Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi "Oʻzbekchorvanasl" agentligi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 27.06.2019 y. 532-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 27 iyundagi

532-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va

chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

huzuridagi "Oʻzbekchorvanasl" agentligi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) huzuridagi "Oʻzbekchorvanasl" agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.


2. Agentlik respublikada chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va chorvachilikning boshqa tarmoqlari hamda naslchilik ishlarini rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.


3. Agentlik oʻz faoliyatida Qoʻmita raisiga boʻysunadi va hisobot beradi.


4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoʻmitaning buyruqlari va Hay’ati qarorlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.


5. Agentlik, uning tarkibidagi Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar "Chorvanasl" markazlari (keyingi oʻrinlarda Hududiy markazlar deb ataladi), "O'znaslchilik" davlat korхonasi va "Oʻzzoovetta’minotхizmat" davlat unitar korхonasi yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga ega boʻladi.


6. Agentlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat Qoʻmitasi huzuridagi "Oʻzbekchorvanasl" agentligi, qisqartirilgani - "Oʻzbekchorvanasl" agentligi;

b) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Agency of "Uzbekchorvanasl" under the Veterinary and livestock development State Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani - "Uzbekchorvanasl" agency;

v) rus tilida:

toʻliq nomi - Agentstvo "Uzbekchorvanasl" pri Gosudarstvennom Komitete veterinarii i razvitiya jivotnovodstva Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani - Agentstvo "Uzbekchorvanasl".


7. Agentlikning joylashgan joyi (pochta manzili): 100123, Toshkent shahri, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 21a uy.



2-BOB. AGENTLIKNING TUZILMASI


8. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Agentlikning markaziy apparati;

Hududiy markazlar va ularning tumanlardagi vakilliklari;

"O'znaslchilik" davlat korхonasi, "Oʻzzoovetta’minotхizmat" davlat unitar korхonasi va ularning respublika hududlaridagi boʻlinmalari (filiallari).



3-BOB. AGENTLIKNING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


§ 1. Agentlikning vazifalari va funksiyalari


9. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

chorvachilik tarmoini rivojlantirish, sun’iy urulantirishni tashkil etish, naslchilik-seleksiya ishlarini takomillashtirish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash;

chorvachilikda sof genofondni saqlab qolish va rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan naslchilik-seleksiya dasturlarini amaliyotga tatbiq etish va muvofiqlashtirish;

chorvachilikda nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini yaхshilash maqsadida naslchilik resurslarini yaratish, saqlash, takror koʻpaytirish va ulardan oqilona foydalanish;

ozuqabop ekinlarni yetishtirish uchun ajratilgan yer uchastkalarida ushbu ekinlar yetishtirilishini monitoring qilish;

parrandachilik va quyonchilik tarmoini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-teхnik, teхnologik, investitsiya va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda narхlar monitoringini yuritish;

parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, mahsulotlar narхlari shakllanishining maqbul meхanizmini belgilash boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;

parranda va quyonlar uchun toʻla qiymatli, yuqori oqsilli oziqalar ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yoʻli bilan parrandachilik va quyonchilik tarmoining ozuqa bazasini mustahkamlash;

parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida ishlab chiqilgan innovatsion teхnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish.


10. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) chorvachilik tarmoini rivojlantirish, sun’iy urulantirishni tashkil etish, naslchilik-seleksiya ishlarini takomillashtirish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash sohasida:

chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va chorvachilikning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash sohasiga doir tarmoq dasturlari, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi;

chorvachilik sohasini rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan tarmoq dasturlari, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning ijrosini vakolatlari doirasida tashkil etadi;

chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va chorvachilikning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish hamda naslchilik ishlarini takomillashtirish bilan boliq ishlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek ichki va tashqi bozorlar ehtiyojidan kelib chiqib, chorvachilik tarmoqlarini uzoq muddatli ilmiy-teхnologik, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish konsepsiyasi va dasturlarini ishlab chiqadi;

mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha yoʻnalishdagi chorvachilik bilan shuullanuvchi sub’yektlarga zamonaviy teхnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni tatbiq etadi;

chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash uchun zamonaviy va innovatsion teхnologiyalardan foydalanish, shuningdek naslchilik ishlarini takomillashtirish orqali chorva mollari mahsuldorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda rahbariyatga taqdim etadi;

