Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.08.2019 y. 669-son "Ichki ishlar organlarining хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida pulli хizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.08.2019 y.

N 669




IChKI IShLAR ORGANLARINING

XAVFSIZ TURIZMNI TA’MINLASh

BOʻLINMALARI TOMONIDAN ShARTNOMA

ASOSIDA PULLI XIZMATLAR KOʻRSATISh

TARTIBINI BELGILASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Transport va turizm ob’yektlarida jamoat хavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 6 martdagi PQ-4229-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Transport va turizm ob’yektlarida jamoat хavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 6 martdagi PQ-4229-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalariga shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni, shu jumladan, avtotransportda harakatlanish vaqtida kuzatib borish hamda moddiy madaniy meros ob’yektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli хizmatlar koʻrsatish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

Ichki ishlar organlarining хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish boʻyicha pulli хizmatlar koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Ichki ishlar organlarining хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida turizm namoyishi ob’yektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli хizmatlar koʻrsatish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

ichki ishlar organlarining хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalari tomonidan pulli хizmatlar koʻrsatish tariflarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda turistik faoliyat sub’yektlari hamda fuqarolar orasida ushbu qarorning mazmuni va mohiyati, amaliy ahamiyatini tushuntirish borasida tegishli tadbirlarni tashkil etsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                  A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 14 avgust