Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar vazirining 15.07.2019 y. 184-son "Avtomototransport vositalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 24.07.2019 y. 2050-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

24.07.2019 y.

N 2050-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRINING

15.07.2019 y.

N 184


BUYRUI



Avtomototransport vositalarini qayta roʻyхatdan

oʻtkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga

oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning

2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 23 maydagi OʻRQ-542-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan boliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2009 yil 13 oktyabrdagi 107-son buyrui (roʻyхat raqami 2050, 2009 yil 30 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 50-51-son, 545-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaning 2-bandi ikkinchi хatboshisidagi "Milliy хavfsizlik хizmati va Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlariga" degan soʻzlar "Davlat хavfsizlik хizmati va Ichki ishlar vazirligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                            P. Bobojonov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 24 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 29 iyul, 30-son, 534-modda