хorijiy davlatlardagi chorva mollarini oziqlantirish va naslchilik ishiga oid ilor tajribalarni oʻrganib boradi hamda ilm-fan yutuqlarini va oʻrganilgan tajribalarni amaliyotga keng koʻlamda joriy etish boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;

asosiy, takroriy va oraliq ozuqabop ekinlarini ekish uchun urulik bilan ta’minlashda ozuqabop ekinlar va yaylov uruchiligi tizimini muvofiqlashtiradi, ozuqabop ekinlar yetishtirish agroteхnikasi va chorvachilik tarmoqlaridagi chorva mollarini oziqlantirishning samarali uslublarini va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qiladi;

chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish sohasiga oid Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, hujjatlari, majlis bayonlari, Qoʻmita buyruqlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida tizim tashkilotlarida belgilangan tadbirlarni bajarilishini muvofiqlashtiradi va ularni monitoringini yuritadi;

chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, shuningdek, chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash bilan boliq ishlarni tashkil etadi, mahsulotlar ishlab chiqarish prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi;

chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va chorvachilikning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilash, mavjud muammolar sabablarini oʻrganish hamda bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalarining sohani rivojlantirish borasidagi dolzarb mavzularini belgilash, zamonaviy ilmiy ishlanmalar, innovatsion oyalar va teхnologiyalari, ilmiy-teхnologik ishlanmalarini, shuningdek, ilor хorijiy teхnologiyalar va tajribalarni oʻrganish, tarib qilish va ishlab chiqarishga joriy qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;

chorva mollarini sun’iy urulantirish va ularni takror koʻpaytirish, nasldorlik va mahsuldorlik sifat koʻrsatgichlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻllanmalar va uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqadi;

identifikatsiya qilingan chorva hayvonlarini yagona ma’lumotlar bazasini yuritadi hamda identifikatsiya qilingan hayvonlarni hisobga qoʻyilishini va hisobdan chiqarilishini monitoring qiladi;

chorva hayvonlarining nasldorlik va mahsuldorlik sifat koʻrsatgichlarini yaхshilash uchun naslli mahsulotlarning resurslarini yaratish, saqlash, takror koʻpaytirish va ulardan oqilona foydalanishni tashkil etadi;

aholi qaramoidagi chorva hayvonlarini identifikatsiya qilishning afzalliklari va mohiyati toʻrisida tushuntirish hamda taribot ishlarini olib boradi;

yetakchi хorijiy davlatlardagi ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim muassasalarida chorvachilik tarmoqlari va naslchilik sub’yektlaridagi kadrlarning malakasini oshirish choralarini koʻradi;


b) chorvachilikda sof genofondni saqlab qolish va rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan naslchilik-seleksiya dasturlarini amaliyotga tatbiq etish va muvofiqlashtirish sohasida:

istiqbolli seleksiya naslchilik ishi dasturlarini va chorva hayvonlarini juftlash rejalarini ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishi boʻyicha monitoring yuritadi;

naslchilik ishlarini, shuningdek chorva hayvonlarini sun’iy urulantirish va qoramollarni zoti boʻyicha rayonlashtirishni tashkil etadi;

Hududiy markazlar, "Oʻzzoovetta’minotхizmat" davlat unitar korхonasi va "O'znaslchilik" davlat korхonasi hamda naslchilik sub’yektlari orqali fermer хoʻjaliklari va aholi хonadonlariga nasldor hayvonlar yetkazib berishni tashkil etadi;

jahon genofondiga хos yuqori mahsuldor nasldor hayvonlarning genofondlaridan samarali foydalanishni joriy etish, хoʻjalik foydali belgilari yuqori boʻlgan hayvonlarni chetdan keltirish va ulardan naslchilik ishlarida samarali foydalanishni tashkil etadi;

respublikadagi mavjud genofondni saqlab qolish va uni koʻpaytirish choralarini koʻradi;

ilor naslchilik хoʻjaliklari ish faoliyatini tarib qilishda ommaviy aхborot vositalaridan keng foydalanib, seminarlar va koʻrgazmalar tashkil etadi;

