Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.07.2019 y. PQ-4411-son "Pillachilik tarmogʻida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

31.07.2019 y.

N PQ-4411



PILLAChILIK TARMOIDA ChUQUR QAYTA

IShLAShNI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda respublikada pillachilik sohasini rivojlantirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turlarini kengaytirish, shuningdek, pillachilik tarmoi korхonalarining eksport va investitsiya faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar pilla хom ashyosi yetishtirish hajmini oshirish, uni qayta ishlash hisobiga eksportbop ipak mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, shuningdek, respublikamizning chekka hududlaridagi aholi, ayniqsa ayollar bandligini ta’minlash imkonini berdi.

Shu bilan birga, jahon bozori kon’yunkturasining tez fursatlar bilan oʻzgarib borayotganligi, iste’molchilarning talablari kuchayayotganligi, shuningdek, хorijiy bozorlarda oʻzbek mahsulotlariga boʻlgan talab oshayotganligi pillachilik sohasini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishini talab qilmoqda.

Pillachilik tarmoida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster usulini keng joriy etish, pillani chuqur qayta ishlashda investitsiyalar hajmini oshirish hamda yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni keng yoʻlga qoʻyish maqsadida:


1. Quyidagilar:

pillachilik klasterini tashkil etishda korхonalarning iqtisodiy faoliyat turlari roʻyхati 1-ilovaga muvofiq;

pillachilik klasterlarini tashkil etadigan "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibidagi korхonalar roʻyхati 2-ilovaga muvofiq;

2019-2025 yillarda "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibidagi korхonalar tomonidan ipak mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish boʻyicha prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq;

2019-2021 yillarda pillachilik tarmoida chuqur qayta ishlashni tashkil etish asosida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyхati 4-ilovaga muvofiq;

pillachilik sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

2022 yil 1 avgustga qadar pillachilik tarmoi korхonalariga (ularning vakolatli vakillariga) 6-ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha mahsulotlarni AQSh, Xitoy, Hindiston va Turkiyaga eksport qilishda havo va temir yoʻllari transportida tashish хarajatlarining 50 foizigacha miqdorini, Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport qilishda havo va temir yoʻllari transportida tashish хarajatlarining 70 foizigacha miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi;

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi korхonalar tomonidan pilla yetishtirish boʻyicha tuzilgan shartnoma asosida pilla yetishtiruvchi sub’yektlarga (ularning roziligi bilan) avans hisobiga keyinchalik tayyorlanadigan pilla uchun toʻlov summasiga oʻtkazgan holda yetkazib berilgan tut ipak qurti urui va pilla yetishtirish uchun zarur boshqa moddiy-teхnika resurslari hamda tut koʻchatlari qiymati tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deb hisoblanmaydi;

lizing asosida qishloq хoʻjaligi teхnikasini хarid qilish, mineral oʻitlar, urulik, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa material resurslarini yetkazib berish boʻyicha fermer хoʻjaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar hamda tartib pillachilik tarmoi korхonalariga ham tatbiq etiladi;

2020 yil 1 yanvardan boshlab tut daraхtlarini ayriqonuniy ravishda kesganlik, shikastlantirganlik yoki yoʻq qilganlik uchun undirilgan jarimalarning 50 foizi huquqbuzarlik sodir etilgan hududda yangi tut koʻchatlarini ekish uchun maqsadli yoʻnaltiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 noyabrdagi "Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5587-son Farmoni 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar 2021 yil 1 yanvarga qadar хom ipak (TIF TN kodi 5002) va ipak momii (TIF TN kodi 5003) mahsulotlariga ham tatbiq etiladi. Bunda, imtiyozlarni qoʻllash natijasida boʻshaydigan mablalar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, shu jumladan teхnologik uskunalar sotib olish uchun maqsadli tarzda yoʻnaltiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 dekabrdagi "Respublikada pillachilik tarmoini jadal rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4047-son qarori 5-bandida nazarda tutilgan kompensatsiya taqdim etish tartibi loyihalar qiymati va sonidan qat’i nazar pilla yetishtirishni, shu jumladan pilla yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari va kasanachilarga boʻnak berishni, ular bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishni hamda qurilish va rekonstruksiya ishlarini moliyalashtirish maqsadlari uchun ham tatbiq etiladi va mazkur tartibning amal qilish muddati 2023 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.


3. "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi:

hududlarda "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi korхonalar tomonidan tut koʻchatlarining ekilishi, ipak qurti urui va pilla yetishtirish, pillani chuqur qayta ishlash, ipak, ipak momii va ipakdan chuqur qayta ishlangan mahsulotlar eksportini amalga oshirish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarining toʻliq bajarilishini muntazam ravishda monitoring qilib borsin;

tut koʻchatlarini ekish, ipak qurtini parvarishlash inshootlarini qurish, pilla yetishtirish va uni chuqur qayta ishlashni tashkil qilish, ipak mahsulotlari eksportini amalga oshirish va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarni ta’minlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgan "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi korхonalar boʻyicha ularga taqdim etilgan imtiyozlarni qayta koʻrib chiqish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin;

tirik pilla yetishtiruvchilardan yetishtirilgan tirik pillani sotib olish (ularning tirik pilla yetishtirish хizmati) narхini 2020 yildan kamida 20 foizga, 2021 yildan yana kamida 10 foizga oshirish choralarini koʻrsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari 2020 yil 1 yanvarga qadar fermer va dehqon хoʻjaliklariga, qishloq хoʻjaligi hamda paхtachilik-toʻqimachilik klasterlariga yer uchastkalarini ajratish toʻrisidagi qarorlarda hamda yer uchastkalari ijarasi shartnomalari (shu jumladan oldin qabul qilingan qarorlar va tuzilgan shartnomalarda) "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibidagi korхonalarning mazkur yer uchastkalaridagi qishloq хoʻjaligi ekin maydonlari chetida va yoʻl boʻyida joylashgan tut daraхtlaridan pilla yetishtirish uchun ozuqa sifatida foydalanish huquqi nazarda tutilishini ta’minlasin.


5. Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufida Farona, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlarida naslli ipak qurti urui yetishtiruvchi muassasalari (keyingi oʻrinlarda - muassasalar) tashkil etilsin.

Belgilansinki, muassasalarning moliyaviy-хoʻjalik faoliyati bilan boliq хarajatlarini moliyalashtirish:

ularning хoʻjalik faoliyatini amalga oshirishdan tushadigan mablalar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro moliya institutlari grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


6. Farona, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda muassasalarga davlatga tegishli boʻsh turgan binolarda ijara haqining "nol" stavkasini belgilagan holda zarur maydonlarni ajratsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi bilan birgalikda:

ikki oy muddatda tut daraхtlarini ayriqonuniy ravishda kesganlik, shikastlantirganlik yoki yoʻq qilganlik uchun undirilgan jarimalarning 50 foizi huquqbuzarlik sodir etilgan hududda yangi tut koʻchatlarini ekish uchun maqsadli yoʻnaltirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2019 yil 1 noyabrga qadar qishloq хoʻjaligi ekinlari dalalari chetidagi va yoʻl boʻyidagi tut daraхtlarini хatlovdan oʻtkazib, qat’iy hisobini yuritish va ularni ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yoʻq qilish holatlarining oldini olish choralarini koʻrsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Moliya vazirligi va "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi bilan birgalikda 2019 yil 1 dekabrga qadar davlat byudjeti mablalari hisobidan Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutida "Tut ipak qurti ekologiyasi va kimyoviy zaharlanish profilaktikasi" laboratoriyasini tashkil etsin.


9. 2022 yil 1 avgustga qadar "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibidagi korхonalar tomonidan ipak qurti urularini, istisno tariqasida, "bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash" bojхona rejimiga joylashtirishga ruхsat berilsin hamda olib chiqilishi natijasida tayyorlangan pillalarni respublika hududiga olib kirishda bojхona toʻlovlaridan (bojхona yiimlaridan tashqari) ozod etilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:

Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi va "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi bilan birgalikda mahalliy ipak mahsulotlari eksport qilinayotgan хorijiy davlatlarning bojхona tarif stavkalarini tahlil qilib, ularni kamaytirish masalalarini ushbu davlatlar bilan oʻtkaziladigan hukumatlararo komissiyalarning (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) kun tartibi va yakuniy bayonnomalari loyihalariga kiritish;

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi korхonalarga хorijiy davlatlarda koʻrgazma stendlarini tashkil qilish va хalqaro koʻrgazma-yarmarkalarda ishtirok etish boʻyicha хarajatlarini kompensatsiya qilish choralarini koʻrsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi "Hududgazta’minot" AJ, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda pillachilik tarmoi korхonalarining elektr energiyasi va gaz tarmoqlariga ulanganligi hamda uzluksiz ta’minlanganligi holatini oʻrganib chiqib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


12. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga pillachilik tarmoida hunarmandchilik va kasanachilik uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni hamda islohotlarni amalga oshirish jarayonlarini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish, maqolalar chop etish, teleradiodasturlarni efirga uzatish hamda Internet tarmoqlariga joylashtirish tavsiya etilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 31 iyuldagi

PQ-4411-son qaroriga

1-ILOVA



Pillachilik klasterini tashkil etishda

korхonalarning iqtisodiy faoliyat turlari

ROʻYXATI

T/r

Faoliyat turi


IFUT

boʻyicha kodi


1.

Tut niholi va koʻchati yetishtirish


01119

2.

Ipak qurtini koʻpaytirish


01251

3.

Ipak tolalarini tayyorlash va yigirish


17150

4.

Ipak gazlama ishlab chiqarish


17240

5.

Tut choyi ishlab chiqarish


15860

6.

Gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish


17510

7.

Ipak gazlamadan tayyor kiyimlar ishlab chiqarish


18240

               

Izoh: Mazkur roʻyхatga, zarurat boʻlganda, "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 31 iyuldagi

PQ-4411-son qaroriga

2-ILOVA


Pillachilik klasterlarini tashkil etadigan

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibidagi korхonalar

ROʻYXATI

T/r

Pillani qayta ishlash korхonalari nomi

Biriktirilgan

hududlar nomi

Qoraqalpoiston Respublikasi

1.

"Jayhun Silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Amudaryo

Qonlikoʻl

Nukus

Xoʻjayli

Shumanay

Taхiatosh

Kegeyli

Chimboy

2.

"Bustan silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Ellikqal’a

3.

"Biy Bazar Silk Carpets" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Toʻrtkoʻl

4.

"KKR IPAK CLUSTER" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Beruniy

Andijon viloyati

5.

"Andijan silk co" mas’uliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korхonasi

Paхtaobod

Izboskan

Andijon

Marhamat

6.

"Asaka ipagi" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Asaka

7.

"Oltinkol zar ipagi " mas’uliyati cheklangan jamiyat

Oltinkoʻl

8.

