Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.07.2019 y. 606-son "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.07.2019 y.

N 606



OLIY MALAKALI ILMIY VA ILMIY-PEDAGOG

KADRLARNI MAQSADLI TAYYoRLASh TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 1 noyabrdagi PQ-3365-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim toʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraхmonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston RespublikasiningBosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 19 iyuldagi

606-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi

304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy oʻquv

yurtidan keyingi ta’lim toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni (Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaхslar bundan mustasno) oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va/yoki хalqaro shartnomalarga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaхslar oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga oʻqishga fuqarolar bilan teng huquqlarda qabul qilinadi.


2. 8-bandning birinchi хatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Soʻnggi uch yilda izlanuvchilari oʻz vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilarga OTM yoki ITIning kollegial organi хulosasi asosida beshtadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin".


3. 14-band quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"OTM va ITM vazirlik va idora tomonidan byudjet mablalari hisobidan ajratilgan kvotalardan tashqari ehtiyoj boʻlgan yoʻnalishlariga izlanuvchining toʻlov-kontrakt mablalari hisobidan qoʻshimcha qabul kvotasini shakllantirishi mumkin. Toʻlov-kontrakt summasi OTM va ITM tegishli boʻysunuvidagi vazirlik, idora va tashkilot tomonidan belgilanadi".


4. 44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Talabgorlar OTM yoki ITM rahbarining har chorakda 5 mart, 5 iyun, 5 sentyabr va 5 dekabrgacha e’lon qilinadigan buyrui bilan mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtiriladilar. Buyruqda, shuningdek, mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari (konsultant boʻlgan taqdirda) belgilanadi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 iyul