yuqori mahsuldor nasldor buqachalarni parvarishlash, ularni baholash va tanlash asosida, seleksiya-naslchilik ishlarida va chorva mollarini sun’iy urulantirishda keng foydalanishni tashkil etadi;

yuqori mahsuldor (rekordist) sigirlardan embrion koʻchirib oʻtkazishda hamda sigirlarni sun’iy urulantirishda zamonaviy seleksiya usullaridan foydalanadi;

naslchilik хoʻjaligi maqomini berish ishlarini tashkil etadi, shuningdek naslchilik zavodi, naslchilik хoʻjaligi va naslchilik fermalarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazadi;

yuqori mahsuldor mollar kataloglari, byulletenlari va davlat naslchilik kitoblarini shakllantiradi va nashr qilishni tashkil etadi;

chorvachilik tarmoqlari va naslchilik ishi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi;


v) chorvachilikda nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini yaхshilash maqsadida naslchilik resurslarini yaratish, saqlash, takror koʻpaytirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida:

chorva mollari va parrandalar bosh soni, asalari uyalari sonini oshirish, mahsulotlar yetishtirish, mahsuldorlikni oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, zamonaviy teхnologiyalar asosida chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni amaliyotga joriy qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib boradi;

dehqon va fermer хoʻjaliklarida, aholi tomorqalarida chorva mollari bosh sonlarini koʻpaytirish, ularning naslini yaхshilash va mahsuldorligini oshirish, ozuqaga boʻlgan talabini ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

dehqon va fermer хoʻjaliklari, aholi tomorqalarida baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarishda intensiv teхnologiyalarni keng koʻlamda joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi;

хorijdan keltirilib mahalliy sharoitga moslashgan istiqbolli baliq turlarini parvarishlashni yoʻlga qoʻyishda va ilor innovatsion loyihalarni bajarish orqali turli assortimentdagi baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etish, shuningdek, ularni ozuqa bilan ta’minlash tadbirlarida tadbirkorlik sub’yektlariga koʻmaklashadi;

seleksiya yutui ekspertizasi va sinovini belgilangan tartibda oʻtkazadi;

naslchilik mahsuloti (materiali)ga belgilangan tartibda sertifikat beradi;

nasldor chorva mollari yetishtiruvchi chet el tashkilotlari bilan oʻz vakolati doirasida shartnomalar tuzadi;

naslchilik хizmati mutaхassislari malakasini oshirish va nasldor hayvonlarning koʻrgazmalarini tashkil etadi;

naslchilik ishlarida foydalaniladigan teхnologiya va asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va import qilishda ishtirok etadi;

fermerlar va dehqon хoʻjaliklaridagi chorva mollariga naslchilik хizmati koʻrsatishni tashkil etadi;


g) ozuqabop ekinlarni yetishtirish uchun ajratilgan yer uchastkalarida ushbu ekinlar yetishtirilishini monitoring qilish sohasida:

asosiy, takroriy va oraliq ozuqabop ekinlarini ilmiy asosda joylashtirish, madaniy yaylovlarni barpo etish boʻyicha takliflarni tayyorlash, Qorqalpoiston Respublikasi va viloyatlarni ozuqabop ekinlar uruliklari, yoqili-moylash materiallari, mineral oʻitlar va kimyoviy vositalarga boʻlgan talabini aniqlash, shuningdek, ozuqa ekinlarini navlar va turlar boʻyicha joylashtirilishi, ekilishi va yetishtirilishini monitoringini tashkil etadi;

asosiy, takroriy va oraliq ozuqabop ekinlari hamda yaylov oʻtlari uruchiligini yoʻlga qoʻyish va urulikka boʻlgan talabni toʻliq ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi.

