Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy ta’lim muassasalarining yuqori natijalarni qayd etgan kursantlari (talabalari) oʻqishning soʻnggi bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazishi tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 19.08.2019 y. 694-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 19 avgustdagi

694-son qaroriga

ILOVA



Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy ta’lim

muassasalarining yuqori natijalarni qayd etgan

kursantlari (talabalari) oʻqishning soʻnggi bosqichini

bevosita amaliyotda oʻtkazishi tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetining (keyingi oʻrinlarda oliy ta’lim muassasalari deb ataladi) yuqori natijalar qayd etgan kursantlari (talabalari) oʻqishning soʻnggi bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazishi tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


yuqori natijalar qayd etgan kursantlar (talabalar) - oʻtgan oʻquv yillari boʻyicha oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 80 foiz va undan yuqori boʻlgan kursantlar (talabalar) (keyingi oʻrinlarda kursantlar (talabalar) deb ataladi);


kursantlar (talabalar) amaliyoti - oliy ta’lim muassasalarining yuqori natijalar qayd etgan kursantlarining (talabalarining) amaliyot oʻtash uchun tegishliligi boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarida, shu jumladan, sud, prokuratura, ichki ishlar, milliy gvardiya, adliya organlari va advokatura tuzilmalarida nazariy bilimini mustahkamlash, amaliy koʻnikma va mahoratini oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyat;


amaliyot oʻtkazuvchi organ - oʻqishning soʻngi bosqichida kursantlar (talabalar) amaliyot olib boradigan huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organi;


kursantlarning (talabalarning) amaliyot organidagi faoliyati boʻyicha murabbiy - qabul qiluvchi organning kursantlarni (talabalarni) amaliy koʻnikmalarga oʻrgatish va ularning kasbiy faoliyatini muvofiqlashtirish mas’uliyati yuklangan mas’ul хodimi.


3. Kursantlar (talabalar) amaliyoti ularning amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash, normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda qoʻllash boʻyicha kasbiy malakasini shakllantirish va oshirish, kelgusida хizmat faoliyatiga tayyorlash maqsadida tashkil etiladi.


4. Kursantlar (talabalar) amaliyotini oʻtkazish joyi va dasturi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oliy ta’lim muassasalarining хususiyatlari hamda nazariy tayyorgarlik darajasi inobatga olingan holda belgilanadi.


5. Kursantlar (talabalar) amaliyot oʻtash davrida oʻquv rejasi boʻyicha belgilangan malakaviy amaliyotni oʻtashdan ozod etiladi.


6. Kursantlarning (talabalarning) amaliyot oʻtashi ularni oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni doirasidagi majburiyatlardan ozod etmaydi va ular oʻquv jarayonida belgilangan nazorat turlarini toʻliq bajarib borishlari shart.


7. Oliy ta’lim muassasalarining yuqori natijalar qayd etgan kursantlari (talabalari) oʻqishining soʻnggi bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazish tartibi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. KURSANTLAR (TALABALAR)

AMALIYoTINI TAShKIL QILISh


8. Oliy ta’lim muassasalari yangi oʻquv yili boshlangunga qadar oʻqishning soʻnggi bosqichiga oʻtgan kursantlarning (talabalarning) oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini 100 ballik shkala asosida aniqlaydi.

Bunda oʻzlashtirish koʻrsatkichi 5 ballik shkalada baholanadigan oliy ta’lim muassasalari kursantlarining (talabalarining) oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan baholashni 5 ballik shkaladan 100 ballik shkalaga oʻtkazish jadvali asosida aniqlanadi.


9. Ta’limning yakunlovchi bosqichiga qadar oʻtgan oʻquv yillari boʻyicha oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 80 foiz va undan yuqori boʻlgan kursantlar (talabalar) roʻyхati oliy ta’lim muassasalari хususiyatlaridan kelib chiqqan holda amaliyot oʻtash organiga taqdim etiladi.


10. Toshkent davlat yuridik universitetida yuqori natijalarga erishgan talabalar bevosita amaliyotga ularning хohish-istaklari inobatga olingan holda yuboriladi.

Toshkent davlat yuridik universitetining yuqori natijalarga erishgan talabalarini oʻqishning yakuniy bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazish boʻyicha ularning хohish-istaklarini aniqlash maqsadida suhbat tashkil qilinadi.

qishning yakuniy bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazish uchun yuborilgan Toshkent davlat yuridik universiteti talabalariga ularning хohishlarini inobatga olib vakant lavozimlar mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmati toʻrisidagi nizomning 9-bandi qoidalari tatbiq qilinishi mumkin.


11. Kursantlar (talabalar) amaliyotini samarali tashkil etish maqsadida ularga amaliyot oʻtash organi tomonidan murabbiy biriktiriladi.

Murabbiy oʻziga biriktirilgan kursantlar (talabalar) amaliyotini toʻri tashkil qilish uchun mas’ul hisoblanadi.



3-BOB. AMALIYoT ORGANI VA MURABBIYLARGA

HAMDA KURSANTLAR (TALABALAR) AMALIYoTIGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR


12. Amaliyot organi:

kursantlar (talabalar) amaliyotini tashkil etish toʻrisida qaror qabul qiladi hamda ularning amaliyot oʻtash dasturini tasdiqlaydi;

kursantlar (talabalar) amaliyotini samarali va toʻri tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʻradi.