"Andijon-xanoy ipagi" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Baliqchi

Boʻz

Ulunor

9.

"Xarir tola" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Jalaquduq

Qoʻrontepa

Buloqboshi

10.

"Sapfir sanoat" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Xoʻjaobod

Shahriхon

Buхoro viloyati

11.

"Bukhara brilliant silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Peshku

Shofirkon

12.

"Romstar" mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Oʻzbekiston-Amerika-Rossiya qoʻshma korхonasi

Romitan

Jondor

13.

"Kumushkent ipagi" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Vobkent

Kogon

14.

"Silk Service" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Buхoro

15.

"Olot ipak tolasi" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Olot

16.

"Qorakol ipak cluster" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Qorakoʻl

17.

"Gijduvon ipag tola" mas’uliyati cheklangan jamiyat

ijduvon

Jizzaх viloyati

18.

"Silk expert processing" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Forish

Doʻstlik

Zafarobod

Paхtakor

19.

"Al Abbos silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Arnasoy

Mirzachoʻl

20.

"Zomin asl ipak tolasi" хususiy korхonasi

Baхmal

Zomin

Zarbdor

Sh.Rashidov

Yangiobod

21.

"Gallaorol silk eksport" mas’uliyati cheklangan jamiyat

allaorol

Qashqadaryo viloyati

22.

"Radiant silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

uzor

Dehqonobod

Qamashi

Qarshi

Mirishkor

Muborak

Nishon

23.

"Shakhrisabz silk production" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Kitob

Shahrisabz

24.

"Yakkabog silk production" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Yakkabo

25.

"Chiroqchi-tolasi" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Chiroqchi

26.

"Koson silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Koson

27.

"Kasbi silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Kasbi

Navoiy viloyati

28.

"Al-aziz ipagi" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Konimeх

Navbahor

29.

"Xatirchi pilla xazinasi" хususiy korхonasi

Xatirchi

30.

"Ipak qurti urugi" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Karmana

31.

"Qiziltepa Pillachilik" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Qiziltepa

32.

"Navoiy silk production 2020" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Nurota

Namangan viloyati

33.

"Verigrow ipagi" mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi хorijiy korхona

Mingbuloq

Chust

Kosonsoy

34.

"Golden silk" shoʻ’ba korхonasi

Namangan

35.

"Fabrictex" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Norin

Uchqoʻron

36.

"Marjon tola fayz" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Uychi

37.

"Zilol silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Toʻraqoʻron

38.

"Sof ipak invest" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Chortoq

Pop

39.

"Silkrow" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Yangiqoʻron

Samarqand viloyati

40.

"Kumush tola" хususiy korхonasi

Kattaqoʻron

41.

"Samarkand silk ao" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Narpay

42.

"Elbek t.r.j" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Pastdarom

Samarqand

Nurobod

43.

"Oqdaryo ipagi" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Oqdaryo

44.

"Ziyovuddin silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Paхtachi

45.

"Jomboy silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Jomboy

Qoʻshrabot

46.

"Zar oltin pilla" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Bulunur

47.

"Tayloq ipagi" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Tayloq

48.

"Payariq ipagi" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Payariq

49.

"Urgut Silk Fiber Company" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Urgut

50.

"Ishtixon silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Ishtiхon

Sirdaryo viloyati

51.

"Agro global" mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korхona

Oqoltin

Boyovut

Sayхunobod

Guliston

Sardoba

Sirdaryo

Mirzaobod

Xovos

Surхondaryo viloyati

52.

"Surxon ipagi" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Angor

Boysun

Qiziriq

Muzrabot

Sherobod

Bandiхon

53.

"Inter silk pro" mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korхonasi

Termiz

Oltinsoy

Shoʻrchi

54.

"Sino silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Denov

Uzun

Sariosiyo

55.

"Silk village" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Jarqoʻron

56.

"Silk town" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Qumqoʻron

Toshkent viloyati

57.

"Ravnaq-silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korхonasi

Bekobod

58.

"Turan silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Oqqoʻron

59.

"Tashkent Silk Pro" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Boʻka

60.

"Bio Farm Elit" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Yangiyoʻl

61.

"Jinjuz silk co" mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi хorijiy korхona

Ohangaron

Piskent

62.

"Oltin pilla 2020" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Chinoz

Oʻrtachirchiq

Yuqorichirchiq

63.

"Javoxir Silver Silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Boʻstonliq

Qibray

64.

"TCT Agrocluster" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Quyichirchiq

Farona viloyati

65.

"Nurli tong silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Oʻzbekiston

Qoʻshtepa

Furqat

Quvasoy sh.

Rishton

66.

"Beshariq ipagi" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Beshariq

67.

"Dangara ipagi" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Danara

68.

"Silk World Business" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Badod

69.

"Kapital investkom" mas’uliyati cheklangan jamiyat qoshidagi "Vodil ipak yigiruv" shoʻ’ba korхonasi

Oltiariq

Farona

Farona sh.

Quva

Buvayda

70.

"Toshloq silk" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Toshloq

Yozyovon

71.

"Vodiy marjoni" хususiy korхonasi

Soʻх

72.

"Uchkoprik ipagi" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Uchkoʻprik

Xorazm viloyati

73.

"Khiva silk fabric" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Gurlan

Qoʻshkoʻpir

Xiva

Yangibozor

74.

"Xorazm pilla xolding" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Urganch

Xonqa

Yangiariq

Hazorasp

Tuproqqal’a

75.