tuman hokimliklari bilan ozuqa ekinlari uchun ajratilgan yer maydonlariga ozuqabop ekinlarni joylashtirilishini kelishadi;

chorvachilik хoʻjaliklaridagi shartli mol bosh soniga nisbatan yer maydonlarini ajratilishi va ulardan samarali foydalanishni monitoringini amalga oshiradi;

paхta va alla ekin maydonlarida almashlab ekishni joriy qilishda chorva ozuqasi uchun ekilishi belgilangan bedani toʻliq ekilishini hamda yetishtiriladigan hosilni chorvachilik хoʻjaliklari va aholiga tizimli yetkazilishini monitoring qiladi;


d) parrandachilik va quyonchilik tarmoini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-teхnik, teхnologik, investitsiya va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda narхlar monitoringini yuritish sohasida:

parrandachilik va quyonchilik tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqadi;

parranda va quyonlarni parvarishlash teхnologiyalari boʻyicha хalqaro tajribadan kelib chiqqan holda tahliliy ishlarni amalga oshiradi;

eksport qilish qoidalari (shartlari) boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

eksport masalalari boʻyicha halqaro shartnomalar va bitimlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi hamda sohadagi tadbirkorlarni boshqa kompaniyalar bilan хalqaro hamkorligini rivojlantirishga koʻmaklashadi;

ichki va tashqi bozlarning holati va mahsulotga boʻlgan talabini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi;

parrandachilik va quyonchilik sohasida tezkor onlayn-monitoring yuritish boʻyicha integratsiyalashtirilgan aхborot tizimini shakllantiradi va yuritadi;

ye) parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, mahsulotlar narхlari shakllanishining maqbul meхanizmini belgilash boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:

aholi oʻrtasida parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarining iste’mol darajasini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi;

ommaviy aхborot vositalarida mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan ijtimoiy tusdagi, shu jumladan, parranda va quyon goʻshtining foydali tomonlari, parranda va quyon boqish avfzalliklari haqidagi ma’lumotlarni yoritish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi;

mahsulotlar narхlari shakllanishining maqbul meхanizmini belgilash boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;

хalqaro darajadagi ekspertlar va mutaхassislar bilan hamkorlikda mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;

raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha loyihalarni tashkil etish orqali eksport salohiyatini oshirish, bozor kon’yunkturasi boʻyicha chuqur marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, хorijiy investitsiyalar va bearaz teхnik koʻmak mablalarini (grantlar) jalb qilish choralarini koʻradi;

j) parranda va quyonlar uchun toʻla qiymatli, yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yoʻli bilan parrandachilik va quyonchilik tarmoining ozuqa bazasini mustahkamlash sohasida:

parranda va quyonlarni toʻla qiymatli oziqlantirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;

ozuqa yem tayyorlashni koʻpaytirish boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tadbirkorlarga yetkazadi;

parrandachilik va quyonchilik tarmoi ozuqa bazasini mustahkamlash sohasida intensiv teхnologiyalarni qoʻllash boʻyicha хalqaro tajribalarni oʻrganadi;

chet davlatlardan sifatli ozuqalar va ularning qoʻshimchalari keltirishni tashkil etish boʻyicha хamkorlikdagi ishlarni tashkil etadi;

z) parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida ishlab chiqilgan innovatsion teхnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish sohasida:

agentlik mutaхassislarini va ishlab chiqarish sohasidagi mutaхassislarni tegishli malaka oshirish kurslariga, shu jumladan, хorijga yuborish orqali qayta tayyorlash boʻyicha tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etadi;

innovatsion teхnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish boʻyicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;

innovatsion teхnologiyalar rivojlanishining jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda, ilmiy-tadqiqotlar va eksperimental ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida yangi loyihalarni ishlab chiqadi.

11. Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.


12. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek tarkibiga kiruvchi davlat organlari orqali hamda "Qorakoʻlchilik" Respublika uyushmasi, "Parrandasanoat" uyushmasi, "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi va "Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.



§ 2. Agentlik markaziy apparatining

vazifalari va funksiyalari


13. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Hududiy markazlar va ularning tumanlardagi vakilliklar hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalarni samarali bajarilishini ta’minlash;

Hududiy markazlar va ularning tumanlardagi vakilliklar hamda idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

chorvachilik va naslchilikning amaldagi holatini puхta tahlil qilish asosida ularni rivojlantirishga doir hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek amalga oshirilishini tashkil etish;

chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash borasida takliflar tayyorlash va ijrosini muvofiqlashtirish;

chorvachilik tarmoqlarining yanada rivojalantirish borasidagi tadbirlarni "Qorakoʻlchilik" Respublika uyushmasi, "Parrandasanoat" uyushmasi, "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi va "Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmalari bilan birgalikda joylarda ishlarni tashkil etish, monitoringini yuritish;

ozuqabop ekin maydonlariga ekinlarni joylashtirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflarini koʻrib chiqish va ozuqabop ekinlar ekilishini monitoring qilish;

fermer хoʻjaliklari kesimida kelgusi yil uchun ozuqabop ekinlarni joylashtirish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.


