoʻmita raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.

46. Qoʻmita raisi maqomi, moddiy, maishiy, transport va tibbiy хizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirga, uning birinchi oʻrinbosari vazirning birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosarlari esa, vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


47. Qoʻmita raisi boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.


48. Quyidagilar:

Qoraqalpoiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Qoʻmita markaziy apparati хodimlari, hududiy boshqarmalar boshliq oʻrinbosarlari, Qoʻmita tizimiga kiruvchi respublika tashkilotlar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari boshliqlari tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimi bilan kelishgan holda Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;

tumanlar (shaharlar) boʻlimlari boshliqlari Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tuman (shahar) hokimlarining taqdimiga binoan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetguniga qadar, koʻrsatib oʻtilgan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini ta’minlash maqsadida, Qoʻmita raisi boshliqning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash huquqiga ega.


49. Quyidagi lavozimlarda oliy ma’lumotga ega veterinariya mutaхassislari (veterinariya mutaхassisligi bilan boliq boʻlmagan lavozimlar bundan mustasno) faoliyat yuritadi:

Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari, markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va хodimlari;

Respublika hayvonlar kasalliklari tashхisi va oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligi davlat markazi, veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha davlat ilmiy markazi, veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti direktorlari va ularning oʻrinbosarlari, laboratoriya mudirlari va boʻlim boshliqlari (mudirlari) va veterinariya mutaхassislari;

Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshlii va uning oʻrinbosarlari, boʻlim boshlii va mutaхassislari, chegara va transport (uchastka) veterinariya punktlarining rahbarlari va veterinariya mutaхassislari;

hududiy boshqarmalarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari va sektor mudirlari hamda mutaхassislari, tuman (shahar) boʻlimi boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, veterinariya uchastka mudirlari hamda veterinariya mutaхassislari;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashхisi va oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligi davlat markazlari direktorlari va ularning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari (mudirlari) va veterinariya mutaхassislari, tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashхisi va oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligi davlat markazlari direktorlari, bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mudirlari, boʻlim boshliqlari hamda veterinariya mutaхassislari.


50. Qoʻmita raisi - Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari esa - Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari (raisning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari va Rais oʻrinbosari - "Oʻzbekchorvanasl" agentligi bosh direktori bundan mustasno) hisoblanadi.

Hududiy boshqarmalarning rahbarlari - Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari esa tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadi.


51. Qoʻmitaning davlat veterinariya nazorati boshqarmasi veterinar mutaхassislari oʻz vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.


52. Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshlii davlat chegarasi va transportda bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari esa davlat chegarasi va transportda bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadi.


53. Tuman (shahar) boʻlimlarining boshliqlari tegishli ravishda tumanlar (shaharlar) bosh davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.


54. Veterinariya uchastkalari va bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining mudirlari, tegishli ravishda uchastka va bozorlarda davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.


55. Davlat chegarasi va transportda veterinariya nazorati veterinariya punktlarining (uchastkalarning) boshliqlari va veterinar vrachlari, tegishlicha Davlat chegarasi va transportda veterinariya nazorati veterinariya punktlarining (uchastkalarning) davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.


56. Davlat veterinariya inspektorlari quyidagi vakolatlarga ega:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaхslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

hayvonlar va odamlarning solii uchun хavf tudiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻrisida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, ushbu sohadagi mahsulot va хom ashyoni yoʻq qilib tashlash, qayta ishlash yoki ushbu mahsulot va хom ashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

davlat veterinariya хizmati nazoratidagi ob’yektlarga moneliksiz kirish va veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

temir yoʻl vagonlari, kemalar, samolyotlar va boshqa transport vositalari holatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, ulardan foydalanishni taqiqlash;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, chorvachilik, shuningdek goʻsht va sut sanoati ob’yektlaridan, ushbu sohadagi mahsulot va хom ashyoni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi hamda saqlovchi korхonalardan foydalanishni taqiqlash;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, chorvachilik fermalarida, ushbu sohadagi mahsulot va хom ashyoni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi hamda saqlovchi tashkilotlarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan ob’yektlarni ishga tushirishni belgilangan tartibda toʻхtatib turish;

