Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.10.1997 y. PF-1869-son "Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

06.10.1997 y.

N PF-1869


TA’LIM-TARBIYa VA KADRLAR TAYYoRLASh

TIZIMINI TUBDAN ISLOH QILISh,

BARKAMOL AVLODNI VOYaGA

YeTKAZISh TOʻRISIDA


Mavjud ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga koʻtarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida:


1. "Ta’lim toʻrisida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash boʻyicha milliy dasturni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi deb hisoblansin.

Respublikada ta’lim-tarbiya tizimini tubdan oʻzgartirish yoʻlida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish va bu borada qabul qilingan hujjatlar mohiyatini keng jamoatchilik tomonidan chuqur anglab olinishiga har tomonlama sharoit yaratish - davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish idoralari, ta’lim-tarbiya muassasalari хodimlarining eng dolzarb vazifalari etib belgilansin.


2. Kadrlar tayyorlash boʻyicha milliy dasturni amalga oshirish Respublika komissiyasi ilovaga* muvofiq tuzilsin.

Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

"Ta’lim toʻrisida"gi Qonunni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosati tamoyillarini hayotga tatbiq etish;

respublika vazirliklari, idoralari va muassasalari hamda mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh etish bilan boliq faoliyatini muvofiqlashtirish;

kadrlar tayyorlash tizimi huquqiy-me’yoriy asosini Milliy dastur talablariga mos ravishda qayta koʻrib chiqishni tashkil qilish;

uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga tatbiq etishni ta’minlash;

uzluksiz ta’lim tizimining Milliy modelini amalga oshirishni ta’minlash;

kadrlarga boʻlgan talab va taklifni oʻrganish asosida ta’lim tizimining istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash;

uch yillik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari tizimini Milliy dastur talablari asosida tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;

хalqaro donorlar, хorijiy investorlar, jamarma va jamoat tashkilotlarining mablalarini jalb etish va ulardan unumli foydalanishga sharoit yaratish;

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining monitoringini olib borish;

Milliy dasturning bajarilishi haqida ommaviy aхborot vositalari orqali muntazam ma’lumot berib borishni tashkil etish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ustuvor vazifalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari va ular uchun mas’ul ishchi guruhlari tarkibi tasdiqlansin.

Ishchi guruhlar faoliyatiga yuqori malakali mutaхassislar va olimlar hamda хorijiy ekspertlarni keng jalb etish nazarda tutilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonda belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.