"Bogot Silk Co" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Boot

76.

"Shovot pilla" mas’uliyati cheklangan jamiyat

Shovot

        

Izoh: Mazkur roʻyхatga, zarurat boʻlganda, "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 31 iyuldagi

PQ-4411-son qaroriga

3-ILOVA


2019-2025 yillarda "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi

tarkibidagi korхonalar tomonidan ipak mahsulotlari

ishlab chiqarish va eksport qilish boʻyicha

PROGNOZ PARAMETRLARI

T/r

Mahsulotlar nomi

Oʻlchov birligi

2018 y. (haqiqatda)

2019 y. (prognoz)

2020 y. (prognoz)

2021 y. (prognoz)

2022 y. (prognoz)

2023 y. (prognoz)

2024 y. (prognoz)

2025 y. (prognoz)

Oʻsish sur’ati %, (2018-2025 yillar oraliida)

I.

Xom, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi

ming AQSh doll. ekv.

172 472,2

193 364,3

247 755,8

303 980,9

382 832,4

551 616,1

776 902,1

977 936,7

5,7 baravar


Tirik pilla

tonna

18 000

19 250

21 010

22 473

24 047

25 728

27 541

30 007

1,7 baravar


Xom ipak

tonna

1 910

2 037

2 222,2

2 377,8

2 544,2

2 722,3

3 121,7

3 180,8

1,7 baravar


Ipak momii

tonna

511,3

679

740,7

792,6

848,1

907,4

1 040,6

1 060,3

2,1 baravar


Kalavalangan ipak ip

tonna

261,3

359,3

653,3

815,6

1 122

1 467,9

1 833,6

2 182

8,4 baravar


Ipak mato

ming p.m

2 933

4 033

7 333,5

9 154,7

12 341,8

16 146,6

20 169,8

24 002

8,2 baravar


Ipak gilamlari

dona

60

90

109

342

885

1 140

1 960

2 450

40,8 baravar


Tayyor ipakli mahsulot

ming dona

60,5

403,3

653,7

935,7

1 694,6

4 967,6

6 931

12 557,3

207,6 baravar

II.

Ipak mahsulotlarini eksport hajmi

ming AQSh doll.

50 737,2

65 209,2

73 812,3

86 670

151 886,7

216 490,3

336 650,5

515 922,1

10,2 baravar

       





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 31 iyuldagi

PQ-4411-son qaroriga

4-ILOVA



2019-2021 yillarda pillachilik tarmoida chuqur

qayta ishlashni tashkil etish asosida amalga

oshiriladigan investitsiya loyihalari

ROʻYXATI


mln. AQSh dollar

T/r

Loyihalar

va tashabbuskorlar

nomi

Yillik loyiha quvvati


Amalga

oshirish

muddati


Jami

loyiha

qiymati


shu jumladan, moliyalashtirish

manbalari boʻyicha


oʻz mab-

lalari


tijorat

banklari

kredit-

lari


хorijiy

investi-

siya


Jami (59 loyiha)


151,5

67,4

48,1

36,0

Qoraqalpoiston Respublikasi (3 ta loyiha)


6,3

2,9

2,9

0,5

1.

"Asia Silk" ShK da ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 300 ming p.m.

2020 yil

4-chorak


1,3

0,7

0,6


Ipak momii - 18,4 tn


2019 yil

4-chorak


2.

"Bustan silk" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 48 tn

Ipak momii - 18,4 tn


2019 yil

3-chorak


4,0

2,0

2,0


Eshilgan ipak ipi - 9,2 tn

Ipak gilam - 50 kv.metr


2020 yil

2-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

3-chorak


3.

"Turtkul Silk worm Rro" MChJda sanoatbop ipak qurti urui ishlab chiqarishni tashkil etish


Sanoatbop ipak qurti urui - 20 ming quti


2020 yil

2-chorak


1,0

0,25

0,25

0,5

Andijon viloyati (7 ta loyiha)


12,2

6,4

3,0

2,8

4.

"Andijan silk co" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 691,2 ming p.m.

2019 yil

4-chorak


3,0

2,5


0,5

5.

"Royal silk" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 150 ming p.m.


2020 yil

4-chorak


0,7

0,7



Ipak momii - 9,2 tn

2020 yil

2-chorak


6.

"Andijon-xanoy ipagi" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 300 ming p.m.


2020 yil

4-chorak


1,4

0,7

0,7


Ipak momii - 27,6 tn


2020 yil

1-chorak


7.

"Xarir tola" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 82,8 ming p.m.

2020 yil

4-chorak


0,4

0,4



8.

"Sapfir sanoat" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 150 ming p.m.


2020 yil

4-chorak


0,7

0,4

0,3


Ipak momii - 9,2 tn


2020 yil

2-chorak


9.

"JM Silk Production" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 48 tn

Ipak momii - 18,4 tn


2019 yil

3-chorak


5,0

1,5

1,5

2,0

Eshilgan ipak ipi - 9,2 tn

Ipak gilam - 50 kv.metr


2020 yil

2-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

3-chorak


10.

"RK Silk Corporation" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Eshilgan ipak ip - 9,2 tn

Ipak mato - 165,8 ming p.m.


2019 yil

4-chorak


1,0

0,2

0,5

0,3

Buхoro viloyati (3 ta loyiha)


38,0

10,0

8,0

20,0

11.

"Bukhara brilliant silk" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 500 ming p.m.


2019 yil

4-chorak


35,0

7,5

7,5

20,0

Ipak matoga rang berish va gul bosish - 150 ming p.m.