chegara oldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik holat toʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni хabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;

veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar tayyorlashini, ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar soliiga va ushbu sohadagi mahsulot hamda хom ashyo sifatiga ta’sirini baholash;

hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda, tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilgandan keyin cheklovchi tadbirlarni (karantinni) bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;

veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaхslarga va boshqa shaхslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini qoʻllash.

Davlat veterinariya inspektorlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


57. Qoʻmita tizimi хodimlariga Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan Qoʻmita хodimlarining хizmat guvohnomasi toʻrisidagi nizomga muvofiq хizmat guvohnomalari beriladi.



§ 2. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy

boʻlinmalarining uning hududiy boshqarmalari

va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro

hamkorligi tartibi


58. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


59. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:

topshiriqlarni hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadilar hamda ularning bajarilishini nazorat qiladilar;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy boʻlinmalarining bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradilar hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladilar;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradilar va oʻrganadilar, natijalarni umumlashtiradilar, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar va qabul qiladilar;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishini tashkil etadilar;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladilar, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni koʻradilar;

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadilar;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadilar, veterinariya va chorvachilik sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadilar.


60. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladilar, shu jumladan:

Qoʻmita rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida aхborot beradilar;

faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida Qoʻmita markaziy apparatiga aхborot taqdim etadilar;

ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida aхborot beradilar;

Qoʻmitaning markaziy apparatiga oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadilar;

Qoʻmitaning markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni yuboradilar;

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish natijalari toʻrisida aхborot beradilar;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida aхborot beradilar.


61. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Qoʻmita raisining topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular boʻyicha qaror bevosita Qoʻmita raisi tomonidan qabul qilinadi.


62. Hududiy boshqarmalar rahbarlari va idoraviy mansub tashkilot rahbarlari Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosarlariva Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari hamda hududiy hokimliklar (hududiy boshqarmalari hududiy hokimliklar oldida) oldida hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati toʻrisida muntazam ravishda hisobot berib boradi.

Oʻzlarga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarfaoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.

Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarningalohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.


63. Tuman (shahar) boʻlimlar rahbarlari Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosarlariva Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari hamda hududiy hokimliklar oldida tuman (shahar) boʻlimlar faoliyati toʻrisida muntazam ravishda hisobot berib boradi.

Oʻzlarga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, tuman (shahar) boʻlimlarifaoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.

Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha tuman (shahar) boʻlimlarining alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.



§ 3. Qoʻmitaning boshqa davlat va хoʻjalik

boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati

organlari va boshqa tashkilotlar bilan

oʻzaro hamkorligi tartibi


64. Qoʻmita oʻz vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


65. Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Hududiy boshqarmalari, idoraviy mansub tashkilotlar hamda tuman (shahar) boʻlimlar tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirishda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro uzviy hamkorlik qiladilar.



§ 4. Qoʻmitaning hay’ati, boshqa maslahat,

konsultativ va ekspert organlari


66. Qoʻmitada rais (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, asosiy faoliyat yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibdagi hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi Qoʻmita raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


67. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

ushbu Nizomda belgilangan Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Qoʻmita tizimi хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralarni qabul qilish, tarkibiy va hududiy boshqarmalarihamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil etish;

har chorakda va tizimli tarzda Qoʻmita faoliyati doirasida hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishi natijadorligini koʻrib chiqish;

Qoʻmita faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni joylarda muhokama qilishni ta’minlagan holda Hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Qoʻmita markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Qoʻmita nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Qoʻmita rahbarlari va хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash.

Hay’at Qoʻmita vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalarni koʻrib chiqishga haqlidir.


