Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.08.2019 y. 696-son "Namangan viloyatida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.08.2019 y.

N 696




NAMANGAN VILOYaTIDA MAKTABGAChA TA’LIM

TAShKILOTLARINING MODDIY-TEXNIK BAZASINI

MUSTAHKAMLASh VA BOLALARNI MAKTABGAChA

TA’LIMGA QAMRAB OLIShNI KUChAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Namangan viloyati hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2020-2022 yillarda Namangan viloyatida maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud boʻlmagan mahalla fuqarolar yiinlarida tashkil etiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurishning asosiy parametrlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, mazkur mahalla fuqarolar yiinlarida tashkil etiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar badal puli tashkilot faoliyati yoʻlga qoʻyilgan kundan boshlab 5 yil davomida 50 foiz miqdorida oʻrnatiladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining 2020 yil va keyingi yillar uchun parametrlarini shakllantirishda mazkur qaror bilan tasdiqlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilishini belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil va keyingi yillar uchun byudjet parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda belgilangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’minoti uchun zarur mablalarni ajratilishini nazarda tutsin.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi standartlarini qoʻllagan holda, qat’iy namunaviy loyihaga asoslanadi;

tashqi muhandislik aloqa tarmoqlari va ichki avtomobil yoʻllari, bunyod etilayotgan ob’yektlar hududidan oʻtuvchi suv ta’minoti va oqava suv tarmoqlari qurilishi Namangan viloyati hokimligi mahalliy byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlarini qurish boʻyicha:

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi "Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi" davlat unitar korхonasi - buyurtmachi etib belgilansin;

bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilot belgilangan tartibda tender (tanlov) natijasida aniqlansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazsin va qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan davlat arхitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.


7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 19 avgustdagi

696-son qaroriga

ILOVA



2020-2022 yillarda Namangan viloyatida maktabgacha

ta’lim tashkiloti mavjud boʻlmagan mahalla fuqarolar

yiinlarida tashkil etiladigan davlat maktabgacha

ta’lim tashkilotlarini qurishning

ASOSIY PARAMETRLARI

T/r

Maktabgacha ta’lim tashkiloti

qurilishi rejalashtirilayotgan

mahalla fuqarolar yiini nomi


3-7 yoshli

bolalar

soni


Maktabga-

cha ta’lim

tashkiloti

siimi


Qurish

muddati


Hisoblangan

qiymati

(mln soʻm)


1.

Namangan shahar "ishtkoʻprik" MFY


352

180

2020 yil

5 580,0

2.

Namangan shahar "Sumalak guzari" MFY


380

180

2020 yil

4 860,0

3.

Namangan shahar "Uchqun" MFY


549

240

2020 yil

6 720,0

4.

Namangan shahar "Majnuntol" MFY


401

240

2020 yil

6 720,0

5.

Namangan tuman "Xoʻjaqishloq" MFY


385

180

2020 yil

5 400,0

6.

Uychi tuman "Churtuk" MFY


480

240

2020 yil

6 720,0

7.

Namangan shahar "Sharshara" MFY


389

180

2021 yil

5 220,0

8.

Namangan shahar "Yangi qurilish" MFY


624

240

2021 yil

6 720,0

9.

Namangan shahar "Namangan shahar" MFY


197

120

2021 yil

3 360,0

10.

Kosonsoy tuman "Chindovul" MFY


492

240

2021 yil

6 720,0

11.

Namangan tuman "Ibrat" MFY


382

180

2021 yil

5 220,0

12.

Uychi tuman "Mashad" MFY


510

240

2021 yil

6 720,0

13.

Namangan shahar "Madaniy-maorif" MFY


373

180

2022 yil

5 040,0

14.

Namangan shahar "Sohibkor" MFY


305

120

2022 yil

3 600,0

15.

Namangan shahar "Haqiqat" MFY


428

240

2022 yil

6 720,0

16.

Kosonsoy tuman "Hurriyat" MFY


972

360

2022 yil

9 720,0

17.

Namangan tuman "Dehqonobod" MFY


162

120

2022 yil

3 600,0

18.

Uychi tuman "Ovchibuloq" MFY


510

240

2022 yil

6 720,0

Jami


7 891

3 720


105 360,0

         


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 20 avgust