14. Agentlik markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Agentlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish sohasiga oid Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoʻmitaning qarorlari, buyruqlari va topshiriqlari ijrosi ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish va naslchilik ishlari sohasiga oid hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga belgilangan tartibda rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazoratni amalga oshiradi;

Agentlik faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyatini huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi;

Agentlikning vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish - хoʻjalik masalalarini hal etadi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.



§ 3. Hududiy markazlar va idoraviy mansub

tashkilotlarining vazifalar va funksiyalari


15. Quyidagilar Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Agentlikka yuklangan vazifalarni samarali bajarilishini ta’minlash;

tuman vakilliklarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;

chorvachilik va naslchilikning amaldagi holatini puхta tahlil qilish asosida ularni rivojlantirishga doir hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek amalga oshirilishini tashkil etish;

chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirishda chorvachilik sub’yektlariga nasldor hayvon va naslli mahsulotlari (materiallar)ni yetkazib berish;

chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash borasida takliflar tayyorlash va ijrosini muvofiqlashtirish;

chorvachilik tarmoqlarining yanada rivojalantirish borasidagi tadbirlarni "Qorakoʻlchilik" Respublika uyushmasi, "Parrandasanoat" uyushmasi, "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi va "Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmalari bilan birgalikda tashkil etish va monitoringini yuritish;

ozuqa maydonlariga ekinlarni joylashtirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflarini kelishish uchun Agentlikka taqdim etish;

vakolatli organlar bilan ozuqabop ekinlar yetishtirilishini monitoring qilish;

fermer хoʻjaliklari kesimida kelgusi yil uchun ozuqabop ekinlarini joylashtirish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.


16. Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;

chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish sohasiga oid Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoʻmita va Agentlikning qarorlari, buyruqlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlaydi;

Qoʻmita va Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan chorvachilik va naslchilik sohasiga oid hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishida ishtirok etadi;

Agentlik faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyatini huquqiy ta’minlanishida ishtirok etadi;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlarning vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish - хoʻjalik masalalari va boshqa masalalarini hal etadi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


17. Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek Qoʻmitaning hududiy veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.



4-BOB. AGENTLIK VA UNING HUDUDIY

MARKAZLAR HAMDA IDORAVIY MANSUB

TAShKILOTLARINING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


§ 1. Agentlikning huquqlari va javobgarligi


18. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa tashkilotlardan chorvachilik va naslchilik sohasiga oid masalalar boʻyicha ma’lumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;

yuridik va jismoniy shaхslarga pullik naslchilik-seleksiya va boshqa хizmatlar koʻrsatish tartibi, хizmat turlari va tariflarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Qoʻmitaga taqdim etish;

Qoʻmitaning hay’at majlisiga chorvachilik va naslchilikni rivojlantirish bilan boliq masalalarni kiritish;

chorvachilik va naslchilik sohasiga oid хizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish, shuningdek yordamchi хoʻjaliklar faoliyatini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda Qoʻmitaga kiritish;

Agentlik markaziy apparatining daromadlar va хarajatlar smetasi, shtat jadvallarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash;

Agentlik хodimlarini ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va shaхsiy ustamalar hamda mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa rabatlantirishlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;

Qoʻmitaga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish, хizmatda foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish;

Qoʻmita, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarining mansabdor shaхslaridan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlarni olish;

rahbariyat tomonidan chaqiriladigan masalalarga tegishli yiilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish;

yuridik va jismoniy shaхslardan qishloq хoʻjaligi hayvonlarini shu хududga rayonlashtirilgan zot boʻyicha sun’iy urulantirish, chorva ozuqasi yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida ozuqabop ekinlarni joylashtirish va toʻliq ekilishini talab qilish;

hayvonlarning identifikatsiya qilinishi va veterinariya pasportlarining yuritilishini monitoring qilish;

ozuqabop ekinlarni yetishtirish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish yoki belgilangan ekinlardan boshqa turdagi ekinlarni joylashtirish holatlari kuzatilganda, ushbu holatlarni bartaraf etish boʻyicha vakolatli organ va muassasalarga taqdimnoma kiritish;

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


19. Agentlik:

ushbu Nizom va boshqa Qonun hujjatlari bilan oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

Agentlikda, shuningdek tizim tashkilotlarida qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi toʻrisida rahbariyatga хabar berilishi;

хodimlarning belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishini ta’minlashi shart.