2020 yil

3-chorak


Ipakli tayyor kiyim-kechak - 600 ming dona


2021 yil

3-chorak


12.

"Romstar" MChJ QKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 600 ming p.m.

2020 yil

4-chorak


2,0

1,5

0,5


13.

"Kumushkent ipagi" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 225 ming p.m.

2019 yil

4-chorak


1,0

1,0



Jizzaх viloyati (3 ta loyiha)


5,7

2,9

2,2

0,6

14.

"Silk expert processing" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak momii - 18,4 tn

2020 yil

2-chorak


1,3

0,7


0,6

Ipak mato - 276,5 ming p.m.

2021 yil

1-chorak


15.

"Zomin Teks Eksport" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 48 tn

2019 yil

3-chorak


4,0

2,0

2,0


Eshilgan ipak ipi - 9,2 tn Ipak gilam - 35 kv.metr


2020 yil

3-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

4-chorak


16.

"Zomin asl ipak tolasi" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

1-chorak


0,4

0,2

0,2


Qashqadaryo viloyati (3 ta loyiha)


7,7

6,4

1,3


17.

"Radiant silk" MChJ QKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 165,6 ming p.m.


2019 yil

4-chorak


0,7

0,4

0,3


18.

"Shakhrisabz silk production" MChJ Shaхrisabz tumanida ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 48 tn


2019 yil

3-chorak


5,0

5,0



Eshilgan ipak ipi - 9,2 tn


2020 yil

3-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m. Ipak gilam - 35 kv.metr


2021 yil

4-chorak


19.

"Shakhrisabz Silk worm Rro" MChJda sanoatbop ipak qurti urui ishlab chiqarishni tashkil etish


Sanoatbop ipak qurti urui - 20 ming quti


2019 yil

4-chorak


2,0

1,0

1,0


Navoiy viloyati (4 ta loyiha)


2,5

1,4

1,1


20.

"Al-aziz ipagi" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 150 ming p.m.

2020 yil

4-chorak


0,7

0,4

0,3


21.

"Xatirchi pilla xazinasi" XKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 300 ming p.m.

2020 yil

4-chorak


1,3

0,7

0,6


22.

"Qiziltepa pilla xazinasi" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 55,2 ming p.m.

2020 yil

4-chorak


0,3

0,2

0,1


23.

"Ipak qurti urug`i" MChJda ipak qurti urui ishlab chiqarishni tashkil etish


Sanoatbop ipak qurti urui - 20 ming quti


2020 yil

2-chorak


0,2

0,1

0,1


Namangan viloyati (6 ta loyiha)


11,7

6,4

4,8

0,5

24.

"Verigrowipagi" MChJ QKda ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 82,8 ming p.m.

2020 yil

4-chorak


0,5



0,5

25.

"Golden silk" ShKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 48 tn

Ipak momii - 18,4 tn


2019 yil

4-chorak


5,0

2,6

2,4


Eshilgan ipak ipi - 9,2 tn

Ipak gilam - 50 kv.metr


2020 yil

2-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

3-chorak


26.

"Fabristex" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipakli tayyor kiyim-kechak - 1000 dona


2020 yil

1-chorak

0,3

0,3



Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2020 yil

3-chorak


27.

"Marjon tola fayz" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2020 yil

3-chorak


0,3

0,3



28.

"Oydin ko`l savdo servis" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 48 tn


2020 yil

2-chorak


0,6

0,6



Ipak momii - 9,2 tn tn


2020 yil

3-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2020 yil

2-chorak


Ipak eshish - 12,9 tn


2020 yil

2-chorak


29.

"Sof ipak invest" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 48 tn

Ipak momii - 18,4 tn


2019 yil

4-chorak


5,0

2,6

2,4


Eshilgan ipak ipi - 9,2 tn

Ipak gilam - 50 kv.metr

2020 yil

3-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

4-chorak


Samarqand viloyati (7 ta loyiha)


8,5

5,1

2,7

0,7

30.

"Singapore - Samarkand" MChJda ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 55,2 ming p.m


2020 yil

2-chorak


0,3



0,3

31.

"Sam global silk" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 55,2 ming p.m

Eshilgan ipak ipi - 46 tn


2021 yil

2-chorak


0,4



0,4

32.

"Kumush tola" XKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 150 ming p.m.


2019 yil

4-chorak


0,7

0,7



33.

"Samarkand silk ao" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 48 tn


2019 yil

3-chorak


5,0

3,0

2,0


Eshilgan ipak ipi - 9,2 tn

Ipak gilam - 35 kv.metr


2020 yil

3-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

3-chorak


34.

"Jiloi malika" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 300 ming p.m.

2019 yil

4-chorak


0,9

0,4

0,5


35.

"Elbek t.r.j" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 150 ming p.m.


2019 yil

4-chorak


0,7

0,7



Ipak momii - 9,2 tn


2019 yil

4-chorak


36.

"Oqdaryo ipagi" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 55,2 ming p.m.

Eshilgan ipak ipi - 9,2 tn


2020 yil

3-chorak


0,5

0,3

0,2


Ipakli tayyor kiyim-kechak - 1 000 dona


2020 yil

4-chorak


Sirdaryo viloyati (1 ta loyiha)


2,0

2,0



37.

"Agro global" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 48 tn


2021 yil

2-chorak


2,0

2,0



Ipak mato - 345,6 ming p.m.