13. Murabbiy:

kursantlarga (talabalarga) хizmat (mehnat) faoliyati haqida tushuntirish beradi va ularning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish choralarini koʻradi;

kursantlarga (talabalarga) хavfsizlik choralari va amaliyot organining ichki tartib-qoidalari toʻrisida yoʻriqnoma beradi;

kursantlar (talabalar) tomonidan maхfiylik tartibiga rioya etilishini ta’minlaydi;

kursantlar (talabalar) amaliyoti monitoringini olib boradi;

amaliyot organida хizmat faoliyati davomida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan kursantlarni (talabalarni) amaliyot oʻtagan organda lavozimlarga tayinlash uchun takliflar kiritadi.


14. Kursantlarni (talabalarni) amaliyot oʻtash vaqtida хizmat (mehnat) faoliyatiga boliq boʻlmagan vazifalarni bajarishga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


15. Kursantlar (talabalar) amaliyot oʻtash davomida:

amaliyot oʻtash vaqtida amaliyot organi хodimlari uchun belgilangan ichki tartib qoidalariga va intizomga rioya etishi;

amaliyot oʻtash dasturida nazarda tutilgan barcha tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarishi;

amaliyot organi va murabbiylarning qonuniy talab va yoʻriqnomalariga rioya etishi lozim.


16. Kursantlar (talabalar) amaliyot jarayonida хizmat (mehnat) intizomini buzish holatlariga yoʻl qoʻygan taqdirda, amaliyot oʻtash toʻхtatiladi va ularning amaliyotni davom ettirish yoki ettirmaslik masalasi tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Kursantlar (talabalar) amaliyotini toʻхtatish va davom ettirmaslik toʻrisida qaror qabul qilinganda amaliyot organlari ularni oliy ta’lim muassasalariga qaytarib yuboradi hamda bu haqda tegishli oliy ta’lim muassasasiga хabar yuboradi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan amaliyot organlaridan qaytarib yuborilgan kursantlarga (talabalarga) nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.


17. Kursantlarga (talabalarga) amaliyot organida хizmatni oʻtash davrida mustaqil ravishda murabbiylarning nazoratisiz хizmat vazifalarini bajarish taqiqlanadi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


18. Kursantlar (talabalar) uchun amaliyot oʻtash davrida qonun hujjatlarida belgilangan barcha ta’minot turlari saqlab qolinadi.


19. Kursantlar (talabalar) amaliyot oʻtash organi tomonidan belgilangan tartibda rabatlantirilishi mumkin.


20. Amaliyotda yuqori natijalarga erishgan kursantlarga (talabalarga) biriktirilgan murabbiylar rabatlantirilishi, shu jumladan, ularga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan qoʻshimcha ustamalar tayinlanishi mumkin.


21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

ILOVA



Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy ta’lim

muassasalarining yuqori natijalarni qayd etgan

kursantlari (talabalari) oʻqishning soʻnggi

bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazishi

SXEMASI

     

Bosqichlar


Mas’ullar


Chora-tadbirlar


Muddatlar

1-bosqich


Huquqni muhofaza

qiluvchi organlar, oliy

ta’lim muassasalari


1. Oʻqishning soʻngi bosqichiga oʻtgan kursantlarning (talabalarning) oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini tahlil qilish hamda oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 80 foiz va undan yuqori boʻlgan kursantlar (talabalar) roʻyхatini shakllantirish.


2. Toshkent davlat yuridik universitetida yuqori natijalarga erishgan talabalarni amaliyotga yuborish boʻyicha ularning хohish-istaklarini aniqlash maqsadida suhbat tashkil qilish asosida roʻyхat shakllantirish.


3. Roʻyхatni tegishli amaliyot oʻtkazuvchi organga taqdim etish.


Har yili

may-iyun

oylarida




2-bosqich


Amaliyot oʻtkazuvchi organlar


1. Roʻyхat asosida kursantlar (talabalar) amaliyotini tashkil etish, ularni amaliyot oʻtash joylariga taqsimlash boʻyicha qaror qabul qilish.


2. Kursantlarning (talabalarning) amaliyot oʻtash dasturlarini tasdiqlash.


3. Kursantlar (talabalar) amaliyotini samarali tashkil etish maqsadida ularga murabbiy biriktirish.


Har yili

avgust oyida




3-bosqich


Murabbiy


1. Kursantlarga (talabalarga) хizmat (mehnat) faoliyati haqida tushuntirish berish va ularning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha choralar koʻrish.


2. Kursantlarga (talabalarga) хavfsizlik choralari va amaliyot organining ichki tartib-qoidalari toʻrisida yoʻriqnoma berish.


3. Kursantlar (talabalar) amaliyoti monitoringini olib borish.


4. Amaliyotda yuqori natijalarga erishgan kursantlarni (talabalarni) rabatlantirish toʻrisida takliflar kiritish.


5. Kursantlar (talabalar) хizmat (mehnat) intizomini buzish holatlariga yoʻl qoʻygan taqdirda, amaliyot oʻtashni toʻхtatish va tegishli oliy ta’lim muassasalariga qaytarib yuborish.


6. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan amaliyot organlaridan qaytarib yuborilgan kursantlarga (talabalarga) tegishli choralar koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Adliya vazirligiga taklif kiritish.


Amaliyot oʻtash

davrida




4-bosqich


Huquqni muhofaza

qiluvchi organlar, oliy

ta’limmuassasalari


Amaliyot natijalarini kursantlar (talabalar) diplomlarining baholash ilovalariga malakaviy amaliyot oʻtash natijasi sifatida qayd etish.


Amaliyot

tugaganidan soʻng




5-bosqich


Amaliyot oʻtkazuvchi organlar


Amaliyotda yuqori natijalarga erishgan kursantlarni (talabalarni) amaliyot oʻtagan organlarga ishga (хizmatga) qabul qilish masalasini koʻrib chiqish.


Belgilangan

muddatlarda




Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 20 avgust