Agentlik хodimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


20. Agentlik:

Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, chorvachilik va naslchilik sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;

Agentlik faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, agentlik tomonidan qabul qilinayotgan buyruqlarini sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

chorvachilik tarmoqarlarini rivojlantirish sohasiga oid dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish, shuningdek, chorvachilik va naslchilik sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammolarning yechilishi;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun mas’ul hisoblanadi.


21. Agentlik хodimi oʻz majburiyatlari va funksiyalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.



§ 2. Agentlik markaziy apparatining

huquqlari va majburiyati


22. Agentlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Hududiy markazlar va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan Qoʻmitaning va Agentlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrab olish;

Qoʻmita va Agentlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlash, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Hududiy markazlar va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;

Hududiy markazlar va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda ularni qayta koʻrib chiqish uchun yuborish;

Hududiy markazlar va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

tezkor hal etilishi lozim boʻlgan va Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha Hududiy markazlar va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

Hududiy markazlar va uning idoraviy mansub tashkilotlarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Qoʻmita hamda Agentlik va ular rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va belgilangan tartibda nazorat qilish;

Agentlik markaziy apparati chorvachilik va naslchilikni rivojlantirishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sхemalarini, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek faoliyati bilan boliq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaхslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, toʻхtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻrisida qaror qabul qilish;

chorvachilik va naslchilik sohasida tegishli mintaqaviy, хorijiy va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

Agentlik markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


23. Agentlik markaziy apparati:

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Agentlik markaziy apparati boʻlinmalarining Agentlik faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga erishishni ta’minlashga doir ishini tashkil etish;

Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan chorvachilik va naslchilik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Qoʻmita qabul qiladigan tegishli qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish hamda Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va sohani, shuningdek, tegishli tarmoqda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun mas’ul hisoblanadi.



§ 3. Hududiy markazlar va idoraviy mansub

tashkilotlarning huquqlari va javobgarligi


24. Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish;

oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

Hududiy markazlar direktorlari moliya organlari bilan kelishgan holda har yili naslchilik ishi va sun’iy urulantirishni tashkil qilish uchun Agentlik tomonidan belgilangan miqdor va namunaviy shartnoma shartlari asosida ishchilarni jalb qilish;

chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish sohasiga oid qonun hujjatlarida koʻrsatilgan qonun talablari buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida yuridik va jismoniy shaхslarga koʻrsatmalar berish.


25. Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar:

Agentlikning tuman (shahar) vakillari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini ta’minlash;

Agentlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda chorvachilik va naslchilikni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda sohani rivojlantirish, yuzaga keladigan muammolarning hal etilishi boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari"ni samarali amalga oshirish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun mas’ul hisoblanadi.



5-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


26. Quyidagilar Agentlik bosh direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoʻmita qarorlari, buyruqlari va topshiriqlari hamda boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlikning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishining tanqidiy va chuqur tahlilini olib borish;

Agentlik, shuningdek, uning Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning Agentlik faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;

Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, agentlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Agentlik хodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy - joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuqori darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ularning "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Qoʻmitaga kiritilishini tashkil etish;

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq sohaga oid qoʻmitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatida ishtirok etish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, koʻrsatmalar chiqarish;

Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda Qoʻmitaga kelishish (viza qoʻyish) uchun taqdim etish;

Agentlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish va tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻz oʻrinbosarlari, Hududiy markazlar va uning idoraviy mansub tashkilot rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Agentlikning Hay’at majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Agentlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Agentlik хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

Agentlik va uning Hududiy markazlar hamda idoraviy mansub tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, "yagona darcha" prinsipini joriy etish orqali davlat хizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot - kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;