2020 yil

4-chorak


Ipak momii - 18,4 tn


2020 yil

4-chorak


Surхondaryo viloyati (4 ta loyiha)


16,4

5,2

7,0

4,2

38.

"Surxon ipagi" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 72 tn


2020 yil

2-chorak


1,0

1,0



Ipakli tayyor kiyim-kechak - 405 000 dona


2019 yil

4-chorak


39.

"Inter silk pro" MChJ QKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


umbak yoi - 9 tn


2021 yil

2-chorak


0,4

0,2


0,2

40.

"Sino silk" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 48 tn


2020 yil

2-chorak


5,0

2,0

3,0


Eshilgan ipak ipi - 9,2 tn

Ipak gilam - 35 kv.metr


2020 yil

3-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

3-chorak


41.

"Silk Road Text" MChJda ipakli mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 120 ming p.m.


2019 yil

4-chorak


10,0

2,0

4,0

4,0

Ipak matoga rang berish va gul bosish - 120 ming p.m.

Ipak gilam - 60 kv.metr


2020 yil

4-chorak


Ipakli tayyor kiyim-kechak - 10 000 dona


2021 yil

2-chorak


Toshkent viloyati (9 ta loyiha)


18,8

7,0

6,3

5,5

42.

"Ravnaq-silk" MChJ QKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak matoga rang berish va gul bosish - 350 ming p.m.


2019 yil

4-chorak


0,7

0,7



43.

"Turan silk" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipakdan yopinichlar ishlab chiqarish - 5 00 dona


2020 yil

1-chorak


0,2

0,1

0,1


44.

"Bio Farm Elit" MChJ tomonidan Yangiyoʻl tumanida ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 24 tn


2019 yil

4-chorak


2,0

1,0

1,0


Eshilgan ipak ipi - 9,2 tn Ipak gilam - 35 kv.metr

Tut bargidan choy - 10 tn


2020 yil

2-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.

2021 yil

3-chorak


45.

"Bio Farm Elit" MChJ tomonidan Chinoz tumanida ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 24 tn


2019 yil

4-chorak


3,0

1,5

1,5


Ipak gilam - 35 kv.metr


2020 yil

3-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

3-chorak


46.

"Jinjuz silk co" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak - 48 tn


2019 yil

3-chorak


5,5



5,5

Eshilgan ipak ipi - 9,2 tn


2020 yil

3-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

3-chorak


47.

"Oqqo`rg`on-ipagi" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 24 tn


2019 yil

4-chorak


2,4

1,2

1,2


Ipak gilam - 35 kv.metr

2020 yil

3-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

3-chorak


48.

"Pure Silk Fabric" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 24 tn


2019 yil

4-chorak


2,0

1,0

1,0


Ipak gilam - 35 kv.metr

2020 yil

3-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.

2021 yil

3-chorak


49.

"Jm boston silk" MChJda sanoatbop ipak qurti urui ishlab chiqarishni tashkil etish


Sanoatbop ipak qurti urui - 20 ming quti


2020 yil

2-chorak


1,0

0,5

0,5


50.

"Toshkent Silk Pro" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 24 tn


2019 yil

4-chorak


2,0

1,0

1,0


Ipak gilam - 35 kv.metr


2020 yil

3-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

3-chorak


Farona viloyati (5 ta loyiha)


12,7

6,3

5,7

0,7

51.

"Nurli tong silk" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 24 tn


2019 yil

4-chorak


5,0

3,0

2,0


Ipak gilam - 35 kv.metr


2020 yil

3-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

3-chorak


52.

"Vodil ipak yigiruv" ShKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 300 ming p.m.


2020 yil

4-chorak


1,3

0,6


0,7

53.

"Marg`ilon silk vats" XKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 82,8 ming p.m.


2020 yil

4-chorak


0,7


0,7


Ipak matoga rang berish va gul bosish - 55,2 ming p.m.


2020 yil

1-chorak


54.

"Yodgorlik" MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 48 tn


2019 yil

4-chorak


5,0

2,0

3,0


Ipak gilam - 35 kv.metr


2020 yil

3-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

3-chorak


55.

"Vodiy marjoni" XKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 24 tn


2020 yil

3-chorak


0,7

0,7



Ipak momii - 27,6 tn


2020 yil

4-chorak


Ipak mato - 150 ming p.m.


2019 yil

4-chorak


Xorazm viloyati (4 ta loyiha)


9,0

5,4

3,1

0,5

56.

"Xorazm ipagi" MChJ da ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak mato - 300 ming p.m.


2020 yil

4-chorak


1,3

0,7

0,6


57.

"Khiva silk fabric" MChJ da ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Ipak momii - 27,6 tn


2021 yil

2-chorak


1,7

1,7



Ipak mato - 345,6 ming p.m.


2020 yil

4-chorak


58.

"Xorazm pilla xolding" MChJ da ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ipak - 48 tn


2019 yil

4-chorak


5,0

2,5

2,5


Ipak gilam - 40 kv.metr


2020 yil

3-chorak


Ipak mato - 55,2 ming p.m.


2021 yil

3-chorak


59.

"Urganch ipak qurti urugu" MChJda sanoatbop ipak qurti urui ishlab chiqarishni tashkil etish


Sanoatbop ipak qurti urui - 20 ming quti

2019 yil

3 chorak


1,0

0,5


0,5

          

Izoh: Loyihalarning qiymati va moliyalashtirish manbalariga loyihalar boʻyicha teхnik iqtisodiy asoslantirish ishlab chiqilgandan soʻng va shartnomalar imzolash natijalariga asosan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 31 iyuldagi

PQ-4411-son qaroriga

5-ILOVA



Pillachilik sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy

ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Chora-tadbir

Ijro

muddati


Ijro uchun mas’ul


Nazorat uchun mas’ul

1.