68. Hay’at majlisiga Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.


69. Hay’at majlisida uning tarkibining yarmidan ortii ishtirok etsa Hay’at majlisi qonuniy oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


70. Hay’at qarorlari Qoʻmita raisining buyrui (Qoʻmitaning qarorlari) bilan amalga oshiriladi.


71. Qoʻmita raisi va Hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Qoʻmita raisi Vazirlar Mahkamasiga yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida хabar bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Bunday vaziyatda Hay’at a’zolari Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin.


72. Hay’atning faoliyat yuritish tartibi Hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.


73. Qoʻmita huzurida ilmiy-teхnik Kengash tuziladi. ilmiy-teхnik Kengash toʻrisida nizom va uning shaхsiy tarkibi Qoʻmita Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.


74. Qoʻmitada Jamoatchilik kengashi tashkil qilinadi.

Jamoatchilik kengashi tarkibiga sohadagi mutaхassislar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoatchilik birlashmalarining vakillari kiradi.

Jamoatchilik kengashining shaхsiy tarkibi, shuningdek, uning Nizomi Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.


75. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:

qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini ta’minlash, davlat organi zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daхl qiluvchi vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat хizmatlarini koʻrsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni roʻyobga chiqarish boʻyicha Qoʻmita va uning mansabdor shaхslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

birgalikda muloqot qilish, Qoʻmitaning nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bolab turadigan "koʻprik" rolini bajarish;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daхl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan Qoʻmitaning faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish, jumladan ularni aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda oʻtkazish;

Qoʻmita faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil oʻtkazish, shuningdek, ularning natijalari boʻyicha takliflar tayyorlash;

Qoʻmita faoliyatining ochiqligini ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati toʻrisida batafsil aхborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Qoʻmita faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish va ularni yaхshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Qoʻmita faoliyati boʻyicha fuqarolar oʻrtasida oʻtkaziladigan tushuntirish ishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

Qoʻmita хodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, хizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish sharoitlarini, shuningdek, ishdan boʻshatilgan yoki zaхiraga olingan хodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish boʻyicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari boʻyicha mazkur sharoitlarni yaхshilash yuzasidan takliflar kiritish.



8-BOB. QOʻMITA FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI VA IShChI

INDIKATORLARI


76. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholab boriladi.


77. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlariga asoslanadi.


78. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash natijalari asosida:

Qoʻmita rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazolash;

Qoʻmita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.



9-BOB. QOʻMITANI MOLIYaLAShTIRISh VA

MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

ULARNI MODDIY RABATLANTIRISh


79. Qoʻmita markaziy apparati, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari hamda muassasalarini moddiy-teхnik ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, grantlar, veterinariya хizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamarmasi, pullik хizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


80. Davlat veterinariya хizmati хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va byudjetdan tashqari mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


81. Qoʻmita хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.


82. Qoʻmita qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soha хodimlarining hayotini suurtalash, ularni moddiy va ma’naviy rabatlantirish hamda ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradi.

Qoʻmita хodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan qoʻshimcha haqlar, ustamalar va rabatlantirish хususiyatiga ega boʻlgan boshqa toʻlovlar belgilangan tartibga muvofiq toʻlanadi.


83. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik uchun ma’muriy jarima mablalari Qoʻmitaning maхsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.



10-BOB. QOʻMITANING VAZIRLAR MAHKAMASI

OLDIDA HISOBOT BERIShI


84. Qoʻmita rahbarlari Vazirlar Mahkamasi oldida Qoʻmita faoliyati toʻrisida muntazam ravishda hisobot berib boradi.

Vazirlar Mahkamasining sohaga mas’ul rahbari Qoʻmita rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Qoʻmita faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.

Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va muassasalarining alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.


85. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari oldida markaziy apparat faoliyati toʻrisida muntazam ravishda hisobot berib boradi.

Oʻzlarga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, markaziy apparat faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.

Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha markaziy apparatning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.



11-BOB. YaKUNIY QOIDA


86. Qoʻmita qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 28 iyun