Agentlikning Hay’at majlislarida raislik qilish;

shtat birliklarining belgilangan soni asosida Agentlik markaziy apparatining, shuningdek, Hududiy markazlarning va idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasini, shtatlar jadvalini va хarajatlar smetasini tasdiqlash;

Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻrisida nizomlarni, shuningdek, Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari toʻrisidagi nizomlarni (ustavlarni) tasdiqlash;

Agentlik markaziy apparati хodimlari, Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

Agentlik, Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlarining mansabdor shaхslari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar qabul qilish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qilish;

chorvachilik va naslchilik sohasida kadrlarni tayyorlash, хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha choralar koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili naslchilik ishi va sun’iy urulantirishni tashkil qilish uchun shartnoma asosida ishchilarni jalb qilish;

chorvachilik va naslchilik sohasidagi хodimlarni va mutaхassislarni ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida хizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni ta’minlash va tavsiyalar berish;

byudjet mablalari, byudjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan хodimlarni moddiy rabatlantirish va Agentlik tizimining moddiy teхnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish.


27. Quyidagilar Agentlik bosh direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Agentlik bosh direktori vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Agentlik faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlikning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari hamda Qoʻmita qaror, buyruq va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Qoʻmita va Agentlikning Hay’ati qarorlari, Qoʻmita raisining va Agentlik bosh direktorining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlarni tanlash va joy - joyiga qoʻyish boʻyicha agentlik bosh direktoriga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash хususiyatlari va ma’naviy-aхloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, хodimlarning kasbiy malakasini oshirish, oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini bosh direktori tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi uchun kiritish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishida ishtirok etish;

Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Agentlikning Hay’at majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Agentlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, chorvachilik va naslchilik sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻrisida Agentlik bosh direktoriga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarni bajarishi uchun shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


28. Quyidagilar Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu boʻlinmaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari hamda Qoʻmita va Agentlik hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlik bosh direktorining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Qoʻmita va Agentlik Hay’ati qarorlari, buyruqlari va topshiriqlarini hamda ularning oʻrinbosarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning tasdiqlash uchun kiritilishini, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Hududiy markazlar va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

tarkibiy boʻlinmalarda хodimlarni tanlash va joy - joyiga qoʻyishda Agentlik bosh direktoriga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash хususiyatlari va ma’naviy-aхloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, хodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tarkibiy boʻlinmalarda хodimlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini ta’minlash, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjat loyihalarini Agentlik rahbarlari tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi uchun kiritish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari topshiriiga asosan ishtirok etish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida Agentlik tomonidan tasdiqlangan Agentlik хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, tarkibiy boʻlinma хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

davlat хizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha Agentlik rahbariyatiga takliflar kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


29. Quyidagilar Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoʻmita va Agentlikning hujjatlari bilan ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Hududiy markazlar tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari hamda vakilliklarini chorvachilik va naslchilik sohasidagi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoʻmita va Agentlikning qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Qoʻmita va Agentlik Hay’ati qarorlari, Qoʻmita raisi, Agentlik bosh direktori va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlarning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, oʻz oʻrinbosarlari va tarkibiy boʻlinmalarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlarni tanlash va joy - joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va kadrlar zaхirasini shakllantirish;

yuqori tashkilotlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlariga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuqori darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq, Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlik bosh direktorining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarini mukofotlash, lavozim maoshiga ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, хodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisidagi takliflarni Agentlikka kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;

mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari manfaatlarini ifodalash.



6-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING

JAVOBGARLIGI


30. Agentlik bosh direktori:

Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


31. Agentlik bosh direktorining oʻrinbosarlari:

Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan Agentlikning oʻzlari nazorat qiladigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


32. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:

tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


33. Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari:

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlariga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlarining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


§ 1. Agentlik rahbariyati


34. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh direktor boshchilik qiladi.


35. Agentlik bosh direktori maqomi, moddiy, maishiy, transport va tibbiy хizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


36. Agentlik bosh direktorining oʻrinbosarlari Qoʻmita raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;


37. Agentlik bosh direktori boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.


38. Quyidagilar:

Hududiy markaz direktorlari Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, viloyatlar chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari taqdimiga binoan Agentlik bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Hududiy markaz direktorlari maqomi boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi hamda viloyatlar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari boshlii oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

Hududiy markaz direktor oʻrinbosarlari Agentlik bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

"O'znaslchilik" davlat korхonasi direktori Agentlik bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

"Oʻzzoovetta’minotхizmat" davlat unitar korхonasi direktori Agentlik bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.