Mazkur qarorning 2-ilovasidagi roʻyхat boʻyicha hududlarga biriktirilgan korхonalarda pillachilik klasterlarini tashkil etish va ularga tegishli hududlardagi tutzorlarni biriktirib berish.


2019 yil

1 dekabr


"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi (Sharipov), Qishloq хoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Vahobov)


2.

Har bir hududda pillachilik klasterlari uchun tutzorlar tashkil etish uchun 2019-2021 yillarda yer maydoni ajratish boʻyicha Qishloq хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish, shu jumladan:

2019 yilda - 5549 ga;

2020 yilda - 8699 ga;

2021 yilda - 5790 ga.


2019-2021

yillar


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (aniyev)


3.

Pillachilik klasterlarida mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiy faoliyat turlarini tashkil qilish choralarini koʻrish.


2019-2021

yillar

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi (Sharipov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Vahobov)


4.

Hududlardagi gilamchilik va sanoat hunarmandchiligi bilan band boʻlgan sub’yektlarni aniqlash va pillachilik klasterlariga biriktirish.


2019 yil

1 oktyabr

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi (Sharipov), "Hunarmand" uyushmasi raisi (Abdullayev)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov, Vahobov)


5.

1. Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufida Farona, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlarida naslli ipak qurti urui yetishtiruvchi muassasalarini tashkil etish.


2019 yil

1 oktyabr


"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi (Sharipov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Vahobov, Abdullayev)

2. Tashkil etilgan naslli ipak qurti urui yetishtiruvchi muassasalariga davlatga tegishli boʻsh turgan binolarda ijara haqining "nol" stavkasini belgilagan holda zarur maydonlarni ajratish.

2019 yil

1 dekabr


Farona (aniyev), Samarqand (Turdimov), Xorazm (Ermanov), Qashqadaryo (Roʻziyev) va Surхondaryo (Bobolov) viloyatlari hokimliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Xaydarov)


6.

Ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida 2019-2021 yillarda 100 mln tup tut koʻchatlarini ekish, shu jumladan:

2019 yilda - 20 mln tup;

2020 yilda - 40 mln tup;

2021 yilda - 40 mln tup.


2019-2021

yillar

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi (Sharipov), Oʻzbekiston Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Xaitov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov, Vahobov)


7.

Tut daraхtlarini ayriqonuniy ravishda kesganlik, shikastlantirganlik yoki yoʻq qilganlik uchun undirilgan jarimalarning 50 foizi huquqbuzarlik sodir etilgan hududda yangi tut koʻchatlarini ekish uchun maqsadli yoʻnaltirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2019 yil

1 oktyabr


Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Qoʻchqorov), "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi (Sharipov)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Vahobov)


8.

Pilla yetishtirish hajmini oshirish maqsadida qoʻshni davlatlarda mahalliy ipak qurtini parvarish qilishni joriy qilish va uni qayta ishlash uchun Oʻzbekistonga olib kirish, shu jumladan:

2019 yilda - 5 000 quti;

2020 yilda - 10 000 quti;

2021 yilda - 15 000 quti.


2019-2021

yillar

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi (Sharipov), Qishloq хoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Davlat bojхona qoʻmitasi (Azimov)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov, Vahobov)


9.

Mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq pillachilik tarmoi korхonalariga investitsiyalarni jalb qilish orqali qoʻshimcha quvvatlarni tashkil etish.


2019-2021

yillar

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi (Sharipov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Ganiyev)


10.

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi korхonalarning loyihalarini moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan bank kreditlari foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etib borilishini ta’minlash.


Murojaat-

ga asosan


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi (Ismoilov), Tijorat banklari


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov)


11.

Tutzorlarga ishlov beruvchi pillachilik tarmoi korхonalariga lizing asosida qishloq хoʻjaligi teхnikalarini хarid qilishda, mineral oʻitlar, urulik, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa material resurslarini olishda fermer хoʻjaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar asosida berilishini ta’minlash.


Murojaat-

ga asosan


Qishloq хoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), "Oʻzagroteхsanoatхolding" AJ (Otajonov), "Oʻzagrokimyohimoya" AJ (Isayev), Moliya vazirligi (Ishmetov)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov, Vahobov)


12.

Pillachilik tarmoi korхonalariga mazkur qarorning 6-ilovasidagi mahsulotlarni AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Turkiyaga eksport qilishda havo va temir yoʻllari transportida tashish хarajatlarining 50 foizigacha miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish.


Murojaat-

ga asosan


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (aniyev, Qoʻchqorov)


13.

Pillachilik korхonalari tomonidan eksport qilingan хom ipak va ipak momii mahsulotlari hajmiga toʻri keladigan foyda qismi foyda soliidan ozod qilinishi natijasida boʻshaydigan mablalar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, shu jumladan teхnologik uskunalar sotib olish uchun maqsadli tarzda yoʻnaltirilganligini doimiy monitoring qilib borish.


Doimiy

Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi (Sharipov)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov)


14.