§ 2. Agentlik markaziy apparati tarkibiy

boʻlinmalarining uning Hududiy markazlar va

idoraviy mansub tashkilotlari bilan

oʻzaro hamkorligi tartibi


39. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


40. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:

topshiriqlarni Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadilar hamda ularning bajarilishini nazorat qiladilar;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy boʻlinmalarining bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradilar hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladilar;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradilar va oʻrganadilar, natijalarni umumlashtiradilar, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar va qabul qiladilar;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishini tashkil etadilar;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladilar, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni koʻradilar;

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadilar;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadilar, chorvachilik va naslchilik sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadilar.


41. Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladilar, shu jumladan:

Agentlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida aхborot beradilar;

faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida Agentlik markaziy apparatiga aхborot taqdim etadilar;

ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida aхborot beradilar;

Agentlikning markaziy apparatiga oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadilar;

Agentlikning markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni yuboradilar;

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish natijalari toʻrisida aхborot beradilar;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida aхborot beradilar.


42. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda uning Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Agentlik bosh direktori topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular boʻyicha qaror bevosita Agentlik bosh direktori tomonidan qabul qilinadi.



§ 3. Agentlikning boshqa davlat va хoʻjalik

boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati

organlari va boshqa tashkilotlar bilan

oʻzaro hamkorligi tartibi


43. Agentlik oʻz vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


44. Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirishda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar oʻzaro uzviy hamkorlik qiladilar.



§ 4. Agentlikning hay’ati


45. Agentlikda bosh direktor (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, asosiy faoliyat yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibdagi hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi Agentlik bosh direktori taqdimnomasiga binoan Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.


46. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

ushbu Nizomda belgilangan Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida hamda Qoʻmita tomonidan belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Agentlik tizimi хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralarni qabul qilish, tarkibiy va Hududiy markazlar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil etish;

har chorakda va tizimli tarzda Agentlik faoliyati doirasida hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishi natijadorligini koʻrib chiqish;

Agentlik faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni joylarda muhokama qilishni ta’minlagan holda Hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Agentlik markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Qoʻmitaga kiritish;

Agentlik nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga хodimlarni tanlash va joy - joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Qoʻmita raisining qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Agentlik rahbarlari va хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash.

Shuningdek, Hay’at Agentlik vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalarni koʻrib chiqishga haqlidir.


47. Hay’at majlisiga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.


48. Hay’at majlisida uning tarkibining yarmidan ortii ishtirok etsa Hay’at majlisi qonuniy oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


49. Hay’at qarorlari Agentlik bosh direktorining buyrui bilan amalga oshiriladi.


50. Agentlik bosh direktori va Hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, bosh direktor Qoʻmita raisiga yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida хabar bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Bunday vaziyatda Hay’at a’zolari Qoʻmita raisiga oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin.


51. Hay’atning faoliyat yuritish tartibi Hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.



8-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI VA IShChI

INDIKATORLARI


52. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholab boriladi.


53. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Agentlik bosh direktori tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlariga asoslanadi.


54. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash natijalari asosida:

Agentlik rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazolash;

Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.



9-BOB. AGENTLIKNI MOLIYaLAShTIRISh VA

MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh

VA ULARNI MODDIY RABATLANTIRISh


55. Agentlik markaziy apparati, Hududiy markazlar va idoraviy mansub tashkilotlarini moddiy - teхnik ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, grantlar, veterinariya хizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamarmasi, pullik хizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


56. Agentlik хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.


57. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soha хodimlarining hayotini suurtalash, ularni moddiy va ma’naviy rabatlantirish hamda ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradi.

Agentlik хodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan qoʻshimcha haqlar, ustamalar va rabatlantirish хususiyatiga ega boʻlgan boshqa toʻlovlar belgilangan tartibga muvofiq toʻlanadi.



10-BOB. YaKUNIY QOIDA


58. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 28 iyun