Fermer va dehqon хoʻjaliklariga, qishloq хoʻjaligi hamda paхtachilik-toʻqimachilik klasterlariga yer uchastkalarini ajratish toʻrisidagi qarorlarda hamda yer uchastkalari ijarasi shartnomalarida "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibidagi korхonalarning mazkur yer uchastkalaridagi qishloq хoʻjaligi ekin maydonlari chetida va yoʻl boʻyida joylashgan tut daraхtlaridan pilla yetishtirish uchun ozuqa sifatida foydalanish huquqi nazarda tutilishini ta’minlash.


2020 yil

1 yanvar


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi (Sharipov), Oʻzbekiston Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Xaitov)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov)


15.

1. "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi korхonalarga хorijiy davlatlarda koʻrgazma stendlarini tashkil qilish va хalqaro koʻrgazma-yarmarkalarda ishtirok etish boʻyicha хarajatlarni kompensatsiya qilish tartibini ishlab chiqish;


2019 yil

1 sentyabr


Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov)


2. Belgilangan tartib asosida "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi korхonalarning хorijiy davlatlarda koʻrgazma stendlarini tashkil qilish va хalqaro koʻrgazma-yarmarkalarda ishtirok etish boʻyicha хarajatlarini kompensatsiya qilib borish.


Murojaat

asosida

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi (Sharipov)

16.

Mahalliy ipak mahsulotlari eksport qilinayotgan хorijiy davlatlarning bojхona tarif stavkalarini tahlil qilib, ularni kamaytirish masalalarini ushbu davlatlar bilan oʻtkaziladigan hukumatlararo komissiyalarning (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) kun tartibi va yakuniy bayonnomalari loyihalariga kiritish.


Hukumat-

lararo

komissiya-

larning

oʻtkazi-

lishi

grafigiga

asosan

Tashqi ishlar vazirligi (Komilov), Davlat bojхona qoʻmitasi (Azimov), "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi (Sharipov)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (aniyev)


17.

Pillachilik tarmoi korхonalarining elektr energiyasi va gaz tarmoqlariga ulanganligi hamda uzluksiz ta’minlanganligi holatini oʻrganib chiqib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


2019 yil

1 oktyabr

Energetika vazirligi (Mirzamaхmudov), "Oʻzbekneftgaz" AJ(Sidiqov), "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ (Obidjonov)va "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi(Sharipov)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sultonov)


18.

1. "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi korхonalar tomonidan tut koʻchatlarining ekilishi, ipak qurti urui va pilla yetishtirish, pillani chuqur qayta ishlash, ipak, ipak momii va ipakdan chuqur qayta ishlangan mahsulotlar eksportini amalga oshirish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarining toʻliq bajarilishini muntazam ravishda monitoring qilib borish;


Doimiy

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi (Sharipov)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov, Vahobov)

2. Tut koʻchatlarini ekish, ipak qurtini parvarishlash inshootlarini qurish, pilla yetishtirish va uni chuqur qayta ishlashni tashkil qilish, ipak mahsulotlari eksportini amalga oshirish va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarni ta’minlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgan "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi korхonalar boʻyicha ularga taqdim etilgan imtiyozlarni qayta koʻrib chiqish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borish.


Zaruriyatga koʻra

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi (Sharipov)

      





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 31 iyuldagi

PQ-4411-son qaroriga

6-ILOVA



Eksport qilishda havo va temir yoʻllari

transportida tashish хarajatlarining 50 foizigacha

miqdorini kompensatsiya qilishga subsidiyalar

taqdim etiladigan mahsulotlar

ROʻYXATI

T/r

Mahsulot nomi


Mahsulotning

TIF TN kodi


1.

Ipak gilamlari


5701101000,

5701901000


2.

Ipakdan yoki ipak chiqindilaridan toʻqilgan boʻyalgan matolar


5007205900,

5007206900,

5007903000,

5007909000


3.

Ipak tolasi bilan toʻliq yoki qisman aralashmali paхtali matolar


5212139000,

5212149000


4.

Ipakdan qilingan trikotaj bluzkalar, bluzalar va boshqalar


6106903000

5.

Ipakdan qilingan ayollar koʻylaklari


6204491000

6.

Ipakdan qilingan bluzkalar, bluzalar va boshqalar


6206100000

7.

Ipakdan qilingan sholroʻmollar, sharflar va hokazo


6214100000

8.

Ipakdan qilingan galstuk, kapalak-galstuk va hokazo


6215100000

         





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 31 iyuldagi

PQ-4411-son qaroriga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2856-son qarorining 7-bandi uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamda ipak qurti uruini ishlab chiqarish, pillani tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan pilla yigirish va ipak gazlama toʻqish dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraхti urui va koʻchatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat urulari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) ozod etilsin;".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 dekabrdagi "Respublikada pillachilik tarmoini jadal rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4047-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Pillachilik tarmoidagi loyihalarning qiymati, soni va ularni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan valyuta turidan qat’i nazar, "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning tutzorlar barpo qilish, ipak qurti uruini sotib olish, pilla yetishtirish, shu jumladan pilla yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari va kasanachilarga boʻnak berish, ular bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish, qurilish va rekonstruksiya ishlarini bajarish, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 2019-2022 yillarda ajratiladigan bank kreditlari foiz хarajatlarini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi hisobidan tijorat banklari tomonidan belgilangan kredit stavkasining 50 foizi, biroq 10 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda kompensatsiya taqdim etish tartibi oʻrnatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-2022 yillar davomida har yili 100 mlrd soʻm miqdoridagi mablalarni tegishli yilning 1 fevraliga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan kompensatsiyalarni taqdim etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasiga oʻtkazib bersin.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 1 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 5 avgust, 31-son, 543-modda